Nazorat savollari: Mashinasozlikda quyimning minimal miqdorini qanday hisoblab topish mumkin?
Mahkamlab qisishda hosil bo’lgan xatolik miqdori qayerdan topiladi.
4- Amaliy ish DETALLARNI TIKLASHDAGI SLESARLIK-MEXANIK ISHLOV BERISH JARAYONI Ishdan maqsad: Detalni ta’mirlash o’lchamiga moslab tiklash usullari bilan tanishish. Detal va yig’ma birliklarini muvozanatlash tartibini o’rganish.
Detallarni individual o’lcham va ta’mirlash o’lchamiga moslab tiklash Detalni dastlabki o’lchamlarini o’zgartirib tiklashda avval tutashmaning asosiy ancha qimmat detalini to’g’ri geometrik o’lchamlar hosil bo’lguncha mexanik ishlov berib ta’mirlanadi. U bilan tutashuvchi ikkinchi ancha oddiy detal qaytadan tayyorlanadi yoki uzaytiriladi va ishlov berish vaqtida zarur o’tkazish hosil bo’lguncha birinchi detal o’lchamiga moslab to’g’rilanadi.
Tortqilar quloqlari, krestovinalar hamda rostlagich o’qlari va boshqalar ana shu usulda ta’mirlanadi. Yeyilgan teshiklar individual kattalashtirilgan o’lchamga moslab razvyortkalanadi, shu teshiklarga tushadigan barmoq yoki o’qlar qaytadan yasaladi. Asosiy detalni tiklashning oddiyligi va uning xizmat muddatini uzaytirish bu usulning afzalligi hisoblanadi. Biroq individual moslash juda sermehnat bo’lib, tutashma detallarining o’zaro almashinuvchanligini butkul buzadi. Bu usuldan foydalanish sohasi uncha katta bo’lmagan ta’mirlash dasturida mashinalarni bir marta ta’mirlash bilan cheklanadi.
Detalni ta’mirlash o’lchamiga moslab tiklash ancha keng tarqalgan usuldir. Uning mohiyati asosiy, ancha murakkab detalga ixtiyoriy (individual) o’lchamgacha emas, balki me’yordagi (zavod) o’lchamdan farqlanuvchi oldindan belgilangan o’lchamgacha mexanik ishlov berishdan iborat. Ikkinchi tutashtiriluvchi detal yangi detal ijozatlarini saqlagan holda shu o’lchamga muvofiq tayyorlanadi. Ta’mirlash o’lchamlari oldindan belgilanganligi va ma’lumligi sababli ikkinchi detalni birinchi detalga bog’liq bo’lmagan holda boshqa korxonada ham tayyorlash mumkin. Detallarning o’zaro almashinuvchanligi birmuncha murakkablashsa ham, biroq ta’mirlash o’lchamlari chegarasida saqlanadi. Bu hol sanoatda qo’llaniladigan usullarni ta’mirlashda qo’llash imkonini beradi, ta’mirlashni arzonlashtiradi va uning sifatini yaxshilaydi.