O`zbekiston Respublikasi valyuta birjasi pul bozorida tijorat banklar mablag'larini jalb qilish va joylashtirish bo'yicha operatsiyalar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit auksionlari amalga oshiriladi.
Birjada o'tkaziladigan savdolar orqali bitimlar tuzilishi bozor ishtirokchilari uchun tezkor ravishda mablag'larni jalb qilish va qisqa muddatli aktivlarga joylashtirish uchun qo'shimcha imkoniyat yaratadi. Pul bozori instrumentlari yuqori darajada jozibadorligini operatsiyalar hajmining ijobiy dinamikasi ham tasdiqlaydi.
Tijorat banklari o'rtasida mablag'larni jalb qilish va joylashtirish bo'yicha operatsiyalar "Banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom va “Banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orkali operatsiyalarni o'tkazish koidalari" ga muvofiq 2018 yilda yaratilgan O'zRVBning yagona elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi.
Markaziy bankning depozit operatsiyalari "O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom va "O'zbekiston respublika valyuta birjasi elektron savdo platformasi orqali O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini o'tkazish qoidalari" ga muvofiq amalga oshiriladi.
Markaziy bankning depozit operatsiyalari 2018- yil dekabr oyidan boshlab tijorat banklarining mablag'larini jalb qilish bo'yicha auksionlar shaklida o'tkazilib kelinmoqda. Markaziy bank depozit auksionlar o'tkazilish shartlarini, shu jumladan depozit muddatlarini, auksion o'tkazish sanasi va vaqtini, depozitga jalb qilinadigan mablag'ning maksimal hajmi va foiz stavkasini, auksion o'tkazilish usuli va boshqalarni belgilaydi.
3. O'zbekiston respublika valyuta birjasining sifat siyosati. I. Mazkur Sifat siyosati quyidagilarga taalluqli: 1) chet el valyutasini, hosilaviy moliyaviy vositalarni (derivativlarni) sotib olish va sotish hamda ular bilan bog'liq boshqa birja bitimlari bo'yicha birja savdolarini tashkil etish va o'tkazish;
2) davlat qimmatli qog'ozlari bilan birja savdolarini tashkil etish va o'tkazish, shuningdek ularga bo'lgan huquqlarni hisobga olish va saqlash;
3) pul bozorida banklararo savdolarni tashkil etish va o'tkazish;
4) O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlarini tashkil etish va o'tkazish;
5) milliy va horijiy valyutalardagi birja bitimlari bo'yicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish.