O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Manfaatlar to‘qnashuvini samarali



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   226
 
7.2. Manfaatlar to‘qnashuvini samarali
boshqarish prinsiplari 
Aksiyadorlik jamiyati faoliyati davomida uning mulkiy, yoki 
boshqa manfaatlari hamda kreditorlar va boshqa mijozlarining 
mulkiy, yoki boshqa manfaatlari o‘rtasida Boshqaruv organlari, 
mansabdor shaxslari, nazorat vazifasi yuklatilgan mas’ul 
xodimlarning harakati yoki harakatsizligi natijasida kompaniyaning 
aksiyadorlari manfaatiga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan 
manfaatlar qarama-qarshiligi vujudga kelishi mumkin.
Bundan tashqari, aksiyadorlar hamda Boshqaruv organlari va 
nazorat vazifasi yuklatilgan xodimlari o‘rtasida, kompaniyaning 
aksiyadorlari o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi, ya’ni 
korporativ manfaatlarning qarama-qarshiligi vujudga kelishi 
mumkin. 
Manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bog‘liq vaziyatlar yuzaga 
kelishining oldini olish va nizoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun 
AJ o‘z ichiga quyidagilarni oluvchi “Manfaatlar qarama-qarshiligi 
vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqadi:
- AJ mansabdor shaxslarining AJ manfaatini ko‘zlab faoliyat 
yuritish majburiyati;
- AJ mansabdor shaxslari tomonidan harakat va bitim amalga 
oshirilganda yoki ular tomonidan axborot oshkor qilinganda 
manfaatlar qarama-qarshiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan 
vaziyatlarni aniqlash; 


150 
- AJ mansabdor shaxslarining kuzatuv kengashini manfaatlar 
qarama-qarshiligi yuzaga kelishi to‘g‘risida xabardor qilish 
majburiyati;

Kuzatuv 
kengashining 
ruxsatisiz 
AJ 
mansabdor 
shaxslarining boshqa yuridik shaxslarning boshqaruv va nazorat 
organlarida ishtirok etishini ta’qiqlash;
- AJ mansabdor shaxslari tomonidan harakat va bitim amalga 
oshirilganda yoki ular tomonidan axborot oshkor qilinganda 
manfaatlar qarama-qarshiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan 
vaziyatlarning oldini olish;
- manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarni 
hal etishning, shu jumladan, ularni hal etish uchun manfaatdor 
bo‘lmagan uchinchi shaxsni tayinlash yoki manfaatlar qarama-
qarshiligini hal qilish bo‘yicha vakolatni kuzatuv kengashining 
mustaqil a’zosi (a’zolari)ga yuklashning batafsil reglamenti.
Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi 
to‘g‘risidagi nizom aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Nizomda manfaatlar qarama-qarshiligi vujudga kelishining 
quyidagi holatlari ko‘rib chiqiladi:
- majoritar va minoritar aksiyadorlar o‘rtasida vujudga 
keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi; 
- boshqaruv organlari va aksiyadorlar o‘rtasida vujudga 
keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi;
- boshqaruv organlari hamda nazorat vazifasi yuklatilgan 
tarkibiy tuzilmalar, mansabdor shaxslar, xodimlar va mijozlar 
o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi;
- kompaniya boshqaruvi hamda mansabdor shaxslar, xodimlar 
tomonidan ularga yuklatilgan xizmat vazifasini bajarish vaqtida 
vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi. 
Manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish quyidagi prinsiplar 
asosida amalga oshiriladi: 
- manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
va kelib chiqqan holatlarni oshkor qilishning majburiyligi;
- manfaatlar qarama-qarshiligini aniqlash va boshqarishda har 
bir holatga individual yondashish va kompaniya uchun ishchanlik 
qobiliyati (reputatsiya) tavakkalchiligini baholash;


151 
- manfaatlar qarama-qarshiligini aniqlash va boshqarishda 
axborotning oshkor qilish jarayonini qat’i maxfiyligini ta’minlash; 
- manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarishda kompaniyaning 
boshqaruv va nazorat organlari, uning xodimlari hamda kompaniya 
manfaatlari o‘rtasida mutanosiblikni saqlash;
- manfaatlar qarama-qarshiligini holati bo‘yicha axborotni o‘z 
vaqtida oshkor qilgan xodimlar, boshqaruv va nazorat organlariga 
tazyiq o‘tkazilishidan himoya qilish. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish