O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Taftish komissiyasi faoliyat mexanizmi



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   226
8.2. Taftish komissiyasi faoliyat mexanizmi
44
 
Bizga ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv 
va ichki nazorat tizimida taftish komissiyasi faoliyati ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida taftish 
komissiyasi faoliyati xususida to‘xtalib o‘tamiz. 
Aksiyadorlik jamiyatlarida O‘zbekiston Respublikasining 
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya 
qilish to‘g‘risida»gi Qonuni, aksiyadorlik jamiyati Ustavi asosida 
“Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqiladi va 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. “Taftish 
komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomda Taftish komissiyasining maqomi, 
vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab qo‘yiladi.
Taftish komissiyasi aksiyadorlik jamiyatining nazorat organi 
hisoblanib, moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga 
oshiradi. Bunda Taftish komissiyasi aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishiga hisobdorligi sababli Kuzatuv kengashi va ijroiya organi 
uning faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari va aksiyadorlarni 
moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli 
axborot bilan ta’minlash, aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni 
bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar kiritish hamda amalga oshirilgan 
tekshiruvlar asosida faoliyatni takomillashtirishga doir takliflar 
ishlab chiqish Taftish komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Taftish komissiyasi quyidagilarni amalga oshirishga vakolatli 
hisoblanadi: 
- aksiyadorlik jamiyatining bir yillik faoliyati yakunlari 
bo‘yicha kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni 
amalga oshiradi;
- Taftish komissiyasining o‘z tashabbusiga, aksiyadorlarning 
umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra, yoki ovoz 
beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi 
43
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 359. 
44
Мазкур параграф “Ўздонма
ҳ
сулот” акциядорлик компаниясининг “Тафтиш комиссияси 
тў
ғ
рисида”ги Низоми асосида тайёрланди. 


168 
aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra Kuzatuv kengashini 
oldindan xabardor qilish yo‘li bilan boshqa davr ichidagi faoliyat 
yakunlari bo‘yicha kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini 
tekshirishni amalga oshiradi; 
- bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha 
kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga 
ko‘ra hisobot va xulosa tuzadi; 
- moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan tekshirish 
natijalarini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi 
va aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi e’tiboriga yetkazadi;
- aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan 
hujjatlar asosida kompaniyada affillangan shaxslar bilan tuzilgan 
bitimlar yoki yirik bitimlarni, shuningdek qonun hujjatlarining va 
kompaniya ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir 
talablariga rioya qilinishini o‘rganib chiqadi; 
- aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan 
bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi to‘g‘risida har chorakda 
xulosa tuzadi;
- aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan 
bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun 
hujjatlarining va kompaniya ichki hujjatlarining bunday bitimlarni 
tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani har 
chorakda Kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi;
- hisobot yili davomida aksiyadorlik jamiyatida affillangan 
shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, 
shuningdek, 
qonun 
hujjatlarining 
va 
kompaniya 
ichki 
hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya 
qilinishi to‘g‘risidagi xulosani aksiyadorlarning yillik umumiy 
yig‘ilishiga olib chiqadi.
Aksiyadorlik jamiyatining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish 
to‘g‘risidagi talab tekshirish o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega 
shaxslar tomonidan taftish komissiyasi raisi nomiga yuboriladi. 
Moliya-xo‘jalik 
faoliyatini 
tekshirish 
bo‘yicha 
tashabbus 
ko‘rsatuvchilar istalgan vaqtda taftish komissiyasi tomonidan 
tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar Taftish 
komissiyasini yozma ravishda xabardor qilgan holda, o‘z talablarini 
qaytarib olishga haqli.


169 
Taftish komissiyasi moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish 
davomida tekshirish predmetiga doir barcha mavjud hujjat va 
materiallarni o‘rganib chiqishi shart. Bunda tekshirish yakunlariga 
ko‘ra kompaniyaning taftish komissiyasi hisobot va xulosa tuzadi, 
unda aksiyadorlik jamiyati hisobotlarida va boshqa moliyaviy 
hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga doir baho, 
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish 
tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati amalga 
oshirilayotganda qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi 
axborot ko‘rsatilishi shart.
Taftish komissiyasi Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
kundan kechikmasdan kuzatuv kengashiga yillik moliya-xo‘jalik 
faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan xulosa taqdim etadi.
Taftish komissiyasi taftish komissiyasining, aksiyadorlarning 
umumiy yig‘ilishining va kuzatuv kengashining tashabbusiga ko‘ra, 
yoki aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 
besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) 
talabiga ko‘ra o‘tkazilgan kompaniyaning boshqa davr ichidagi 
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlari bo‘yicha xulosani 
Kuzatuv kengashiga xulosa tasdiqlangandan keyin bir ish kunidan 
kechikmasdan taqdim etadi.
Taftish komissiyasining son tarkibi aksiyadorlik jamiyati 
Ustavi bilan belgilanadi va 3 (uch) kishidan iborat bo‘ladi. Taftish 
komissiyasi a’zolari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan 1 (bir) 
yil muddatga saylanadi. Taftish komissiyasining a’zolari o‘z 
majburiyatlarini tegishli tarzda bajarmasligi hollarida ularning 
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir 
foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) moliya yili 
tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay, aksiyadorlik 
jamiyati taftish komissiyasiga bu organning miqdor tarkibidan 
oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli. Aksiyadorlar 
(aksiyador) taftish komissiyasiga o‘zlari ko‘rsatgan nomzodlar 
ro‘yxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi 


170 
to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan 
kechikmasdan o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Belgilangan muddatlarda aksiyadorlar tomonidan taftish 
komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha takliflar 
kiritilmagan holatlarda kuzatuv kengashi taftish komissiyasiga 
saylash uchun mustaqil ravishda nomzodlar ro‘yxatini belgilashi 
mumkin. 
Ayni bir shaxs taftish komissiyasi tarkibiga ketma-ket uch 
martadan ortiq saylanishi mumkin emas. Taftish komissiyasining 
a’zolari bir vaqtning o‘zida kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi, 
shuningdek ayni shu aksiyadorlik jamiyatida mehnat shartnomasi 
bo‘yicha 
ishlashi 
mumkin 
emas. 
Shuningdek, 
taftish 
komissiyasining a’zolari sanoq komissiyasining a’zosi bo‘lishi ham 
ta’qiqlanadi. Taftish komissiyasi tarkibiga qoidaga binoan 
aksiyadorlari (aksiyadorlar - jismoniy shaxslar, aksiyadorlar - 
yuridik shaxslarning vakolatli mansabdor shaxslari) saylanadi. Shu 
bilan birga Taftish komissiyasi tarkibiga aksiyador bo‘lmagan, biroq 
moliya va iqtisodiyot sohasida kasbiy ish tajribasiga ega shaxslar 
saylanishi mumkin.
“Buxgalteriya hisobi va hisoboti”, “Audit”, “Moliya” yoki boshqa 
iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha oliy yoki o‘rta ma’lumot; 
buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki boshqa iqtisodiy sohalarda 
kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish Taftish komissiyasi 
a’zolariga doir malaka talablari hisoblanadi. 
Taftish komissiyasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan o‘z 
tarkibidan taftish komissiyasi raisini saylaydi. Taftish komissiyasi 
raisi o‘z faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi: 
- Taftish komissiyasining ishini tashkil qiladi;
- Taftish komissiyasi majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;
- Taftish komissiyasi majlislari bayonnomasini, kompani-
yaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra 
hisobot va xulosalarni, kompaniyada affillangan shaxslar bilan 
tuzilgan bitimlar, yoki yirik bitimlar mavjudligi to‘g‘risidagi 
xulosalarni va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
- Taftish komissiyasi nomidan Kuzatuv kengashi yig‘ilishlarida 
va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarida ishtirok etadi;


171 
- amaldagi qonun hujjatlarida, aksiyadorlik jamiyati Ustavida, 
tegishli Nizomda va boshqa ichki hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa 
vazifalarni bajaradi.
Taftish komissiyasi istalgan vaqtda taftish komissiyasi 
a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan o‘z 
Raisini qayta saylashga haqli. Taftish komissiyasi raisi bo‘lmagan 
taqdirda uning vazifasini taftish komissiyasining a’zolaridan biri 
amalga oshiradi.
Taftish komissiyasi majlisi bir yilda kamida ikki marta, 
kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishdan oldin va 
tekshirishdan keyin, shuningdek boshqa zarur hollarda istalgan 
vaqtda o‘tkaziladi. Taftish komissiyasining majlislari amaldagi 
qonun hujjatlariga, aksiyadorlik jamiyati Ustaviga va tegishli 
nizomga muvofiq Taftish komissiyasi raisi tomonidan mustaqil 
ravishda, Taftish komissiyasi a’zolarining, yoki moliya-xo‘jalik 
faoliyatini navbatdan tashqari tekshirishni talab qilish huquqiga 
ega 
shaxslarning 
talablariga 
ko‘ra 
chaqiriladi. 
Taftish 
komissiyasining 
majlislari 
komissiya 
a’zolarining 
bevosita 
ishtirokida o‘tkaziladi. Kompaniya taftish komissiyasining majlisini 
o‘tkazish uchun taftish komissiyasining kamida ikki a’zosi hozir 
bo‘lishi zarur. Taftish komissiyasining tarkibida bir kishi qolgan 
taqdirda, taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash uchun 
aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirishi shart. 
Masalalar hal etilayotganda, taftish komissiyasining har bir a’zosi 
bitta ovozga ega bo‘ladi. Taftish komissiyasining qarorlari (shu 
jumladan, moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalariga ko‘ra 
xulosani tasdiqlash masalasi bo‘yicha qaror) Taftish komissiyasi 
a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Taftish 
komissiyasining qarori taftish komissiyasining majlis bayonnomasi 
bilan rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: 
- majlis o‘tkazilgan sana, vaqt va joy; 
- majlisda ishtirok etgan taftish komissiyasi a’zolarining 
ro‘yxati;
- ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular yuzasidan o‘tkazilgan 
ovoz berish yakunlari (majlisda ishtirok etgan har bir taftish 
komissiyasi a’zosining ovoz berish natijasini ko‘rsatgan holda);
- qabul qilingan qarorlar.


172 
Bayonnomaga Taftish komissiyasi tomonidan tayyorlangan 
xulosalar, hisobotlar va boshqa materiallar ilova qilinadi. Taftish 
komissiyasining a’zosi taftish komissiyasining qaroridan norozi 
bo‘lgan taqdirda o‘zining alohida fikrini majlis bayonnomasiga 
kiritishni va kompaniyani boshqarish organlari va (yoki) 
aksiyadorlari e’tiboriga yetkazishni talab qilishga haqli. Taftish 
komissiyasining majlis bayonnomasi majlisida ishtirok etayotgan 
taftish komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi, ular majlis 
bayonnomasi to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Majlis bayonnomalari, taftish komissiyasining hisobotlari, 
xulosalari va taftish komissiyasining majlis bayonnomasiga ilova 
qilinadigan boshqa materiallari kuzatuv kengashiga taqdim etiladi. 
Majlis 
bayonnomalari, 
taftish 
komissiyasining 
hisobotlari, 
xulosalari va taftish komissiyasining majlis bayonnomasiga ilova 
qilinadigan boshqa materiallar qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda saqlanadi.
Taftish komissiyasining a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
- boshqaruv a’zolaridan kompaniyaning moliya-xo‘jalik 
faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
- aksiyadorlik jamiyati tomonidan affillangan shaxslar bilan 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki Kuzatuv kengashi ushbu bitim 
bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin amalga oshirilgan bitimni 
o‘rganish natijalari bo‘yicha bayonnomalarni aksiyadorlik jamiyati 
boshqaruvidan talab qilish;
- aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilishi yoki Kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul 
qilganidan keyin amalga oshirilgan yirik bitim bo‘yicha hujjatlarni 
boshqaruvdan talab qilish;
- Kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolaridan, aksiyadorlik 
jamiyatining boshqa mansabdor shaxslari va xodimlaridan qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda kompaniyaning moliya-xo‘jalik 
faoliyati masalalari bo‘yicha og‘zaki va yozma tushuntirishlarni 
talab qilish;
- Kuzatuv kengashi majlislarini chaqirishni talab qilish; 
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyadorlarning 
navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilish.


173 
Taftish komissiyasining a’zolari majburiyatlari quyidagilardan 
iborat: 
- o‘z majburiyatlarini halol bajarish;
- aksiyadorlik jamiyati va uning aksiyadorlari manfaatlarini 
ko‘zlab ish tutish;
- moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni tegishli tarzda amalga 
oshirish; 
- moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha 
hisobot va xulosalarni o‘z vaqtida tayyorlash; 
- boshqaruv a’zolaridan moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi 
hujjatlarni taqdim qilishni yozma shaklda so‘rash; 
- boshqaruv a’zolaridan affillangan shaxslar bilan bitimlari va 
yirik bitimlarini o‘rganish bayonnomalarini taqdim qilishni yozma 
shaklda so‘rash; 
- amaldagi qonunchilikka rioya qilish;
- kompaniya faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor 
qilmaslik.
Taftish komissiyasining a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Taftish komissiyasining a’zolari aksiyadorlik jamiyatlari va 
uning aksiyadorlari manfaatlarini ko‘zlab ish tutishlari zarur. 
Taftish komissiyasining a’zolari o‘z majburiyatlarini tegishli tarzda 
bajarmaganliklari uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Taftish komissiyasining a’zolariga aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishining qaroriga ko‘ra ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr 
uchun haq to‘lanishi va (yoki) o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq 
xarajatlarining o‘rni qoplanishi mumkin. Taftish komissiyasi 
a’zolariga to‘lanadigan haq va to‘lovlarning miqdorlari kuzatuv 
kengashi tavsiyasiga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori 
bilan belgilanadi.

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish