O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   226
7.3. Manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining
oldini olish 
Har qanday turdagi manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf 
qilish uchun kompaniyaning Boshqaruv va nazorat organlari, 
mansabdor shaxslari, xodimlari quyidagilarni amalga oshirishlari 
shart: 
- qonunchilik, me’yoriy hujjatlar, kompaniya ustavi va ichki 
hujjatlari talablariga amal qilish;
- kompaniyaning daromadliligini strategik va biznes-rejada 
belgilangan ko‘rsatkichlarga yetkazilishini ta’minlash; 
- manfaatlar qarama-qarshiligini keltirib chiqaruvchi qarorlar 
va harakatlardan cheklanish; 
- kompaniyaning samarali boshqarilishini ta’minlash; 
- kompaniyaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadni 
legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish kabi noqonuniy 
faoliyatga kirib qolishining oldini olish; 
- kompaniya faoliyati uchun asosiy daromad manbalari 
bo‘lgan faoliyatning maksimal daromadlilikka yetkazilishini 
ta’minlash; 
- qonunchilik talablariga asosan har chorakda kompaniya 
kuzatuv kengashiga hisobotlar berish; 
- kompaniya ustavi va ichki hujjatlariga muvofiq ichki 
nazoratni joriy qilish; 
- qonunchilikda belgilangan yirik bitimlar, alohida yoki o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan birgalikdagi summasi belgilangan miqdordan 
oshuvchi bitimlarni vakolatidan kelib chiqib kompaniya kuzatuv 
kengashi va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarori asosida 
amalga oshirish;


152 
- nazorat organlari tomonidan barcha yirik va affillangan 
shaxslar bilan amalga oshirilgan bitimlarni doimiy o‘rganib 
borilishini ta’minlash va nazorat qilish;
- qonunchilikda belgilangan hollarda va zaruriyat tug‘ilganda 
kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda 
aktivlarning bahosini aniqlash uchun mustaqil ekspertlarni jalb 
qilish;
- affillangan shaxslar hisobini yuritish;
- kompaniyaning vakolatli organining oldindan roziligisiz 
affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzmaslik;
- yuqori organ ruxsatisiz boshqa tashkilotlar boshqaruv va 
nazorat organlariga kirmaslik (a’zo bo‘lmaslik);
- kompaniyaning axborot siyosati va qonunchilik talablariga 
muvofiq kompaniya faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z vaqtida va 
to‘liq oshkor qilinishini ta’minlash; 
- aksiyadorlarga, nazorat qiluvchi organlarga, kreditorlarga, 
boshqa manfaatdor taraflarga hamda reklama maqsadida taqdim 
qilinadigan moliyaviy va boshqa hisobotlarning haqqoniyligini 
ta’minlash;
- kompaniyaning xodimlari va mansabdor shaxslari tomonidan 
ularning xizmat vazifasini bajarishda ma’lum bo‘lgan kompaniya 
to‘g‘risidagi 
axborotlarni 
o‘z 
shaxsiy 
maqsadlari 
uchun 
foydalanmasligini ta’minlash;
- ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot tarqatish 
vositalaridagi kompaniya to‘g‘risidagi salbiy axborotlarning 
haqqoniyligi va to‘g‘ri yondashilganligini nazorat qilib borish. 
Tarqatiladigan har bir salbiy va noto‘g‘ri axborotlarni o‘rganib 
borish va ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rish;
- kompaniya ichki nazorat tizimidagi kamchiliklarni aniqlash 
va bartaraf qilish;
- boshqaruv organlari va nazorat organlari a’zolariga 
to‘lanadigan mukofotlarning adekvatligini ta’minlash, ularning 
miqdorini erishilgan yutuqlar natijasiga mutanosibligini ta’minlash;
- professional va korporativ etika tamoyillarini ta’minlash.
 
Kompaniyaning Boshqaruv va nazorat organlari, mansabdor 
shaxslar, xodimlar va mijozlar o‘rtasida manfaatlarning qarama-


153 
qarshiligi kelib chiqishining oldini olish va uni boshqarish 
maqsadida quyidagilar ham amalga oshirilishi shart:
-O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 
normativ hujjatlar, kompaniya ustavi va ichki hujjatlari talablariga 
muvofiq minoritar va majoritar aksiyadorlar huquqlarini ta’minlash;
-qonunchilik talablariga muvofiq oshkor qilinishi lozim bo‘lgan 
axborotni o‘z vaqtida aksiyadorlarga yetkazilishini ta’minlash;
-hisoblangan 
dividendlarni 
o‘z 
muddatida 
to‘lanishini 
ta’minlash;
-aksiyadorlarga qarama-qarshiliklarni tug‘dirishi mumkin 
bo‘lgan savollar bo‘yicha asosli axborotlarni taqdim qilish;
-raqobatchi tashkilotlar aksiyalarini sotib olish bo‘yicha 
bitimlar tuzishda hamda boshqa tashkilotlarning boshqaruv 
organlariga ishtirok etish uchun kompaniyaning boshqaruv 
organlari qiziqishi bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash;
-kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadigan 
qarorlarning 
obyektiv, 
betaraf 
va 
jamiyat 
rivojlantirish 
strategiyasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uning tarkibiga 
mustaqil nomzodlarni kiritishga intilish.
Kompaniyaning boshqaruv va nazorat organlari, mansabdor 
shaxslari, xodimlar hamda mijozlar o‘rtasida manfaatlarning 
qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish va uni boshqarish 
maqsadida kompaniyaning boshqaruv va nazorat organlari, 
mansabdor shaxslari, xodimlar quyidagilarni amalga oshirishlari 
lozim: 
-belgilangan tartibda kompaniya to‘g‘risidagi axborotlarni 
berib borish;
-tijorat siri va qonunchilik talablari asosida oshkor qilinmasligi 
belgilab qo‘yilgan axborotlardan foydalanishda ularning sirligini 
ta’minlash;
-xizmat ko‘rsatishda oshkor qilingan tariflar bo‘yicha va 
shartnomada kelishilgan summada to‘lovlarni undirilishini 
ta’minlash;
-kompaniya ishchanlik obro‘yiga salbiy ta’sir qiluvchi taraflar 
bilan ishlamaslik;


154 
-o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishda professional va vijdonan 
yondashish;
-xodimlar va mijozlar tomonidan oshkora xatoliklarga (shu 
jumladan shartnoma imzolashda, talabnoma berishda) yo‘l 
qo‘yilganda bu xatodan o‘z maqsadi yo‘liga foydalanmaslik va bu 
xatoni to‘g‘rilashga amaliy yordam berish;
-shartnoma asosida taraflarga xizmat ko‘rsatish davomida 
tavsiyalar berishda bu boradagi mavjud axborotlarni vijdonan tahlil 
qilgan holda tavsiyalar berish;
-kompaniyaning faoliyati davomida yig‘ilgan hamda xizmat 
yoki tijorat sirini tashkil qiluvchi ma’lumotlar va tajribalar yig‘ilgan 
qog‘oz, magnit tasma, elektron yoki boshqa vositalardagi axborotlar 
tegishli boshqaruv organi ruxsatisiz nusxa olish, sotish, birovga 
berish, almashtirish va boshqa shu kabi tarqatilishini oldini olish 
tizimini takomillashtirish.
Mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan o‘z xizmat 
vazifasini ijro etishda kompaniya hamda ular o‘rtasida 
manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish 
maqsadida ular quyidagilarni amalga oshirishlari shart:
-biznes etikasi normalari va professional etika tamoyillariga 
rioya etish;
- shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
- kompaniya bilan raqobatdosh tashkilotlar aksiyalarini sotib 
olish yoki ustav kapitaliga ishtirok etishda yuqori boshqaruv va 
nazorat organini bildirgan holda bu kabi operatsiyalarni amalga 
oshirish;

manfaatlar 
qarama-qarshiligini 
keltirib 
chiqaruvchi 
holatlarni vujudga kelishidan oldin yuqori boshqaruv organini bu 
to‘g‘rida o‘z vaqtida ogohlantirish;
- kompaniya bilan tijorat operatsiyalari olib borayotgan yoki 
olib borishi rejalashtirilgan mansabdor shaxs, yoki uning oila 
a’zolarining moliyaviy qiziqishi mavjud bo‘lgan, yoki affillangan 
tashkilotlar to‘g‘risida yuqori mansabdor shaxsga yozma bildirish;
- kompaniya hamda mansabdor shaxs yoki uning oila 
a’zolarining moliyaviy qiziqishi mavjud bo‘lgan yoki affillangan 
tashkilot munosabatlariga bevosita ta’sir qiluvchi har qanday 
harakatlar qilishdan cheklanish; 


155 
- kompaniya manfaatlari bilan manfaatlari qarama-qarshi 
bo‘lgan har qanday tashkilotning boshqaruv organi tarkibiga 
kirishidan oldin kompaniya kuzatuv kengashi roziligini olish;
- boshqa tashkilotlarga o‘rindoshlik asosida ishlash xohishi va 
bu ish kompaniyaning manfaatlariga zid emasligi to‘g‘risida yuqori 
mansabdor shaxsni ogohlantirish. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish