O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Korporativ nizolarning tasniflanishi



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   226
Korporativ nizolarning tasniflanishi 
 
№ Tasniflash belgisi 
Korporativ nizolar turlari 
1. 
Korporativ nizolar 
qamroviga ko‘ra 
Ichki korporativ nizolar 
Tashqi korporativ nizolar 
2. 
Ichki korporativ 
nizolar 
ishtirokchilariga 
ko‘ra 
Turli aksiyadorlar guruhlari o‘rtasidagi nizolar 
Aksiyadorlar va boshqaruvchilar o‘rtasidagi nizolar 
Boshqaruvchilar va mehnat jamoasi o‘rtasidagi 
nizolar 
Bankrotlik jarayonining turli bosqichlarida ishonchli 
tashqi boshqaruvchilar va aksiyadorlar o‘rtasidagi 
nizolar 
3. 
Tashqi korporativ 
nizolar 
ishtirokchilariga 
ko‘ra 
Davlat nazorat organlari va aksiyadorlik jamiyati 
o‘rtasidagi nizolar 
Nodo‘stona qo‘shib olishlar natijasidagi nizolar 
Kapital bozorining faol ishtirokchisi sifatida davlat va 
korporativ tuzilma o‘rtasidagi nizolar 
Vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan boshqaruv 
organlari a’zolari va aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar 
Korporativ tuzilma joylashgan aholi punkti 
yashovchilari va korporativ tuzilma ma’muriyati 
o‘rtasidagi nizolar 
Jamoat tashkilotlari va korporativ tuzilma o‘rtasidagi 
nizolar 
4. 
Korporativ nizolar 
predmetlariga 
ko‘ra 
Korporativ tuzilma ustidan nazorat o‘rnatish bilan 
bog‘liq nizolar 
Korxona asosiy aktivlariga mulkchilik huquqini sotib 
olishga urinish oqibatidagi nizolar 
Tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar va g‘oyalar 
bozoriga egalik qilish bilan bog‘liq nizolar 
Ko‘plab aksiyadorlar ishtirokida boshqaruv 
texnologiyalarini o‘zgartirish 
Daromadlarni yashirin tarzda taqsimlash natijasidagi 
nizolar 
Ustav kapitalidagi ulushini oshirish bilan bog‘liq 
nizolar 
Boshqaruv apparatida o‘z mavqeyini 
mustahkamlashga urinish natijasidagi nizolar 
Ichki 
korporativ 
nizolar 
korporativ 
munosabatlar 
ishtirokchilari, ya’ni korporativ tuzilmaning aksiyadorlari, bosh-


148 
qaruv organlari, menejerlari o‘rtasidagi nizolarni anglatadi va 
mantiqan korporativ tuzilma miqyosida yuzaga keladi. 
Tashqi korporativ nizolar esa davlat, potentsial investorlar, 
boshqaruv organlari va boshqalar o‘rtasida yuzaga keladigan 
nizolarni qamrab oladi. 
Ichki korporativ nizolarni ishtirokchilariga ko‘ra ham 
guruhlash mumkin. Bunda aksiyadorlar guruhlari o‘rtasida, 
masalan majoritar va minoritar aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolarni 
alohida ko‘rsatish mumkin. Aksiyadorlar va boshqaruvchilar 
o‘rtasidagi nizolarda bosh direktor va nazorat paketiga ega 
bo‘lmagan aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar alohida ajratib 
ko‘rsatiladi. Bunday nizolar ko‘proq majoritar aksiyadorlar mavjud 
bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlarida kuzatiladi. Boshqaruvchilar va 
mehnat jamoasi o‘rtasidagi nizolarda asosan ish berish va mehnat 
shartnomasini bekor qilish bilan bog‘liq munosabatlar natijasidagi 
nizolarni 
ko‘rish 
mumkin. 
Bankrotlik 
jarayonining 
turli 
bosqichlarida ishonchli tashqi boshqaruvchilar va aksiyadorlar 
o‘rtasidagi nizolar asosan aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan 
bankrotlik taomili qo‘llanilganda hamda korxonani qayt tarkiblash 
yoki tugatish bilan bog‘liq munosabatlarda yuzaga keladi.
Tashqi korporativ nizolarda aksiyadorlik jamiyati hamda 
tashqi subyektlar o‘rtasidagi nizoli vaziyatlarga guvoh bo‘lish 
mumkin. Bunda davlat nazorat organlari va aksiyadorlik jamiyati 
o‘rtasidagi nizolarda davlat organlari tomonidan ma’lum shartlar 
qo‘yilishi natijasidagi nizolar ham ajratib ko‘rsatiladi. Nodo‘stona 
qo‘shib olishlar natijasida potentsial investorga muntazam ravishda 
qarshiliklar ko‘rsatish, nizoli vaziyatlarni yuzaga keltirish holatlari 
xalqaro amaliyotda tashqi korporativ nizolarda eng ko‘p 
uchraydigan 
holatlardan 
biridir. 
Kapital 
bozorining 
faol 
ishtirokchisi sifatida davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatining 
nazorat paketini qo‘lga olishi o‘z-o‘zidan majoritar aksiyadorlar 
bilan nizolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Vakolatlari 
muddatidan oldin tugatilgan boshqaruv organlari a’zolari va 
aksiyadorlar o‘rtasidagi nizolar esa amalda eng ko‘p uchraydigan 
korporativ nizolardan biridir. Amalda korporativ tuzilmalar o‘z 
joylashgan aholi punktida yirik ish beruvchi va yirik soliq to‘lovchi 
hisoblanadi. Bunday holatda aholi vakillari ish o‘rniga ega bo‘lish 


149 
maqsadida, mahalliy hokimiyat organlari esa o‘z funksiyalarini 
moliyaviy ta’minlash maqsadida korporativ tuzilmalar bilan 
munosabatlarga kirishadi. Natijada korporativ tuzilma ma’muriyati 
bilan mahalliy hokimiyat organlari va aholi punkti vakillari o‘rtasida 
nizoli vaziyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Ijtimoiy ahamiyatga 
ega loyihalarni amalga oshiruvchi jamoat tashkilotlari tomonidan 
korporativ tuzilmalarga a’zolikni taklif qilishlari mumkin. A’zo bo‘lib 
kirilgandan 
so‘ng 
esa 
ma’lum 
bir 
ijtimoiy 
loyihalarni 
moliyalashtirish maqsadida korporativ tuzilmalardan mablag‘ jalb 
qilishga intilishi tabiiy hol hisoblanadi. Aynan shunday sharoitda 
jamoat tashkilotlari va korporativ tuzilmalar o‘rtasida nizoli 
vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish