5. Byudjet munosabatlari va davlat byudjetining mohiyati Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasi
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari va moliya yili uchun
mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi asosida tuziladi. Davlat budjeti loyihasini tuzish uchun mas’ul organlar quyidagilardir:
- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi;
- vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, – budjetlar loyihalarini tuzish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan so’ralgan axborot va ma’lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo’yicha;
- davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalarini tuzish uchun mas’ul organlardir.
Budjet so’rovini tuzish tartibi: Davlat budjeti bo’yicha – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
davlat maqsadli jamg’armalari bo’yicha – ularning taqsimlovchi organlari tomonidan belgilanadi.
Byudjet tashkiloti, byudjet mablag’lari oluvchi va byudjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan budjet buyurtmasi tuziladi.
Byudjet tashkiloti yoxud budjet mablag’lari oluvchi tomonidan tuzilgan byudjet buyurtmasi tegishli byudjet mablag’larini taqsimlovchiga byudjet mablag’larini taqsimlovchi tomonidan belgilangan muddatda, biroq tegishli moliya organi va davlat maqsadli jamg’armasini taqsimlovchi organga budjet so’rovini taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Budjet buyurtmasida o’tgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch yil uchun budjet tizimi budjetlarining mablag’lari hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlar budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladi.Byudjet mablag’larini taqsimlovchi o’z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning byudjet buyurtmalari asosida jamlanma byudjet buyurtmasini tuzadi.
Byudjet mablag’larini taqsimlovchining jamlanma budjet buyurtmasi byudjet
mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy bog’liq holda
tuziladi. Byudjet buyurtmasida xarajatlar hajmlarini o’tgan yillarga nisbatan
ko’paytirishga faqat asoslovchi qonun hujjati bo’lganda va mazkur ko’paytirish
byudjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturida nazarda tutilgan
taqdirda yo’l qo’yiladi. Byudjet so’rovini tuzish tartibini yuborish. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 15-aprelga qadar kelgusi davr uchun byudjet so’rovini tuzish tartibini:
O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti loyihasini tayyorlash uchun – byudjet mablag’larini taqsimlovchilarga; Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari loyihalarini tayyorlash uchun – Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga; davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari loyihalarini tayyorlash uchun –davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlarga yuboradi. Davlat budjetining loyihasini ishlab chiqish. Davlat budjetining loyihasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqish chiqiladi. Davlat budjetining loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi; - daromadlarning tashkil topish manbalari bo’yicha Davlat budjeti daromadlari prognozi;
- budjet mablag’larini taqsimlovchilarning budjet so’rovlari va O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan ayrim tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;
- Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori va uni qoplash manbalari;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.
Davlat budjetining loyihasida xarajatlar daromadlarning prognoz qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda tutiladi. Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalari tushumlar manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan tarkib topadi. Davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan byudjet loyihalari asosida budjetnoma shakllantiriladi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga – joriy yilning 15-sentyabriga qadar kiritiladi Byudjetnoma – erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davr uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini nazarda tutadigan hujjat bo’lib, ushbu yo’nalishlar asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihalari shakllantiriladi.