Bartaraf etish
imkoniyatlari
1.
2.
...
1.
2.
...
4. Kompaniyaning mansabdor shaxslari, xodimlari va mijozlar
o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishi sabablari,
ularning oldini olish yo‘llari va bartaraf etish imkoniyalari bo‘yicha
jadvalni to‘ldiring.
Kelib chiqish sabablari
Oldini olish yo‘llari
Bartaraf etish
imkoniyatlari
1.
2.
...
1.
2.
...
5. Kompaniya hamda mansabdor shaxslar, xodimlar o‘rtasida
manfaatlarning qarama-qarshiligi kelib chiqishi sabablari, ularning
oldini olish yo‘llari va bartaraf etish imkoniyalari bo‘yicha jadvalni
to‘ldiring.
Kelib chiqish sabablari
Oldini olish yo‘llari
Bartaraf etish
imkoniyatlari
1.
2.
...
1.
2.
...
164
VIII bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA ICHKI
NAZORAT TIZIMI
8.1. Ichki nazorat tizimining tashkiliy jihatlari
va amal qilish mexanizmi
Aksiyadorlik
jamiyatlari
moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatining
qonunchilik hujjatlari talablari hamda ichki hujjatlar qoidalari
asosida borishini nazorat qilib borish maqsadida ichki nazorat
tizimi ham amal qiladi. Bunda ichki nazorat tizimi faoliyati
aksiyadorlik jamiyati Ustavi, korporativ boshqaruv kodeksi va ichki
me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Shu o‘rinda aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan “Ichki nazorat to‘g‘risida”gi
Nizomda ichki nazorat tizimining maqsad va vazifalarini, uning
ishlash prinsiplarini hamda aksiyadorlik jamiyati va shaxslarning
ichki nazoratdagi javobgarligini belgilaydi.
Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish maqsadida
kompaniya:
- kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomda uning tarkibiga
mustaqil a’zolarni kiritish talablarini aks ettiradi;
- kuzatuv kengashiga homiylik (xayriya) yoki beg‘araz yordam
ko‘rsatish (olish) tartibi va shartlarini belgilash hamda bu borada
qaror qabul qilish huquqini faqat aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi va qonun hujjatlarida belgilangan doirada, bu haqda
barcha aksiyadorlar uchun ma’lumotlarni oshkor etgan tarzda
beradi;
- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan, har yili
mustaqil professional tashkilotlar – maslahatchilarni jalb etgan
holda biznes-jarayonlar va loyihalarning kompaniya rivojlanish
maqsadlariga muvofiqligi yuzasidan tahlil o‘tkazadi;
- kompaniya samarali ichki nazorat tizimini joriy qilishning
asosiy maqsadini barcha aksiyadorlar, shu jumladan, minoritar
aksiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni
belgilaydi; ijroiya organining affillangan shaxslar bilan va yirik
bitimlarni mustaqil amalga oshirishi uchun kompaniyaning joriy
xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni aniqlash masalasini
165
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida muhokama qilinishini
ta’minlaydi;
- kompaniyaning ichki audit xizmatiga ichki nazoratni, shu
jumladan, 50 foizdan ziyod ulushi kompaniyaga tegishli bo‘lgan
yuridik shaxslar bilan o‘tkazilgan operatsiyalar ustidan nazoratni
amalga oshirish vakolatini beradi;
- kompaniya tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv
organlari yig‘ilishlarida o‘zining vakillarini kompaniya nomidan ovoz
berish tartibini belgilaydi; kompaniya umumiy yig‘ilishida ishtirok
etuvchi shaxsga shunday shaxs hisobidan o‘zi to‘ldirgan byulleten
nusxasini olish imkonini beradi;
- kompaniya ijro organidan muntazam ravishda kompaniya
tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati yuzasidan ularning
tasdiqlangan biznes-rejasiga muvofiq, bajarilgan ishlar va erishilgan
ko‘rsatkichlar to‘g‘risida hisobot talab qiladi;
- kompaniya ichki nazorat organi (taftish komissiyasi va ichki
audit xizmati)ning kuzatuv kengashi, aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishi, minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi (agar mavjud bo‘lsa) va
aksiyadorlar bilan o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqadi va
tasdiqlaydi.
Kompaniyada samarali ichki nazorat tizimini joriy qilish
uchun aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi "Ichki nazorat
to‘g‘risidagi nizom"ni tasdiqlaydi. U quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- kompaniyaning ichki nazorat organi tarkibiga hamda uning
a’zolari malakasiga talablar;
- ichki nazorat tizimi to‘g‘risidagi hisobot tarkibi va uni
shakllantirish reglamenti;
- kompaniya ichki nazorat organi tizimi samaradorligini
baholash uchun mustaqil professional tashkilotlar maslahatchilarni
jalb qilish tartibi;
- ichki nazorat organi ishini monitoring qilish mexanizmlari
tavsifi, uning a’zolariga to‘lanadigan kompensatsiya va mukofot
pullarini hisoblash tartibi.
"Ichki nazorat to‘g‘risidagi nizom" kompaniya xodimlari,
boshqaruv va nazorat organi a’zolari uchun rioya etilishi majburiy
bo‘lgan hujjat hisoblanadi.
166
Kompaniya "Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizom" talablariga
muvofiq, kuzatuv kengashi tarkibiga bittadan kam bo‘lmagan
(ammo ustavda ko‘zda tutilgan kuzatuv kengashi a’zolari sonining
15 foizidan kam bo‘lmagan) mustaqil a’zo kiritadi.
Quyidagilar kompaniya kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi
bo‘lishi mumkin:
(I) so‘nggi besh yil mobaynida kompaniya, uning sho‘ba va
affillangan korxonalarida ishlamagan shaxslar;
(II) kompaniya, uning sho‘ba va affillangan korxonalari
aksiyadori bo‘lmagan shaxslar;
(III) kompaniya, uning sho‘ba va affillangan korxonalari bilan
qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh ming
baravari miqdoridan yuqori summaga tegishli shartnomaga ega
bo‘lgan yirik mijozlari yoki mol etkazib beruvchilari bilan bog‘liq
bo‘lmagan shaxslar;
(IV) kompaniya, uning sho‘ba va affillangan korxonalari bilan
xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnomaga ega bo‘lmagan shaxslar;
(V) kompaniya, uning sho‘ba va affillangan korxonalari
rahbarlari bo‘lgan yoki so‘nggi besh yil mobaynida shunday
lavozimlarda ishlagan shaxsning oila a’zosi bo‘lmagan shaxslar;
(VI) kompaniyani nazorat qiluvchi shaxs (yoki kompaniya
ustidan jamoa tarzida nazorat olib boruvchi guruh va/yoki
tashkilot a’zosi) bo‘lmagan shaxslar;
(VII) kompaniya bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma orqali
bog‘liq bo‘lmagan va kompaniyaning sohasi bo‘yicha yuqori
turuvchi tashkiloti (kompaniya) yoki yirik aksiyadorining xodimi
bo‘lmagan shaxslar.
Bizga ma’lumki, taftish komissiyasi va ichki audit xizmati
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning va ichki
nazorat tizimining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. “Ichki
audit xizmatining vazifasi kompaniyada risklarni boshqarish hamda
ichki nazorat tizimining samarali amalga oshirilayotganligini
mustaqil baholashdan iborat”
42
. Taftish komissiyasi milliy amaliyot-
da aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga bo‘ysunadi, xalqaro amaliyotda
esa “direktorlar kengashiga bo‘ysungan holda ushbu holat
42
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press,
2012. – P. 374.
167
yuzasidan maslahatlar berib boradi”
43
. Quyida taftish komissiyasi
va ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |