BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA QO’SHIQ KUYLASH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH
Bolalaming musiqiy uquvini ijodiy rivojlantirishda ayniqsa, vokal-xor ishlarining ahamiyati katta. Bunda o ‘quvchilarni kuylashga qiziqtira ollsh ko‘p jihatdan o ‘rganadigan har bir mashq yoki qo'shiq ni o‘qituvchi tomonidan chiroyli qilib kuylab berilishiga bogliq. Chunki, yosh bolalar bilan olib boriladigan vokal-xor ishi ko'pincha o ‘qituvchi ovoziga taqlid qilib kuylashga asoslanadi.
Shuning uchun o‘qituvchi yoqimli ovozi ustida muntazam ish olib borishi kerak. Vokal-xor ishlarini amalga oshirishda o ‘qituvchi ovoz sozlash, qo‘shiq o ‘rgatish jarayonida boshlang'ich sinf o‘quvchilarining ovoz diapazoni (do1 — do2), ishchi diapazoni (mi1 - fa1 - sol1) primar tovushlarida kuylash uchun qulay bolgan (sol1 — lya1) tovushlarini aniq bilishi lozim.
Musiqa madaniyati darslarida qo‘shiq o ‘rgatish bir necha jarayonda amalga oshiriladi:
— bolalar diqqatini qo'shiqqa jalb qilish;
— qo'shiq haqida o‘qituvchining kirish so’zi (qo'shiq mualliflari, asarning mazmuni, tarixiy xususiyatlari haqida qisqacha hikoya qilish);
— qo‘shiqni tahlil qilish;
— qo'shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o'rgatish (to‘g‘ii nafas olib, jumlani oxirigacha tejab yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash);
— qo‘shiqning badiiy ijrosiga erishish (qo'shiq haqidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqa suhbat o ‘tkazish, ya’ni umumlash- tirish).
Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash murakkab psixologik-fiziologik jarayon hisoblanadi. Musiqa madaniyati darslarida vokal-xor ishlari, o'quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyasi o'qitishning eng faol shaklidir. Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash o ‘quvchilarning diqqat e’tiborini kuchaytiradi, xotirasi, nutqi rivojlanadi, ovoz diapazoni kengayadi. Vokal-xor mashqlari musiqa darsida muhim ahamiyat kasb etadi.
IKKI VA UCH OVOZLI QO’SHIQ MALAKALARINI O’STIRISH YO’LLARI
O'quvchilar bir ovozli qo'shiq kuylash malakasini egallaganlaridan so'ng ikki ovozli qo'shiqlami aytishga kirishishlari mumkin. Bir ovozda kuylash ustida ish olib borish davridayoq o'quvchilami ikki ovozda kuylashga sekin-asta tayyorlab borish kerak.
Uchinchi sinfdan ikki ovozli qo'shiqlami kuylash o'rgatila boshlanadi. Shu davrdan boshlab, ammo nihoyatda oddiy mashqlar, ya'ni hajmi jihatidan kichik-kichik, o'rta registrda kuylash uchun qulay bo'lgan, lad chegarasidan tashqariga chiqmaydigan misollar kiritiladi. Dastlab major ladlaridagi mashqlardan foydalanish ma'qul, chunki bolalar bu mashqlami minordagi mashqlarga qaraganda yaxshiroq bilib olishadi.
Eng oddiy mashqlami ham, murakkab mashqlami ham solfedjio qilish yo'li bilan o'rgatiladi va kuylatiladi. Mashqlar doskaga yoki maxsus plakatlarga yozib qo'yiladi. Kuylashni boshlashdan avval bolalar notalarni bir necha marta ovoz chiqarib o'qishlari, yuqorigi va pastki ovozlarni galma-gal, keyin esa ikki ovozni bir yo'la kuylashlari lozim.
Tertsiya, sof kvarta, kvinta, seksta singari ohangdosh intervallar dastlabki mashqlar uchun asos bo'ladi.Biror interval cholg'u asbobida chalib berilar ekan, bolalarda bir yo'la ikki tovushni eshitishlariga va shu tovushlami ovoz chiqarib takrorlay olishlariga erishish lozim. Ikki ovozli qo'shiq ko'p ovozli qo'shiq uchun asos bo'ladi, buni egallash uchun o'qituvchidan ham o'quvchilardan ham, g'oyat katta qunt va sabr-matonat bilan shug'ullanish talab etiladi. Musiqa intervallarini • eshita bilish bolalaming dastlabki garmonik tuyg'usi hisoblanadi. Ikki ovozli qo'shiq repertuariga o'tishda melodik harakatning har xil turlariga doir mashqlar kiritiladi, masalan, davomli tovush yangrashidagi-bir ovozli melodik harakat:
Ikki melodik yo'nalishning qarama-qarshi harakati:
I Moderato:
Ikki melodik yo'nalishning yondosh harakati:
Ikki melodik yo'nalishning yondosh harakati:
B ir yo'nalishdagi ikki melodik harakat:
M elodik harakatning qo'shma turlari:
Shu kabi mashqlar bilan birga bundan buyon bosqichma-bosqich melodik harakatga va sakrama harakatga mo'ljallangan ancha murakkab mashqlar ham o'rgatib boriladi:
Ikki ovozli mashqlar o'rganilayotgan qo'shiq repertuariga qaraganda hamisha murakkabroq bo'lmog'i kerak. Bunday mashqlar bolalaming musiqa qobiliyatini o'stirishga yordam beradi. Ikki ovozli asarlar puxta yangray boshlagach, ikki ovozli mashqlami faqat notalar nomini aytib kuylash bilangina cheklanib qolmasdan, balki «Lya», «Do», «Mi» kabi ayrim bo'g'inlar yuzasidan kuylasa bo'ladi.
Mashqlar ustida olib boriladigan ish bolalaming qo'shiqlardagi ikki ovozlikni bemalol bilib olishlariga yo'l ochib beradi. Lekin, darsni ortiqcha mashqlar bilan band qilishga yo'l qo'ymaslik kerak.Musiqani zehn qo'yib tinglay bilish bilan birga, uni his etish va bu haqida o'ylash eng muhim ahamiyatga egadir. Qo'shiq aytish paytida har bir o'quvchi ishlashga va faol ravishda musiqaviy fikrlashga o'rganishi kerak. Buning oqibatida bola musiqaga va qisman, qo'shiq aytishga jiddiy qaraydigan bo'ladi, uning musiqa uquvi tobora o'sadi va ikki ovozli qo'shiq aytish yengil kechadi.
Musiqani zehn qo'yib tinglash, his eta bilish tufayli, garchi oddiy shaklda bo'Isa ham, analitik musiqaviy tafakkur tarkib topadi. Ikki va uch ovozli qo'shiqning yoqimliligi tovushlami to'g'ri talaffuz qilishda, ovozlaming dadilligida ham emas, baland partiyadagi tovushlar bir xil muvozanatda yangrashida hamdir. Agar ovozlar (partiyalar) dan biri ovozini haddan tashqari pasaytirib aytsa, amalda ikki ovozli qo'shiqning bo'lishi mumkin emas. Umumiy ijroda har bir ovoz bir xil me'yorda jaranglab chiqsa, ikki (yoki uch) ovozli qo'shiq juda yoqimli eshitiladi. Maktabda aytiladigan qo'shiqlar hamma vaqt shunday bo'ladi. Birinchi ovozlarga qaraganda ikkinchi va uchinchi ovozlar bo'shroq bo'ladi, ikkinchi navbatda esa, ikkinchi darajali ovoz sifatida jaranglaydi. Buning asosiy sabablaridan biri bolalaming ikkinchi va uchinchi parityalami uddaylay olmasliklaridadir. Ular qo'shiq aytish jarayonida beixtiyor birinchi partiya ovoziga o 'tib ketadilar.
Shunday holatlar ham bo'ladiki, uquvi yaxshi bo'lgan bolalar ikkinchi yoki uchinchi partiyani ijro eta turib, qo'shiqni buzib ayta boshlaydilar, natijada partiya tabiiy ravishda jaranglamay qo'yadi. Bu holatdan chiqish uchun dastlabki paytlarda ikkinchi va uchinchi paritiyalaming son va sifatini yaxshilash lozim. Ikki ovozli qo'shiq aytishga o'rgatishning dastlabki davrlarida birinchi partiyalami bir oz sekinroq aytishni o'quvchilardan talab qilishi kerak, ana shundagina ikkinchi partiya bir oz aniqroq jaranglaydi. Bolalar o'z: partiyalarini puxta o'rganib olganlaridan so'ng ikki partiyaning jaranglash kuchini muvozanatga keltirish mumkin. Bu bosqichda ham. birinchi partiyalami ikkichi partiyalarga qaraganda sekinroq aytishi xalaqit bermaydi, chunki birinchi partiyadagi ovozlar bari-bir aniq eshitilaveradi.
Qo'shiq o'rgatish vaqtlarining hammasida musiqa eshitish nazoratini kuchaytira borish zarur. Eshitish nazoratini kuchaytirish deganda avvalo talaffuzga ongli munosabatda bo'lish, tovushlar baland- pastligi holatiga, tovush baland-pastligini eslab qolishga nisbatan sezgirlik nazarda tutiladi.
Lad-tonlik (ohangdoshlik) sezgisi maxsus mashqlar va qo'shiq materiali asosida tartibli, muntazam ish olib borish vositasida hosil qilinadi. Lad-tonlik sezgisi hamma vaqt ladning eng o'mashgan turg'un tovushi-tonika bilan bog'lanadi. Tonika tovushi bilan boshlanadigan ko'pgina qo'shiqlar bor. Tonlik sezgisini hosil qilish uchun shu qo'shiqlami kiritish foydali bo'ladi. Bolalar qo'shiqdagi birinchi tovushning baland sadosini his etishar ekan, tonikani, albatta esda qoldiradilar.
Bolalaming o'rganilayotgan qo'shiqning baland tovush jarangini xotirada uzoqroq saqlay olishlarga erishish uchun tovush balandligi xotirasini kuchaytirish ustida mashq qilish kerak. Shu maqsadda qo'shiqni to'la yoki qismlarga bo'lib bir necha marta aytib chiqish mumkin.
O'qituvchi bolalami diqqat bilan, astoydil qo'shiq aytishlarini kuzatib boradi. So'ngra bolalar diqqati o'rganilayotgan qo'shiqdan chalg'itiladi. Ammo shundan keyin o'qituvchi ulami yana kuy yoki uning qismi qanday yangraganligini esga olishga majbur etadi, bunda kuyning birinchi tovushini ovoz bilan emas, balki ichki musiqa uquvi bilan eslashga o'rgatish lozim. Dastlab faqat ba'zi o'quvchilargin shunga muyassar bo'lishadi. Agar shunday ravishda muntazam tajrib qilib, bolalaming ichki musiqa uquvi va musiqa xotirasi Hamish faolllashib boriladigan bo'lsa, ulaming ko'pchilik qismi kuyning baland yangarshini uzoq vaqtgacha yodda saqlab qola olishiga erishish mumkin.
Ikki ovozlik ustida ishlash paytida shu usulni qo'llash natijasida bolalar butun xor partiyasini yodda yaxshiroq saqlay oladigan bo'lishadi. Bundan tashqarii, bu tajriba ongli talaffuz uchun zaruriy xislat bo'lgan ichki musiqa uquvini o'stiradi, ongli talaffuz esa qo'shiqni yaxshi sozda aytishga yo'l ochadi.
I chki musiqa uquvi va musiqa xotirasini o'stirib borish uchun gammalami va o'rganib chiqilgan ba'zi qo'shiqlami (ayrim tovushlarni tushirib qoldirgan holda) kuylash foydalidir.
Musiqa o'qituvchisi bolalardagi ichki musiqa uquvini o'stirishda faqat gammalardan foydalanmasdan, balki o'rganilgan qo'shiqlardan ham misollar tuzish mumkin. O'qituvchi bunda qachon ovoz bilan, qachon ichki uquv bilan kuylash zarurligini qo'l ishorasi bilan ko'rsatib borishi lozim.
Bolalar ikki ovoz bilan qo'shiq aytishda ba'zi malakalami hosil qilishgach, yondosh (parallel) tersiyalari bo'lgan qo'shiqlar kiritiladi.O'zbek xalq qo'shiqlarini polifonik (ko'p ovozli) qilib qayta ishlash katta imkoniyatlarga egadir. Shuni nazarda tutib polifonik xususiyatga ega bo'lgan ikki ovozli qo'shiqlami yetarli darajada repertuarga kiritish kerak. Bolalar ikki ovozli qo'shiq malakalarini egallaganlaridan keyin juda xilma-xil usullar bilan ijro etiladigan qo'shiqlardan foydalanish mumkin. Bunday qo'shiqlami beshinchi va olitinchi sinf bolalari bemalol ayta oladilar.
O'quvchilaming esda qoldirish qobiliyatini oshira borib ulardagi bu qobiliyatni muntazam ravish da o'stirish kerak. Buning uchun ikki ovozli mashqlami, ikki ovozli qisqa-qisqa qo'shiqlami, xarakterli melodik parchalami, kanonlami mashg'ulotga kirita borish zarur.
Ikki ovozli qo'shiq ustida olib boriladigan ishning dastlabki va keyingi davri da bolalar turli guruhlarga taqsimlanadi. Bir ovozliqo'shiq aytishdan ikki ovozli qo'shiq aytishga o'tish davrida sinflami bolalaming musiqaviy qobiliyatiga qarab altlar va diskantlarga bo'lish zamrati yo'q. Bu davrda ikki taxminiy gumhga bo'lish tasodifiy xarakterda bo'ladi: bir gumh o'qituvchining o'ng tomonida, ikkinchi guruh chap tomonida joylashadi.
Altlar yoki diskantlarga xos doimiy ijrochilik vazifalari bu guruhlarga taqsimlab berilmaydi. Gumhlardan har biri ayni bir mashqda goh yuqorigi ovozni, goh pastki ovozni ijro etadi. Shu tufayli bolalar musiqaviy jihatdan baravariga kamol topishadi, chunki har qanday boshqa kuylash usulidagidan ko'ra ikkinchi (yoki uchinchi) ovozni kuylaganda musiqa uquvi ko'proq o'sadi.
Qo'shiqchi bolalami uyushtirishning yaxshi usuli-bu ikki ovozli qo'shiq aytish malakalarini egallash yo'lida samarali ishlash uchun ob'yektiv shartlardan biridir. Bu ishda hal qiluvchi omil-bolalaming bir ovozli qo'shiq aytish jarayonida hosil qilgan malakalarini: diqqat bilan eshitib, zehn solish, ichki musiqa uquvi hosil etish, eshitish nazorati malakalarini qunt bilan va muntazam ravishda oshira borishdir.
Qo'shiqdagi ikki ovozlik ustida olib boriladigan ishning turli usullari mavjuddir. Bulardan biri-xor partiyalarini notalar nomini aytib kuylash (solfedjio qilish) usulidir. Mashqlarda bo'lgani kabi, ikki ovozli parchalami notalar nomini aytib kuylash ohang tovushlarining balandlik holatini aniqlashtiradi. Bolalar notalar nomini esga olishar ekan, ohangini ham beihtiyor yodga olishadi.
Qo'shiqdagi ikki ovozlilikni egallashga yordam beradigan boshqa bir necha usullar ham bor. Masalan, qo'shiqni mana shu tarzda aytish mumkin: diskantlar o 'z ohangini so'zlari bilan, altlar esa notalar nomi bilan kuylashadi. Yoki: pastki ohang so'zlari bilan,yuqorigi ohang esa og'izni yumgan holda ijro etiladi. Shu metodlar bilan birga solfedjio qilish usuli ham qo'llanganda kutilgan natijaga erishiladi. Ikki ovozli ustida olib boriladigan ishda yana bir qancha metodlardan foydalanish mumkin. Masalan, diskantlar guruhi yuqorigi ohangni kuylaydi, o'qituvchi esa uni o'zi kuylaydi yoki cholg'u asbobida chaladi. Altlar shu vaqtda o 'z ohangini kuzatib, musiqa uquvi bilan nazorat qilib borishlari kerak. So'ngra altlar guruhiga o'z ohangini kuylash topshiriladi, diskantlar ohangini esa o'qituvchi aytadi yoki chaladi.
Mashqlar ustida olib boriladigan ishda bo'lgani kabi, qo'shiqni yoki uni ayrim qismlarini o'n, sakkiz, olti va to'rt kishidan iborat kichik-kichik ansambl bo'lib, shuningdek, duetlar shaklida aytish samarali bo'ladi.
Yuqorida bayon qilingan ikki ovozli ustida olib boriladigan ish metodlari o'zgarmas metodlar emas, albatta. Musiqa o'qituvchisining ijodkorligi va yangi metodlar qidirib topishi tufayli shubhasiz tobora muvoffaqiyatga erishiladi.Uch ovozli xor juda qiziqarli va xilma-xil eshitilishi mumkin, chunki uch ovozli ohang mavjud bo'lishi garmoniyaning uch tovushliklar va ulaminig aylanmalari, noto'liq septakkordlari va ulaming aylanmalari hamda boshqa tovushlar qo'shilmalarining deyarli to'la-to'kis yangrashini ta'minlay oladi. Bolalar uchun yozilgan juda ko'p xor asarlari uch ovozli asarlardir. Lekin, shubhasiz, musiqa darslarida vaqt yetishmasligi sababli uch ovozlikning barcha xilma- xilligi bilan to'liq eshitilishiga erishish imkoniyati yo'q. Maktab xor jamoalari mashg'ulotlarida jiddiy shug'ullanib, ana shunga erishish mumkin va zarur hisoblanadi.
Uch ovozlik ustida olib boriladigan ishning o'ziga xos xususiyati-uch ohang mavjud bo'lishidadir, o'rta ovozni ijro etishda qiyinchiliklar yuz berishi sababli, butun kuch ana shu vazifani osonlik bilan ado etishga qaratiladi. Ikki ovozlik ustida ishlash uchun tavsiya etilgan ba'zi metodlardan uch ovozlik ustida olib borilgan ishda variasiyalangan (ancha o'zgartirilgan) shaklda foydalansa bo'ladi.
Masalan, uch ovozli epizodlami turli variantlarda aytish mumkin:
o'rta ovozda notalar nomini aytib, eng chetdagi ovoziarda esa
so'zlar bilan kuylanadi;
o'rta ovozdagilar so'zlari bilan eng chetdagi ovozlar og'zini
yumgan holda ijro etadilar;
uch ovozning hammasi qo'shiqni so'zlari bilan ammo har-xil rang-barang tus berib (nyuansga rioya qilib): eng chetdagi ovozlar piano (ohista), o'rta ovoz messoforte (o'rtacha kuch bilan) ijro etadi.
Uch melodik yo'nalmani birga qo'shishdan oldin, bulami ikki ovozli variantlarda mashq qilib o'rganiladi va yuqorigi ovozni o'rta ovoz bilan, o'rta ovozni pastki ovoz bilan, yuqorigi ovozni pastki ovoz bilan birin-ketin birga qo'shib boriladi.Bir qancha ob'yektiv sabablarga ko'ra, shu jumladan musiqa darsida uch ovozlikni o'rganish uchun ajratiladigan vaqtning yetarli bo'lmaganligi sababli musiqa darslarida uch. ovozlik malakalarini egallashda uncha katta natijalarga erishish imkoniyati yo'q. Chunki musiqa darsining asosiy qismi bo'lgan musiqa savodi va musiqa tinglashga ko'proq vaqt ajratiladi. Demak, musiqa darslarida uch ovozlikni boshlang'ich va oddiy shaklda o'zlashtiriladigan bo'lsa ham, buni bolalarga ko'p tarmoqli usulda musiqa tarbiyasi berishda erishilgan yaxshi natija deb hisoblash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |