Byudjet tizimi — davlat, maʼmuriy hudud, baʼzi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiy meʼyorlarga asoslangan majmui. Oʻzbekistonda Byudjet tizimi davlat byudjeta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va boshqalar) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurta byudjeti ham davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari “Byudjet tizimi toʻgʻrisida” qonun (2000-yil, 14-dek.) bilan tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (Oʻzbekistonda Oliy Majlis), viloyat, shahar, tuman va boshqalarda tegishli xalq deputatlari kengashi sessiyasida tasdiqlanadi.
1. Davlat tuzilishi shakllari va ularning mamlakatdagi byudjet tuzilishiga ta’siri
Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo.
Davlat— mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. Davlat jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi.Davlat. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. Davlat va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.
Davlat masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. Davlat hokimiyati hamda huquqiy hayot hodisalari hamma zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. Davlat toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil. avv. taxminan 4-3-ming yilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. Davlatning vazifasi yovuzlikka qarshi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti boʻyicha, Allohning oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari paygʻambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. Davlat boshliqlari - podsholar, xonlar Xudoning yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.
Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik Davlat toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va boshqalar katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy Davlatlarda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosida Davlatga birlashadilar, deb hisoblagan. Davlatga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimiyat sifatida qaragan. “Davlat - huquqqa rioya etish, u umum manfaati yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukammal ittifoqi” (Grotsiy), “Davlat huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir” (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden “Davlat ichki va tashqi siyosatda mustaqildir”, deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan.Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻlishi mumkinligini eʼtirof etgan. U.D.zimmasiga “qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi”, deb yozgan. Davlat haqidagi nazariyalar qanchalik xilma xil boʻlmasin, Davlatning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz yoʻli bilan kechdi.
Davlatning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti. Dastlabki Davlatlar sugʻoriladigan dehqonchilik hududlari-Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugʻorish shoxobchalarini bunyod etish bilan mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Davlatning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firʼavn, xon va q.k.), quyiroqda - uning eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali amaldorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. Davlat oliy hukmdor sanalib, jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi. Jamiyatning barqaror tabiati Davlatning tub oʻzgarishlarsiz yashashini taʼminlab keldi. Chunonchi, qadimgi Misr Davlati mil. av. 4-3-ming yilliklarda paydo boʻlib, 30 yildan koʻproq yashadi. Gʻarb davlatlari Sharq davlatlaridan ancha keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy jamiyatidagi oʻzgarishlar davlatlarning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan.
Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va qad. dunyo (Yunonrim) davriga taalluqli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlary, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish mumkin. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga oʻtish jarayoni mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil. avv. VII-VI-asrlarda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik davlatlar - “Katta Xorazm” va qadimgi Baqtriya podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va Fargʻona viloyatlari qad. tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida oʻzbek xalqi ajdodlari chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi. Keyingi asrlar davlatchilik tarixini oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narshaxiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻrta asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar sulolalarining yirik davlatlari vujudga keldi. XII asrning oʻrtalarida xorazmshoxlar mamlakatni markazlashtirishga harakat qildilar, ammo bu jarayonga moʻeul istilosi toʻsiq boʻldi. Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri bilan uzviy bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha-iqtisodiy hayot, meʼmorlik, hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda oʻzaro nizolar va kurashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni kuzatish mumkin. XVIII asr oʻrtalariga kelib Oʻrta Osiyo hududida uchta D. (Buxoro xonligi, Xiva xonligi va Koʻqon xonligi) paydo boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik boʻlmadi, siyosiy qaramaqarshiliklar, oʻzaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan boshlab oʻlkada istiqdolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari boshlandi, ayniqsa, XX asrning 1-choragida bu kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqsi. Oʻzbekiston Davlat mustaqilligi eʼlon qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida mana shunday murakkab tarixni boshidan kechirdi (qarang Oʻzbekiston Respublikasi).
Turli xalqlar oʻz davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy vaziyatlarga bogʻliq holda turli tarixiy davrlarda bosib oʻtdilar. Yer yuzida oʻz davlatchiligini hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan boʻlib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urugʻ va qabilaning maʼnaviy oʻlchamlari, urugʻ boshliqlarining obroʻ-eʼtibori bilan boshqarib turilmoqda.Sivilizatsiya insoniyat madaniyati rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyotidir. Biroq yaqin-yaqingacha xukm surib kelgan markscha-lenincha taʼlimotga koʻra, Davlat sinfiy harakterga ega, hukmron sinflarning qoʻlidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida D. oʻz qiyofasidan maxrum boʻladi va dastavval “yarim davlat”ga aylanib, keyinroq (zarurat boʻlmaganligi bois) umuman barham topadi. Leninning “Davlat va revolyusiya”asarida bayon etilgan bu xildagi “nazariy qoida”larning tagi puch ekanligini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi. Tarixiy taraqqiyot shuni koʻrsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, davlatsiz yashay olmagan, aksincha tom maʼnodagi davlatning rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib kelgan. Zotan davlat jamiyatda barcha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha boshqa nodavlat tashkilotlardan oʻzining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi hamma uchun majburiyligi bilan farqlanadi.
davlatning asosiy belgilari. Davlatning belgilari toʻgʻrisidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda aholining hududiy boʻlinishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar tizimi alohida ajratib koʻrsatilgan.
Davlat qurilishida davlat shakli katta rol oʻynaydi. Yangi davlatlar tashkil topayotganda uning shakli toʻgʻri tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. davlat shakli boshqaruv shakli, davlat tuzilishi shakli va siyosiy idora usuli (tartib, rejim) tushunchalarini oʻz ichiga oladi. davlat boshqaruv shakli-davlat. hokimiyati va boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qadimgi va hkz. kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublikanku. Monarxiya koʻproq Qad. Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topgan davlatlar shakli edi. Monarxiyaningoʻzi ham mutlaq monarxiya va cheklangan monarxiya koʻrinishlariga ega. Mutlaq monarxiya davlat larida davlat boshligʻining hukuqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga oʻtadi, davlat boshligʻining ustidan nazorat yoʻq va u hech kimga hisobot bermaydi. Oʻzbekistonda davlat va huquq nazariyasi hamda tarixining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O. Eshonov, M.H.Hakimov, A.A.Aʼzamxoʻjayev, Sh.Z.Oʻrazayevnish olib borgan ilmiy tadqiqotlari bilan bogʻliq. Jumladan,Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari va demokratik jamiyat barpo etish muammolari (A.A.Azizxoʻjayev), Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi va davlat hokimiyatini tashkil etish masalalari (A. Toʻlaganov), davlat suvereniteti (M.Fayziyev), davlat hamda qonun chiqaruvchi organlarning tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi, vakolatlari muammosi, ularning ijtimoiy va davlat hayotidagi roli (M. Islomov, S. D. Niyatullayev, U. Tojixonov, O.T. Husanov), huquqiy munosabatlar (X.T. Odilkrriyev), inson huquqlari, xalqaro huquq (A.Saidov), huquqiy parlamentarizmning rivojlanishi (E.H.Halilov), oʻzbek davlatchiligi tarixi (A.Ziyo) boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |