O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
davlat moliyaviy nazorat organlari
byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilar


274 
12.2. Davlat byudjeti loyihasini tuzish 
 
Byudjet jarayoni 
byudjetni rejalashtirishdan 
boshlanadi. 
Byudjetni rejalashtirish davlat moliyaviy siyosati talablariga 
muvofiqlashtirilgan 
moliyaviy 
rejalashtirishning 
muhim 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Bunday rejalashtirishning asosiy 
maqsadi turli darajadagi byudjetlar va byudjetdan tashqari 
davlat maqsadli jamg‗armalarini tuzish va ijro etish jarayonida 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy 
dasturlari asosida yalpi ichki mahsulot va milliy daromad 
qiymatini moliya tizimi bo‗g‗inlari o‗rtasida markazlashtirilgan 
tarzda qayta taqsimlash nisbatlarini to‗g‗ri belgilashdan iborat. 
Byudjetni rejalashtirishda quyidagi me‘yorlarga rioya 
qilinadi: 
 
12.3-rasm. 
Byudjetni rejalashtirishning asosiy tamoyillari
Byudjetni rejalashtirish turli darajadagi byudjetlarni 
tuzish va ijro etish tartibi, uning me‘yoriy-huquqiy bazasi va 
tashkiliy asosi tarzida byudjet jarayonini, shuningdek, 
mamlakat byudjetini tuzishning nazariyasi va metodologiyasi 
masalalarini ham o‗z ichiga oladi. Byudjetni rejalashtirish 
asoslari mamlakat Konstitutsiyasi va qonunlari bilan 
belgilanadi. 

• byudjet masalalarining yagona huquqiy me‘yorlar bilan tartibga 
solinishi 

• byudjet mablag‗lari yo‗nalishlarining aniq manzilli va maqsadli 
bo‗lishi 

• byudjet yiliga mo'ljallangan byudjetni rejalashtirishning uzluksizligi 

• moliyaviy ko‗rsatkichlar (me‘yorlar, soliq stavkalari, limitlar, smeta 
xarajatlarini hisob-kitob qilish tartiblari)ning barqarorligi 

• byudjet daromadlari va xarajatlarining balansliligi 


275 
Davlat byudjeti loyihasini tuzish.
Davlat byudjeti va davlat 
maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining loyihasi mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari va 
moliya yili uchun mo‗ljallangan makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar 
prognozlari asosida tuziladi. 
Davlat byudjeti loyihasini tuzish uchun mas‘ul organlar 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek, 
byudjetlar loyihalarini tuzish, Moliya vazirligi so‗ragan axborot 
va ma‘lumotlarni taqdim etishga taalluqli qismi bo‗yicha – 
vazirliklar, davlat qo‗mitalari va idoralar, mahalliy davlat 
hokimiyati organlari hisoblanadi. 
Byudjet loyihasini tuzish quyidagilarni nazarda tutadi: 

byudjet so‗rovini tuzish tartibini yuborishni; 

byudjet so‗rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishni; 

byudjet so‗rovlarini ko‗rib chiqish va jamlashni; 

byudjetnomani ishlab chiqishni. 
Byudjet so‗rovi
– kelgusi davr uchun byudjetdan 
ajratiladigan mablag‗larni olishga bo‗lgan ehtiyojni asoslashni 
nazarda tutuvchi hujjat bo‗lib, kelgusi davr uchun byudjet 
buyurtmasini o‗z ichiga oladi. Byudjet so‗rovini tuzish tartibi 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Moliya 
vazirligi 
tomonidan 
belgilanadi. 
Byudjet buyurtmasi
byudjet tashkiloti, byudjetdan mablag‗ 
oluvchi yoki byudjet mablag‗larini taqsimlovchi tomonidan 
tuziladi va tegishli moliya organiga byudjet so‗rovini taqdim 
etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etiladi. Byudjet 
buyurtmasida o‗tgan va joriy yillar uchun hamda kelgusi uch 
yil uchun byudjet tizimi byudjetlarining mablag‗lari hisobidan 
amalga oshiriladigan xarajatlar byudjet tasnifiga muvofiq aks 
ettiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili 
15 
aprelga qadar
kelgusi davr uchun byudjet so‗rovini tuzish 
tartibini: 


276 

O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjeti 
loyihasini tayyorlash uchun – respublika byudjetidan mablag‗ 
bilan ta‘minlanadigan byudjet mablag‗larini taqsimlovchilarga; 

Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi 
byudjeti 
hamda 
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalarini 
tayyorlash uchun – Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga; 

davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlari loyihalarini 
tayyorlash uchun – davlat maqsadli jamg‗armalarini 
taqsimlovchi organlarga yuboradi. 
Bu organlar kelgusi davr uchun byudjet so‗rovini tuzish 
tartibini olgandan so‗ng 
uch ish kuni ichida
tegishli byudjet 
so‗rovlarini tuzish to‗g‗risida va ularni tayyorlash muddatlarini 
belgilash to‗g‗risida qarorlar qabul qiladi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar 
va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari 
yuqorida nomi keltirilgan organlar tomonidan tegishli qarorlar 
qabul qilinganidan so‗ng 
uch ish kuni ichida
kelgusi davr 
uchun byudjet so‗rovini tuzish tartibini: 

tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish uchun – tuman va 
shahar hokimlariga; 

byudjet so‗rovlarini tuzish uchun – Qoraqalpog‗iston 
Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat 
byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan 
moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari hamda byudjet 
mablag‗lari oluvchilarga yuboradi. 
Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun byudjet 
so‗rovini tuzish tartibini olgandan so‗ng 
uch ish kuni ichida
tegishli byudjetlar loyihalarini tuzish to‗g‗risida va ularni 
tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi. 
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‗limlari 
yuqoridagi qarorlar qabul qilinganidan so‗ng 
uch ish kuni ichida
kelgusi davr uchun byudjet so‗rovini tuzish tartibini tumanlar 
va shaharlar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet 


277 
tashkilotlariga va byudjet mablag‗lari oluvchilarga byudjet 
so‗rovlarini tuzish uchun yuboradi. 
Byudjet so‗rovlarini ko‗rib chiqish tartibi va tegishli 
vakolatli organlarga taqdim etish muddatlari quyidagi 
chizmada ko‗rgazmali ravishda aks ettirilgan (12.4-rasm). 
12.4-rasm.

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish