O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti Moliya yo’nalishi (sirtqi bo’lim) Davlat byudjeti fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va hozirgi zamon xususiyatlari


O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti tuzilishi asoslari va budjet tizimi



Download 4,13 Mb.
bet4/9
Sana27.06.2022
Hajmi4,13 Mb.
#711185
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abubakirov kur ishi

2. O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti tuzilishi asoslari va budjet tizimi
O’zbekiston Respublikasi byudjet qurilishi asoslari. Byudjet tizimining asosiy tamoyillari. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi, uning bo’g’inlari. Turli darajadagi byudjetlar o’rtasida daromad va xarajatlarni taqsimlash asoslari.Byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlar shakllari. Byudjet qurilishi va byudjet tizimi amal qilishining qonuniy-huquqiy asoslari. Byudjet huquqi, uning obyekti, subyektlari, byudjet huquqi me’yorlari. Respublika (markaziy) va mahalliy hukumat organlarining byudjet huquqlari. Mahalliy hukumat organlari byudjet huquqlarining kengayishi.Byudjet qonunchiligi.Byudjet munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlar. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-byudjet munosabatlarining huquqiy asosi sifatida. -Byudjet tizimi to’g’risidagi qonunning qabul qilinishi, uning mazmuni, tarkibi, byudjet munosabatlarini tartibga solishdagi ahamiyati. Soliq kodeksi, uning byudjetni shakllantirishdagi ahamiyati. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquq va majburiyatlari. Byudjet qonunchiligidagi so’nggi o’zgarishlar.
Davlat byudjeti-davlat iqtisodiy siyosatining quroli sifatida. Byudjet siyosatining taktikasi va strategiyasi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi byudjet siyosatining rivojlanish bosqichlari, maqsad va vazifalari.Mamlakatni moliyaviy sog’lomlashtirish, iqtisodiyotning rivojlanishini rag’batlantirish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda mamlakatni madaniy jihatdan yuksaltirishga qaratilgan byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari. Davlatning byudjet daromadlari, xarajatlari, byudjet taqchilligini boshqarish va tartibga solishdagi siyosatining o’ziga xos xususiyatlari.
Byudjet tizimini boshqarish to’g’risida tushuncha. Boshqarish subyektlari,
ularning guruhlanishi, asosiy vazifalari. Markaziy va mahalliy davlat hokimiyati
organlarining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari. Ijroiya hokimiyati
organlarining byudjet tizimini boshqarishdagi ishtiroki.O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi, uning byudjet tizimini boshqarishdagi vakolatlari.O’zbekiston
Respublikasi g’aznachiligi,uning byudjet tizimini boshqarishdagi ahamiyati. Byudjetlararo munosabatlar to’g’risida tushuncha. Byudjetlararo munosabatlarning shakllari. Byudjet tizimi bo’g’inlari daromadliligini tartibga solishda byudjetlararo munosabatlarning ahamiyati. Byudjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari. Byudjetlararo munosabatlarning huquqiy asoslari.
Byudjet tasnifining zarurligi, mohiyati va ahamiyati. Byudjet tasnifining turlari: byudjet daromadlari tasnifi, ularning turlari. Byudjet xarajatlari tasnifi, uning guruhlanishi. Byudjet taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi. Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida byudjet tasnifining takomillashuvi. O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifini rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar byudjet tasniflari bilan qiyoslash.Byudjet daromadlarining iqtisodiy mazmuni va manbalari. Byudjetga daromadlarni jalb qilishning ichki va tashqi manbalari. Davlat byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi. Byudjet daromadlarining shakllanishida soliqlarning ahamiyati. Byudjet daromadlarining shakllanishida xo’jalik yurituvchi subyektlardan va aholidan undiriladigan daromadlarning tutgan o’rni. Daromadlarni byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida’taqsimlash’asoslari.Davlat byudjetining daromad bazalarini mustahkamlashning bugungi kundagi muammolari.
Davlat byudjeti xarajatlarining davlatning funksiyalari bilan bog’liqligi. Byudjet xarajatlarining tarkibi va tuzilishi. Byudjetning iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlari. Iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichida iqtisodiyot xarajatlari tarkibining o’zgarishi. Byudjetning ijtimoiy sohalarni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish xarajatlari. Byudjetning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari, ularni qisqartirish masalalari. Davlat byudjetining mamlakat mudofaa tizimini saqlash va rivojlantirish bilan bog’liq xarajatlari, bu sohadagi islohotlar va byudjet. Davlat byudjetining holati. Davlat byudjetining balansliligi, profitsit va taqchillik holatlari.Davlat byudjeti taqchilligi tushunchasi.Byudjet taqchilligining shakllari.Taqchillikni keltirib chiqaruvchi omillar. Taqchillikni tartibga solish va boshqarish. Taqchillikni moliyalashtirish manbalari, ularning guruhlanishi. Taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi, inflyatsion va noinflyatsion manbalari, ularning xususiyatlari. Byudjet taqchilligi to’g’risidagi zamonaviy kontseptsiyalar, ularning mazmuni,xususiyatlariva ahamiyati. Byudjet jarayoni to’g’risida tushuncha.Byudjet jarayoni bosqichlari:byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash, byudjetni ijro etish, byudjet ijrosi yuzasidan hisobotlarni tuzish va tasdiqlash, byudjet jarayonining barcha bosqichlarini nazorat qilish. Byudjetni korib chiqish va tasdiqlash, uni amalga oshiruvchi organlarning vakolatlari va vazifalari. Tasdiqlangan byudjetning byudjet mablag’larini oluvchilarga etkazilishi.Byudjetni ijro etish, uning vazifalari, byudjet ijrosini ta‘minlovchi organlar.Byudjetning g’azna ijrosi to’g’risida tushuncha, uni ta‘minlovchi organlar, ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari. Byudjet ijrosi yuzasidan hisobotlar tuzish, ularni ko’rib chiqish va tasdiqlash. Byudjet jarayoni bosqichlarini nazorat qilish, nazoratning asosiy vazifalari. Byudjet nazorati organlari, ularning huquq va majburiyatlari, byudjet mablag’larida maqsadga muvofiq foydalanishda byudjet nazoratining ahamiyati.
Davlat byudjetining g’azna ijrosini tashkil qilish. G’azna ijrosining huquqiy
asoslari. G’aznachilikning elementlari. G’azna ijrosida byudjet mablag’larinin ularni oluvchilarga yetkazilishi. Byudjetning g’azna ijrosini amalga oshiruvchi organlar, ularning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari. Byudjetning g’azna ijrosini joriy qilish bosqichlari, muammo va yechimlar. Byudjet tashkilotlarini smeta asosida moliyalashtirishning mazmuni, umumiy tamoyillari. Xarajatlar smetasi – byudjet tashkilotlari moliyaviy rejasi sifatida. Smeta, uning elementlari. Smetalarning turlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari. Smeta xarajatlarining tarkibi, xarajat guruhlari va moddalari, ularni hisoblash. Byudjet me‘yorlari, ulardan smetalarni tuzishda foydalanish. Byudjet tashkilotlari xarajatlarini aniqlashda xarajatlarni me’yorlashtirish amaliyotiga o’tish masalalari. Smetalarni tuzish, tekshirish, tasdiqlash, moliyalashtiruvchi organ tomonidan ro’yxatdan o’tkazish va moliyalashtirish tartibi. Smeta asosida moliyalashtirish yuzasidan hisobot. Byudjet tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishda byudjetdan tashqari mablag’larni jalb qilish masalalari. Byudjetning g’azna ijrosi sharoitida byudjet mablag’lari harakatining o’zgarishi.
Uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va ta’lim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishda davlat byudjetining ahamiyati. Ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash xarajatlarining respublika byudjeti va mahalliy byudjetlardan amalga oshirilishi. Maktabgacha ta’lim-tarbiya muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish.Umum ta’lim maktablari xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. Maktab xodimlari ish haqini hisoblash, rejalashtirish va moliyalashtirishdagi o’zgarishlar. Maktab-internatlar, maxsus maktablar, maktablararo va maktabdan tashqari maorif tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish. Ta’limni rivojlantirish Davlat dasturlarini moliyaviy ta’minlashda davlat byudjeti va boshqa manbalarning ahamiyati. O’rta maxsus ta’lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning xususiyatlari, ular moliyaviy ta’minlanishini yaxshilash masalalari.
Oliy ta’lim tizimi muassasalarini moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari.Oliy ta’lim muassasalari daromadlari va xarajatlari tarkibi va tuzilishi.Oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish tartibi.Sog’liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. Sog’liqni saqlash sohasidagi davlatning majburiyatlari. Sog’liqni saqlash tizimi mussasalarini saqlash va rivojlantirishda davlat byudjetining ahamiyati. Davlat sog’liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ular xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari. Xarajatlarni rejalashtirishdagi asosiy ko’rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. Turg’un davolash muassasasi xarajatlar smetasini tuzish.Tibbiy xodimlar ish xaqini hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari.Ambulatoriya-poliklinika, boshqa birlamchi tibbiyot muassasalari xarajatlar smetasini hisoblash.Sog’liqni saqlash xarajatlarining yig’ma smetasini tuzishning xususiyatlari.Tibbiyot sohasidagi islohotlarni moliyaviy ta’minlash masalalari. Tibbiyot sug’urtasini joriy qilishning tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy masalalari.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida madaniyat xarajatlarining tutgan o’rni va jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishidagi ahamiyati. Davlat madaniyat muassasalarining guruhlanishi, ular xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish tartibi. Madaniyat uylari, klublar, kutubxonalar va boshqa madaniyat muassasalari xarajatlarini hisoblash tartibi. Madaniyat sohasidagi markazlashtirilgan tadbirlarni moliyalashtirish.San’at, televidenie, radio, matbuot xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. Mamlakatda ijtimoiy ta’minot tizimi va tadbirlarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash manbalari. Davlat byudjetining ijtimoiy ta‘minot xarajatlari tarkibi. Ijtimoiy ta’minot tizimiga qarashli muassasa va tashkilotlar xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish.Qariyalar uylari, bolalar va kattalar nogironlar uylari xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari. Ijtimoiy ta’minot tizimidagi uyda ijtimoiy yordam ko’rsatish xizmatlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish.
Davlat budjetining aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari aholini ijtimoiy himoya qilishning davlat tomonidan kafolatlanganligi. Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat byudjetining o’rni va ahamiyati. Byudjetdan moliyalashtiriladigan ijtimoiy himoya xarajatlari turlari: tovarlar va xizmatlar baholari hamda tariflari o’rtasidagi farqni qoplash; bolali onalarga nafaqalar; kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar. Ijtimoiy himoyani tashkiliy-huquqiy va moliyaviy ta’minlash.Mahalla fondining tashkil etilishi, uning aholini manzilli ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati.Mahalla fondining davlat byudjeti bilan munosabatlari.Aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmining takomillashuvi. Davlatning ijtimoiy himoya dasturlarini moliyaviy ta’minlash.
Davlat byudjetinin davlat hokimiyati, boshqaruvi, sud, prokuratura organlarini saqlash xarajatlari.

Davlat byudjetining boshqaruv xarajatlari tarkibi va tuzilishi. Davlat boshqaruvi, sud va prokuratura organlari xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish. Boshqaruv xarajatlarining respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o’rtasida taqsimlanishi. Davlat byudjetining boshqaruv xarajatlaridan samarali foydalanish. Boshqaruv xarajatlarini qisqartirish muammolari. Davlat byudjetining boshqa xarajatlari davlat byudjetining boshqa xarajatlari tarkibi. Byudjetning xarajatlar tasnifiga muvofiq boshqa xarajatlar turlari. Chernobil AES halokati oqibatlarini bartaraf etish xarajatlari. Referendum va saylovlar o’tkazish, davlat mukofotlarini to’lash, pul-buyum lotareyalarini o’tkazish xarajatlari, ularning respublika byudjetidan moliyalashtirilishi. Harbiy xizmatchilar, bojxona idoralari xodimlarini pensiyalar va nafaqalar bilan ta’minlash xarajatlari. Mudofaa majmui, huquqni himoya qilish organlari xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish, bu xarajatlarning respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar o’rtasida taqsimlanish asoslari. Byudjet tarkibida kafolatli jamg’armaning tuzilishi, uning zarurligi va ahamiyati.
Byudjet nazoratining mazmuni, vazifalari va ahamiyati. Byudjet nazoratining guruhlanishi, uni amalga oshirishning shakllari va usullari. Taftish–byudjet nazoratining muhim usuli sifatida. Byudjet nazoratini amalga oshiruvchi organlar, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlari.Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar fan bo’yicha kurs ishi o’quv rejada ko’zda tutilmagan. Mustaqil ta’limnining shakl va mazmuni mustaqil ta’lim talabaning bajaradigan ilmiy izlanishi bo’lib, davlat byudjetini o’rganishda fanning biror bir mavzusini to’laroq o’zlashtiradi va mavzu belgilangan shaklda bajariladi. Mustaqil ishni bajarishdan maqsad, talabaning o’qishi davomida olgan bilimini mustahkamlash, chuqurlashtirish va umumlashtirishdan iboratdir. Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta‘lim uchun o’quv va ishchi o’quv rejada ajratilgansoat talabaning amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishi, oraliq nazoratlarda, yakuniy nazoratda va boshqa mustaqil shug’ulanishini o’z ichiga oladi.


Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish