O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Kasbiy ta’lim» kafedrasi


 Nazariy ta’lim va ishlab chiqarish ta’lim metodlari



Download 3,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/196
Sana14.06.2022
Hajmi3,56 Mb.
#667625
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   196
Bog'liq
Kasbiy pedagogika 2018 avgust UUM. 1-semestr 14 soat

 
2. Nazariy ta’lim va ishlab chiqarish ta’lim metodlari 
O‘quv muassasalarida boshlang‘ich kasbiy ta’limni o‘qitishning nazariy qismi 
quyidagi fanlarni 3 ta siklini tashkil qiladi: umumiy ta’lim, umumiy texnik ta’lim va 
kasbiy ta’lim.
1
Umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim metodining umum didaktik, xususiy 
didaktik va xususiy metodik aspektlari pedagogik adabiyotlarda chuqur bayon qilib 
berilgan. 
Umumtexnika va kasb fanlarini o‘qitish metodlari ko‘pincha o‘ziga xos 
mazmunga ko‘ra aniqlanadi: 
ko‘p komponentli tuzilma, ob’ektlarni turli xil yo‘nalishlarda o‘rganish; 
ta’lim oluvchilarni ishlab chiqarish ta’limi bilan o‘zaro bog‘liqligi; 
materialning keng qamrovliligi, tajribaviy izlanish soni va sifati jihatidan, 
xizmat ko‘rsatish usullarini amaliy o‘rganish; 
o‘quv materiali mazmuniga yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, mahalliy 
shart-sharoitni aks ettirish. 
Ta’lim metodlarida bularni inobatga olish zarur. 
Ta’lim oluvchilarni o‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi. 
1
O’.Q.Tоlipоv. vа bоshqаlаr. Kаsbiy pеdаgоgikа. – T.:TDIU, 2001. 


87 
Suhbat metodi. Og‘zaki bayon. Umumtexnika va kasbiy fanlarni o‘rganish 
jarayonida o‘quv materialini og‘zaki bayonini gapirib berish va tushuntirish orqali 
amalga oshiriladi, bunda mavzu to‘liq taqqoslanadi, isbotlanib, misollar bilan 
tushuntiriladi. 
Bayon qilinayotgan material ta’lim oluvchilarning tushunishi uchun qiyin 
bo‘lgan, yangi ma’lumotlar xabar qilingan, mehnat usullarini bajarish yo‘llarini 
tushuntirib berish talab qilingan hollarda og‘zaki bayon qilish metodidan 
foydalaniladi. 
Umumiy talablardan quyidagilarni ajratib olamiz: 
ilmiy-texnik aniq mazmun; 
mantiqiy tuzilishi va ketma-ketligi; 
ta’lim oluvchilarga tushunarli va oson etib boradigan; 
har bir bosqichda fikrni aniq va ravshanligi; 
ta’lim oluvchilarning e’tiborligini, faolligini oshirish. 
Suhbat – 
bu kasb ta’limining shunday usulidirki, unda o‘qituvchi to‘g‘ri 
qo‘yilgan savollar yordamida ta’lim oluvchilarda ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar hosil 
qilib esga tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar hosil qilishga 
undaydi. 
Kitob bilan ishlash: tez o‘qitish, konspekt olish, reja tuzish, misollar 
muhokamasi, nazorat savollariga javob berish va hokazolar. 
Ko‘rgazmali metod 
Insonning tashqi olamni sezishining eng muhim organi – ko‘zdir. Olimlarning 
fikricha, 80% informatsiya ko‘z orqali tushadi, 80% ish operatsiyalari ko‘z orqali 
qilinadi. Mana shulardan ko‘rishimiz mumkinki, ta’lim jarayonida ko‘rgazmali metod 
katta ahamiyatga ega. 
Umumtexnik va kasb ta’limi fanlari bo‘yicha ko‘rgazmali metodlar, tabiiy 
(asbob, dastgoh, detall, jihoz, material namunalari) va tasviriy (plakatlar, model, 
maket, sxema, kino-videofilm, kino proeksiya, kompyuter, multimedia). O‘qituvchi 
mavzuni tushuntirishda ko‘rgazma sifatida, yoki bir xil hollarda o‘rganilayotgan fan 
bo‘yicha aniq ko‘rgazma sifatida, yangi axborotlarni berishda ko‘rgazmali metodlar 
juda qulaydir. 
Amaliy metod. 
Mashq amaliy metodning asosi hisoblanadi. Mashq o‘tkazishning asosiy 
maqsadi o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilar texnika va kasbiy fanlar bo‘yicha 
egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishni o‘rgatishdir. Ta’lim oluvchilarning 
bilimlarni mustahkamlashda ham mashqlarning o‘rni kattadir. Hamma mashqlarni 3 
ta asosiy tipga keltirish mumkin: reproduktiv, badiiy, izlanuvchanlik. 
Reproduktiv mashq - 
bu tipdagi mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilar 
qurilmaning tuzilishi, materiali, asbob-uskunalar, yozma vazifalarni o‘rganishadi. 
Reproduktiv mashqda chizmalar, sxemalar, grafiklar, diagrammalar muhokama 
qilinadi va ta’lim oluvchilar ularni bajarishadi. Kasbiy fanlar bo‘yicha esa texnik 
hujjatlar, stanok pasportlarining texnologik kartalari o‘rganilishi mumkin. 
Badiiy mashq - 
bu turdagi mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilar egallagan 
bilim va malakalaridan turli xil kombinatsiyalarda foydalanishadi, ya’ni oldiga 
qo‘yilgan vazifalarning mustaqil original javoblarini topishadi. Badiiy mashq 


88 
turlaridan biri produktiv masalalarni hal qilish: tanlash (asbob, ishlov berish turi, 
sozlovchi mexanizm), taqqoslash va baholash (ishni bajarish yo‘li, asboblarning 
qo‘llanilishi) aniqlashga bog‘liq bo‘lgan (texnik talab, aloqadorlik), turli xil texnik 
jarayonlarni tushuntirishdan iborat. Bu turdagi mashqlar orqali o‘rganilayotgan 
mashina, mexanizm, qurilmalarning sxemalari tuziladi. 
Izlanish mashqi – 
bu ham egallangan bilimlarni mashqlarda badiiy qo‘llash 
bo‘lib, ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. 

Download 3,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish