2. Nazariy ta’lim va ishlab chiqarish ta’lim metodlari
O‘quv muassasalarida boshlang‘ich kasbiy ta’limni o‘qitishning nazariy qismi
quyidagi fanlarni 3 ta siklini tashkil qiladi: umumiy ta’lim, umumiy texnik ta’lim va
kasbiy ta’lim.
1
Umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim metodining umum didaktik, xususiy
didaktik va xususiy metodik aspektlari pedagogik adabiyotlarda chuqur bayon qilib
berilgan.
Umumtexnika va kasb fanlarini o‘qitish metodlari ko‘pincha o‘ziga xos
mazmunga ko‘ra aniqlanadi:
ko‘p komponentli tuzilma, ob’ektlarni turli xil yo‘nalishlarda o‘rganish;
ta’lim oluvchilarni ishlab chiqarish ta’limi bilan o‘zaro bog‘liqligi;
materialning keng qamrovliligi, tajribaviy izlanish soni va sifati jihatidan,
xizmat ko‘rsatish usullarini amaliy o‘rganish;
o‘quv materiali mazmuniga yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, mahalliy
shart-sharoitni aks ettirish.
Ta’lim metodlarida bularni inobatga olish zarur.
Ta’lim oluvchilarni o‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi.
1
O’.Q.Tоlipоv. vа bоshqаlаr. Kаsbiy pеdаgоgikа. – T.:TDIU, 2001.
87
Suhbat metodi. Og‘zaki bayon. Umumtexnika va kasbiy fanlarni o‘rganish
jarayonida o‘quv materialini og‘zaki bayonini gapirib berish va tushuntirish orqali
amalga oshiriladi, bunda mavzu to‘liq taqqoslanadi, isbotlanib, misollar bilan
tushuntiriladi.
Bayon qilinayotgan material ta’lim oluvchilarning tushunishi uchun qiyin
bo‘lgan, yangi ma’lumotlar xabar qilingan, mehnat usullarini bajarish yo‘llarini
tushuntirib berish talab qilingan hollarda og‘zaki bayon qilish metodidan
foydalaniladi.
Umumiy talablardan quyidagilarni ajratib olamiz:
ilmiy-texnik aniq mazmun;
mantiqiy tuzilishi va ketma-ketligi;
ta’lim oluvchilarga tushunarli va oson etib boradigan;
har bir bosqichda fikrni aniq va ravshanligi;
ta’lim oluvchilarning e’tiborligini, faolligini oshirish.
Suhbat –
bu kasb ta’limining shunday usulidirki, unda o‘qituvchi to‘g‘ri
qo‘yilgan savollar yordamida ta’lim oluvchilarda ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar hosil
qilib esga tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar hosil qilishga
undaydi.
Kitob bilan ishlash: tez o‘qitish, konspekt olish, reja tuzish, misollar
muhokamasi, nazorat savollariga javob berish va hokazolar.
Ko‘rgazmali metod
Insonning tashqi olamni sezishining eng muhim organi – ko‘zdir. Olimlarning
fikricha, 80% informatsiya ko‘z orqali tushadi, 80% ish operatsiyalari ko‘z orqali
qilinadi. Mana shulardan ko‘rishimiz mumkinki, ta’lim jarayonida ko‘rgazmali metod
katta ahamiyatga ega.
Umumtexnik va kasb ta’limi fanlari bo‘yicha ko‘rgazmali metodlar, tabiiy
(asbob, dastgoh, detall, jihoz, material namunalari) va tasviriy (plakatlar, model,
maket, sxema, kino-videofilm, kino proeksiya, kompyuter, multimedia). O‘qituvchi
mavzuni tushuntirishda ko‘rgazma sifatida, yoki bir xil hollarda o‘rganilayotgan fan
bo‘yicha aniq ko‘rgazma sifatida, yangi axborotlarni berishda ko‘rgazmali metodlar
juda qulaydir.
Amaliy metod.
Mashq amaliy metodning asosi hisoblanadi. Mashq o‘tkazishning asosiy
maqsadi o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilar texnika va kasbiy fanlar bo‘yicha
egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llay bilishni o‘rgatishdir. Ta’lim oluvchilarning
bilimlarni mustahkamlashda ham mashqlarning o‘rni kattadir. Hamma mashqlarni 3
ta asosiy tipga keltirish mumkin: reproduktiv, badiiy, izlanuvchanlik.
Reproduktiv mashq -
bu tipdagi mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilar
qurilmaning tuzilishi, materiali, asbob-uskunalar, yozma vazifalarni o‘rganishadi.
Reproduktiv mashqda chizmalar, sxemalar, grafiklar, diagrammalar muhokama
qilinadi va ta’lim oluvchilar ularni bajarishadi. Kasbiy fanlar bo‘yicha esa texnik
hujjatlar, stanok pasportlarining texnologik kartalari o‘rganilishi mumkin.
Badiiy mashq -
bu turdagi mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilar egallagan
bilim va malakalaridan turli xil kombinatsiyalarda foydalanishadi, ya’ni oldiga
qo‘yilgan vazifalarning mustaqil original javoblarini topishadi. Badiiy mashq
88
turlaridan biri produktiv masalalarni hal qilish: tanlash (asbob, ishlov berish turi,
sozlovchi mexanizm), taqqoslash va baholash (ishni bajarish yo‘li, asboblarning
qo‘llanilishi) aniqlashga bog‘liq bo‘lgan (texnik talab, aloqadorlik), turli xil texnik
jarayonlarni tushuntirishdan iborat. Bu turdagi mashqlar orqali o‘rganilayotgan
mashina, mexanizm, qurilmalarning sxemalari tuziladi.
Izlanish mashqi –
bu ham egallangan bilimlarni mashqlarda badiiy qo‘llash
bo‘lib, ta’lim oluvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |