31
2018 yil hamda 2019 yilning birinchi yarim yilligida kursni shakllantiruvchi
omillar dinamikasining tahlili asosida
shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda
valyuta kursining muvozanat darajasi hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 AQSh dollari
uchun 8000-8500 so‘mni tashkil etmoqda.
Markaziy bankning kursi, avvalgidek, har dushanba kuni o‘tgan
hafta
davomida valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning
o‘rtacha qiymati darajasida belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida
buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy
to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.
Chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha
banklararo savdo
sessiyalari O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida har kuni o‘tkazilib, bunda
valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifning joriy nisbati asosida
aniqlanadi hamda valyuta birjasining saytida e’lon qilib boriladi.
I bob bo‘yicha xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yurtimizda valyuta munosabatlarini
erkinlashtirishga qaratilgan valyuta islohoti amalga oshirildi. Bu esa o’z navbatida,
mamlakat iqtisodiyotini yanada ochiqroq qilish, davlat
tomonidan boshqarishni
kamaytirish va biznes-muhitni yaxshilash imkonini yaratdi. Jumladan, shu yilning
o‘zida naqd pul muomalasi mamlakatimiz iqtisodiyotida, shu jumladan pul-kredit
sohasida amalga oshirilgan islohotlar ta’sirida tijorat banklari kassalaridan naqd
pul chiqimlarining umumiy hajmi bank kassalariga kelib tushgan naqd pul
miqdoriga nisbatan sezilarli darajada ko‘proq bo‘ldi.
Bundan tashqari islohat natijasida, yurtimiz
banklarining konversion
operatsiyalar bo‘limi tomonidan aholiga va yurtimiz mehmonlariga qulaylik
tug'dirish
maqsadida,
bank
tizimidagi
mavjud
valyuta
ayirboshlash
shoxobchalariga qo‘shimcha ravishda banklarning mintaqaviy va tuman filiallari
binolari hamda yirik bozor va savdo markazlari hududlarida faoliyat
ko‘rsatayotgan mini-banklarda valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etildi,
32
2017 yilning 5-sentyabridan buyon bank valyuta ayirboshlash
shoxobchalarida
aholidan naqd xorijiy valyutalar sotib olinishi yo‘lga qo‘yildi, valyuta ayirboshlash
shoxobchalari ertalab soat 9-00 dan kech soat 22-00 gacha, tushliksiz faoliyat
yuritishi ta’minlanmoqda.
Eng quvonarlisi shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 2017 yil 2-sentyabrda
imzolangan farmoniga asosan, noqonuniy
bozor faoliyatiga chek qo‘yildi. Chunki valyuta bozorini yanada liberallashtirish
sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bu – milliy
valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatishda faqatgina bozor
mexanizmlarini qo‘llashdan iboratdir. Amalga oshirilgan
chet el valyuta bozori
liberalizatsiyasi, ichki valyuta bozorimizda milliy valyuta almashuv kursining
shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, valyuta kursining bozordagi talab
va taklifga asosan shakllanishiga, hamda inflyatsiya bosimlarini pasaytirishga
imkon bermoqda. Valyuta kursining bozor mexanizmlari
asosida shakllanishi va
uning tashqi iqtisodiy sharoitlarga mos ravishda o‘zgarib borish xorijiy valyutaga
bo‘lgan talab va taklifni muvozanatlashtirish imkonini beradi. Boshqacha qilib
aytganda, aynan bozor mexanizmlari asosida shakllanadigan valyuta kursi tashqi
sharoitlar o‘zgarishiga tez moslashish va uning salbiy oqibatlarini
minimallashtirish orqali “avtomatik stabilizator” funksiyasini bajaradi.