O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   226
8.3. Ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi
45
 
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga 
asosan aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining 
45
Мазкур параграф Ўзбекистон Республикаси валюта биржасининг “Ички аудит хизмати 
тў
ғ
рисида”ги Низоми асосида тайёрланди. 


174 
yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida ichki 
audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning 
kuzatuv kengashiga hisobdordir. 
Ichki audit aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi va tarkibiy 
bo‘linmalari, vakolatxona va filiallari tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki me’yoriy 
hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li 
bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning 
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining 
to‘liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo‘jalik operatsiyalarini 
amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning 
saqlanishi hamda aksiyadorlik jamiyatini boshqarish yuzasidan 
qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etish bo‘yicha ichki 
audit xizmati faoliyatini nazarda tutadi. O‘z navbatida ichki audit 
xizmati aksiyadorlik jamiyatlari Kuzatuv kengashining qarori bilan 
tashkil etiladi va ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linma 
hisoblanadi.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari 
hisoblanadi: 
- Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash va 
ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha faoliyatni 
takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash; 
- ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf 
etish yuzasidan boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan 
kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish. 
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari 
hisoblanadi: 
- har yili Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga 
muvofiq tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha har chorakda tegishli 
tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni amalga oshirish; 
- tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga 
muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazish; 
- buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni 
tuzishda O‘zRVBning tarkibiy bo‘linmalariga metodik yordam 
berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun 
hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahatlar berish; 


175 
- texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik 
tashkilotlarining 
takliflarini 
baholashda 
hamda 
auditorlik 
tekshirishlarini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini 
tanlashda 
tavsiyalarni 
tayyorlashda 
Kuzatuv 
kengashiga 
ko‘maklashish. 
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga ega: 
- ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo‘ladigan 
masalalar bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatining hujjatlarini (rahbar 
buyruqlari, 
farmoyishlari, 
boshqaruv 
organlari 
qarorlari, 
ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan 
nusxalari va boshqa hujjatlarni), mansabdor va mas’ul 
shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish; 
- ichki auditni o‘tkazishga ko‘maklashish uchun tegishli 
mutaxassislarini jalb etish. 
Ichki audit xizmati majburiyatlari quyidagilar: 
- ichki auditni amalga oshirishda amaldagi qonun hujjatlari va 
tegishli Nizom talablariga rioya qilish; 
- belgilangan talablarga muvofiq ichki audit hisobotlarini 
tuzish; 

moliya 
va 
statistika 
hisoboti 
ko‘rsatkichlarining 
ishonchliligini tekshirish; 
- ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning 
maxfiyligiga rioya qilish; 
- mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar tomonidan zarar 
yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu 
haqda darhol Kuzatuv kengashiga xabar berish va auditorlik 
hisobotida tegishli yozuvni qayd etish; 
- aktivlarni xatlovdan o‘tkazishda va qonunda belgilangan 
tartibda uning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda 
ishtirok etish. 
Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va aksiyadorlik jamiyati 
ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi 
mumkin. 
Ichki audit xizmati xodimlari oxirgi o‘n yilning kamida ikki 
yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida 
amaliy (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) ish stajiga ega bo‘lishi 
va quyidagi talablardan bittasiga javob berishi kerak: 


176 
- ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lish; 
- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim 
muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish. 
Ichki audit xizmati xodimida tegishli ichki auditor sertifikati 
bo‘lishi shart. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ikki nafar 
ichki auditordan iborat etib belgilanadi. Ichki audit xizmati 
xodimlariga ish haqi aksiyadorlik jamiyati shtat jadvaliga asosan 
belgilanadi. Ichki audit xizmati xodimining kasb darajasi tegishli 
litsenziyaga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik 
asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak. 
Ichki audit xizmati xodimi Kuzatuv kengashi tomonidan har yili 
attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak. 
Ichki audit xizmati xodimi Kuzatuv kengashining qarori 
bo‘yicha lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod 
etiladi. Bundan o‘z-o‘zidan ichki audit xizmatining Kuzatuv 
kengashiga bevosita bo‘ysunishini ko‘rishimiz mumkin. 
Ichki audit xizmati tasdiqlangan biznes-rejaning bajarilishini, 
korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilinishini, buxgalteriya 
hisobi va moliyaviy hisobotning holatini, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishini, moliya-
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya 
etilishini, aktivlarning holatini, ichki nazoratning holatini tekshirish 
va ularning monitoringini olib borish yo‘li bilan faqat ichki auditdan 
o‘tkazadi. Kuzatuv kengashi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq 
tekshirishni o‘tkazishning boshqa yo‘nalishlari ham belgilanishi 
mumkin. 
O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha ichki audit xizmati 
xodimi tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuziladi. Unda: 
a) biznes-reja bajarilishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi 
hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
- uning bajarilishining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tahlili; 
- uning bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda aybdor 
mansabdor shaxslar shaxsan ko‘rsatilgan holda aniqlangan 
sabablar bayoni; 


177 
b) korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilishni tekshirish 
natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 

boshqaruv 
organlari 
tomonidan 
qabul qilinadigan 
qarorlarning samaraliligi, uning qatnashchilari (aksiyadorlar)ning 
qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi tahlili; 
- korporativ boshqaruv sohasida qonun hujjatlari buzilishi 
holatlari bayoni (ta’sis hujjatlariga rioya qilish, umumiy yig‘ilishlar 
va boshqaruv organlari majlislari o‘tkazilishi, dividendlar to‘g‘ri 
hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi va hokazolar); 
v) O‘zRVBning buxgalteriya hisobi va moliya hisoboti holatini 
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga 
olishi kerak: 
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni 
tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash; 
- aniqlangan buxgalteriya hisobotini yuritish va moliyaviy 
hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibi buzilishining tavsifi;
g) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanishi va 
to‘lanishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni 
o‘z ichiga olishi kerak: 
- tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va 
majburiy to‘lovlar hisob-kitobi to‘g‘riligini baholash; 
- soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning 
belgilangan tartibi buzilishi holatlarini, soliq solinadigan bazani 
belgilashda chetga chiqishlarni bayon qilish; 
- moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishda qonun 
hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot 
quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
- amalga oshirilgan moliya-xo‘jalik operatsiyalarining qonun 
hujjatlariga muvofiqligini baholash; 
- ichki audit davomida aniqlangan amalga oshirilgan moliya-
xo‘jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligini bayon 
qilish; 
d) ichki nazoratning holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi 
hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 
- ichki nazorat tizimini va uning faoliyat ko‘rsatishidagi 
mavjud kamchiliklarni bayon etish; 


178 
- tarkibiy bo‘linmalaridagi ijro intizomining holati to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar, uning aniq xodimlari ishidagi mavjud kamchiliklar. 
Aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan 
o‘tkazishning asoslanishini hamda ularning harakati, amalda 
mavjudligi va saqlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi 
kerak. 
Shuningdek o‘tkaziladigan tekshirishlar bo‘yicha barcha 
hisobotlarda Ijroiya organi va tarkibiy bo‘linmalari, vakolatxona va 
filiallari faoliyati baholanishini, aniqlangan chetga chiqishlar va 
qonunni 
buzishlarni 
bartaraf 
etishga 
doir 
tavsiyalarni, 
tasdiqlaydigan hujjatlarning to‘liq paketini o‘z ichiga oladigan 
yakuniy qism bo‘lishi kerak. 
O‘tkazilgan ichki audit yakunlari bo‘yicha ichki audit xizmati 
xodimi tomonidan imzolanadigan yig‘ma hisobot tuziladi. Yig‘ma 
hisobot tahliliy qismni, yakuniy qismni va tasdiqlaydigan 
hujjatlarning to‘liq paketini o‘z ichiga olishi kerak. Yig‘ma 
hisobotning tahliliy qismi ichki audit xizmati xodimi tomonidan 
o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan 
axborotni o‘z ichiga olishi kerak. Hisobotning yakuniy qismi esa 
Ijroiya organi, tarkibiy bo‘linmalari, vakolatxona va filiallari 
faoliyatiga, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining likvidligiga 
umumiy bahoni; aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni 
buzishlarni bartaraf etish bo‘yicha ichki audit xizmatining 
tavsiyalarini hamda moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini 
oshirishga, korporativ boshqaruvni takomillashtirishga doir 
umumlashtirilgan takliflarni o‘z ichiga olishi kerak. Yig‘ma hisobot 
ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi 
zarur. 
Yig‘ma hisobotlar bevosita Kuzatuv kengashiga uning ko‘rib 
chiqish va tasdiqlashi uchun taqdim etiladi. Hisobotlar nusxalari 
tasdiqlangandan keyin ijro etuvchi organiga taqdim etilishi kerak. 
Ijro etuvchi organi ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni 
bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart. 
Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun 
buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek umuman aksiyadorlik 
jamiyatining moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish 


179 
bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va zarur darajada 
bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatishi kerak. 
Ichki audit xizmati quydagilar bo‘yicha javobgar hisoblanadi: 
- o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari buzib ko‘rsatilganligi; 
- taqdim etilgan yoki xizmat vazifalarining bajarilishi 
munosabati bilan ma’lum bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatining sirini 
tashkil etadigan axborotning maxfiyligiga rioya qilinmaganligi; 
- olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishi ta’minlanishi. 
Ichki audit xizmati auditorlik tekshirishlari davomida 
aniqlangan qonunni buzishlarni bartaraf etish va moliya-xo‘jalik 
faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-
tadbirlarga baho berilishi uchun javob beradi. Kuzatuv kengashi 
har chorakda ichki audit xizmatining tekshirishlar natijalari 
to‘g‘risidagi hisobotini eshitadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf 
etish va korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini 
oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida direktorlar kengashi 
ichki audit xizmatidan quyidagi funksiyalarni bajarishni talab 
qiladi
46

- biznes jarayoni va birlashgan nazorat tizimining davomli 
tahlilini yuritish; 
- nazorat tizimlarining ko‘lami va samaradorligini baholash; 
- boshqaruv va moliyaviy faoliyatning ustidan doimiy nazoratni 
olib borish; 
- korporativ missiya, siyosat va vazifalardagi yutuqlarni 
baholash; 
- resurslardan samaraliroq foydalanish yo‘llarini aniqlash; 
- kompaniya aktivlarining qiymati va mavjudligini tasdiqlash; 

yuzaga 
kelishi 
mumkin 
bo‘lgan 
xatoliklar 
yoki 
tovlamachiliklarga qarshi maxsus tekshirishlarni o‘tkazish; 
- bitimlar va ularning ijrosini tahlil qilish; 
- bitimlar bo‘yicha muammolarni aniqlash; 
- tashkilot qiymati va ish yuritish yoki etika kodekslari 
tahlilini o‘tkazish; 
 
46
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 375 


180 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish