4. Konsolidatsiyalashgan byudjet tushunchasi, uni tuzishning zarurligi va maqsadi
Mamlakatning budjet tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo‘linishiga bevosita bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining jamlangan (konsolidatsiyalashgan) budjeti tarkibiga quyidagilar kiradi:
davlat budjeti;
davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari;
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari.
O ‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo‘yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda budjet tizimi budjetlarining (budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini, ular o‘rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi jamlangan budjet tiziminiquyidagi
Demak, Davlat budjeti quyidagi darajadagi budjetlardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi. Viloyatlar mahalliy budjetlari tuzilmasiga viloyat budjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining budjetlari kiradi. Toshkent shahar mahalliy budjeti tuzilmasiga shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning budjetlari kiradi. Mahalliy budjetlar- davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali budjet tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Mahalliy budjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Budjet tizimi budjetlari – Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalaridan iborat.
Budjet tizimi barcha darajadagi budjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari
budjetlari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari yig’indisini, budjet tizimi budjetlarini tuzish va tashkil etish printsiplarini, ular o’rtasida budjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o’zaro munosabatlarni o’zida ifodalaydi. Moliya yili uchun budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’mda amalga oshiriladi. Oksford lug’atida keltirilishicha, budjet – ma’lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma’noni anglatadi:Moliya Vaziri tomonidan yillik daromad va xarajatlarni muntazam baholash ya'ni oldinga qo’yilgan maqsadga muvofiq kerakli pul mablag’ini anglatadi. Merrayam-Vebster
lug’atiga ko’ra, Budjet qanday qilib sarflanishi rejalashtirilganligiga bog’liq holda sarflanishga qodir bo’lgan pul mablag’i miqdoridir ya'ni, pul miqdorini qancha sarflanishi mumkinligini va kelajakda qancha sarflanishidir. Bu hukumat tomonidan belgilangan davr ichida qancha sarflanishi rejalashtirilganligi va xarajatlar uchun qancha to’lanishi haqidagi rasmiy ma’lumot. Rene Stourmning fikriga ko’ra: “budjet – davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |