Ta’lim sifati monitoringi quyidagi vazifalar bilan xarakterlanadi:
axborot almashish - dastur va grafikka binoan ta’lim jarayoni natijalarini muntazam kuzatib borish. Ular asosida doimiy qayd etish, baholash va berilgan mezonlarga ko‘ra jadvallar tuzish;
tashkiliy - ta’limnign maqbul maqsadlari va vositalarini tanlash haqida qaror qabul qilish uchun maqsadga muvofiq holda axborotlar yig‘ish, ularni umumlashtirish, tizimlashtirish yoki pedagogik tizim rivojlanishini bashorat qilish;
nazorat qilib baholash - o‘tkazilgan pedagogik xatti-harakatlari samaradorligini tez nazorat qili shva baholash hamda O‘MKHT tuzilmasida pedagogik tizimning yakuniy maqsadlarini amalga oshirish;
o‘zgartirishlar kiritish - yuzaga kelgan holatning sabablarini tez izlab topish va aniqlashtirish, zarur paytlarda bajarilayotgan vazifaga o‘zgartirishlar kiritish;
tashxisiy - oldindan bashorat qilish (diagnostik) kasb-hunar kollejlarida yoki akademik litseylarda kadrlar tayyorlash jarayonlari va pedagogik tizimlarda kechayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, pedagogik tashxis qo‘yish, sabab- oqibatli munosabatlarni o‘rnatish va o‘larni kelgusida rivojlantirishni tez bashorat etish.
Monitoringni muhim komponentlaridan biri ta’lim sifatini qayd etish hisoblanadi. Uni quyidagicha tasavvur etish mumkin: - qo‘yilgan maqsad bilan olingan natijalarning munosabati (ta’lim, tarbiya); ko‘zlangan maqsadga erishganlik darajasi.
Ta’lim sifati ta’lim jarayonining turli bosqichlarida qayd etilib borilishi zarur, ya’ni vaqt jihatdan baholanishi kerak: o‘quv mavzusini o‘rganish jarayonining boshida va oxirida; - o‘quv ko‘rsatgichini o‘rganishdan oldin, oxirida va bevosita o‘rganish jarayonida; ta’limning har bir bosqichida, o‘quv yilida, yarim yillikda (semestrlarda), o‘quv choragi davrining oxirida yoki boshida o‘quv jarayonida va hokazo.
O‘MKHT tizimida ta’lim sifati monitoringini kelgusida ishlab chiqarish va amalga joriy etish uchun quyidagi masalalarni majmuaviy echimini topish talab etiladi:
Mavjud muammolar va erishilgan yutuqlar tahlili asosida:
Buyurtmachilar (davlat, jamiyat, ish beruvchilar)ning ta’lim sifati va
bitiruvchilar tayyorgarligiga qo‘yilgantalablarni bashorat qilish; kelajakdagi ta’lim sifatiga bo‘lgan talablarni loyihalashtirish va modellashtirish.
Ta’lim sifatlarining hayotiy ekanligini davlat ta’lim standartlariga mosligini aniqlash maqsadida tez rejali tashxislash.
Ta’lim natijalarining maqbulligiga erishishni ta’minlash.
Ta’lim sifati monitoringini kuzatish asosida buyurtmachilar talabiga mosligini aniqlash. Bu o‘z navbatida davlat ta’lim standartlari va ta’lim texnolgiyasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida qarorlar qabul qilishni ko‘zda tutadi.
Kasb-hunar ta’limida ta’lim sifati monitoring va modeli. Monitoringni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit va asos ta’lim standartlari hamda kichik mutahasisning modeli hisoblanadi.
Ilmiy manbalarda «model» va «modellashtirish» tushunchalariga yaxlit va umume’tirof etilgan izoh berilmaganligi tufayli «modellashtirish» va ta’lim sifati monitoringining modelini quyidagicha ifodalash mumkin:
Modellashtirish - bu real mavjud pedagogik ob’ekt (hodisa, jarayon, tizimlarni model orqali bevosita bilish metodi);
Model faqatgina ob’ektni bilish usuli bo‘lmay, balki belgilangan maqsadga erishishni ta’min etuvchi me’yoriy xatti-harakatlar usullari hamdir;
Model abstrakt bo‘lib monitoringining tuzilmaviy va funksional komponentlarini yoritib beruvchi mantiqiy asoslangan sxema shaklida ham loyihalashtirilishi mumkin.
Monitoringning bosh maqsadi ta’lim sifati dinamikasi va pedagogik tizim hoatini kuzatib borishdan iborat bo‘lgani uchun uni operatsion algoritmi vositasida amalga oshirish mumkin: ma’lumotlar yig‘ish, ma’lumotlarga teskari ishlov berish; umumlashtirish iva tizimlashtirish; ma’lumotlar bazasini tuzish; tahlil va baholash; rivojlantirish dinamikasi va yo‘naltirishlarini aniqlash; apparatlarni tasvirlash.
Ta’lim sifati monitoringini to‘g‘ri va teskari jarayonlar orqali amalga oshirish mumkin.
To‘g‘ri amalga oshirish jarayoni - bosh maqsaddan mustaqil holdagi vazifalarni amalga oshirishga tomon boradi (pedagogik tizim holatini, ta’lim sifati dinamikasini
kuzatib borish). Bu vazifalarning har biri o‘zining ma’lum mazmuniga ega bo‘lib, amaliy jihatdan yagona operatsion algoritm asosida amalga oshiriladi.
Teskari jarayon - iste’molchi olgan axborotdan ular tomondan qaror qabul qilishga va keyinchalik bajarilayotgan vazifalar, qo‘llanilayotgan metod va vositalarga o‘zgartirishlar kiritish yoki pedagogik tizim rivojlanishini bashorat qilish tomon kechadi.
Ta’lim sifati mezonlari. Pedagogik tashxis va oldindan bashorat etishga bag‘ishlangan manblarning tahliliy va kasbiy ta’limdagi ish tajribalariga asoslangan holda ta’lim sifati monitoringini baholashda quyidagi ko‘rsatgich mezonlarga e’tibor qilish maqsadga muvofiqdir:
Ta’lim oluvchining ta’limiy rivojlanganligi:
o‘quv predmetlari bo‘yicha shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalar;
natijalar davlat ta’lim standartlariga mos keladi;
ta’lim muassasasida tuzilgan umumiy maqsadlarga mos umum o‘quv bilim, ko‘nikma va malakalarning shakllanganligi.
Ta’lim oluvchilarning shaxsiy rivojlanganligi:
ta’lim muassasasi bitiruvchisi modeli bilan shaxsda shakllangan ijtimoiy muhim shaxsiy fazilatlarning o‘zaro munosaati kasbiy muhim shaxsiy fazilatlarni shakllanganligi;
ta’lim muassasasi bitiruvchisining modeli mos keladi. Ta’lim oluvchilar sog‘lig‘ining kasbiy talablarga mos kelishi;
Davlat ta’lim standartlari talablari va tibbiy ko‘rsatgichlari bilan mutanosibligi - kasb tanlash va uning asoslarini egallash motivlarining shakllanganligi ta’lim muassasasi bitiruvchisini modeliga mos keladi;
o‘z-o‘zini baholash, rivojlantirish va rejalashtira olish metodlarining egallaganligi.
V. Ta’lim beruvchilarning kasbiy layoqatligi (kompetentligi): ta’limiy, ixtisoslik va yosh tavsiflari; pedagogik ish stoli; malaka oshirishda ishtroki; mehnati va kasbiy o‘sishining natijalari; innovatsion faoliyat va ijodiy yutuqlarning xarakteri; innovatsion faoliyat va ijodiy texnologiyaning xarakteri; amalga oshirilayotgan ta’litm texnologiyasining xarakteri.
G. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining infratuzilmasi:
tashkiliy tuzilmasi;
boshqarish tuzilmasi;
moddiy-texnik bazasi (o‘quv kabinetlari laboratoriyalar, o‘quv ishlab chiqarish binolari, jihozlari, texnik vositalari va shu kabilar bilan ta’minlanganligi);
ta’lim muassasasining o‘quv-metodik bazasi (darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganligi);
ta’lim muassasasining kommunikatsiyasi va kommunikativ vositalari (aloqa, elektron aloqa «internet» tizimi, va shu kabi kommpunikativ vositalar).
D. Ta’lim muassasa nufuzining ortishi. Bu ko‘rsatgich quyidagi mezonlarga binoan o‘rnatiladi:
ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarning ta’lim muassasasiga kelishi yoki ketib qolishi; ushbu ta’lim muassasasini o‘quvchilar va ota-onalar tomonidan tan olinganligi; ijtimoiy muhitda ta’lim muassasasining statusi (tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida tutgan o‘rni).
Demak, monitoring ta’lim jarayonini boshqarishning mustaqil vazifasi hisoblanadi, chunki monitoring o‘lchashlar natijalari kelgusidagi boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga asos bo‘ladi. SHu bilan bir vaqtda monitoring ta’lim jarayonining barcha vazifalari va bosqichlari bilan oraliq aloqadadir.
Ta’lim sifati pedagogik monitoring texnologiyasi. Texnologik yondashuv zamonaviy pedagogikada metodologik tadqiqotlarning muqim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va u pedagogik jarayonlarni tashkil etishda zaruriy bilish bosqichi va bajariladigan xatti-harakatlar ketma-ketligini aniqlab beradi. Uning vositalari orqali pedagogik tizim elementlari tahlilidan jarayonlarni loyihalashtirish, ularni rostlash va boshqarishga o‘tish amalga oshiriladi. Umumiy ma’noda texnolgiya qo‘yilgan maqsadga erishish uchun faoliyatni tashkil etish usuli sifatida qaraladi.
Pedagogik monitoring texnologiyasi:
ta’limiy faoliyat natijalarini tashkiliy va axborot vositalaridan foydalanib kuzatish jarayoni;
qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonlarini, loyihalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish bo‘yicha pedagogik tizim va pedagogik harakatlar samaradorligini tezkor kuzatish;
ta’lim sifatini standartlashtirilgan ko‘rsatgichlarini nazorat qilish va baholash bo‘yicha ish-harakat usullari va vositalarini o‘zida ifoda etuvchi hujjat.
Pedagogik monitoring - texnologikjarayonga xshash bo‘lib, u: tayyorlash, bevosita ijro etish va umumlashtiruvchi bosqichlardan iborat.
Tayyorlov bosqichi quyidagi vazifalarning echimini topishni ko‘zda tutadi: monitoring ob’ekti aniqlanadi. Monitoring ob’ektini kuzatishdan ko‘zlangan yakuniy natijalari va maqsadlari aniq ifodalanadi nazorat, o‘rganish, tadqiqot, chunki kelgusida bajariladigan ishlar mazmuniga bog‘liq. Monitoring obektining ko‘rsatgichlari va mezonlarini aniqlanadi. Axborot yig‘ish, ularga ishlov berish metod va vositalari amalga oshirish mexanizmi tanlanadi, o‘lchashlar chastotasi va xronologik o‘lchash doirasi o‘rnatiladi. Axborot yig‘ib ularga ishlov beruvchi shaxslar, bajaruvchilar tayinlanadi. Olingan axborotni iste’molchilari aniqlanadi.
Imkon boricha monitoringni ta’minlovchi kompyuter dasturi ishlab chiqiladi. Axborot texnologiyalarini keng ko‘lamda qo‘llanilishi quyidagilarni ta’minlaydi:
monitoring ob’ektini muntazam yoki rejaga binoan kuzatishni;
eng muhim resurs bo‘lgan vaqtni tejashni;
katta hajmdagi axborotni tezkor yig‘ish, tahlil etish va oshirish grafigi ishlab chiqiladi.
Ijro etish bosqichi. Bu quyidagi ketma-ket harakatlarni o‘ziga qamrab oluvchi monitoring jarayonidir:
Dalillarni qayd etish. Tanlangna metod va vositalar yordamida ma’lumotlar yig‘ish. olingan natijalarga tezkor miqdoriy va sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha ishlov berish.
Umumlashtiruvchi bosqich. Bu monitoringning yakuniy bosqichi bo‘lib,
uning operatsiyalarini bajarilish tartibi quyidagicha bo‘ladi: Axborotlarni
umumlashtirish va tizimlashtirish. Barcha o‘lchashlar natijasiga binoan ma’lumotlar bankini (bazasini) yaratish. Monitoring ob’ekti holatini o‘zgartirish va dinamik rivojlanishini aniqlash. Sabab-oqibatli bog‘liqlikni o‘rnatish va tahlil etish orqali tizim (jarayon) holatini belgilash. YAxlit pedagogik tizimni, to‘liq jumladan amalga oshirilgan xatti-harakatlarni baholash. Erishilgan haqiqiy yutuqlari (natija)ni aniqlash.
Olingan ma’lumotlarning vazifasi iste’molchi tomonidan qo‘yilgan masalalarni strategik yoki taktik jihatdan maqbul echimni topishni ta’minlash yoki u quyidagilar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin:
bajarilayotgan vazifaga kerakli hollarda o‘zgartirishlar kiritishni aniqlash. Pedagogik tizimga to‘liq va pedagogik xatti-harakatlarga hususiy hollarda o‘zgartishlar kiritish;
pedagogik tizim va pedagogik xatti-harakatlarni kelgusidagi rivojlanishni oldindanbashorat etish;
ta’limning maqbul maqsadlari va ularni amalga oshirish vositalarini tanlash.
Monitoringni bosqichli loyihalash va amalga oshirish texnologiyasini amalga
oshirish uchun kasb-hunar kollejlari uchun ta’lim sifati monitoringining grafigini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish shart-sharoitlari. Ta’lim sifatida monitoringni amalga oshirish shart-sharoitlariga: monitoringning ilmiy axborot ta’minoti: monitoringning tashkiliy-texnik ta’minlanganligi:
monitoringning tashkiliy-texnologik jihatdan ta’minoti: manitoringning tashkiliy- metodik ta’minoti va manitoringning tashkiliy-analitik ta’minotlari kiradi.
Monitoringning ilmiy-axborot ta’minoti qo‘yidagilarni o‘ziga qamrab oladi:
aniq tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha kasb-hunar kolleji bitiruvchisi shaxsining pedagogik modelini ishlab chiqish;
abiturientlarning umumta’lim predmetlari bo‘yicha kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirish uchun tayanch bilimlarini oldindan tashxislash testlarini ishlab chiqish;
bitiruvchi shaxsi modeli bilan ta’lim oluvchining shaxsiy rivojlanganlik ko‘rsatgichlarini mosligini,ularning kvalimetrik o‘lchash metodlari va baholash;
ta’lim oluvchilarning psixo-fiziologik sifatlari va sog‘lig‘ini kasbiy talablar ko‘rsatgichiga to‘g‘ri kelishi;
kollejlarda 3 yil davomida o‘qitish davrida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘z-o‘zini tarbiyalash shaxsiy xaritalaridan foydalanishi;
kasb-hunar kollejlari pedagoglari uchun ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish bo‘yicha metodologik tavsiyalar;
ta’lim oluvchilar va bitiruvchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi hamda shaxsiy fazilatlarini DTS va pedagoglarning kasbiy layoqati, o‘quv mashg‘ulotlarining zamonaviy texnologiyaga mosligi.
Monitoringning tashkiliy- texnik ta’minlanganligi:
blankalar, anketa-so‘rovnomalari kuzatish varaqalari, shaxsiy so‘rovnomalar, testlar, ekspert varaqalari, umumiy natijalar jadvallari va shunga o‘xshash monitoringda qo‘llanadigan materialni ko‘paytirish;
monitoring n7atijalariga ishlov berishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish.
Monitoringni tashkiliy-texnologik jihatdan ta’minoti o‘ziga quyidagilarni qamrab oladi:
•kollejlar uchun monitoring dasturi ta’lim maqsadlari va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan DTS talablariga mos holda ishlab chiqish.
•kollejlar pedagoglarini ularning malakasini oshirish va kasbiy layoqatini rivojlantirish tarzida monitoring texnologiyasini o‘rgatish.
•«ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi», «ta’lim oluvchi-ta’lim muassasalari» darajasida kasbiy ta’limning operatsion berilgan maqsadini qo‘yish va ularni O‘MKHTning me’yoriy hujjatlarida tasdiqlash;
•kasbiy ta’limining operatsion - berilgan maqsadlarini (o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish) o‘quv-tarbiyaviy jarayonda amalga oshirish;
•qo‘yilgan maqsad bilan ta’lim sifati monitoringi jarayonida mushtarak borishini mushtarak holda kuzatibborish va natijalarni baholash;
•ta’lim jarayoni natijalari va ta’lim sifati haqidagi ma’lumotni iste’molchilarga (rahbariyat, o‘qituvchilar, ijtimoiy hamkorlarni ish beruvchilar, ota-onalar va boshhqalar) zarur holatda rasmiylashtirish hamda taqdim etish;
•quyidagilar bo‘yicha dastur va tadbirlar ishlab chiqish: bajarilayotgan ishga o‘zgartirishlar kiritish, pedagogik tizimning rivojlanishini oldindan bashorat qilish, maqbul ta’lim maqsadlari va ularni amalga oshirish vositalarini tanlash;
•monitoringni amalga oshirish masalalari bo‘yicha kollejlar o‘quvchilariga maslahatlar berish va ularni tayyorlash;
Monitoringni tashkiliy-metodik ta’minoti quyidagilarni ko‘zda tutadi: •kasb-hunar kollejida ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalga joriy etish;
ta’lim jarayoni natijalari haqida axborot yig‘ish, tahlil qilish umumlashtirish, tizimlashtirish va ularga ishlov berish va iste’molchilarga axborot tayyorlash bo‘yicha doimiy harakatdagi tizimni ishlab chiqish va amalga joriy etish;
kollejdan har bir tayyorlov yo‘nalishga ta’limning ma’lum davrida (semestr, yarim yillik, yil) ta’lim sifatiga o‘kiritishni. Pedagogik tizimni rivojlantirish va bashorat etish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va amalga joriy etish.
Monitoringni tashkiliy - analitik ta’minotida quyidagilarni bajarish lozim:
kasb-hunar kollejlarida bo‘lajak kichik mutahasislar tayyorlash jarayonida va pedagogik tizimlarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar dinamikasini ifodalovchi kompyuter axborotlar bankini tuzish;
pedagogik tizim amalga oshirish jarayonida o‘zining yakuniy maqsadlarini to‘la amalga oshirilayotganligini va o‘tkazilayotgan pedagogik jarayon samaradorligini tahlil qilish;
ta’lim jarayoni va rivojlanish yo‘nalishlarini ta’minlovchi pedagogik tizimni bashorat qilish;
ta’lim sifati va kollejlarning bitiruvchilari tayyorgarligiga tashqi buyurtmachilar tomonidan (davlat, jamiyat ish beruvchilar) qo‘yilgan istiqboldagi talablarni bashorat qilish;
•ta’lim jarayoni oxirida «chiqish»da kelajakda talab etiladigan ta’lim sifatini shuningdek, bitiruvchi sifat va fazilatlarini loyihalashtirish va modellashtirish.
YUqorida bayon etilganlarga asoslanib quyidagicha xulosa chiqarish mumkin:
Monitoringni pedagogik tajribada sinash natijasida olingan ijobiy natijalari ta’lim sifatini baholash uchun tanlangna ko‘rsatkichlari va baholash mezonlarini to‘g‘ri tanlanganidan, shuningdek ta’lim sifati monitoringi operatsion algoritmi va texnologiyasini haqiqiyligi va amaliyligidan dalolat beradi.
Ta’lim sifati ko‘rsatkichlarini va ularni baholashda aniqlangan ba’zi salbiy natijalar va kasb-hunar kollejlariningpedagoglari monitoring maqsad va vazifalarini amalga oshirishning layoqatga etarli darajada ega va tayyor emasligini ko‘rsatadi.
Ta’lim sifatining maqbul darajasini ta’minlovchi omillar majmuasining nazariy tahlilitajriba-sinov natijalariga asoslanib ta’kidlash mumkin, agarda biz tomondan ifodalangan qator tashkiliy-pedagogik shartlarga amal qilinsa kasb-hunar kollejlarida to‘laqonli ta’lim sifati monitoringni amalga oshirish mumkin, chunki, nazariy tahlil va tajriba-sinov natijalariga asoslanib aytish mumkinki, yuqoridagi omillar majmuasi ta’lim sifatining maqbul darajasini shaksiz ta’minlaydi.
NAZORAT SAVOLLARI
monitoringi qaysi vazifalar O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ta’lim sifati monitoringining maqsad va vazifalari
«Monitoring» tushunchasiga ta’rif bering?
Ta’lim sifati bilan xarakterlanadi?
O‘MKHT tizimida ta’lim sifati monitoringini kelgusida ishlab chiqarish va amalga joriy etish uchun qanday masalalarni majmuaviy echimini topish talab etiladi:
Kasb-hunar ta’limida ta’lim sifati monitoring va modeli
Ta’lim sifati mezonlari
Ta’lim sifati pedagogik monitoring texnologiyasi
Pedagogik monitoring texnologiyasi:
Monitoringning tashkiliy- texnik ta’minlanganligi:
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonuni.-T.: 1997.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida» gi qonuni.-T.:1997.
Abduhaliqov T. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ta’lim sifati monitoringini tashkillashtirish ilmiy-pedagogik asoslari. Nomzodlik dissertatsiyasi.- T.: O‘MKHTRI,2003
MAVZU: O‘QITISH JARAYONIDA TALABALARNING
MUSTAQIL FIKRLASH QOBILIYATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI Reja:
O‘qitishda talabalaming ijodiy tafakurini rivojlantirish yo‘llari.
Talabalarning mustaqil fikrlarini rivojlantirishda ta’lim nazariyasi va amaliyot asoslari.
Tayanch so‘z va iboralar: Ijodiy tafakkur elementlari,
vositalar, didaktika bilish faoliyatini tashkil qilish, ta’lim bosqichlari, bilim, ko‘nikma, malaka, dunyoqarash, ishonch, eotiqod, qobiliyat, isteodod.
O‘qitishda talabalarning ijodiy tafakurini rivojlantirish yo‘llari.
Hozirgi ta’lim sohasida kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biri ijtimoiy, tabiiy va texnik fanlar sintezi muvaffaqiyatini amaliyotda qo‘llash-yangicha fikrlovchi, teran fikrini amalga tadbiq qila oladigan inson tafakkuridir. Bularning barchasi orqali inson omilining yanada oshishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Buning zamirida kelajak o‘qituvchilari uchun ijodiy tafakkurning albatta zarurligi tan olinmoqda.
Mustaqil ijodiy tafakkur-ma’naviy kamolotning belgisidir.
Ma’lumki, inson tafakkurning rivojlanish imkoniyatlari cheksiz. Erkin ijodiy tafakkur muayyan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy zaminda yuzaga keladi va ma’naviyatning rivoji qanchalik uyg‘un bo‘lsa, ijtimoiy taraqqiyot uchun zamin bo‘ladigan fan ilor oyalari ko‘proq maydonga keladi va taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kasib-ta’lim o‘qituvchisi uchun ijodiy tafakkur, ayniqsa muhim sifat xisoblanadi. Ijodiy tafakkur shaxs aktivligi, aql quvvatini ishga sola bilish, borliqqa o‘zgartirish kirgiza bilish, ya’ni mustaqil harakatdir.
Mustaqil ta’limni optimal boshqarish va rejalashtirish talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishning muhim ko‘rsatkichlari.
Ijodiy tafakkur - ichki bir-biriga bog‘liq mantiqiy ketma-ketlik orqali bajariladigan harakat deb qaralsa ham bo‘ladi. Ijodiy tafakkur albatta yangi ijodiy natijaga erishishni nazarda tutadi, yangi tafakkurga bo‘lgan talab , ijodiy tafakkurni bir butun tarkibi orqali birlashtiradi.
Berilgan sxemada talabalarning ijodiy tafakkur tarkibning mantiqiy ketma- ketligi izoxlangan.
Talabalar ijodiy tafakkur elementlari mantiqiy tarkibining aloqa sxemasi
Ko‘rinib turibdiki, ijodiy tafakkur strukturasi tushunchasida talabalar nafaqat auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda, balki maoruza, seminar, laboratoriya, nazorat va individual suhbatlarda ham mustaqil fikrlashlari lozimdir.
Ijodiy tafakkurni to‘g‘ri va ratsional tashkil qilish ko‘zlangan maqsad sari etaqlaydi.
Talabalarning mustaqil fikrlarini rivojlantirishda ta’lim nazariyasi va amaliyot asoslari
Ta’lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslarini, ya’ni ta’lim, bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaniig mustaqil bo‘limi didaktika shug‘ullandi. Didaktika — grekcha so‘z bo‘lib, "didasko", ya’ni, o‘qitish o‘rgatish maonolarini beradi.Ta’lim qonuniyatlarini o‘rganish, ta’lil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati mazmun va vazifalari, o‘qitish prinsiplari, shaqllari haqidagi bilimlar bayon etiladi.
Ta’lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biri bo‘lib, individual psixik rivojlanishni va bilimlarni o‘zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O‘qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o‘kuvchi, talabaga ta’sir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faolashtiradi, natijada o‘quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta’limdagi yutuqlar, avvalo o‘qituvchiga bog‘lik. Mutaxassis sifatida o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo‘lishi, psixologik-pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo‘lishi, har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o‘rganish va baholash, pedagogak ta’sir ko‘rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlab olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Ta’limni asosiy vazifasi shaxsni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar bilan qurolladtirishdan iborat. Ta’lim inson bilish faoliyatining bir turi sifatida bir necha maononi bildiradi. YA’ni: ta’lim oluvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilish, ularda dunyoqarash, fikr va eotiqodlarni shaqllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o‘stiradi.
Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to‘plangan bilimlar boriladi, zaruriy ko‘nikma va malakalar hamda eotiqodlar shallantiriladi.
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo‘lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o‘qituvchi va o‘quvchi faol ishtirok etadi. O‘qituvchi aniq maqsadni ko‘zlab, reja va dastur asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni singdiradi, o‘quvchi esa uni faol o‘zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok, tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rolp o‘ynaydi.
Ta’lim berish, yoshlarga bilim berish, ularda ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, yangi haqiqatlarni ocha bilishga qodir bo‘lgan ijodiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir. Ta’lim o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirish, o‘zida bilish qobiliyatlarini hamda fikrlash operatsiyalari va harakatlarini hosil qilish jarayonidir. Bu passiv jarayon emas, balki o‘quvchiga noma’lum faol, ijodiy faoliyat, me’nat jarayonidir. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi bilmaslikdan bilishgacha, noto‘g‘ri va noaniq bilishdan tobora to‘liqroq va aniqroq, chuqurroq bilishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.
Bilimlami o‘zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlar faol ishtrok etadi va amaliyotda sinab ko‘riladi.
O‘qituvchi, o‘quvchi va talabalardagi fikrlash jarayonni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun amaliyot har qanday bilishning negazidir, degan qoidani hisobga olishi zarur.
O‘quvchi va talabalarning erkin fikrlash qobiliyatini o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘li bilan o‘stirish lozim. O‘quvchi, talaba tafakkur jarayonida voqelikni ta’lil qilishni va taqqoslashni, bilimlarning o‘zlari uchun tushunarli sohalaridagi sabab-xulosalar chiqarishni o‘rganadilar, ya’ni oddiy, so‘ngra esa ancha murakkab tushuncha hamda fikr-mulohazalar hosil qilishni bilib oladilar.
Ta’limda o‘qituvchi bilim berish bilan cheklanmaydi, u o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga ham rahbarlik qiladi, o‘quvchilarda ishdagi mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini o‘stiradi va shu tariqa o‘rganilayotgan narsaning ongli ravishda o‘zlashtirib olinishga erishiladi. Materialni idrok qilishlari va tushunib olishlari bilan birga, uni puxta esda saqlab qolishlari to‘g‘risida ham am’o‘rlik qiladi.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabaning bilish faoliyatlarini tashkil qilish maqsadida o‘quv ishlarini olib borar ekan, avvalo ta’lim jarayoni orqali uch vazifani, ya’ni bilim berish orqali uch maqsadni hal qilishi lozimligini unutmasligi kerak. Bu maqsadlar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini birlashtiradi.
Ta’limiy maqsad - o‘kuv materiallarining mazmunini bilish, ya’ni ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliyotga tadbiq qila olishdir.
Tarbiyaviy maqsad - fan asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, imon- eotiqodlarini shaqllan- tirishdir.
Rivojlantiruvchi maqsad - ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o‘qishga, me’natga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat.
Bu maqsadlarni amalga oshirish natijasida o‘quvchi - talabada mustaqil ishlash isteododi paydo bo‘ladi. Uni o‘ylashga o‘rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur hukmronlik qiladi. Ta’lim turli bosqichlarda amalga oshadi.
Birinchi bosqich — o‘quv materiallarini idrok qilishdan iborat. Bunda o‘quvchi-talaba ta’limning mazmuni bilan tanishib, o‘zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
Ikkinchi bosqich — ular o‘quv materiallarini tushunib ola-dilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda yanga bilimlar paydo bo‘ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
Uchinchi bosqnch — yangi bilimlar, mashqlar, mustaqil ishlar, o‘qituvchining
qo‘shimcha izo’lari orqali musta’kamlanadi.
To‘rtinchi bosqichda — ular o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar.
Bularni bilish orqali o‘qituvi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi mumkin. SHuning uchun o‘quv jarayonining hamma bosqichlarida o‘qituvchi etakchilik va boshqaruvchilik rolini o‘ynaydi. YUqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, o‘qitish jarayoni biliish faoliyatining muhim tarmog‘i sifatida qator vazifalarni bajaradi. Jumladan:
o‘quvchi va talabalarda bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qiladi;
ularda dunyoqarashni, ishonch va eotiqodlarini o‘stiradi;
yoshlarni muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tar- biyali kishilar bo‘lib etishlariga, qobiliyat va isteododlarini o‘stirishga erishiladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o‘qituvchida o‘z kasbiga layoqat bo‘lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik me’natni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishdir. Bu avvalo, pedagogok kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishida ko‘rinadi. Bundan tashqari o‘qituvchi, o‘quvchiga o‘z faoliyati oboekti sifatida qiziqib qarashi, uning e’tiyoj va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim.
Bundan tashqari o‘qituvchi ta’lim jarayonida har bir o‘quvchi talabaning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlay olishi va hisobga olishi, o‘quv materiallarini to‘g‘ri tanlay bilishi, ta’lil qila olishi va umumlashtira bilishi pedagok mahorat uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari, vositalari va shaqllarini mukammal bilish, o‘quvchiga nisbatan talabchan bo‘lish pedagogik vaziyatga qarab ulardan o‘rinli foydalana olish, ta’lim natijalarini dastlabki va keyingi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash, ta’lil qilish va xulosalash kabilar. Xullas, o‘qituvchi keng ko‘lamdagi didaktik bilimlar, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi lozim. SHundagina o‘qituvchi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari darajasida ta’lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
Nazorat uchun savollar
Mustaqil ijodiy tafakkur nima?
Talabalar ijodiy tafakkur elementlari mantiqiy tarkibining aloqa sxemasini boshlang‘ich bosqichi algoritmini tavsiflab bering?
Talabalar ijodiy tafakkur elementlari mantiqiy tarkibining aloqa sxemasini oraliq bosqichi algoritmini tavsiflab bering?
Talabalar ijodiy tafakkur elementlari mantiqiy tarkibining aloqa sxemasini yakuniy bosqichi algoritmini tavsiflab bering?
Ijodiy tafakkur elementlari nimalardan iborat?
Ijodiy tafakkur vositalari nimalardan iborat?
Pedagogik tadqiqotlar deganda nimani tushunasiz?
Didaktika nima?
Ta’limning ta’limiy, tarkibiy, rivojlantiruvchi maqsadlari nimalardan iborat?
Ta’limning to‘rtta bosqichini tavsiflab bering
II-BOB. BO‘LAJAK KASB TA’LIMI O‘QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENTLIGINI
№
|
Mavzular nomi
|
Soatlar
|
1-Mavzu
|
Kasbiy ta’limning tashkiliy shakllari
|
2
|
2-Mavzu
|
Kasb ta’limi o‘qituvchisi metodik kompetentiigini shakllaritirishning nazariy-metodik asoslari
|
2
|
3-Mavzu
|
Bo'lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik kompetentiigini shakllantirish omillari
|
4
|
4-Mavzu
|
Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy-pedagogik kompetentlikni rivojlantirishning psixologik jihatlari
|
2
|
5-Mavzu
|
KXK pedagoglarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish yo‘llari
|
2
|
6-Mavzu
|
Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari
|
2
|
7-Mavzu
|
O‘quv jarayonini tashkil etishga innovatsion yondashuv, o‘qitishning samarali shakllari
|
2
|
8-Mavzu
|
Ishlab chiqarish ta’limida yo‘riqnoma o‘tkazish metodikasi
|
2
|
9- Mavzu
|
Ishlab chiqarish ta’limi metodlarining turlari
|
2
|
10-Mavzu
|
O'quv-didaktik material hamda vositalarni tayyorlash va ulardan foydalanish
|
2
|
11-Mavzu
|
Elektron o‘quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo‘yilgan talablar
|
2
|
12-Mavzu
|
Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarning pedagogik amaliyoti
|
2
|
13-Mavzu
|
O‘quv jarayonini tashkil etish va uning sifatini ta’minlash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar
|
2
|
14-Mavzu
|
Mustaqil ish va ularni tashkil etish shakllari
|
4
|
15-Mavzu
|
Kasb-hunar kollejlarida malakali mutaxassislarni
tayyorlash
|
2
|
16-Mavzu
|
Kasb-hunar kollejlarini boshqarish va ta'lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish
|
2
|
|
JAMI:
|
36
|
MAVZU: KASBIY TA’LIMNING TASHKILIY SHAKLLARI Reja:
Ta’limning sinf-dars tizimi
Kasb ta’limining boshqa tashkiliy turlari
Tayanch tushuncha va iboralar: Sinf-dar, bellankater tizimi, A.Bella, dalton - reja, pedagogika nazariyasi, Dars, mavzuiy reja, ta’limning ko‘rgazmali, Praktikum, didaktik prinsiplarni, Sayohat
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning ma’lum bir belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatining tashkil ko‘rshshshp ta’limshshg tashkiliy shaklini bslgilaydi. Ta’limning tashkiliy shakllari o‘qituvchi va o‘quvchining hamjihatlikdagi faoliyatini aniqlab beradi, ommaviy talim va alohida (individual) holdagi ta’limning nisbatlarini belgilaydi.
O‘rta Sharq ta’limi alohidalik, ayrimlik, yakka holda o‘rgatish xususiyatlariga ega edi, o‘rta asr davrida esa mashg‘ulotlar o‘quvchilarning uncha katta bo‘lmagan guruhlarida o‘tkazildi. XVI asrda dunyo maktablarining tajribalarini o‘rganish asosida YA.A.Komenskiy xarakterli jihati dars shaklidagi ta’limni tashkil etishdan iborat ta’limning sinf-dars tizimini nazariy jihatdan tushuntirib berdi. Ta’limning tashkiliy shaklida - dars davomida o‘quv mashg‘ulotlari o‘qituvchining rahbarligida, bir xil yoshdagi va ma’lum muddat mobaynidagi tayyorgarlik darajasi hamda o‘rnatilgan jadvalga ko‘ra doimiy bo‘lgan o‘quvchilarning guruhi bilan mashg‘ulotlar olib boriladi. Dars davomida o‘qituvchi tomonidan katta miqdordagi o‘quvchilarni bir vaqtda o‘qitish mumkinligi imkoniyatlari tug‘iladi. Ta’limning sinf-dars shakli XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Angliyada yoyildi va bellankater tizimi deb nomlandi. Bu nom uni taklif etgan mualliflar A.Bella va D.Lakkaster ism-shariflaridan hosil qilingandir. Kichik harakatlar asosida yosh avlodga oddiy ta’limnpng keng joriy etishdek jamiyatning ehtiyojini aks ettiradigan bu tizim o‘qituvchining bir vaqt mobaynida 600 va undan ko‘proq o‘quvchilar bilan ishlashini nazarda tutar edi. Tajribali o‘qituvchilarning faoliyati katta yoshdagi o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga tayyorlashga yo‘naltiriladi, ular o‘z navbatida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘zlarining kichik yoshdagi o‘rtoqlari guruhi bilan o‘tkazardilar, ularning ishlarini kuzatib borar va nazorat etardilar. Sinf-dars tizimi amalda ko‘p jihatdan ustun ekanligini namoyon etdi va ko‘pgina mamlakatlarda qo‘llana boshlandi. O‘quvchilarning anglash faoliyatlarini yanada faollashtirish uchun qilingan harakatlardan biri ta’limning yangi tashkiliy turi bo‘ldi. Bu asrning boshlarida AQSH xalq ta’limining jamoat arbobi bo‘lgan E.Tarkxerst tomonidan taklif etilgan edi. Bu dalton - reja deb nomlanib, ta’limni individuallashtirish va har bir o‘quvchiga o‘rgatishda mustaqil ravishda hamda o‘z tezligida ilgari siljish imkoniyatini beradigan ta’lim turi edi. XX yillarda dalton-rejaning ba’zi bir jihatlari
ta’limning brigada - amaliy tashkiliy turlarida foydalanilgan edi. (Bu shakl sinfning yoki brigadaning jamoaviy ishini har bir o‘quvchining individual ishi bilan muvofiqlashtirganligi jihatidan dalton - rejadan farq qilar edi, ammo ta’limning brigada - amaliy tashkiliy turini keng yoyilishiga olib keldi. Ba’zi bir mamlakatlarda ta’limni tashkil etishning umumiy an’anasi aholining turli-tuman ijtimoiy tabaqalari uchun ta’lim imkoniyatlarini turlicha bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsad yo‘lida shaxsning takrorlanmasligini, bir buyukligini ta’minlaydigan ta’limdagi juda ham alohidalik, individuallikka asoslanish tendensiyasi mavjud. Ko‘pgina amerikalik va ingliz didaktlari (E.Melbi, R.Vorner va boshqalar) o‘rganish - bu shaxsiy iidividual jarayon bo‘lib, har bir bola nimani o‘rganishi mumkin bo‘lsa, shunga o‘qitilishi kerak, deydilar. SHu sababli bolalarni juda ham individual rejalar va individual tezlikda o‘qitishni taklif etishadi.
AQSH o‘quvchilarining jamoaviy ishlari bilan bir qatorda ta’limning individualligini ma’lum darajada muvofiqlashtiradigan Tramp rejasida texnik vositalardan keng foydalanish asosida o‘quv jarayonini yuqori darajada individuallashtirish nazarda tutiladi. Ushbu rejaning muallifi - amriqolik pedagog
Loyd Trampaning fikricha o‘rta maktablarda o‘qitish 100-150 kishidan iborat bo‘lgan guruhlarda (ma’ruzalarda ta’lim turli-tuman texnik vositalardan foydalanish bilan) o‘tkaziladi. Bunga o‘quv vaqtining 40 foizi ajratiladi. 10-15 kishidan iborat bo‘lgan kichik guruhlarda esa (ma’ruza materialini muhokama etish hamda ayrim bo‘limlarini chuqur o‘rganish, ko‘nikmalar va malakalarni qayta ishlash bilan) vaqtning 20 foizi ajratiladi hamda mustaqil ishga (o‘quvchilarning individual ishlari) vaqtning 10 foizi ajratiladi. Dars hozirgi zamon o‘quv tarbiya jarayonida tahsil maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’limi shakli hisoblanadi. Bir necha asrlar davomida ta’limning dars shaklidan boshqa bir yangi shaklini pedagogika nazariyasi ham, amaliyoti ham taklif etgancha yo‘q. O‘tkazilgan dars o‘quvchilarni ham, o‘qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun ma’lum darajada umumiy ba’zi bir talablarga javob berishi kerak. SHulardan ba’zilarini eslatib o‘tamiz. Ayrim olingan biron-bir dars predmet kalendar dasturidagi o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, maqsadi aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Dars o‘tish jarayonida shakllantirilili lozim bo‘lgan bilim, iqtidor va ko‘nikmalar alohida aniqlanishi darkor. SHu bilan birga mazkur dars davomida bilim, iqtidor va ko‘nikmalarning erishiladigai darajasi ham belgilanishi ma’qul bo‘ladi. Darsda ishlatiladigan metodlar, vositalar turkumi aniq bo‘lishi oldindan belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qo‘yiladigan didaktik talablardan yana biri shuki, beriladigan o‘quv materiali sistemali ravishda osondan- qiyinga, oddiydan- murakkabga, o‘quvchilar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilish kerak. O‘qituvchi darsni tashkil qilar ekan o‘quvchilar o‘quv faoliyatini aktivlashtiruvchi ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning muqobil rejalarini amalga oshirishni ko‘zda tutmog‘i lozim. Darsga birmuncha tarbiyaviy talablar qo‘yiladi. Har bir dars ma’lum darajada g‘oyaviy yo‘nalgan aniq tarbiyaviy vazifalami bajarishi, olingan ilmiy bnlimlar asosida dunyoqarashni, yuqori axloqiy fazilatlarni, estetik didni shakllantirib ta’limni hayot bilan mustaqil aloqalarini ta’minlashi zarur. O‘quvchilarda bilimga qiziqishni, bilimlarni mustaqil egallash ko‘nikmalarini Qaror toptirish, ijodiy tashabbuskorlikni qo‘llab- quvvatlash, ularning tasavvurlari chuqurligi, rivojlanish darajasini hisobga olish xam darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablardan hisoblanadi. Darsga qo‘yiladigan tashkiliy talablar: mavzuiy (kalendar) rejalashtirish asosida dars o‘tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud bo‘lishi, dars o‘z vaqtida boshlanib, o‘z vaqtida tugashi kerak. Darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi va darsning boshidan to oxirigacha o‘quvchilar ongli intizomi ta’minlanmog‘i lozim. Darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o‘quv-texnik, kompyuter, statsionar va dinamik ko‘rgazmali qurollardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Darsning tarkibiy tuzilishi o‘rganilayotgan materialning mazmuniga, darsda foydalaniladigan ta’limning usullari va metodlariga, o‘quvchilarning tayyorlanish hamda rivojlanish darajasiga, o‘quv jarayonida darsning o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Darslar juda ham turli-tuman tarkibiy tuzilishlarga ega bo‘lib, darslarni bir marta doimiy ravishda mavjud bo‘ladigan ko‘rinish tarzida rejalashtirish va o‘zgarmaydigan qotib qolgan namuna asosida o‘tkazaverish mumkin emas. Darsning tarkibiy tuzilishiga yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar qatorida mazkur sinfda ishlashning haqqoniy shart-sharoitlari, shuningdek, o‘qituvchi ish faoliyatining ijodiy xarakteri katta ta’sir ko‘rsatadi. har bir dars boshqa darslar-dan hatto ular bitta fan, bitta mavzu yuzasidan teng, yonma- yon sinflarda o‘tkazilganda ham o‘zining o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra farq qiladi.
Darsda har doim o‘qituvchining maxsus «pedagogik yondoshuv tarzi»ni ko‘rish mumkin. Masalan, kombinatsiyalashgan dars quyidagi ko‘rinishda tashkil etiladi: tashkiliy ish, o‘quvchilarga berilgan uy ishlarining bajarilishini tekshirish, o‘rganilgan material yuzasidan o‘quvchilardan so‘rash, o‘qituvchi tomonidan yangi materialning bayon etilishi, o‘rganilgan materialni mustahkamlash, uyga topshiriqlar, vazifalar berish. Darsning tarkibiy tuzilishi o‘qituvchi va o‘quvchilarning darsdagi hamjihatlikdagi faoliyatlarini tashkil etishning tashqi ko‘rinishini, tashqi namoyon bo‘lishinigina emas, balki o‘quvchilarning aktiv anglash faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ichki jarayonlarning mohiyatlarini ham aks ettirishi kerak. Darsning tuzilishi o‘quv materialining mazmuniga, shart- sharoitlariga, o‘quvchilarning tayyorgarligiga va boshqalarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Yangi bilimlarni o‘zlashtirish darsi quyidagilardan iboratdir: o‘quv materialini anglash va qabul etish; undagi aloqalar, o‘zaro munosabatlarii anglash, bilimlarii umumlashtirish hamda sistemalashtirish. Ammo yangi bnlimlarni o‘zlashtirish darslarining ayrimlarini tarkibiy tuzilishlarida, ya’ni masalan, o‘quvchilar uchun butunlay notanish bo‘lgan materiallarni o‘rganish davomida asosiy bilimlarni tasavvurdan o‘tkalish umuman bo‘lmasligi mumknn. Darslarning har bir turi ko‘rsatib o‘tilgan asosiy bosqichlardan tashqari ichki tuzilishga-darsning har bir bosqichida ayrim didaktik vazifalami hal etish metodikasiga ega bo‘ladi. Bu metodika har bir darsning ko‘p darajada muhim qismi hisoblanadi, chunki darsda qo‘llaniladigan metodlar, usullar va ta’lim o‘qitish vositalari davomiylik hamda o‘zaro bog‘liqliklarning turli-tuman muvofiqligi asosida qo‘llaniladi. Masalan, yangi o‘quv materialini anglash va qabul etish bosqichida o‘qituvchi tushuntirishdan, muammoli bayon etishdan, evristik suhbatdan, o‘quvchilarning turli-tuman mustaqil ishlaridan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanishi mumkin.
Zamonaviy darslar uchun o‘zlashtirish, qismlarga ajratish, takrorlash va mustahkamlash, yangi o‘quv materialini egallash hamda uni amaliy jihatdan qo‘llash bilan bog‘liq ravishda oldin o‘rganilganlarni nazorat etish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro bog‘liqliklari xarakterlidir. O‘quvchilarning mustaqil ishlari faqatgina takrorlash va mustahkamlash bosqichlaridagina emas, balki yangi materialni o‘rganish davomidayoq tashkil etiladi, bu orqali o‘qitish bilan o‘rganish orasida, siifnning jamoaviy ishi bilan o‘quvchining individual (yakka holdagi) ishi orasidagi mustahkam bog‘liqlik amalga oshiriladi. O‘quvchilarning qidiruvchanlik faoliyatlarini tarkibiy qismlari faqat muammoviy xarakterdagi darslardagina emas, balki hamma turdagi darslarning (kombinatsnyalashgan, nazorat va boshqalar) ayrim bosqichlarida ham foydalaniladi. Oldinga qo‘yilgan didaktik vazifalarni hal etishning yo‘llariga bog‘liq holda dars qurilish tartibining ayrim bosqichlari kisHarishi va kengayishi, o‘qitish usullari hamda har xil metodlarning vazifalari, o‘rni o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun zamonaviy darsnnng tarkibiy tuzilishi o‘qituvchilarning boshqaruvchilik roli va o‘quvchilarning anglash faoliyatlarini tashkil etishning o‘ziga xosligini aks ettira turib, juda ham turli-tuman shakldaligi bilan farq qiladi.
Darsning muvaffaqiyatli o‘tishi o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning darsga tayyorlanishlariga bog‘liqdir. Darsga miridan-sirigacha tayyorlanish, xususan etarli darajada pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lmagan yosh o‘qituvchilar uchun juda zarur. O‘qituvchining darsga tayyorlanishida dastlabki bosqichlar ajralib turadi. O‘quv yili boshlanishi oldidan o‘qituvchi dasturdagi hamma mavzularni o‘rganish vaqtini taqsimlab chiqadi, o‘quv mashg‘ulotlarining jadvali va mazkur fanni o‘rganishga o‘quv rejasidan ajratilgan haftalik soatlarning miqdorini hisobga olgan holda unga muvofiq bo‘lgan taqvimiy muddatlarni o‘rnatadi. SHunday tarzda belgilab chiqilgan dastur o‘qituvchi uchun fan yuzasidan ishlarning taqvimiy (kalendar) rejasi sifatida xizmat qiladi. O‘qituvchining darsga bevosita tayyorlanishi har bir, darsda qo‘llaniladigan mavzuni rejalashtirishni konkretlashtiradi. Darsning rejasi (uni ba’zida mavzuiy rejadan farq qilib, darsning ish rejasi deb nomlaydilar) har bir o‘qituvchi uchun zarurdir. Odatda faqat uning hajmi farq qiladi: endigina o‘zining o‘qituvchilik faoliyatini boshlayotganlar o‘zlarining hamma harakatlari va darsning borishini tasvirlash, kichik bo‘laklarigacha ko‘rsatilgan mukammal tayyorlama yozadilar. Tajribali o‘qituvchilar esa qisqa, ixcham reja tuzadilar. Darsning rejasi ixtiyoriy shaklda tuziladi, ammo unda quyidagi tarkibiy qismlarning aks etishini ta’minlash zarur: darsning o‘tkazilish muddati va uning mavzuiy reja bo‘yicha tartib raqami; o‘tkaziladigan sinfning, dars mavzusining nomi; ta’limning vazifalari, shakllantiriladigan bilim, iqtidor va ko‘nikmalar; o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish; dars bosqichlarining davomiyligi va ushbu bosqichlarda vaqtning taxminiy taqsimlanishini ko‘rsatgan holdagi tarkibiy tuzilishi; o‘quv materialiniig mazmuni; darsning har bir qismida o‘qituvchi va o‘quvchining ish usullari hamda metodlari; ta’limning ko‘rgazmali va texnik vositalarini qo‘shib hisoblaganda darsni o‘tkazish zarur bo‘lgan o‘quv qurollari; darsda bevosita o‘tkaziladigan test sinovlari; uy vazifalari, topshiriqlar.
Darsning yutug‘i va uning natijalari nafaqat o‘qituvchining tayyorligiga, balki o‘quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog‘liq bo‘ladi. Afsuski, ushbu masalaga ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarining amaliy ishlarida etarli darajada e’tibor bermaydilar. SHu bilan birga o‘quvchilarning navbatdagi darsga (yoki darslarga) ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan tayyorlanishlari ularda ijobiy psixologik kayfiyatni vujudga keltiradi, anglashga, bilishga bo‘lgan yuqori darajadagi qiziqishni tug‘diradi. O‘quvchilarni oldinda turgan darslarga tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutadi: ularni oldinda turgan darsning dasturiy o‘rganish rejasi bilan tanishtirish; (bu xususan yuqori sinflar bilan o‘quv ishlarida juda ham zarurdir) o‘quvchilarning tushunishi mumkin bo‘lgan darslarning ayrim bo‘-limlari bilan tanishish; oldinda turgan darsda ko‘tariladigan masalalar yuzasidan ilmiy-ommabop adabiyotlarni o‘qish, yangi materialni o‘rganishga ko‘maklashadigan kuzatishlar va uncha murakkab bo‘lmagan tajribalarni o‘tkazish. Darsdagi o‘quv ishlarining alohida holdagi shakli (individual turi) uning imkoniyatlari hamda tayyorgarligini o‘ylab ko‘rib o‘rganishda xar bir o‘quvchining ilgari siljish tezligini nazorat etish imkoniyatini beradi. Uning yutuqlari differensiyalashgan topshiriqlarni to‘g‘ri tanlash bilan, ularning bajarilishini o‘qituvchi tomonidan sistematik ravishda nazorat etish bilan, o‘quvchilarda vujudga keladigan qiyinchiliklarni hal etishlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish bilan belgilanadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, zaif o‘zlashtiruvchi (o‘zlashtirmovchi) o‘quvchilar uchun nafaqat totshiriqlarning murakkabligini, balki ko‘p darajada unga ko‘rsatiladigan yordamni ham darajalashtirish (differensiyalash) zarur. O‘quvchilarning individual (alohida holdagi) ishlarini mohirlik bilan tashkil etganda ularda o‘z ustida ishlashning malaka va ehtiyojlari shakllanadi. O‘quvchilarning darsdagi individual (alohida holdagi) shakldagi ishlarini tashkil etishdagi jiddiy kamchiliklar shundan iboratki, ular amaliy jihatdan bir-birlari bilan muloqot qilmaydilar, ular egallagan mustaqil faoliyatning tajribasi esa jamoaning mulkiga aylanmaydi, sinfdagi o‘z tengdoshlari va o‘qituvchi bilan birgalikda muhokama qilinmaydi. SHuning uchun
o‘quvchilarning darsdagi individual (alohida, yakka holdagi) ishlari uni tashkil etishning jamoaviy shakllari bilan muvofiqlashib ketishi kerak.
O‘quvchilarning darsdagi ishlarini barcha uchun umumiy (frontal) shaklda tashkil etish bilan bir qatorda, sinf bir xil yoki turli-tuman mashqlarni bajaradigan bir qancha guruhlarga ajratiladigai o‘quvchilarning guruhiy ishlari kabi jamoaviy shakllari ham qo‘llaniladi. SHunga bog‘liq ravishda yagona va darajalashgan (differensiyalashgan) guruhiy ishlarni ajratadilar, shu bilan birga boshqa xolatlarda u o‘quvchilarning individual (alohida holdagi) va har tomonlama (frontal) ishlari bilan juda ham mustahkam bog‘liqdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p darajada maqsadga muvofiq bo‘lgan guruhning tarkibi 5-7 kishidan iboratdir. Hamkorlikdagi muvaffaqiyatli ishlar uchun bir xil ishlash tezligiga va taxminan bir xil o‘zlashtirish darajasiga ega bo‘lgan o‘quvchilardan guruh jamlash zarur. Qoida bo‘yicha ushbu guruhlarning tarkibi doimiy bo‘lmasdan har bir fanlar bo‘yicha turlicha bo‘ladi, o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan belgilanadi, o‘qituvchi esa o‘quvchilar orasidagi o‘zaro munosabatlarni hisobga olgan holda to‘g‘rilab, bir yo‘nalishga solib boradi. O‘quvchilarning guruhiy ishlari sal kam hamma asosiy didaktik masalalarni: masala va mashqlarni hal etish, mustahkamlash va takrorlash, yangi materialni o‘rganish kabilarni hal etish uchun qo‘llanishi mumkin. Alohida holda (individual) ta'lim berishdagi kabi guruhlarda o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi, ammo darajalashgan (differensiyalashgan) guruhiy topshiriqlarni bajarish o‘quvchilarni jamoaviy ish metodlariga (usullariga) o‘rgatadi, muloqot esa psixologlar ta'kidlab o‘tganlaridek, shaxsiyatparastlikdan qutulish imkoniyatini yaratadigan to‘g‘ri tushunchalarni shakllantirishning o‘zgarmas shart-sharoiti hisoblanadi. O‘quvchilarning har tomonlama (frontal). guruhiy va individual (alohida holdagi) ishlari tarbiyaviy hamda ta'limiy vazifalarni amalga oshirishga ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ularni muvofiqlashtirish, o‘qituvchi tomonidan o‘quv fanining o‘ziga xosligini, o‘rganilayotgan materialning mazmunini, o‘qitish metodlarini sinf va ayrim o‘quvchining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda u yoki bu shaklini o‘ylab
ko‘rilgan, asoslangan shakli tanlanishi kerak.
Darsning, o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil etishni hamma shakllarida ta'lim jarayoni ishtirokchilari orasidagi munosabatlar xarakteri muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Ya'ni bunda talim jarayonining ishtirokchilari bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchi hamda o‘quvchilarning o‘zlari orasidagp munosabatlar nazarda tutilmoqda. Ushbu munosabatlarning ijobiy xarakteri o‘quvchilarning anglash, bilish faoliyatini rag‘batlantiradn, uning natijaliligini oshiradi. O‘qituvchi darslarda o‘quvchilarga bo‘lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro‘sini saqlagan holda yondoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Darsda o‘quvchilarga o‘qituvchining murojaati shakli ham farqsiz emas. O‘quvchilarni o‘z ism-shariflari bilan atashi maqsadga muvofiqroqdir.
Pedagog sifatida o‘zliginn namoyon etishni talab qilish zarur holatlarda o‘qituvchi tomonidan o‘z hissiyotini aks ettirishnp inkor etmaydi: u darslarda faqatgina ziyrak va mehribon, quvnoq, hushyor, ko‘ngilchan bo‘libgina qolmasdan, balki jiddiy, xafa va noroziligi bilingan qiyofada bo‘lishi ham kerak. O‘qituvchining pedagogik
optimizmi, uning o‘quvchilarga munosabatidagi ishonch, o‘quv faoliyatini tashkil etishning turli-tuman shakllaridagi darsda ularning hamjihatlikdagi
izlanuvchanligini tashkil etish, o‘quvchilarning ishlariga hakqoniy baho berish, ularga doimiy zarur yordam ko‘rsatishga tayyor turishlik - bularning barchasi juda katta didaktik va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi, o‘quvchilarda jamoaviy mehnat malakalarini hamda ijobiy axloqiy fazilatlarni shakllantiradi.
Darsni mukammallashtirish, takomillashtirishning zamonaviy bosqichi yangi sharoitlarda ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarining o‘ziga xosliklarini o‘rganish bilan xarakterlanadi. Bunda darslarning samaradorligini ko‘rsatkichi o‘quvchilar tomonidan olingan bilimlarning o‘zinigina darajasi bilan
chegaralanmaydi, balki ular tomonidan anglashning ko‘nikma va malakalarini egallashning darajasi bilan ularning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini, shakllantirishlarini ham qo‘shib oladi. O‘quv-tarbiya muassasalari ishlash sharoitlariga va o‘quvchilarning yoshiga ko‘ra imkoniyatlarini hisobga olgan holda dars o‘ziga xos xarakterda tashkil etiladi. Masalan, quyi sinflarda, ya’ni o‘quvchilarning diqqatlarini qiyosan juda ham tez qo‘shish zarur bo‘lib, darslarda o‘quv ishlarining har xil turlari, jumladan, o‘yin va mashg‘ulot xarakteriga ega bo‘lganlaridan foydalaniladi. Ta’limning birinchi bosqichida o‘quvchilar tabiiy fanlar yoki maxsus tarqatma materiallarni gerbariy va kolleksiyalar hamda o‘rganadigan fanni darslar deb yuritiladigan va izohiy o‘qish darslari o‘tkaziladi. Yuqori sinflarda o‘qituvchi tomonidan yangi materialni bayon etish darslarining (hikoya, tushuntirish yoki ma’ruza ko‘rinishidagi) roli ortadi va o‘quvchilarning mustaqil ishlari (darsliklari va o‘quv qo‘llan-malari bilan) ahamiyati oshadi, muammoviy darslarda ijodiy xarakterdagi individual (alohida holdagi) va guruhiy ishlarni bajarish keng qo‘llaniladi. IX- X sinflarda o‘quv mashg‘ulotlarining jadvaliga ikkilantirilgan darslar deb nomlanadiganlari kiritila-di. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday darslarni katta mazmunga ega bo‘lgan yangi ma’lumot asosidagi ma’ruzani o‘tkazishda, shuningdek, amaliy ishlarni, seminar va amaliy mashg‘ulotlarni, praktikumlar va o‘quv sayohatlarini bajarishda qo‘llab ko‘rish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi darslarda va kechki maktablarda hayotiy masalalarni mustaqil hal etish (ishlab chiqarish hamda turmush masalalarini ham) malakasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarning mustaqil ishlariga keng suyanadi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish davomida ish vaqtining har bir daqiqasini qanday qadrlash va e’zozlash kerakligini yaxshi tushunuvchi balog‘at yoshidagi o‘quvchilar ba’zi hollarda darslarda vaqtlardan tejamay foydalanishning guvohi bo‘ladilar. Maktab-internatlarda va kuni uzaytirilgan gruppalarga ega bo‘lgan maktablarda darslarnn o‘tkazishning o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular o‘quv jarayoni to‘laligicha (maktab-internatlarda) yoki sal kam butunligicha (kuni uzaytirilgan gruppalarga ega bo‘lgan maktablarda) tashkil etiladi va maktabda amalga oshiriladi. Kunning ikkinchi yarmi esa o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiriladigan mustaqil ishlarga ajratiladi. Qozirgi vaqtda kuni uzaytirilgan gruppaga ega bo‘lgan maktablarda o‘tkazilgan darslarning sifatini baholashda o‘quvchilarning uy vazifalarini bajarishda o‘z ustida ishlash vaqtidagi tayyorgarligi darajasini hisobga olish maqsadga muvofiq deb tan olingan. Kuni uzaytirilgan gruppaga ega bo‘lgan mak-tabni bundan keying rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri - ilg‘or tajribani tahlil etish asosida ko‘p darajada masadga muvofiq bo‘lgan bir butun o‘quv-tarbiya jarayoni tartib- qoidalarini tashkil etish hisoblanadi. Bunda, o‘quv fanlari yuzasidan olib boriladigan fanlar o‘qituvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan to‘garak va sinfdan tashqari faoliyatlarining har xil turlarini o‘tkazish bilan tabiiy ravishda bog‘lanib ketadi.
2. Kasb ta’limining boshqa tashkiliy turlari. Darsni to‘lg‘azadigan va o‘quvchilarning politexnpk ta’limiga ko‘maklashadigan ta’limning tashkiliy turlaridan biri praktikum hisoblanadi. Praktikumlar yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi va o‘zida o‘quvchilar dastur asosida ma’lum bir belgilangan ishlarni bajaradigan tajribaviy hamda amaliy mashg‘ulotlarni namoyon etadi. Praktikumlar tajribaxonalarda, ustaxonalarda, o‘quv kabinetlari va o‘quv-tajriba uchastkalarida, o‘quvchilarning ishlab chiqarish kombinatlari hamda o‘quvchilarning ishlab chiqarish brigadalarida o‘tkaziladi. Quyi sinflarda o‘tkaziladigan odatdagi va amaliy mashg‘ulotlar bilan qiyoslaganda ular o‘quvchilarning topshiriqni bajarishga ijodiy yondoshuvi va juda katta mustaqilligi bilan farq qiladi. O‘qituvchi praktikumga ajratilgan vaqt doirasida ish rejasini tuzadi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida mavjud bo‘lganlarga qo‘shimcha ravishda zarur bo‘lgan yo‘riqnomalar hamda ko‘rsatmalarni tayyorlaydi. O‘quvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil topshiriqlarni bajarishlari mumknn. Sinfdagi har bir o‘quvchini ta’minlash uchun o‘quv qurollari etmagani yoki ishning murakkabligi, uni bir o‘quvchi tomonidan bajarilishini qiyinlashtiradigan holatlarda topshiriq butun guruh tomonidan tashkil etiladi. Shu bilan birga, praktikumning dasturida nazarda tutilgan hamma ishlarni bajarish har bir o‘quvchi uchun majburiy hisoblanadi. O‘qituvchi doimiy rahbarlikni amalga oshira borib va zarur yordamni ko‘rsata borib praktikumning topshiriqlarini bajarish davomida o‘quvchilar musta-qilligini yuqori darajasiga erishadi. Yuqori sinflarda seminarlar odatda, ko‘pincha ijtimoiy yo‘nalishdagi fanlar yuzasidan dasturlarning asosiy bo‘limlarini o‘rganganlaridan so‘ng o‘tkaziladi.
Ta’limning ushbu tashkiliy turidan foydalanish o‘rganilgan materialni nazariy umumlashtirishni o‘tkazishga imkoniyat yaratadi, o‘quvchilarni mustaqil ma’lumotlar bilan chiqishlar qilishga, bahslashishga, o‘z fikrini himoya etishga o‘rgatadi va o‘quvchilarni ijtimoiy hayotda ishtirok etishga hamda ta’limni davom ettirishga tayyorlaydi. Seminar mashg‘ulotini o‘tkazishning rejasi o‘qituvchi tomonidan muddatidan avval tuzilib qo‘yilgan bo‘ladi va uni o‘quvchilar bilan muhokama etish jarayonida tuzatilib, to‘ldirilib boriladi. Qabul qilingan rejaga muvofiq ravishda seminarga har bir o‘quvchining va butun sinfning tayyorlanish dasturi o‘rnatiladi, topshiriqlar taqsimlanadi, o‘rganish zarur hisoblanadigan adabiyotlar (hamma uchun majburiy) tavsiya etiladi. Seminarda o‘quvchilarning ma’ruzalari ko‘pincha muammoviy ko‘rinishda qo‘yiladi. O‘qituvchi ularning tayyorlanishlariga rahbarlik qiladi hamda zarur maslahatlar beradi. Seminar mashg‘ulotlari odatda mazkur seminarning asosiy vazifalari ko‘rsatib o‘tiladigan, muhokama etish muammolari ilgari suriladigan qisqagina kirish so‘zidan boshlanadi. Seminar mashg‘ulotlari o‘quvchilarning yaxshi o‘ylab ko‘rilgan xatti- harakati va juda ham mustahkam tayyorlanishi bilan ta’minlanadigan mustaqilliklari va yuqori darajadagi faolliklarini namoyon etishga mo‘ljallangandir. Ba’zida ma’lumotlar, ma’ruzalar, referatlarning mavzularini oldindan taqsimlamasdan, seminar mashg‘ulotni o‘tkazishning hamma rejasi yuzasidan har bir o‘quvchining tayyor bo‘lishlarini va o‘zining tashabbusiga ko‘ra yoki o‘qituvchining chaqirishi bilan so‘zga chiqishga tayyor turishlari tayinlanadi. Seminarga tayyorlanishning bunday metodikasi ayrim, alohida o‘quvchilar tomoni-dan chuqur o‘rganishni talab etmaydigan murakkab savollar bo‘lgan hollardagina o‘zini oqlaydi. Ba’zan asosiy ma’ruzachilardan tashqari, seminar o‘tkazilishini faollashtiradigan opponentlar ham tayyorlana-dilar. Mashg‘ulot jarayonida o‘tkir va kundalik muammolarni chetlab o‘tmasdan munozara yasash zarur.
Mashg‘ulotning so‘lgida o‘qituvchi imkoniyati doirasida ularni ta’limning real vazifalari bilan bog‘lab, xulosa chiqaradi. O‘quvchilarning o‘z tanlashlari na hohishlariga ko‘ra ilmly-nazariy bilimlarini, amaliy tajribalarini kengaytirish hamda chuqurlalshtirish uchun o‘rganadigan o‘quv fanlari fakultativlar deb nomlaladi. Umumiy ta’lim-o‘rta maktablarning namunaviy o‘quv rejalarida VII sinfdan boshlab fakultativ mashg‘ulotlar kiritilgan. Bu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning qobiliyatlarini, kasbga yo‘nalganligini va aqliy manfaatlarini rivojlantirishni, majburiy dasturlarini o‘rganish davomida egallagan bilimlarni kengaytnrishga mo‘ljallangan differenslyalashgan ta’limning samarador guruhiy shakllaridan birini o‘zida namoyon etadi. Maktab oldiga VII-X sinflarning har blr o‘quvchisiga fakultativlardan birini tanlash imkonlyatini berishni ta’minlash vazlfasl qo‘yiladi, bu keyinchalik uning uchun majburiy bo‘llb koladi. Fakultativ mashg‘ulotlar majburiy kurslar bilan fakultativlar orasldagi vorisiylikni, davomiylikni saqlashga mo‘ljallangan, o‘quvchilarning mustaqilligini hamda faolligini oshirishga, ularning aqliy manfaatlarini rivojlantirishga xlzmat qiladigan maxsus dastur asosida o‘tkaziladi. Fakultativlarning sonini belgilab chiqishda maktab faqat o‘quvchilarnnng shaxsiyn hohishlaridangina emas, balki maktabning imkoniyatlaridan ham kelib chiqadi. Mahalliy shart-sharoitlarga muvofiq ravishda
o‘quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlashning vazifalari va real shart-sharoitlari hlsobga olinadi.
Fakultativ mashg‘ulotlarda ma’ruzalar amaliy mashg‘ulotlar bilan birikib ketadi. Bunda o‘quvchilar adablyotlar bilan ishlash malakasini, mustaqil aqliy faoliyat ko‘nikmasini egallaydilar, murakkab bo‘lmagan tajribalar va tadqlqotlar o‘tkazlsh metodikasini o‘zlashtiradilar, tajriba qurilmalari va texnikani ishlatish malakasini xosil qiladilar. Fakultativ mashg‘ulotlarda muammoviy ta’lim ham keng qo‘llaniladi, o‘quvchilarning individual ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishiga erishiladi. Fakultativ mashg‘ulotlar majburly fanlar yuzasidan bo‘lgan fanlar bilan mustaxkam bog‘liqlikda amalga oshirnlishi kerak. Bunday mashg‘ulotlar ta’limning ushbu har ikkala tashkiliy shakllari sama-radorligining oshuviga yordam beradi. O‘quv sayohatlari tabiiy sharoitlardagi jarayonlar va hodisalarni, har xil narsalarni o‘rganish, kuzatish imkoniyatini beradigan ta’limning tashkiliy turi, shakli hisoblanadi. O‘quv dasturlarida ko‘rsatib o‘tilgan, nazarda tutilgan sayohatlar majburiy hisoblanadi va u yoki bu fanni o‘rganish uchun ajratilgan o‘quv vaqti doirasida o‘tkaziladi. Ta’limning boshqa tashkiliy shakllari kabi sayohat didaktik prinsiplarni (ilmiylikni, ta’limning hayot bilan bog‘liqlygini, ko‘rgazmalilikni va boshqalarni) amalga oshiradi, o‘rganilayotgan hodisalarni o‘zaro aloqalarda, o‘zaro bog‘liqlikda Qarab chiqishga ko‘maklashadi, aqliy manfaatlarini, jamoaviy munosabatlarini, vatanparvarlik va shaxsning boshqa fazilatlarining shakllanishiga, o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga hamda kasbga yo‘nalganligiga tayyorlanishlariga imkoniyat yaratadi. O‘tmishning taraqqiyparvar pedagoglari o‘quv sayohatlariga juda katta e’tibor berganlar. To‘g‘ri tashkil etilgan sayohatlarda bolalarga «hayot kitobi»ni o‘qitishning usullaridan biri ko‘riladi. Sayohat darslari dasturdagi, ma’lum bir belgilangan bo‘limlarni o‘rganish bilan bog‘liq ravishda o‘tkaziladi: tabiatga sayohatlar, ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar, tarixiy joylar va yodgorliklarga, geografiya sayohatlari, adabiyot sayohatlari va boshqalar. Bir qator hollarda bir vaqtning o‘zida bir necha o‘quv fanlari yuzasidan sayohat o‘tkazish amaliyoti qo‘llaniladi. Bunday sayohatlar majmuaviy sayohatlar deb nomlanadi. Ular fanlararo aloqalarni amalga oshirishga, uning yaxlitligi yuzasidan kuzatish ob’ektini har tomonlama o‘rganishga, vaqtni tejab foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi. Majmuaviy sayohatlar o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va politexnik ta’lim maqsadlarida ishlab chiqarishda hamda tabiat bag‘rida o‘tkaziladi. Bir necha o‘quv fanlari yuzasidan bir vaqtda o‘tkaziladigan ishlab chiqarish sayohatlari juda katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar zavodda, elektrostansiyada, jamoa xo‘jaliklarida korxona yoki xo‘jalikning tarixi, fantexnikada erishgan yutuqlari, ishlab chiqarishni- tashkil etishning ilmiy prinsiplari bilan tanishadilar. O‘quv jarayonidagi sayohatlar o‘tkaziladigan vaqga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: darsda foydalanish uchun zarur bo‘lgan materiallarni yig‘ish yoki kuzatshilar o‘tkazish maqsadida uyushtmriladigan kirish sayohatlari, dasturdagi bo‘limlarni darsda o‘rganish bilan bir vaktning o‘zida (yonma-yon ravishda) alyrim masalalami konkretlashtirish va ularni ko‘rib chiqish, asoslash maqsadida o‘tkaziladigan davriy sayohatlar, dasturning alohida bo‘limi yoki ayrim mavzulari yuzasidan o‘quv ishlarini yakunlash maqsadida o‘t-kaziladigan natijaviy sayohatlar. Sayohatlarni o‘tkazish juda xam katta talyorgarllkni talab qiladi. O‘qituvchi sayohatining mazmulnli va vazifalarini belgylaydi, sayohat qilinadigan ob’ektni tanlaydi hamda u bilan juda xam mukammal tanishib chiqadi, oldinda turgan sayohatga raxbarlik kiling masalalarini hal etadi. O‘qituvchiiing o‘zi tomonidan sayoxatning o‘tkazilishi maqsadga muvoflkdir. Agar qaysidir bir sabablarga ko‘ra o‘qituvchining o‘zi o‘tkazishi mumkin bo‘lmay qolsa, o‘qltuvchi bo‘lg‘usi ekskursavodga (muhandis, guruh ustasi yoki sex boshlig‘iga, jamoa xo‘jaligi, birgada, fermaning boshlig‘iga) qaysi jarayonlar yoki hodisalarga, qanday darsalarga diqqatini Qaratish, sayohatning davomiyligi, izchlligi, muddati qanday bo‘lishi kerak, uni o‘tkazish davomida ular haqida o‘quvchilarga qanday tushuntirishlar berish lozimligini nazarda tutgan uslubiy tavslyalar berishi zarur.
O‘qituvchi tomonidan o‘qunchilar bilan xamkorlikda ishlab chlqilgan sayohatni o‘tkazish rsjasida ishlarning bosklchlari belgilanadi, sayohat mobaynida to‘planishi zarur bo‘lgan materiallarning va kuzatishlarning ro‘yxati, zarur bo‘ladigan jihozlar va qurilmalar (kuzatish va ularni qayd etish vositalari, o‘lchash qurilmalari va asbob-uskunalar), sayoxatning bosqichlari bo‘yicha vaqtning taqsimoti, sayohatga o‘quvchilarni olib borishning tashkiliy turi (xar yoqlama, guruhiy yoki alohida holdagi ishlar) ham qayd etiladi. Sayohat oldidan o‘quvchilar toshiriqni va u xaqdagi ma’lumotni oladilar, ular bilan kirish suhbati o‘tkaziladi. Topshiriqlarda o‘quvchilardan har biri (yoki o‘quvchilar guruxi) qanday kuzatishlar o‘tkazilishi lozlmligini, qanday xollarga u mustaqil javoblar berishi kerakligini, qanday materlallar va qanday shaklda to‘planishi kerakligi, sayohat va uniig materiallari haqida qancha muddatga hisobot (ogzaki ma’lumot, yozma bayoni, kolleksiya va gerbariylar va hokazolar) tayyorlashi kerakligi ko‘rsatilib o‘tiladi. Sayohatning muddati ob’ektning xarakteriga, o‘tkazish maqsadiga, o‘quvchilarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi va taxminan 40-45 daqiqadan 2-2,5 soatgacha (borib- kelishga sarflanadigan vaqtlarni hisobga olmaganda) bo‘lgan vaqt chegarasida bo‘ladi. Sayohatni o‘tkazish davomida hamma o‘quvchilarning faol ishlashlari ta’minlanadi, kuzatuv o‘tkazish imkoniyatlari (ob’ektlarning yaxshi ko‘rinishi, intizom va tartibga rioya etilishi, o‘z xatti-harakatlarini to‘g‘ri saqlash hamda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya etilishi) ta’minlanadi. Sayohatning so‘nggi bosqichida o‘qituvchi o‘quvchilarning umumiy bilimlari sistemasiga qo‘shilib ketadigan yakuniy suhbat (yozma ishlar- kam hollarda) o‘tkazadi. Hisobotni tayyorlash uchun to‘plangan materiallarni qayta ishlash haqida ko‘rsatmalar beradi. Sayohat materiallari asosida ko‘rgazmalar tashkil etiladi, maxsus mashg‘ulotlar (masalan, sayohat haqidagi yozma ishlarni tahlil etish), kechalar va hokazolar o‘tkaziladi. Sayohatda to‘plangan materiallar o‘zi muvofiq keladigan darslarda tarqatma materiallar sifatida foydalaniladi, maktab muzeyiga eksponatlar sifatida qo‘yilishi mumkin. Sinfda va, maktabda sayohat o‘tkazishni tartibga solish uchun (xususan komplekslilarni) maktab direktorining o‘quv- tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv yilida, shuningdek, yarim yillik yoki choraklarda muddatlarini, sayohat ob’ektlarini va rahbarlarini ko‘rsatgan holda tuzadi. Bunday rejani unga o‘xshash bo‘lgan maktabda darsdan tashqari sayohatlar o‘tkazish rejasi bilan muvofiqlashtirgan holda tuzish lozim. O‘quvchilarning qoloqligini tugatish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ta’limning bu tashkiliy turidan texnika yoki san’at, ilmiy bilimning qaysidir bir tarmog‘ini o‘rganish yo‘lida ayrim o‘quvchilarning ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun ham foydalaniladi. (Ushbu vazifalarni fakultativlar yordamida hal etish mumkin bo‘lmagan hollarda.) Qo‘shimcha mashg‘ulotlar darsdan tashqari vaqtlarda o‘qituvchl tomonidan maktabda o‘tkaziladi. Ular guruh yoki yakka xolida o‘quvchilarning topshiriqlarini mustaqil bajarish yoki maslaxat darslari sifatida o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchining maslaxat darslari davriy, va umumlashtiruvchi (masalan, imtixonlarga va sinovlarga tayyorlanish davomida) bo‘ladi. Mlslahat darslari balog‘at yoshlilar maktablarida (kechki va sirtqi) katta axamiyat kasb etadi. Qoloq (o‘zlashtirmovchn) o‘quvchilar bilan ko‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish zarur xollarda tashkil etiladi. O‘qituvchi darslarda ayrim o‘quvchilarning bilimlaridagi yetishmovchiliklarning sabablarini aniqlaydi (o‘quv mashg‘ulotlarini qoldirish, uy vazifalarini bajarishga shart-sharotning etarli emasligi va xokazo) hamda qo‘shimcha mashg‘ulotlarda ularni tugatish choralarini ko‘radi. Qo‘shlmcha mashg‘ulotlar o‘quvchilarning individual o‘ziga xosligini to‘la xlsobga olish imkoniyatini beradi, fanni o‘rganishga qiziqishlarini va o‘z kuchlariga ishonishlarini otiradi. Qoloq o‘quvchllar bilan ko‘shimcha mashg‘ulotlarni o‘qituvchi yoki shu sinfning muvaffaqlyatli o‘zlashtirayotgan o‘quvchilari, yuqori sinf o‘quvchilari pedagogik o‘quv yurtlarining praktikant- talabalari o‘tkazishlari mumkin. O‘qituvchi ushbu mashg‘ulotlarni o‘tkazilishini doimiy nazorat ostiga oladi (metodik) rahbarlikni amalga oshiradi.
O‘qituvchi dasturdagi ayrim bo‘limlar yoki fanlarni o‘rgailshga
o‘quvchilarniig ehtiyojlarini ko‘p jihatdan qanoatlantirish uchun ular bilan individual mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Shuningdek, ularga yuqorl murakkablikdagi topshiriqlar va ko‘shimcha adablyotlarni o‘rganish yuzasidan tavslyalomalar bsradi. Bundan tashqari o‘zlashtirmovchi o‘quvchilar uchun sinfdan tashqari ishlarni tashkil etadi.
Uydagi o‘quv ishlari o‘quvchilarning darsdagi faoliyatlarini to‘ldiradi hamda mustaqil bajarilishi bilan xarakterlanadi. Ba’zi bir pedagoglar o‘quvchilarni darsda o‘qitishning didaktik talablaridan kelib chiqib o‘quvchilarga uy vazlfalarini berlshning zarurligini inkor etadilar. Bunday nuqtai nazar xatodir, chunki
birinchidan, o‘rganylayotgan dasturdagi material sinfdagi ishlar bilangina chegaralanishi mumkin emas, ikkinchidan uydagi o‘quv ishlari mustaqil aqliy mehnat malakasini, topshirilgan ish uchun mas’uliyat, javobgarlik xissini shakllantirish uchun juda katta axamiyatga ega bo‘ladn. O‘quvchilarning uy ishlari nafaqat ta’limiy, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham molikdir. O‘quvchilar tomonidan uy vazifalarini bajarish darslardagi o‘quv ishlarini to‘lg‘azadi, yangi materialni o‘zlashtirishga tayyorlanishni ta’minlaydi, shuningdek, egallab olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishni, yangi malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda mavjudlarini mustahkamlashni amalga oshiradi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Ta’limning sinf-dars shakli XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida
qaysi
davlatda yoyildi va nimadeb nomlandi?
Darsning tarkibiy tuzilishi nimalarga bog‘liq bo‘ladi?
Darsning tuzilishi nimalarga bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin?
Darsning rejasi ixtiyoriy shaklda tuzilib, ammo unda qanday tarkibiy qismlarning aks etishini ta’minlash zarur?
O‘quv jarayonidagi sayohatlar o‘tkaziladigan vaqiga qarab qanday turlarga ajratiladi?
Sayohatning muddati nimalarga asoslanib belgilanadi?
MAVZU: KASB TA’LIMI O‘QITUVCHISI METODIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK
ASOSLARI
REJA:
Kompenentlilik va kompetensiya tushuncha.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi pedagogik faoliyatini nazorati
Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar
Tayanch tushuncha va iboralar: Kasb ta’limi o‘qituvchisi, kompenentlilik, kompetensiya, metodik,kompetentlik turlari, kasbiy tarbiyalanganlik, kasbiy faoliyat
Bo‘lajak o‘qituvchida metodik kompetentlikni shakllantirishning maqsadi kasbiy va shaxsiy rivojlanish jarayonida talabaning o ‘z-o‘zini anglash, baholash va boshqarish kabi tarkibiy qismlami rivojlantirish va turli ta’lim muassasalarida ishlashga tayyorlash sanalsada, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari asoslarini o‘rganish vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
aniq pedagogik hamda ishlab chiqarish muammoli vaziyatlarda masalakmi ajratib olish va ularni hal qilish usuli sifatida pedagogik va texnik-texnologik tafakkumi rivojlantirish;
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining pedagogik-shaxsiy faoliyati asosi sifatida pedagogik, umumkasbiy va ixtisoslikga oid bilimlami o‘zlashtirishga nisbatan ijobiy munosabatda boiishga erishish;
bo‘lajak kasbiy faoliyat individual metodining asosi sifatida, o‘quv- pedagogik va ishlab chiqarish harakatlarining reproduktiv va ijodiy usullarini shakllantirish; muhim kasbiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish (hamdardlik, bolalami sevish va boshqalar), kasbiy va shaxsiy o‘z-o‘zini rivojlantirish ehtiyojini yuzaga keltirish hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimining birinchi bosqichida ta’lim dasturlari umumiy o‘rta va o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzluksizlik va uzviylikni ta’minlagan holda talabaning o ‘quv rejasidagi fanlar bloklarini (gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy; umumkasbiy ixtisoslik hamda qo‘shimcha) o‘zlashtirishlarini nazarda tutadi. Hozirgi kunda kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavro'qituvchilami tayyorlashda metodik kompetentliklarini shakllantirishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bo’lajak bakalavr-o‘qituvchilaming metodik faoliyat bilan shug‘ullanishlari uchun bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalana olmasliklari, o‘z kasbiy bilim va malakalarini oshirish ustida shug'ullanmasliklari, kutubxonalarda metodik kompetentliklarini shakllantirishlari uchun ta’lim olayotgan mutaxassisliklari doirasida adabiyotlaming yetarli darajada ta’minlanmaganligi, axborot texnologiyalaridan hamda elektron ta’lim resurslaridan unumli foydalana olmasliklari muammoning dolzarbligini ko‘rsatadi. Ushbu muammoni ijobiy hal qilish uchun talabalaming ta’lim olishini, pedagogik faoliyatga kompetentlik darajalarini izchil tizimga keltirish kerak. Ta’lim olish yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishning muhim omili hisoblanadi. Bu ayniqsa kasbiy tayyorgarlik tizimida yakqol namoyon bo'ladi. Ajdodlarimiz ham yosh avlodning kasb-hunar egallashiga, yetuk, tarbiyali, taraqqiyotga xizmat qiluvchi inson boMib yetishishiga ahamiyat berishgan. Buyuk allomalarimiz o‘z asrlarida kasbni ulug‘lashni, kasb-xunar egalariga xurmat va extiromni ta’kidlab o‘tganlar. Yusuf Xos-Hojib, Axmad Yugnakiy, Bahovuddin Naqshbandiy, Shayh Najmiddin Kubro, Muhammad al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Al-Farg‘oniy, Axmad Yassaviy, Abdurahmon Jomiy, Imom al Buxoriy, va Alisher Navoiy kabi buyuk mutafakkirlar kasbni, kasb-hunami ulug‘laganlar. Yuqorida sanab o‘tilgan buyuk allomaiar o‘z hayoti va ijodiy faoliyatiarida kasb-hunar egallashni ulug'lash bilan bir qatorda kasb-hunar egallashda mustaqil ish bajarishning naqadar muhimligi ta’kidlaganlar. Kasbiy faoliyatda kasb ta’limi o‘qituvchisining metodik kompetentligini shakllantirish orqali inson hayotga, shaxs tarbiyasiga, ijtimoiy munosabatlar rivojlanishga ma’lum ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi metodik kompetentligini shakllantirishda ta’limni taraqqiy ettirishning ishlab chiqilgan kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning modeli - ta’lim va ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan pedagogik hamda muammoli vaziyatlaming muvaffaqiyati hal etilishini ta’minlovchi, motivatsion xislatlar, inteilektual salohiyat, irodaviy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, hissiy sifatlar, o‘z - o‘zini boshqara olish sifatlarini ta’riflovchi hamda kasb egasining mustaqil bilim olishi va o‘z - o ‘zini rivojlantirishda aks ettiruvchi andoza hisoblanadi. “Kompetentli” inson o‘z ishida qandaydir masalani bilag‘oni deb tan olingan, xabardor bo‘lgan, obroMi, to‘la huquqli, doiralarda vakolatga ega bo‘lgan, qobiliyatli degan ma’nolarni anglatadi. Amalda barcha lug‘at tuzuvchilar “kompetentlik” va “kompetensiya” kategoriyalarini chegaralab qo‘yadilar. Kompetentlik ta’rifi o‘xshash va bir birini o‘mini egallaydi (to‘ldiradi), shu bilan bir vaqtda kompetensiya so‘zi uchun yagona izohlash yo‘q, bu tushuncha “vakolatlar yig‘indisi (huquq va majburiyatlar) qandaydir organ yoki lavozimli shaxsning, qonun, nizomlar bilan belgilab qo‘yilgan ushbu organ yoki boshqa xolatlar”, “nimanidir to‘g‘risida fikr yuritishga yo‘l beradigan bilimlarga ega bo‘lish (egalik qilish)”, “kimdir yaxshi xabordor bo‘lgan savollar to‘plami (sohasi)” tushuniladi. Shuningdek pedagogik kompetensiya ta’rifi qo‘yidagicha ham bo‘lish mumkin: “pedagoglik maxoratiga ega shaxs sifatida obro‘lilik, sezish, tajriba kabi masalalar, hodisalar to‘plami (doirasi); vakolatlar doirasi, savollar, hodisalami nimalamidir yurgizishga to‘g‘ri keladigan soha”, “pedagog shaxsining shaxsiy imkoniyatlari” uning malakasi (bilim, tajriba), muayyan doiradagi qarorlami ishlab chiqishda qatnashishni ta’minlaydigan yoki muayyan bilimlar o ‘quvlar borligi evaziga o‘zini xal etishi tushuniladi. Stiv Uiddet va Sara Xollifordlar, “umumiy qarashlar shakllanib, ularga muvofiq “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchaiari quyidagi ma’nolami beradi deb xisoblaydilar: I. Ishchi vazifalami hal qilish uchun va ishning zaruriy natijalarini olish uchun zaruriy qobiliyat, ko ‘p hollarda kompetentlik aniqlanadi. 2. Ahloqning zaruriy standartlari aksidagi qobiliyat kompetentlik - deb aniqlanadi (1-rasm). Shunday qilib, agar Eyler aylanalari ko‘rinishida kompetentlik va kompetensiyaning o‘zaro nisbati ko‘rsatilsa unda “kompetensiya” birlamchi, “kompetentlik”- ikkilamchi ekanligi ko‘rsatib o ‘tiladi. Berilgan ahloqiy uquvlarga ko‘ra shaxs o ‘zining u yoki bu sohadagi kompetentiigini shakllantiradi va agar kompetentlilik va kompetensiya ulaming interferensiyasida (2-rasm) biriashsa (mos tushsa), unda shaxs kompetentli deb hisoblanadi.
Bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiluvchi talablar nuqtai nazaridan kompetentlik talabalaming muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari to‘plamini maqsadga muvofiq qo‘llash qobiliyatini anglatadi. Kompetentlik - bu talabaning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalaming egallanishi
rasm. Kompenentlilik va kompetensiya tushunchalarining an’anaviy
ta’limdagi bog‘lanishi.
rasm.. Kompenentlilik va kompetensiya tushunchalarining kompenetli
ta’limdagi bog‘lanishi.
hamda ulami kasbiy faoliyatda qo‘üay olishi bilan ifodalanadi. Mazkur o'rinda «kompetentlik» tushunchasining mohiyati ham to ia ochiladi, u quyidagi ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: kompetentlik talabalaming shaxsiy sifatlari to’plami hamda kasbiy sohaning tayanch talablari sifatida. Shunday qilib, tayanch kompetentlik oliy pedagogik ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o’quv fanlari darajasida aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pedagogik ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy va shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy ko’nikmalami egallashga imkon beruvchi asosiy turlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan ular quyidagi kompetentlik turlariga bo’linadi:
Yaxlit-mazmunli kompetentlik. Bu talabaning qadriyatli yo’nalishlari bilan bog’liq, uning ijtimoiy borliqni his eta bilishi va tushunish qobiliyati, mustaqil hayot yo’lini topa olishi, o’zining ijtimoiy jamiyatdagi roli va o’mini anglab yetishi, harakatlami tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog’liq kompetentlik, u talaba uchun o’quv va boshqa vaziyatlarda o’zini aniqlash mexanizmini ta’minlaydi. Talabaning individual ta’lim
yo'nalishi va uning hayotiy faoliyatining umumiy dasturi ana shu kompetentlikka bog'liq.
Ijtimoiy-madaniy kompetentlik. Talaba chuqur o'zlashtirishi zarur bo'lgan bilim va faoliyat tajribasining doirasi bo'lib, milliy va umuminsoniy madaniyatlar xususiyatlari, inson va insoniyat hayotining ma’naviy-axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an’analaming madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning moddiy borliqqa ta’siri, turmush va dam olish borasidagi bilimlar, masalan, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini bilishi.
0 ‘quv-bilish kompetentligi, bu talabaning o ‘rganilayotgan aniq obyektlar bilan bogliq mantiqiy, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat boMgan mustaqil fikrlash kompetentliklarining to‘plami boMib, unga maqsadni ko‘ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, faoliyatga shaxsiy baho berish borasidagi bilim va malakalari kiradi. 0 ‘rganilayotgan obyektlarga nisbatan talabalarni kreativ ko‘nikmalari, ya’ni bilimlami bevosita borliqdan olish, nostandart vaziyatlarda muammoni hal etishning harakat usullari va evristik metodlarini egallaydi.
Axborot olish kompetentligi. Audio-video ko'rsatuv vositalari va axborot texnologiyalari yordamida mustaqil izlanish, tahlil qilish va zarur axborotlami tanlab olish, ulami tahlil etish, o ‘zgartirish, saqlash va uzatish mahorati shakllantiriladi. Ushbu kompetentlik talabaning o‘quv fanlari asoslarmi muhim axborotlar asosida o ‘zlashtirishini ta’minlaydi.
Kommunikativ kompetentlik. Ta’lim oluvchilar bilan o'zaro munosabatlar, ulaming usullari, muloqot jarayonida ustuvor o ‘rin tutuvchi tilni o ‘zlashtirish, guruhlarda ishlash ko‘nikmalari, jamoada turli xil manaviy-marifiy tadbirlami tashkil qilish va o‘tkazishni bilishni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy-faoliyatli kompetentlik fuqarolik (fuqaro, kuzatuvchi, saylovchi, vakil vazifasini bajaruvAhi), ijtimoiy-Kasb sohasi (iste’molchi, xaridor, mijoz, ishlab chiqaruvchi huquqlari), oilaviy munosabatlar va majburiyatlar, iqtisod va huquq masalalari, kasbiy, shuningdek, shaxsiy mavqeini aniqlash borasidagi bilim va tajribalami egallash(xususan, Kasb bozoridagi mavjud vaziyatni tahlil qilish, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlami ko‘zlab, harakat qilish mahorati, Kasb hamda fuqarolik munosabatlarining odobini bilish)ni anglatadi.
Shaxsning o ‘z-o‘zini takomillashtirish kompetentligi ma’naviy, motivatsion, intellektual va amaliy jihatdan o‘z-o‘zini rivojlanitirish, irodaviy va xissiy jihatdan o‘z-o‘zini boshqara olish qaratilgan. Talaba shaxsiy inanfaatlari va imkoniyatlariga ko‘ra faoliyat usullarini egallaydi, bu unga o‘zida zamonaviy mutaxassisga xos boMgan shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish, texnik tafakkurini, madaniyati va hulqini shakllantirishga yordam beradi. Kasbiy kampetentning rivojlanishi - bu ijodiy rivojlanish, pedagog atrofda o‘zgarishlarga tez moslasha olish va boshqarish, tez kirishish qobiliyati, jarayonning ijtimoiy - iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishi pedagogning kasbiy darajasiga bog‘liq. zamonaviy tizimida bo‘lgan o‘zgarishlar, o‘qituvchining malaka oshirishga va o‘zining kasbiy kobiliyatlarini oshirishga majbur qiladi, bu degani o‘zining metodik kompetentini oshirishiga majburligidir. Zamonaviy ma’lumotning asosiy maqsadi jamiyatning, davlatning, shaxsning zamonaviy tarbiyalarga mos bo‘lishi, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash. Kasb ta’limi o‘qituvchisini metodik kompetentligini shakllantirishda pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatni pedagogik jarayonni hosil qilishga imkon beruvchi, sharoitlaming to‘plami sifatida qayd etiladi. Pedagogik sharoitlar mazkur jarayonni yuzaga keltiribgina qolmay, balki uning mavjud holatini ham belgilaydi. Kasb ta’limi o‘qituvchisini metodik kompetentligini shakllantirish bosqichma-bosqich, pedagogik turkum fanlarining integratsiyasi, ya’ni didaktik sintezni va fanlararo aloqadorlik darajasida faoliyatida pedagogik hamda muammoli - vaziyatli topshiriqlami yechish orqali amalga oshiriladi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanayotganda har xil metod va usullami qo‘llab yangi materialni qanday bayon qilishni o‘ylaydi. U o‘quvchilaming individual xususiyatlarini, ulaming tajribasi, jismoniy rivojlanishi va kasb unumdorligiga ta’sir qiladigan boshqa faktorlami hisobga olgan holda ish obyektlarini tanlaydi. Ma’lumki, hozirgi zamon ishiab chiqarishi juda tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Kasb qurollari, texnologik jarayonlar uzluksiz takomillashib bormoqda. Bu ma’lum darajada kasb ta’limida o‘z aksini topishi kerak. Demak, bo‘lajak o‘qituvchilar fan va texnika soxasidagi taraqqiyotni uzluksiz kuzatib borishi, uiardan ta’lim oluvchilami tushunarli shaklda xabardor qilib turishi va o‘z mustaiil faoliyat yurita olish kompetentlik darajalari ustida ishlashi kerak
Bo'lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining ta’lim va tarbiya berishida, kompetentlik turlariga quyidagilami kiritishimiz mumkin:
•ta’lim berish kompetentligi;
•ta’limning zamonaviy usullarini qo‘Uay olish kompetentligi; tarbiyalay olish kompetentligi;
•inson omilini ta’minlovchi fazilati;
•bilimlami holisona baholash va nazorat qila olish kompetentligi;
Kasb ta’limi o‘qituvchisi pedagogik faoliyatini nazorat qilishda quyidagi jihatlarga: a) ta’lim - tarbiya ishining aniq maqsadga yo'naltirilganligim, ilmiy jihatdan asoslanganligini hamda uning mazmunini to‘g‘ri tanlanganligini aniqlash; b) kasbiy faoliyatning natijasi sifatini aniqlash, rivojlanish bosqichlari, taraqqiyot darajasini belgilash hamda istiqboldagi yo‘nalishlarini yoritish; v) ta’lim va tarbiyaning muqobil samarali uslublarini ishlab chiqish, o ‘quvchi va o'qituvchilaming dunyoqarashlarini shakllantirishga, pedagogik jamoaning barcha a’zolari orasida o'zaro ishonchga, do'stlikka, hamkorlikka asoslangan munosabatlami o‘matishga qaratilgan yagona maqsad sari intilish kabi vazifalami aniqlashga e’tibor berish zarur. Pedagogikada “kompetentlik” - bu talabaning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalaming egallanishi hamda ularning kasbiy faoliyatda qo'llay olishi bilan ifodalanadi. Bitiiruvchilaming kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo'yiluvchi talablar nuqtai nazaridan kompetentlik talabalaming muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari to'plamini maqsadga muvofiq qo'llash qobiliyatini anglatadi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o'quv fanlari darajasida tayanch kompetentlik aniqlanadi. Tayanch kompetentlik tartibini belgilashda kasbiy pédagogie ta’limning asosiy maqsadlariga muvofiq ijtimoiy hamda shaxsiy tajribaning mohiyati, ijtimoiy jamiyatda kasbiy faoliyatni tashkil etish jarayonida hayotiy kasb etadi. Ushbu nuqtai nazardan tayanch kompetentlik: yaxlit - mazmunli, ijtimoiy - madaniy, o'quv - bilish, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy faoliyatli, shaxsning o‘z -o ‘zini takomillashtirish turlariga bo'Iinadi. Kasb ta’limi o‘qituvchisining kasbiy shakllanishi quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi: pedagogik tizim, jarayon va natija. Ijtimoiy qoidalar kasbiy shakllanish darajasini baholashda muhim asoslar sifatida aks etadi va ular, o‘z navbatida, Davlat ta’lim standard mazmunida qayd etiladi. Ta’lim tizimi faoliyatini baholashda uning samaradorligi hamda pedagogic tizim rivoji bilan bog‘liq asosiy ko‘rsatkichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Aynan ana shu ko‘rsatkichlar o‘qituvchining kasbiy shakllanish darajasini baholash mantiqini asoslab beradi. Jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi - bu insonning turli sohalarida maqsadli mustaqil faoliyati asosida uning intellekt va ahloqiy rivojlanishidir. Jahonning rivojlangan davlatlari qatori mamlakatimizda ham ta’limdagi islohotlar jarayonida mustaqil ta’limni rag‘batlantirish muhim yo‘nalish sifatida kelmoqda. Bolajak kasb ta’limi o‘qituvchisining metodik kompetentligini shakllantirish pedagoglami tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa ta’limni modemizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlaming joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda. BoMajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda kasb ta’limi o‘qituvchisini metodik kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. Metodik kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proyektiv o ‘quvlar guruhlarini kiritish lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko‘p jihatdan o‘rganilayotgan narsalaming murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalami ajratib turadigan chegaralaming ta’siri, ulami izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. Mazkur holda o‘z - o‘zini tartibga solish xususiyatlari o‘z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarg qaratilgan o‘z xatti - harakatini qat’iy muvofiqlashtirish uquvi bilan tavsiflanadi.
Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga bag‘ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi:
maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi - kasbiy faoliyatini yetarlicha yuqori darajada egallaganlik, o‘zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati;
ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi - birgalikdagi kasbiy faoliyatrii, hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat uslublarini egallaganlik, o‘z kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas’ullik.
Kasb ta’limi o ‘qituvchisining metodik kompetentligi, irodaviy sifatlar, intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko‘nikmalar, o‘z-o‘zini boshqara olish layoqatlarining o‘zaro bog‘liqligi va shaxsning ijtimoiymadaniy faollik darajasini aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi.
Yevropa davlatlarida shakllangan an’anaga muvofiq kasbiy malaka mutaxassisning kompetentligi, uni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimi esa - bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o'lchanadi. Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida quyidagilami e’tirof etish mumkin.
Zamonaviy talablarga javob bera oladigan meyoriy va o‘quvmetodik hujjatlar (davlat ta’lim standard, namunaviy o‘quv rejalari, ishchi o‘quv rejalari, namunaviy o ‘quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o‘quv qoMlanmalar, metodik tavsiyanomalar, qo‘shimcha maxsus adabiyotlar, ko'rsatmali vositalar, dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi.
Ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o ‘qituvchi, malakali o‘quv ustalari, texnik xodimlar)ning bilim, ko‘nikma va malakalarining yuksakligi, metodik kompetentlik darajasining yetarlicha shakllanganligi hamda ilmiy salohiyatga ega bo‘li$hi.
O‘quv jarayonining moddiy-texnik (o‘quv binolari, o‘quv auditorivalari, o‘quv ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio, televideniye, kompyuter, nusxa ko‘chirish qurilmalari, laboratoriya asbob- uskunalari, magnitofonlar (audio, video, multimediya), trenajyorlar, kinoproyektorlar, diaproyektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va hokazolar) jihatdan yetarlicha ta’minlanganligi.
Ijtimoiy va o‘quv-texnologik jihatdan qulay muhit (o'qituvchilar, talabalar, rahbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalaming o‘zaro munosabatlari mazmuni, yo‘nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi.
Tashkiliy hamda o‘quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli yo‘lga qo‘yilganligi. Kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan boMajak bakalavro‘ qituvchilarda metodik kompetentligini shakllantirishni bilim olishga qiziqish va qobiliyatni pedagogik madaniyatni takomillashtirishga chorlovchi omil sifatida shakllantirish lozim. Muammoni hal etishning muhim omili sifatida kasb ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bo‘lajak bakalavr-o‘qituvchilardan pedagogik takomillashish, kasbiy bilimlami chuqurlashtirish va malakasini oshirish talab etiladi. Kasb ta’limi o ‘qituvchisi metodik kompetentligi faoliyatini aniq bir maqsadga yo‘naltirishi va bu maqsadga erishishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilishi kerak.
0‘z bilimini mustaqil oshirish mazmunini kasb ta’limi o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik amaliyot o‘tayotgan ta’lim muassasasining o‘quv ustaxonasidagi aniq sharoitlarga, amaliyotning sharoitlari, talablariga moslashtirishi kerak.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi ma’lum maqsad asosida va ma’lum tartibda o‘zida quyidagi sifatlami shakllantirib borishi kerak:
talabalaming intilishlari, qiziqishlarini chuqur his qilish, tushunish, ulaming ma’naviy ehtiyojlarini hisobga ola bilish;
talabalar bilan emmotsional aloqa o‘matish, ulaming aqliy, axloqiy va amaliy faoliyati tomonlariga faol ta’sir etish.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi umumiy pedagogika, psixologiya, yosh fiziologiyasi va gigiyenasi, texnika va texnologiya fanlari bo‘yicha savollar ro‘yxatini mustaqil o‘rganib chiqishlari shart.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi o‘zining pedagogik mahoratini oshirish ustida ishlash tizimining eng samarali usullari, yo‘llarini tanlab olishi, texnologik jarayon va texnik obyektlamito‘g‘ri tanlab faoliyat ko‘rsatishi kerak.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi aniq sharoitlami hisobga olgan holda va ularga mos tarzda individual tarzda yoki jamoa bilan birga o ‘z bilimini oshirish shakllaridan foydalanishi, amaliy mashqlar bajarishi maqsadga muvofiq.
Kasb ta’limi o‘qituvchisi o‘z bilimlarini oshirishni doimiy ijodiy izlanishlar tarzida tashkil etish va ma’lum maqsadga yo‘naltirish zarur. Buriing uchun u:
ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil boMishi;
ijodiy izlanishlaming samaradorligi o'qituvchining pedagogik, psixologik va nazariy tayyorgarligiga bog‘liq bo'lishini esda tutishi lozim.
NAZORAT SAVOLLARI
Bo‘lajak o‘qituvchida metodik kompetentlikni shakllantirishning maqsadi nima?
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisi metodik kompetentligini shakllantirishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
“Kompetentlik” va “kompetensiya” tushunchalariga izox bering.
Kompetentlik turlarini sanab bering?
Axborot olish kompetentligi nima?
Shaxsning o ‘z-o‘zini takomillashtirish kompetentligi nima?
Kasb ta’limi o‘qituvchisi pedagogik faoliyatini nazorat qilish nimalardan iborat?
Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda muhim pedagogik shart- sharoitlar nima?
MAVZU: BO‘LAJAK KASB TA’LIMI O‘QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH OMIILARI
Tayanch tushuncha va tamoillar: Kognitiv soha, affektiv soha, psixomotorli soha, hamkorlikdagi kasbiy-metodik faoliyat, metodlar, shakllar, vositalar, tuzatish kiritish, individuallik, motivlar
Pedagogik oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar o‘quv faoliyati mazmunini yangilash, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish ishiga mas’ul bo‘lgan pedagog kadrlaming bilim va kasbiy malakalari darajasini yuqori bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalarida bolajak o‘qituvchilaming kasbiy kompetentligini shakllantirish orqali raqobatbardosh kadrlami tayyorlash jarayonida muhim qadam bo'ladi. Ushbu yo‘nalishda loyiha ishining mazmuni va yakunlariga tayangan holda shunday xulosalarga kelish mumkin:
Kasb ta’limi o ‘qituvchisini kasbiy kopetentligini shakllantirish pedagogik va texnik bilimlami fan, ta’lim, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish iqtisodiyoti sohalaridagi o‘zgarishlarga asoslangan integratsiyasi ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu jarayon kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlash mazmunini asoslash va kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasini yaratishda muayyan o‘zgarishlami amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Nazariy manbalar mazmuni bilan tanishish hamda ilmiy ishlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish va kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda bir qator qarama- qarshiliklar mavjud bo‘lib, bu kabi qarama-qarshiliklami bartaraf etish yo‘llaridan biri bo‘lajak o‘qituvchilami kasbiy kompetentliklarini shakllantirishdan iborat ekanligi aniqlandi. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirish, oily ta’lim muassasalarida ulaming kasbiy va shaxsiy kamolotini ta’minlash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlami yaratish, kasb ta’limi o ‘qituvchilarini tayyorlash mazmuni va tuzilmasini modemizatsiyalash, psixologik- pedagogik sharoitlarini aniqlash hamda uning sifatini nazorat qilish va baholash mexanizmini ishlab chiqish orqali mutaxassis kompetentligini shakllantirishmng asosiy maqsadi qilib belgilab olindi.
Oliy ta’lim muassasasida tayyorlanayotgan boiajak o ‘qituvchilarining kasbiy kopetentligini shakllantirish muammosining hal etiiishi oliy ma’lumotli mutaxassislami tayyorlash ishiga pedagogik va kasbiy faniaming ilg‘or yutuqlarini qoMlash, xususan, kompyuter texnologiyalari, texnologik yondashuvlar,
talabalaming bilish faoliyatlarini rejali boshqarish asosida faollashtirishdan, oliy ta’lim muassasasining ta’lim amaliyotiga zamonaviy o‘qitish milliy tarbiya texnologiyalariningjoriy etish, samaradorlik oshishiga yordam beradigan psixologo- pedagogik sharoitlami yaratish orqali erishilishi aniqlandi.
O‘qituvchining pedagogik mehnatini va oliy ta’lim muassasasida mutaxassislami tayyorlash mazmunini tahlil qilish bo‘lajak o'qituvchining kasbiy kompetentini tarbiyalashning bugungi jarayoniga nisbatan aniqlash imkonini berdi. U bo‘lajak kasbiy faoliyatning maqsadlari, vazifalari va xarakteri bilan aniqlanadi va bo‘lajak o‘qituvchining o‘quv fanini o'qitish texnologiyasida tarbiyaviy aksini topadigan va amaliyotda amalga oshirilganda o'rta maxsus kasb-hunar ta’limi mutaxassislarini tayyorlash vazifasini maqsadga yo‘naltirilgan holda hal qilinishini ta’minlaydigan mazkur faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi va qodirligining nazariy, amaliy va motivatsiyali birligidan iboratdir.
Bo‘lajak kasb ta’limi o ‘qituvchilari kasbiy kompetentliligini shakllanganligi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bilimlardan iborat: funksional (turli tan sohalarini tashkil etish prinsiplari haqidagi bilimlar) harakat haqidagi amaliy bilimlar (metodik va texnologik) hamda shaxsning o‘z bilimlaridan iborat. Bulaming natijasida mutaxassisning kasbiy, kommunikativlik mahorati va ko‘nikmalari shakllanadi, loyihalash, tajribaviy va texnologik vazifalami ijobiy yechish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Kasbiy kompetentlikni shakllantirish yuzasidan tahlil ishlarini olib borish naiajasida ilmiy adabiyotlarda kompetentlikning quyidagi turlarga bo‘linishi aniqlandi: kommunikativ kompetentlik; bilim olish kompetentligi; intellektual kompetentlik; intellektual-korporativ kompetentlik; axborot olish kompetentligi; texnologik kompetentlik; madaniy kompetentlik; psixologik kompetentlik; psixologik-pedagogik kompetentlik; ijtimoiy-psixologik kompetentlik; umummadaniy kompetentlik.
Bo’lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining gumanitar va ijtimoiyiqtisodiy, matematika va tabiiy fanlar hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini uzviy aloqada o‘rgar,ishlari ulaming bevosita kasbiy kompetentliligining shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni har bir mutaxassislik fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlami olib borish jarayonida mutaxassislik tushunchalarining o‘mi, uni bayon qilish zaruriyati, ketma-ketligi, boshqa tushunchalar bilan aloqadorligi hamda bu aloqadorlikni reflektiv (refleks, beixtiyor), simmetrik yoki tranzitivlik (dars jarayonida olingan bilimlar majmuini amalda o‘z o‘mida qo‘llay olishi) kabi boshqa xossalarga bo‘ysunishiga qarab, har bir tushunchalaming o‘zini qanday salohiyati bilan qatnashayotganini aniqlash imkoniyatiga ega boidik.
Fan va texnikaning ildam taraqqiyoti, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlaming zamonaviylashuvi, asosiy buyurtmachi sifatida davlat va ijtimoiy hayotning ta’limga qo‘yayotgan yangidan-yangi talablariga mos ravishda ta’lim-tarbiyaning sifat-samaradorligini uzluksiz takomillashtirib borish uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalashni, ta’limtarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga xizmat qiladigan ta’sirchan choralarni ko‘rishni taqozo qildi. Natijada oliy ta’limni mazmunan modemizatsiyalashda asosiy vazifalari, tamoyillari, yo'nalishlari aniqlandi va shulardan kelib chiqib, oliy ta’limning barcha ta’lim yo‘nalishlarida va mutaxassisliklarida bilim oluvchi talaba-yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berilganligining guvohi bo‘ldik.
Oliy ta’lim mazmunini modemizatsiyalash ishlari ta’lim tizimida Davlat ta’lim standartlarining yangi avlodini ishlab chiqilishiga sabab bo‘lib, natijada Kasb ta’limi yo‘nalishining Davlat ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqildi va bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishning modemizatsiyalashgan mazmuni asosida Kasb ta’limi (Xizmatlar sohasi (Servis)) ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartlari yaratildi. Mazkur standartning avvalgi standartdan afzalligi shunda ko‘rinadiki, fanlaming soni qisqartirilgan, ya’ni o ‘quv rejalaridagi turdosh fanlami integratsiyalash orqali o‘quv yuklamalari ko‘lami va hajmini maqbullashtirilgan. Bu bilan fanga ajratilgan soat miqdori ko‘payib, talabalaming fan bo'yicha oladigan bilimlari ko‘lami saqlab qolingan, ularing ijodkorligiga va qiziqishlariga imkoniyat yaratilishiga e ’tibor qaratilgan.
Bo‘lajak o‘qituvchilari kasbiy kompetentliligining shakllanganlik ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilardan foydalanishi mumkin: kasbiy faoliyatli o‘zlashtirishga motivatsiyali-ahamiyatli munosabat; kasbiyamaliy vazifalami hal etish uslublari va usullarini bilish va ulardan ijodiy foydalanish qobiliyati; qarorlar qabul qilishda mustaqillik va o‘z faoliyatini boshqara olish va hokazoJar.
Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirishda ijodiy faoliyat katta rol o‘ynashiga taxlillar natijasida amin bolindi. Ijodiy faoliyat bu -diqqatni, kuzatuvchaniikni, hissiyotni, idrokni, xotirani, tafakkumi, tasavvumi, irodani va boshqa jarayonlami safarbar qilish orqali talaba o‘zining kasbiy faoliyati jarayonida duch kelgan muammolar yechimini to‘g‘ri hal qila olishidir.
Bo’lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy kompetentligini shakllantirishda mutaxassislik fanlarini o‘qitish va talabalaming bu fanlardan olgan baholarining obyektivligi muhim rol o‘ynaydi. Talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllanganligini baholashda ulaming kasbiy fanlar va pedagogik faoliyati bo‘yicha baholash mezonlari ishlab chiqildi va bunda bir qator ko'rsatkichlar e ’tiborga olindi. Tajribalar ixtisoslik feni bo‘yicha baholash va pedagogik faoliyatni baholash mezonlari haqqoniy bo‘lishi bolajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini nechog‘li to‘g‘ri shakllanganligini ko‘rsatib berdi.
Kasb ta’limi ta’lim yo‘nalishi bo'yicha o‘qituvchi malakasini olgan oliy talim muassasasi bitiruvchisi: talabalami davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq ravishda pedagogik faoliyat olib borishga tayyor bo‘lishi, yuqori nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini ta’rninlaydigan zamonaviy o ‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi, ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etishi, ulami o ‘quv rejasi va o‘quv jarayoniga muvofiq ravishda to‘la hajmda amalga oshirilishi uchun mas’ul bo'lishi, talabalaming bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat etishni tashkil etishi, olingan bilimlami amaliy faoliyatda qo‘llashga ulami tayyorlashi va talabalaming mustaqil ishlarini nazorat qilishi, aniq o‘quv fani o‘quv- metodik jihozlanishining bazasini yaratishi; ta’lim muassasasining ilmiy-metodik faoliyatida ishtirok etishi, sinf rahbari vazifasini bajarishi, talabalar bilan tarbiyaviy ishni tashkil etishi va o‘tkazishi, o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini ta’minlashi, ta’lim intizomini ta’minlashi, talabalaming huquqlari va erkinliklariga rioya etishi, o‘z kasbiy malakasini oshirishi lozim. Ta’limiy uchlik - «maqsad - jarayon - natija» ning o‘rta bo‘g‘iniga hozirda e’tibor kuchaygan bo‘lsa-da, bir qator pedagog olimlar ushbu zanjirning boshidagi va oxiridagi halqalarini chuqur o‘rganmoqdalar. Masalan, bu sohada Chikago universiteti professori Benjamin Blum tomonidan bilim oiish sohasidagi o‘quv maqsadlari taksonomiyasining yaratilishi diqqatga sazovordir. «Taksonomiya» atamasi yunoncha taxis (tartib bo‘yicha joylashuvi) va nomos (qonun) so‘zlaridan iborat bo‘lib, obyektlami o ‘zaro aloqadorlik asosida tasniflash va tizimlashtirish ma’nosini anglatadi. Blum taksonomiyasi o‘quv faoliyatining turli sohalarini qamrab oladi: kognitiv (bilish), affektiv (hissiy - qadriyatli), psixomotor (harakat). Kasb ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda har bir soha bo‘yicha mustaqil metodik faoliyat yurita olish kompetentligini shakllantirishda ta’lim jarayonidagi holati haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Kognitiv soha. Bu sohada olingan texnik bilimlami kasbiy-metodik faoliyat. yurita olish kompetentligini shakllantirishda texnologik jihatdan qayta takrorlash, ulami egallangan kompetensiyaiar bilan uyg‘unlashtirish natijasida yangi kasbiy- metodik faoliyat yuritish va texnik-texnologik mashq bajarish qonun - qoidalarini o‘rganish zaruratiga tegishli o‘quv maqsadlari kiritiladi.
Affektiv soha. Kasbiy-metodik faoliyat yurita olish kompetentligini shakllantirish jarayonida kasbiy qiziqish va moyilliklami rivojlantirish, ichki hamda tashqi psixologik ta’sirlar natijasida texnologik munosabatni shakllantirish, uni mustaqil faoliyat davomida tushunib yetish orqali kasbiy faoliyat amaliyotiga tatbiq qilish maqsadlari kiritiladi.
Psixomotorli soha. Bunga kasbiy-metodik faoliyat yurita olish kompetentiigini shakllantirish jarayonidagi psixologik faoliyat, texnik va texnologik jarayonlarda jismoniy faoliyat natijasida, asab muskullarini markazlashtirish kompetensiyalarini shakllantirish bilan bog‘liq maqsadlar kiritiladi.
Yuqoridagi qoidalar va Blum taksonomiyasi asosida kasbiy-metodik faoliyat yurita olish kompetentiigini shakllantirish maqsadi, mazmuni, shakllari asoslandi. Ta’limning ikki asosiy shakli, ya’ni hamkorlikda va individual tarzda kasbiy- metodik faoliyatni tashkil etuvchilari aniqlandi.
Hamkorlikda kasbiy-metodik faoliyat yurita olish kompetentiigini tashkil etuvchilari:
Do'stlaringiz bilan baham: |