O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   226
 


144 
 
 
VII bob. KORPORATIV NIZOLARNING OLDINI OLISH VA 
MANFAATLAR TO‘QNASHUVINI SAMARALI BOSHQARISH 
7.1. Korporativ nizolar, ularning yuzaga kelish
sabablari va tasniflanishi 
Milliy va xalqaro tajribaning ko‘rsatishicha, korporativ 
munosabatlarda nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi ko‘p 
kuzatiladigan holatlardan biridir. Shu boisdan korporativ 
boshqaruv ishtirokchilarining korporativ nizolar mohiyati, yuzaga 
kelish sabablari va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, 
bunday vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ichki va tashqi 
imkoniyatlar, davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari 
kabilarni bilishlari va amalda qo‘llay olishlari shart hisoblanadi. 
Bunda manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish masalasi 
birinchi navbatdagi masala hisolanadi. Keltirilayotgan jihatlarni 
chuqurroq o‘rganish maqsadida quyida korporativ nizolarning 
mohiyati, yuzaga kelish sabablari va oqibatlariga batafsil to‘xtalib 
o‘tamiz. 
Korporativ munosabatlar subyektlari o‘rtasidagi manfaatlar 
qarama-qarshiligi korporativ nizolarning asosi hisoblanadi. 
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati va korporativ boshqaruv 
amaliyotiga doir masalalar bo‘yicha jarayon ishtirokchilari o‘rtasida 
o‘zaro kelishuvga erishilmasligi natijasida yuzaga keladigan nizolar 
korporativ nizolarni anglatadi. Bunda korporativ munosabatlar 
ishtirokchilari korporativ nizolarning subyektlari sifatida namoyon 
bo‘lsa, tomonlarning manfaatlari korporativ nizolarning obyekti 
sifatida ko‘zga tashlanadi.
Korporativ tuzilmalarda korporativ munosabatlar subyektlari 
o‘rtasidagi ziddiyatlar quyidagi oqibatlardan biri natijasida yuzaga 
kelishi mumkin: 
- aksiyador yoki aksiyadorlar guruhi huquqlari, aksiyadorlik 
jamiyati ustavi yoki boshqa ichki hujjatlar, umumiy olganda 
amaldagi qonunchilik me’yorlari buzilishi; 
- korporativ tuzilmalarda axborot yopiqligi;
- foydani taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlar va 
aksiyadorlar noroziligi; 
- qabul qilingan qarorlar mohiyati asosida aksiyadorlik 
jamiyatiga, uning boshqaruv organlariga nisbatan da’volar 
qo‘zg‘atilishi; 


145 
- boshqaruv organlari vakolatlarining muddatidan oldin 
tugatilishi; 
- ijroiya organi a’zolari bilan mehnat shartnomasining 
muddatidan oldin bekor qilinishi; 
- aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha nazoratni 
qo‘lga olishga intilishi; 
- aksiyadorlar tarkibidagi jiddiy o‘zgarishlar (g‘arazli 
aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga kirib kelishi). 
Shuningdek, 
yuqoridagilarga 
qo‘shimcha 
ravishda 
boshqaruvchilarni 
javobgarlikka 
tortish 
bo‘yicha 
samarali 
mexanizmlarning mavjud emasligi, korporativ tuzilma faoliyati 
ustidan ichki nazoratning sustligi, korporativ tortishuvlarga 
nisbatan sud amaliyotining sustligi kabilar ham korporativ 
nizolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan korporativ nizolarning yuzaga kelish 
sabablarining har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz. 
Korporativ 
tuzilmalar 
axborot 
yopiqligi 
masalasi 
mamlakatimizda muntazam ravishda kuzatilib kelinayotgan holat 
hisoblanadi. Bu holat ma’lum darajada ma’muriy bosimning 
saqlanib qolinayotganligi, korporativ birlashmalar (xoldinglar) 
faoliyati keng yo‘lga qo‘yilganligi bilan izohlanadi. Shu o‘rinda 
axborot shaffofligi va axborotlarni oshkor qilishning xavfliligi 
o‘rtasida qarama-qarshilik mavjudligini ham alohida qayd etish 
zarur. 
Axborotlar 
shaffofligi 
insayderlik 
ma’lumotlaridan 
foydalanishni to‘xtatib qo‘yish orqali korporativ nizolarning oldini 
olish vositasi sifatida xizmat qiladi. Axborotlarni oshkor qilishning 
xavfliligi esa g‘arazli qo‘shib olishlarga hamda ma’lum bir 
tomonlarning ma’muriy bosimini kuchayishiga olib keluvchi omil 
sifatida ham qaralishi bilan izohlanadi. 
Aksiyadorlik jamiyatlaridagi axborot yopiqligi korporativ 
qimmatli qog‘ozlar orqali moliyalashtirish bilan birga tijorat 
banklari tomonidan kreditlash amaliyotiga ham salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Chunki bunday holatda investorlarning aksiyadorlik 
jamiyati moliyaviy barqarorligi, bozordagi nufuzi, to‘lovga 
qobiliyatlgini baholash birmuncha murakkab kechadi va ma’lum 
darajada yuqori risk mavjud, deya qaraladi. 
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda qayd etish kerakki, 
axborot yopiqligi korporativ munosabatlar alohida ishtirokchilari 
tomonidan ko‘rilgan foydani o‘zlashtirish maqsadida insayderlik 
(ichki) ma’lumotlardan foydalanilishiga olib keladi. Bu jihat o‘z 
navbatida korporativ nizolarga sabab bo‘ladi. Aynan shuning uchun 
ham axborot yopiqligining oldini olish insayderlik ma’lumotlaridan 
noqonuniy foydalanish vositasi sifatida xizmat qiladi. 


146 
Korporativ 
boshqaruvdagi 
jiddiy 
muammolardan 
biri 
boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslarga nisbatan real 
yuridik 
javobgarlikning 
mavjud 
emasligidir. 
O‘zbekiston 
Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini 
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 81-moddasida kuzatuv kengashi 
a’zolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv a’zolarining, ishonchli 
boshqaruvchining javobgarligi belgilangan. Unga ko‘ra, kuzatuv 
kengashining a’zolari, jamiyat direktori va boshqaruvi a’zolari, 
shuningdek ishonchli boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga 
oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda jamiyatning 
manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda 
javobgar bo‘lishi lozim. Agar bir nechta shaxs javobgar bo‘lsa, 
ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bo‘ladi. 
Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz berishda 
ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat 
kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv a’zolari javobgar bo‘lmaydi. 
Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi bo‘lib kamida 
bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga 
yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan 
jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv 
a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat 
qilishga haqli. 
Rivojlangan 
mamlakatlar 
amaliyotida 
top-menejerlarga 
nisbatan ham javobgarlik choralari qat’i belgilab qo‘yilganligi 
asosida mamlakatimizda ham bunday amaliyotga o‘tish ahamiyatga 
ega. 
Ichki nazorat tizimida ichki audit xizmati va taftish 
komissiyasining samarali faoliyat yuritishi aksiyadorlar uchun 
muhim sanaladi. Lekin bunda ichki nazorat tizimining 
mustaqilligini ta’minlash muhim sanaladi. Aks holda ichki 
nazoratning zaifligi kuzatuv kengashi va boshqaruv a’lozarining 
noqonuniy xatti-harakatlari yuzaga kelishiga va korporativ 
nizolarga 
olib 
keladi. 
Shundan 
kelib 
chiqqan 
holda 
mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida ham ichki audit 
xizmati va taftish komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish 
nuqtayi nazaridan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
Korporativ tortishuvlarga nisbatan sud nazoratining yetarli 
darajada ixtisoslashmaganligi ham korporativ nizolarga sabab 
bo‘lmoqda. Korporativ nizolarga doir muammolarni to‘liq hal qilish 
uchun korporativ tortishuvlarning alohida jihatlarini chuqur 
o‘rgangan holda samarali sud tizimi amal qilishini ta’minlash 
muhim. Mamlakatimizda bu boradagi masalalarni hal qilish 
maqsadida 2006-yil 16-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining 


147 
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni ham qabul qilingan va 
hakamlik (arbitraj) sudlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Korporativ nizolarni turli yondashuvlar asosida quyidagi 
mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin (7.1-jadval): 
 
7.1-jadval 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish