O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

16.4. Xorijiy davlatlarda sog„liqni saqlash tizimini 
moliyalashtirish tajribalari
Jahon amaliyotida mamlakatdagi sog‗liqni saqlash 
sohasini moliyalashtirishning quyidagi modellari shakllangan: 
Birinchi model – xususiy tibbiy sug‗urtaga asoslangan model 
bo‗lib, bu modelda sog‗liqni saqlash xizmatlari asosan aholining 
shaxsiy mablag‗lari hisobidan moliyalashtiriladi. Tibbiy 
xizmatlarga bo‗lgan talabni qondirishning asosiy vositasi bozor 
hisoblanadi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, 
yolg‗iz qariyalar, turli kasalliklarning tarqalishiga qarshi 
profilaktika tadbirlari esa davlat tomonidan moliyalashtiriladi. 
Ushbu model AQSHda ustuvor darajada amal qiladi. Ikkinchi 
model tibbiyot sohasi xarajatlarini davlat ijtimoiy sug‗urtasi 
mablag‗lari hisobidan moliyalashtirish modeli bo‗lib, bunda 
sug‗urta badallari majburiy soliqlar shaklida yig‗iladi, ushbu 
yig‗ilgan mablag‗larni taqsimlash davlat boshqaruv organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim Buyuk Britaniya
Kanada, Italiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya kabi davlatlarda 
amal qiladi. Uchinchi model aholini ijtimoiy jihatdan 
himoyalashni davlat tomonidan tartibga solish bilan birga, 
bozor munosabatlariga asoslangan holda ijtimoiy sug‗urtani 
keng joriy qilish hamda sog‗liqni saqlash tizimini ko‗p kanalli 
moliyalashtirish modeli bo‗lib, bir qator mamlakatlarning milliy 
tibbiyot tizimlarini moliyalashtirish amaliyotiga keng joriy 
qilingan. Bunda davlat aholiga, ularning daromadlilik 
darajasidan qat‘i nazar, tibbiy xizmat olishlarini kafolatlaydi. 
Bu modelning asosini majburiy tibbiy sug‗urta tashkil qiladi. 
Xorijiy tajribalar shuni ko‗rsatadiki, tibbiy xizmatlarni 
moliyalashtirish 
xarajatlari 
turli 
manbalardan 
amalga 
oshiriladi: 
– davlat byudjeti; 
– majburiy tibbiy sug‗urta; 
– xususiy tibbiy sug‗urta; 


458 
–tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi to‗g‗ridan-to‗g‗ri pullik 
to‗lovlar. 
Jahon 
mamlakatlarida 
sog‗liqni 
saqlash 
tizimini 
moliyalashtirishning yuqorida sanab o‗tilgan manbalarining sof 
holda faqat bittasidan foydalanmaydi. Milliy tibbiyot tizimlarini 
moliyalashtirishda 
barcha 
davlatlar 
sanab 
o‗tilgan 
manbalardan aralash tarzda foydalanadi. Masalan, Germaniya, 
Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada kabi davlatlarda 
majburiy tibbiy sug‗urta tizimi yuqori darajada rivojlangan. 
Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Italiya, Ispaniya, Gretsiyada 
byudjetdan moliyalashtirish tizimi keng tarqalgan. AQSHda esa 
xususiy tibbiy sug‗urta tizimi faoliyati barqaror shakllangan. 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‗stligi davlatlarida byudjetdan 
moliyalashtirish tizimi ustuvor o‗rin egallashi bilan birga, 
Qirg‗iston, Rossiya, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya kabi 
mamlakatlarda majburiy ijtimoiy tibbiy sug‗urta joriy etilgan. 
Shuningdek, Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ekspertlari 
(S. Hakansson, V. Majnoni, D‘Intignano, G.H. Mooney, J.L. 
Roberts, G.L. Stoddart, K.S. Johansen, H. Zollner) tomonidan 
turli mamlakatlar sog‗liqni saqlash tizimlarini bir-biridan 
farqlaydigan quyidagi modellari tasnifi ham taklif qilingan: 
―Universallashgan model‖
(Buyuk Britaniya, Irlandiya, 
qisman Daniya) – milliy sog‗liqni saqlash tizimining asosiy 
qismi umumiy soliqlar evaziga moliyalashtiriladi. tibbiyot 
xizmatlari asosan davlat sog‗liqni saqlash muassasalarida 
amalga oshiriladi. Bunda vrachlar, mutaxassislar chetdan 
kontrakt asosida yollanadi.
―Kontinental model‖
(Germaniya, Avstriya, Fransiya, 
Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg) – sog‗liqni saqlash 
muassasalari asosan ish haqi fondidan ajratiladigan 
ajratmalar, shuningdek, davlatning maxsus jamg‗armalari 
evaziga moliyalashtiriladi. Ularning ulushi jami sog‗liqni 
saqlash xarajatlarining ¾ qismiga teng.
―Janubiy model‖ 
(Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, qisman 
Italiya) – sog‗liqni saqlash xarajatlarining aksariyat qismi ish 


459 
haqi fondi va bandlikka ko‗maklashish fondiga to‗g‗ri keladi. 
tibbiyot xizmati aholiga ham davlatga qarashli bo‗lgan, ham 
xususiy klinikalar tomonidan ko‗rsatiladi.
―Skandinaviya modeli‖
(Shvetsiya, Finlyandiya va Daniya) 
– sog‗liqni saqlash xarajatlari asosan daromad soliqlari evaziga 
qoplanadi (markaziy va mahalliy byudjetlar darajasida). Bunda 
tibbiyot uchun to‗lovlar fuqaro oladigan ish haqiga to‗g‗ridan 
to‗g‗ri bog‗liq bo‗ladi. Tibbiyot xizmatlari aholiga ham davlatga 
qarashli, ham xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan 
ko‗rsatiladi.
―Xususiy model‖
(AQSH) – sog‗liqni saqlash tizimi 
xarajatlari asosan fuqarolar hisobidan, qisman esa, davlat 
mablag‗lari evaziga moliyalashtiriladi. tibbiyot xizmatlarini 
taklif etuvchilar asosan xususiy sektor vakillariga to‗g‗ri keladi.
―Iqtisodiyoti o‗tish sharoitidagi davlatlar modeli‖
(Sharqiy 
Yevropa, MDHning bir qator mamlakatlari, Rossiya) - ushbu 
davlatlarda sog‗liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimi 
asosan davlat byudjeti mablag‗lariga asoslanadi, shuningdek 
qisman tibbiyot sug‗urtasi mablag‗lari ham qo‗llaniladi. Mazkur 
davlatlarda sog‗liqni saqlash sohasi pullik xizmat ko‗rsatish 
institutlariga o‗tkazilmoqda. 
Tarixan har bir mamlakatda tibbiy yordam ko‗rsatish, 
aholi salomatligini saqlash va mustahkamlashga iqtisodiy 
resurslarni jalb qilishning o‗ziga xos usul va vositalari 
shakllangan va rivojlangan. Jamiyat tomonidan ajratilgan 
iqtisodiy resurslarning miqdori va sifati hamda sog‗liqni 
saqlash 
tizimida 
ulardan 
foydalanish 
samaradorligi 
mamlakatda tarixan shakllangan murakkab iqtisodiy, siyosiy, 
ma‘naviy-ahloqiy va boshqa munosabatlar bilan belgilanadi.
Quyida keyingi yillarda sog‗liqni saqlash tizimiga eng ko‗p 
mablag‗ ajratadigan mamlakatlar reytingini keltiramiz: 
1. Amerika Qo‗shma Shtatlari.
AQSHda sog‗liqni saqlash 
sohasiga xarajatlarning aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan 
miqdori 9 451 AQSH dollarini tashkil qiladi. AQSH jahon 
miqyosida ko‗pgina sohalarda katta mavqega ega bo‗lgan eng 


460 
rivojlangan mamlakat bo‗lish bilan birga, o‗z fuqarolariga 
universal va keng qamrovli tibbiy sug‗urta tizimini 
kafolatlamaydigan yagona 
rivojlangan davlat hisob-
lanadi. Amerika tibbiyot 
tizimida 
hayron 
qolarli 
darajada yutuqlarga ega 
bo‗lgani bilan, millionlab 
amerikaliklar bu yutuqlar-
dan, tibbiy xizmatlarning 
nihoyatda qimmatligi bois, 
foydalana olmaydilar. Mam-
lakat fuqarolarining ijti-
moiy muhofazaga muhtoj 
qatlamlari uchun AQSH 
huku-mati ikkita maxsus 
tibbiy dasturni – ―Medicaid‖ va ―Medicare‖ dasturlarini taqdim 
etadi.
2. 
Shveytsariya.
Mamlakatda 
sog‗liqni 
saqlash 
xarajatlarining aholi jon boshiga to‗g‗ri keladigan miqdori 6935 
dollarni tashkil qiladi. Shveytsariya sog‗liqni saqlash tizimining 
asosini majburiy tibbiy sug‗urta tashkil qiladi. U butun 
mamlakat hududi bo‗ylab barcha aholi uchun majburiydir. 
Mamakat sug‗urtalangan aholi soni bo‗yicha dunyoda 1-o‗rinni 
egallaydi. Bu yerda tibbiyot sug‗urtasi xususiy, lekin davlat 
uchun ham, fuqarolar uchun ham juda qulay tashkil etilgan. U 
aholi salomatligi bo‗yicha yuzaga keladigan har qanday 
muammo bo‗yicha aniq kafolatlar va keng imkoniyatlar beradi.
Mamlakatda majburiy tibbiy sug‗urta bilan 130ga yaqin 
sug‗urta kompaniyalari shug‗ullanadi, ular o‗rtasidagi raqobat 
juda kuchli. Majburiy tibbiy sug‗urta tizimida faoliyat yuritish 
uchun sug‗urta kompaniyalari qator zaruriy talablarga javob 
berishi va Federal ijtimoiy sug‗urta ofisida ro‗yxatdan o‗tishi 
zarur. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish