O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti Moliya yo’nalishi (sirtqi bo’lim) Davlat byudjeti fanidan kurs ishi mavzu: Byudjet tasnifining mohiyati, ahamiyati va hozirgi zamon xususiyatlari



Download 4,13 Mb.
bet8/9
Sana27.06.2022
Hajmi4,13 Mb.
#711185
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abubakirov kur ishi

Budjetnoma:
- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini;
- Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozini;
- Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
- soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihasini;
- Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini;
- davlat qarzining holati to’g’risidagi ma’lumotlar;
- soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari hamda O’zbekiston
Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining loyihasiga doir tushuntirish xatini o’z ichiga oladi.Budjetnoma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun – joriy yilning 20-sentyabriga qadar kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga soliq va budjet siyosatining asosiy yo’nalishlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqcadli jamg’armalari budjetlarining loyihasi bo’yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga –O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan joriy yilning 15-oktyabridan kechiktirmay kiritiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan
Byudjetnoma O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
ko’rib chiqiladi. Mamlakatning oliy ijroiya organi - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullanganidan so’ng Davlat byudjetining loyihasi muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) uchun qonunchilik organi bo’lgan Oliy Majlisga taqdim etiladi. Odatda, budjetning loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi.
Mamlakat parlamentining har bir palatasida aniq byudjet masalalari bilan
shug’ullanuvchi maxsus qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular byudjet loyihasining tegishli moddalarini atroflicha taxdil qiladilar, zaruriy hollarda o’zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda byudjetning loyihasiga xulosa beradilar. Oliy Majlisning har bir palatalarida budjet loyihasi qabul qilinganidan so’ng har ikki palata o’rtasida budjet loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar mavjud bo’lmasa, mamlakat parlamentining budjet to’g’risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o’rtasida byudjet loyihasi bo’yicha
kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan iborat bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak. Parlamentda budjet loyihasini muhokama etish (ko’rib chiqish)da byudjet tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Byudjet tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining xukumat tomonidan taqdim etilgan budjet loyihasiga nisbatan o’zgartirishlar kiritish huquqi nazarda tutiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarini hamda navbatdagi yil uchun soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining navbatdagi yil uchun Davlat byudjeti to’g’risidagi qarorlarini ijro etish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi, unda: - asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;
- Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari;
- Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori va uni qoplash manbalari;
- davlat maqsadli jamg’armalarining asosiy parametrlari;
- soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalari miqdorlari;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlari, O’zbekiston Respublikasining respublika budjetidan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalarning cheklangan miqdorlari;
- umumdavlat soliqlari tushumlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratmalarning normativlari;
- O’zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari aylanma kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlari;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zahira jamg’armasining, Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari miqdorlari tasdiqlanadi.

Xulosa
Ma’lumki, global jahon iqtisodiyotidagi jiddiy muammolar hamda ularning dunyodagi ko’plab mamlakatlar qatorida bizning mamlakatimi iqtisodiyotiga ham ko’rsatayotgan salbiy ta’siriga qaramasdan, oxirgi yillarda respublikamizda yuqori va barqaror o’sish sur’atlarini saqlab, makroiqtisodiy barqarorlik va mutanosiblikning ta’minlanayotganligi o’ziga xos ijobiy ko’rsatkich bo’lmoqda .
Avvalo, budjet jarayoni tushunchasining mazmuniga to’xtaladigan bo’lsak, budjet jarayoni - budjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijro etilishini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinishi bilan bog’liq bo’lgan davlat hokimiyati va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari hamda boshqa budjet jarayoni ishtirokchilarining maqsadli faoliyatidir. Uning mazmuni mamlakatning davlat va budjet qurilishi, tegishli vakolatli organlar va yuridik shaxslarning budjet huquqlari bilan belgilanadi.
Byudjet jarayoni budjetni rejalashtirishdan boshlanadi. Byudjetni rejalashtirish davlat moliyaviy siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari jamg’armalarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qiymatini moliya tizimi bo’g’inlari o’rtasida markazlashtirilgan tarzda qayta taqsimlash nisbatlarini to’g’ri belgilashdan iboratdir. Shu narsa ma’lumki, O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlar bozor mexanizmlarini ko’r-ko’rona, sun’iylik bilan tadbiq etib bo’lmaydi, chunki jamiyat a’zolari o’rtasida shunday an’anaviy munosabatlar tizimi shakllanganki, ularni mensimaslik, keskin qarorlar qabul qilish chog’ida ularni e’tiborga olmaslik turli nohush holatlarga olib kelishi mumkin.


Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish