O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo‘limi qo‘lyozma huquqida udk: 336. 71



Download 491,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana13.07.2022
Hajmi491,13 Kb.
#785057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Сувонов А. Тижорат банкларида конверсион валюта операциялар ҳисоби ва аудитини такомиллаштириш

1.3.
 
Valyuta kursining iqtisodiy kategoriya sifatidagi mohiyati va konversion 
valyuta operatsiyalari bilan aloqadorligi 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari nafaqat mamlakat ichkarisida, 
balki boshqa mamlakatlar bilan ham turli xil operatsiyalarni amalga oshiradilar. 
Jumladan, bunday operatsiyalar tarkibiga tijorat banklarining ssuda kapitali 
bozorida investitsiya faoliyatini yuritish, turizm, xorijiy qimmatbaho qog‘ozlarni 
sotib olish va sotish, valyuta ayirboshlash operatsiyalarini kiritishimiz mumkin. 
Ana shunday operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarda yagona to‘lov vositasiga ega 
bo‘lishda valyuta kursidan foydalaniladi. Chunki valyuta kursi kapital va kredit 
harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o‘zaro ayirboshlash kabi 
jarayonlarni amalga oshiradi. Masalan, eksport qiluvchi chet el valyutasidan olgan 
tushumini o‘z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi 
uning o‘z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to‘lash vositasi sifatida amal 
qila olmaydi. Import qiluvchi chetdan sotib olgan tovarlarni to‘lovni amalga 
oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini chet valyutasiga almashtiradi. 


25 
Jahon bozori va milliy bozor narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chel 
el valyutasida ifodalangan qiymat ko‘rsatkichlarini taqqoslaydi. 
Shunday ekan, valyuta kursi – bu bir mamlakat milliy valyutasini “bahosini” 
boshqa mamlakat pul birligida ifodalanishini anglatadi
8
. Ishlab chiqaruvchilar va 
xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa 
davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish natijasida ishlab 
chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investitsiya qilishni 
rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi. 
Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir. 
Konvertirlanganlik darajasiga ko‘ra valyuta kursi 3 ga bo‘linadi: 
– erkin «suzib» yuruvchi; 
– cheklangan darajada «suzib»yuruvchi; 
– qayd etilgan valyuta kurslari. 
Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo‘lgan bozor talabi 
va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSh dollari, Yaponiya 
iyenasi, Angliya funt sterlingi. Shu bois, bu valyutalar jahon valyuta 
ayirboshlashida keng ishtirok etadi. 
Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o‘zgarishi ayrim 
valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o‘zgarishiga bog‘liq. 
Misol uchun «Uchinchi dunyo»ning ko‘pchilik mamlakatlari o‘z valyutalarini 
AQSh dollariga, Evropa mamlakatlarining EVRO ga va boshqa xorijiy 
valyutalarga bog‘laydilar. Sobiq sotsialistik mamlakatlar valyuta kurslarini valyuta 
savatiga nisbatan hisoblaydilar. EKYu ham xuddi shunday tartibda hisoblanadi. 
Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o‘z 
valyutalarining tebranish chegarasini o‘zlari hamkorlik qilayotgan mamlakatlar 
bilan kelishib oladilar. 
Qayd etilgan valyuta kursi – bu xorijiy valyutada ifodalangan milliy pul 
birligining davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan bahosi bo‘lib, unga valyuta 
bozorlaridagi talab va taklifning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi. Hozirgi vaqtda qayd 
8
«Pul, kredit va banklar» darslik. A.A.Omonov, T.M.Qoraliev. Toshkent, 2012 yil. 323-bet. 


26 
etilgan valyuta kursi kam rivojlangan mamlakatlarda yoki iqtisodiy tashqi bozorga 
yetarli darajada kirib bormagan mamlakatlarda ularning moliya tizimini va milliy 
ishlab chiqarishini kuchli xorijiy raqobatchilaridan himoya qilish va quvvatlash 
maqsadida qo‘llaniladi.
Valyuta operatsiyalarini valyutalar o‘rtasidagi nisbatni aniqlamasdan va 
ularni almashtirmasdan o‘tkazish mumkin emas. Bu nisbatlar valyuta 
«kotirovka»lari yordamida amalga oshiriladi. Valyuta kotirovkasi deganda, 
almashtirish uchun taqdim etilgan valyutalar kursini va ular orasidagi nisbatni 
o‘rnatish tushuniladi. 
Valyuta kotirovkasi rasmiy va bozor kotirovkasiga bo‘linadi. Rasmiy 
valyuta kotirovkasini davlat amalga oshiradi (asosan Markaziy bank). Rasmiy 
valyuta kursidan davlat valyuta operatsiyalarida, bojxona ishlarida, to‘lov balansini 
tuzishda foydalaniladi. 

Download 491,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish