11.1-rasm.
2000-2018-yillarda O„zbekiston Respublikasida
davlat byudjetining holati
Ammo byudjet taqchilligini favqulodda mustasno hodisa,
deb
qarab
bo‗lmaydi.
O‗zining
tarixiy
va
iqtisodiy
rivojlanishining u yoki bu bosqichida byudjet taqchilligiga duch
kelmagan davlat bo‗lmasa kerak. Masalan, AQSHda federal
byudjet keyingi yarim asr mobaynida faqat 1969-yildagina
taqchilliksiz ijro etilgan.
-1,0 -1,0
-0,8
-0,4 -0,4
0,1
0,5
1,1
1,5
0,2
0,3
0,4 0,4
0,3
0,2
0,1
0,2 0,2
0,02
-1,5
-1,0
-0,5
0,0
0,5
1,0
1,5
2,0
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018
251
Dunyoning ko‗pgina mamlakatlarida har yilgi taqchillik-
ning va tez o‗sib boruvchi davlat qarzining mavjud bo‗lishi
kuzatiladi. 70-yillar boshlariga kelib, byudjet taqchilligining
YAIMga nisbatan foiz hisobida o‗sgan davlatlar bu ko‗rsatkich
pasaygan mamlakatlarga nisbatan ko‗pchilikni tashkil etgan.
AQSHda Ikkinchi jahon urushi yillarigacha byudjet taqchilligi
bo‗lmagan, faqat urush yillarida davlat byudjetida taqchillik
yuzaga kelgan.
11.2. Byudjet taqchilligining shakllari. Taqchillikni keltirib
chiqaruvchi omillar. Taqchillikni qoplash manbalari
Amaliyotda byudjet daromadlari va xarajatlarining tengligi-
ga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda
byudjetning daromadlari uning xarajatlaridan ko‗p bo‗lishi va
bunday byudjet profitsitli byudjet bo‗lishi mumkin. Aksincha,
ba‘zi
hollarda
esa
byudjetning
xarajatlari
uning
daromadlaridan ortib ketadi, shunga muvofiq ravishda byudjet
defitsiti yuzaga keladi.
Byudjet defitsitining hajmi:
milliy valyutada absolyut summada;
mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmiga nisbatan
foizlarda;
milliy daromad hajmiga nisbatan foizlarda;
byudjet daromadlari va xarajatlariga nisbatan foizlarda
aniqlanadi.
Boshqa hollar teng bo‗lgan sharoitda byudjet defitsiti
vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan
iborat bo‗lishi mumkin:
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik davlat kapital
qo‗yilmalarini amalga oshirishning zarurligi;
favqulodda hodisalarning mavjudligi;
iqtisodiyotdagi inqirozli holatlar;
moliya-kredit aloqalarining yetarli darajada samarali
emasligi;
252
hukumat tomonidan mamlakatdagi moliyaviy holat
ustidan yetarli darajada nazorat qila olmaslik;
ijtimoiy ishlab chiqarishning nisbatan past darajadagi
samaradorligi;
tashqi iqtisodiy aloqalarning nisbatan kam natijaliligi;
byudjet xarajatlarining nooqilona tarkibiy tuzilishi;
yirik
davlat
investitsiyalarini
amalga
oshirish
amaliyotining mavjudligi;
harbiy xarajatlar ko‗lamining nisbatan kattaligi;
ichki real imkoniyatlarni yetarli darajada inobatga
olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berish;
davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishni
rag‗batlantirish imkonini bermaydigan va yetarli darajada
samarali bo‗lmagan byudjet mexanizmining qo‗llanilishi va
boshqa sabablar.
Byudjet defitsitiga nisbatan strategik yondashuv quyi-
dagilarga alohida e‘tibor berilishini taqozo etadi:
byudjet defitsiti muammosini matematik yo‗l bilan hal
qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki bu holda iqtisodiyotni
―davolash‖ o‗rniga uning ―kasalligi‖ kuchayadi;
byudjetning balansliligi yoki byudjet daromadlarining
xarajatlardan ko‗p bo‗lishi hali sog‗lom va barqaror
iqtisodiyotdan dalolat bermaydi;
byudjet defitsitining miqdori odatda, mamlakat yalpi milliy
mahsulotining 2-3 foizidan oshmasligi lozim, defitsitning bu
darajasi iqtisodiyotga larzali tarzda salbiy ta‘sir ko‗rsatmaydi,
lekin shu chegaradan oshsa, hukumatlar defitsitni qisqartirish
(yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko‗rish uchun tegishli
boshqaruv qarorlarini qabul qilishi zarur;
byudjet defitsitini qoplash uchun eng avvalo, davlat
kreditining turli shakllaridan foydalanish, shuningdek, davlat
qimmatbaho qog‗ozlarini moliyaviy bozorda joylashtirish
maqsadga muvofiq;
byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga
barham berish uchun avvalo, iqtisodiyotning o‗zini ―davolash‖
253
kerak, aks holda, shu maqsaddagi har qanday tadbir, albatta,
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Byudjet defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga
barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‗lgan
chora-tadbirlarning eng asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan
iborat:
byudjet
xarajatlarining
investitsion
yo‗nalishini
o‗zgartirish, ularni eng ko‗p samara beradigan loyihalarga
yo‗naltirish;
xo‗jalik yuritishning o‗ziga xos xususiyatlarini hisobga
oluvchi moliyaviy imtiyoz va sanksiyalardan keng foydalanish;
davlat byudjetidan moliyalashtirish ko‗lamlarini va
davlatga tegishli iqtisodiyot sohalarini qisqartirish;
xorijiy
davlatlarga
yordam
ko‗rsatish
ko‗lamlarini
kamaytirish;
harbiy xarajatlarni qisqartirish;
eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni
saqlab qolish, yirik byudjet xarajatlarini talab etuvchi
loyihalarni cheklash;
Markaziy bank tomonidan hukumat organlariga to‗g‗ridan
to‗g‗ri kredit berish amaliyotiga chek qo‗yish;
xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish va
boshqalar.
Byudjet defitsitini boshqarish tadbirlari ichida defitsitni
qoplash manbalarini aniqlab olish muhim. O‗zbekiston
Respublikasi Byudjet Kodeksida byudjet defitsitini qoplash
manbalari ikki guruhga bo‗lingan:
ichki manbalar;
tashqi manbalar.
Byudjet defitsitini qoplashning ichki manbalari sifatida
quyidagilar belgilangan:
davlat qimmatli qog‗ozlarini joylashtirishdan tushgan
mablag‗lar;
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byud-
jetdan tashqari Pensiya jamg‗armasi mablag‗larining qoldig‗i;
254
O‗zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‗maklashish
davlat jamg‗armasi mablag‗larining qoldig‗i;
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Respublika yo‗l jamg‗armasi mablag‗larining qoldig‗i;
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‗maklashish jamg‗ar-
masi mablag‗lari;
boshqa ichki manbalardan jalb qilinadigan mablag‗lar.
Byudjet defitsitini qoplashning tashqi manbalari qatoriga
quyidagilar kiradi:
davlat qimmatli qog‗ozlarini joylashtirishdan tushgan
mablag‗lar;
xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar kreditlari;
xorijiy davlatlar kreditlari;
boshqa tashqi manbalardan jalb qilinadigan mablag‗lar.
Do'stlaringiz bilan baham: |