Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi iqtisodiyot 55-2 guruh talabasi xaytbayev toxirning
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI IQTISODIYOT 55-2 GURUH TALABASI XAYTBAYEV TOXIRNING “ MOLIYA BOZORI VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR” FANIDAN MUSTAQIL ISHI
1. O'zbekiston respublika valyuta birjasi to’g’risida tushuncha
2. Valyuta bozori, Davlat qimmatli qog'ozlari bozori
3. O'zbekiston respublika valyuta birjasining sifat siyosati.
III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
O'zbekiston respublika valyuta birjasi to’g’risida tushuncha
Valyuta birjasi — ishtirokchilari chet-el valyutasi orqali ish yuritadigan savdo faoliyatni tashkil qilishda yordam beruvchi, valyuta bozori infrastrukturasining bir elementidir. Valyuta birjasi valyuta bozorining asosiy elementlarining faoliyatini tashkil qilib beradi: savdo sistemasi (kontragent qidirish mexanizmi), kliring va hisob sistemasi (kelishuv ijro mexanizmi).
"O'zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 22 noyabrdagi 297-sonli “O'zbekiston Respublikasida chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishni tashkil etish hamda erkin almashtiriladigan valyuta bilan savdo qilishni kengaytirish choralari haqida" gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 29 fevraldagi 66-f-sonli farmoyishiga muvofiq, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash, ichki va tashqi valyuta bozori kon'yunkturasi o'zgarishiga tezkor javob qaytarish maqsadida 1992- yil 12- mayda tashkil etilgan.
Birja chet el valyutani, davlat qimmatli qog'ozlarini, moliyaviy instrumentlarni (derivativlarni) sotib olish va sotish va ular bilan bog'liq boshqa birja operatsiyalari bo'yicha birja savdolari, shuningdek banklararo pul bozori hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlari tashkilotchisi - respublikadagi yagona ko'p funkciyali birja maydonchasi hisoblanadi.
O'zbekistondagi uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelaetgan uyushgan valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha banklararo savdo sessiyalari, Markaziy bankning valyutaviy svop auksionlari va dilerlar o'rtasida svop operatsiyalari o'tkaziladi.
Pul bozori tijorat banklarining qisqa muddatli pul mablag'larini jalb qilish va joylashtirish bo'yicha banklararo pul bozori, shuningdek Markaziy bankning depozit auksionlaridan tashkil topgan.