Davlat qimmatli qog'ozlari bozorida O'zbekiston Respublikasining g'aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini, shuningdek Markaziy bankining obligatsiyalarini muomalaga chiqarish va joylashtirish amalga oshiriladi. Mazkur bozorda shuningdek to'g'ridan-to'g'ri REPO auksionlari hamda dilerlar o'rtasidagi REPO operatsiyalar o'tkaziladi.
Birja missiyasi Birja savdolari imkoniyatlarini kengaytirish va uning asosida qulay investiciya muhitini rivojlantirish uchun ishonchli, shaffof va innovacion birja bozorini shakllantirish orqali mamlakat iqtisodietining barqaror o'sishi va tarkibiy o'zgarishiga hissa qo'shish.
Birja faoliyatining maqsadlari:
birja mahsulotlari bozorini tashkil etish va tartibga solishni ta'minlash, talab va taklif asosida birja mahsulotlarining narhlarini shakllantirish;
Birja va uning akciyadorlari manfaatlari uchun moliyaviy-ho'jalik faoliyatidan tijorat tashkiloti sifatida foyda olish;
barcha savdo ishtirokchilari uchun birja savdolarida qatnashish uchun teng sharoitlar yaratish, narhlash erkinligi va birja savdolarining shaffofligini ta'minlash;
savdo ishtirokchilariga samarali va ishonchli hizmat ko'rsatishni ta'minlash uchun Birja infratuzilmasini rivojlantirish.
Faoliyatning asosiy yo'nalishlari:
birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlarini tashkil etish va o'tkazish;
davlat qimmatli qog'ozlarini saqlash va ularga bo'lgan huquqlarni ro'yhatga olish;
milliy va horijiy valyutadagi birja bitimlari bo'yicha hisob-kitob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish;
birja mahsulotlari bo'yicha talab va taklif nisbati asosida narhlarni aniqlash, valyuta savdolarida milliy valyutaning chet el valyutalariga nisbatan kursini belgilash;
birja bozori ko'rsatkichlarini shakllantirish va ularni muntazam ravishda (haftada kamida bir marta) Birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish;
Birja a'zolari uchun majburiy bo'lgan birja savdo qoidalarini, shuningdek tuzilgan bitimlarni rasmiylashtirish uchun namunaviy shartnomalarni va hujjatlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqish;
Birja a'zolari hodimlarining (treyderlari) professional malakasini yuqori darajada saqlab turish uchun sharoit yaratish;
birja savdo ishtirokchilariga har birja savdo natijalari to'g'risida tegishli ma'lumotlarni taqdim etish, ularga zarur konsul'tativ va boshqa turdagi hizmatlarni ko'rsatish;
Birja faoliyati bilan bog'liq dasturiy ta'minot va avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqish va joriy etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa faoliyat turlarini belgilangan tartibda amalga oshirish.