O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti «Sanoat muhandisligi»


Detalni ta’mirlash o’lchamiga moslab tiklash



Download 7,08 Mb.
bet8/29
Sana12.07.2022
Hajmi7,08 Mb.
#783390
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
2 Тармоқ машиналарини таъмирлаш Амалиёт

Detalni ta’mirlash o’lchamiga moslab tiklash usuli tirsakli vallarni ta’mirlashda qo’llaniladi. Tirsakli vallarning shatun va o’zak bo’yinlari navbatdagi ta’mirlash o’lchamigacha silliqlanadi.
Ta’mirlash o’lchamli vkladishlarni esa sanoatda ehtiyot qismlar sifatida ishlab chiqariladi.
Detallarni ularga qo’shimcha element qo’yib tiklash
Mashinalar ta’mirlanayotganda ko’p detallar qo’shimcha element qo’yish usulida tiklanadi. Detallarning yeyilgan yoki shikastlangan qismlari olib tashlanib, ularning o’rniga yangi tayyorlangan qismlar qo’yiladi va ularga normal o’lchamga moslab ishlov beriladi.
Detal qismlarini almashtirib tiklash jarayoni birmuncha murakkab bo’lib, uni quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.
Nuqsonli qismini olib tashlash va biriktirish sirtini tayyorlash. Ko’pincha murakkab detallar (uzatmalar qutisi, shesternyalarining karetkalari hamda bloklari va boshqalar) termik ishlanadi (sementitlanadi yoki toblanadi) va nuqsonli elementni olib tashlash oldidan shu joy gaz vositasida payvandlash gorelkasi yoki yuqori chastotali tok (YuChT) yordamida bo’shatiladi.
Darzlarni tiklash usullari
Mashina qismlaridagi darzlarni tiklash tortqichlar yordamida bajariladi (1-rasm). Bu usul darz ketgan joyning ikki tomonidan teshiklar ochilib, shtirlar o’rnashtiriladi va ular bir-biriga tortilgan holatda tortqichlar kiygiziladi. Tortqilar joylariga qarab planka yoki xalqa ko’rinishidagi xar-xil konstruksiyalardan iborat bo’lib, ular mexanik va boshqa usullar (payvandlash) orqali mahkamlash mumkin.
Detal va yig’ma birliklarini muvozanatlash
Muvozanatlash - nomuvozanatlik kattaligini va joyini, ya’ni muvozanati buzilgan tez aylanuvchi detallar va yig’ma birliklarini aniqlashdan iborat. Nomuvozanatlik materialning bir jinsi mosligi, tayyorlanishdagi va yig’ish paytidagi xatolar tufayli paydo bo’ladi hamda detallarni qo’shimcha zo’riqishiga, titrashiga, mashinaning aniqligi va resursi kamayishiga olib keladi.
Muvozanatlashning statik va dinamik muvozanatlash turlari mavjud. Statik nomuvozanatlikda detal yoki uzelning og’irlik markazi aylanish o’qiga mos kelmaydi. Bu kamchilik diametri uzunligidan katta bo’lgan detallar uchun xosdir.
1 -rasm. Darz ketgan qismlarga anker-tortqichlar qo’yish sxemalari:
1-yorilgan qismlar, 2-anker-tortqichlar, 3-yoriqlar.
Dinamik nomuvozanatlik uzunligi diametridan ancha katta bo’lgan detallar va uzellarga xosdir. Detallar yoki uzellar aylanganda muvozanatlanmagan massalar o’qlarga perpendikulyar bo’lgan turli tekisliklarda yotadi, bu esa mashinada titrash va dinamik yuklanishlarni hosil qiluvchi markazdan qochma kuchlar jufti paydo bo’lishiga olib keladi.
Statik muvozanatlash, odatda, ta’mirlash ishlarida qo’llanilib, prizmalar yoki disklarda bajariladi (2-rasm). Prizmalarda muvozanatlashda detal opravkaga zich o’tkaziladi, opravkaning uchlari ikkita gorizontal prizmaga joylashtiriladi. Keyin detal sekin aylantiriladi va u to’xtatgandan keyin detalning og’irlashgan qismiga mos keluvchi pastki vaziyati bo’r bilan belgilab qo’yiladi. Jarayonni ko’p marta takrorlab detalning muvozanatlanmagan (og’irlashgan) qismi aniqlanadi.
Disklarda muvozanatlashda opravka sharikli podshipniklarda o’rnatilgan, o’qlari parallel bo’lgan ikki juft disklar orasiga joylanadi. Bunday muvozanatlash aniqroqdir, chunki bunda detal dumalamasdan aylanadi. Prizmalar yoki disklar ish sirtlarining g’adir-budurligi kam va qattiqligi yuqori bo’lishi hamda vaterpas bo’yicha aniq gorizontal vaziyatda o’rnatilgan bo’lishi lozim (1metr uzunlikda 0,1mm chetlashishga yo’l qo’yiladi).
Detalni muvozanatlash uchun yoki uning og’irlashgan tomonining ishda qatnashmaydigan sirtidan ortiqcha material parmalab, egovlab olib tashlanadi, yoki detalning qarama-qarshi (yengillashgan) tomoniga (agar yuk uzelning ishlashiga halaqit bermasa) yuk mahkamlanadi.
Detallar va uzellar maxsus muvozanatlash dastgohlarida yoki o’z podshipniklarida (pastroq aniqlikda) dinamik muvozanatlanadi. Natijada detalga qo’yilishi (yoki olinishi) lozim bo’lgan yuk massasi va vaziyati aniqlanadi.

b)

a)

2-rasm. Detallarni statik muvozanatlash sxemasi: a-prizmalarda; b-disklarda; 1-opravka; 2-muvozanatlanadigan detal; 3-prizma; 4-disklar.
Muvozanatlanmagan aksariyat detal va yig’ma birliklari aylanganda katta markazdan qochma kuch paydo bo’lib, bu kuch shu element tayanchlariga tushadigan qo’shimcha katta yuklanishni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, aylanganda muvozanatlanmagan yuklanish yig’ma birligi, agregat yoki butun mashinani qo’shimcha ravishda titratadi, natijada detallarning yeyilishi va yemirilishi ortadi, mahkamlangan joylari bo’shashadi, mashinaning ishonchliligi va uzoq xizmat qilishi kamayadi. Shu sababli ko’p detallar yoyilishdan oldin muvozanatlilikka tekshiriladi, ya’ni muvozanatlanadi. Aylanayotgan massalar og’irlik markazining detal va yig’ma birligi aylanish o’qiga nisbatan siljishi ularning muvozanatlanmaganligini bildiradi. Bunga detal materiali zichligining bir xil emasligi, ishlov berishda o’xshashlikning buzilishi, notekis yoyilish va boshqalar sabab bo’ladi.
Detal maxsus qurilmalarda va gorizontal prizmali yoki aylanuvchi rolikli moslamalarda statik muvozanatlanadi. Detal maxovik 2 maxsus opravkaga mahkamlanib, qurilma prizmasi 3 ga yoki roliklar 4ga o’rnatiladi. Agar detal aylanganda o’zidan-o’zi har qanday burchak ostida qaytib bir xil eng pasti holatni egallayversa, u muvozanatlanmagan hisoblanadi. Detalni muvozanatlash uchun uning qarama-qarshi tomoniga xuddi shunday yukni kavsharlash, suyuqlantirib qoplash, shaybalar qo’yish yoki detalning og’irlashgan (pastki) tomonidan metallning bir qismini egovlab, parmalab olib tashlash kerak. Agar detal har qanday burchak ostida aylanganda doim turli holatlarda to’xtasa, detal yaxshi statik muvozanatlangan bo’ladi. Statik muvozanat aylanuvchi roliklarda prizmalardagiga nisbatan aniqroq bo’ladi.

Download 7,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish