O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   226
 
7.4. Manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish
va bartaraf qilish 
 
Kompaniyada vujudga kelgan manfaatlar qarama-qarshiligini 
boshqarish va bartaraf etish uchun kompaniyaning boshqaruv va 
nazorat 
organlari, 
mansabdor 
shaxslari 
va 
xodimlari 
kompaniyaning manfaatlariga mos keladigan sudga murojaat 
qilishgacha bo‘lgan qonuniy va asoslangan yechim qidiradi.
Kompaniya Boshqaruvi raisi aksiyadorlar va boshqalar 
tomonidan boshqaruv va nazorat organlari, korporativ kotib va 
barcha tarkibiy bo‘linmalarga kelib tushadigan yozma va og‘zaki 
talabnoma, xat va arizalarning hisobini yuritilishi hamda o‘z vaqtida 
ko‘rib chiqilishini ta’minlashi lozim.
Korporativ qarama-qarshiliklarning hisobini yuritish vazifasi 
kompaniyaning aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar 
boshqarmasi mutaxassisiga yuklatiladi. Bu mutaxassis korporativ 
qarama-qarshilikka oldindan baho berib, masalaning mohiyatidan 
kelib chiqib unga oydinlik kirituvchi hujjatlarni tayyorlaydi va 
kompaniya kuzatuv kengashi roziligi bilan ushbu masalani yechish 
vakolati mavjud tarkibiy tuzilmaga taqdim etadi.
Kompaniyaning korporativ mutaxassisi tez-tez takrorlanib 
turuvchi masalalarni tahlil qiladi, tahlil natijalari bo‘yicha qarama-
qarshilikka kirishgan barcha taraflarga qo‘shimcha axborot berish, 
yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki kompaniya 
kuzatuv kengashi raisiga bu kabi manfaatlar qarama-qarshiligining 
kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan ichki tartib va qoidalarni 
o‘zgartirish, qarama-qarshilikni kelib chiqishini bartaraf qiluvchi 
boshqa takliflarni beradi.
Taraflar yoki boshqa manbalardan qarama-qarshilik holati 
bo‘yicha axborotga ega bo‘lgan xodim zudlik bilan bu to‘g‘rida 
mansab lavozimi bo‘yicha o‘zidan yuqori xodimni ogohlantirishi 


156 
shart. Agar qarama-qarshilikni tarkibiy tuzilma miqyosida yechish 
imkoniyati bo‘lmasa tarkibiy tuzilma rahbari bir ish kuni ichida 
kompaniya Boshqaruvi raisi, yoki uning o‘rinbosarini qarama-
qarshilik, uning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan omillar hamda 
uni bartaraf 
qilish 
uchun 
ko‘rilgan 
choralar 
to‘g‘risida 
ogohlantirishi shart. Kompaniya Boshqaruvi raisi, yoki uning 
o‘rinbosari manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilish usulini 
belgilaydi va mas’ul shaxs belgilaydi. Zarur hollarda esa qarama-
qarshilikni bartaraf qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.
Manfaatlar 
qarama-qarshiligini 
bartaraf 
qilish 
uchun 
belgilangan mas’ul xodim, yoki komissiya qarama-qarshilikni 
bartaraf qilishning barcha choralarini ko‘radi. Agar uni bartaraf 
qilish imkoniyati bo‘lmasa, kompaniya Boshqaruvi raisi ushbu 
masalani Boshqaruv yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi va kompaniya 
kuzatuv kengashiga to‘liq axborot taqdim qiladi.
Boshqaruv tomonidan manfaatlar qarama-qarshiligi bo‘yicha 
taqdim qilingan axborot kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan 
manfaatlar qarama-qarshiligining kompaniya faoliyatidagi ta’siri, 
uning hajmi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib 
uning navbatdagi yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi, yoki ushbu 
masalani zudlik bilan hal qilish maqsadida navbatdan tashqari 
yig‘ilish chaqirishi mumkin.
Kompaniya Boshqaruvi raisi, yoki uning o‘rinbosari 
manfaatlariga ta’sir qiluvchi yoki ta’sir qilgan har qanday 
manfaatlar qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi axborot 3 ish kuni 
muddatda kompaniya kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritilishi 
va uning bartaraf qilish uchun qabul qilingan qaror ijrosini 
ta’minlash va nazorat qilish uchun aniq shaxslar belgilanishi lozim.
Vujudga kelgan manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish va 
bartaraf qilishda kompaniyaning qabul qilingan ichki hujjatlariga 
o‘zgartirish kiritish, yoki yangi tartib qabul qilinishi lozim bo‘lsa 
kompaniya kuzatuv kengashi, yoki Boshqaruvi o‘z vakolat 
doiralaridan kelib chiqib tegishli qaror qabul qilishlari lozim.
Kompaniyaning boshqaruv organlari vujudga keladigan har 
qanday manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilish uchun 
quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:


157 
-vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligini imkon 
qadar tez aniqlashi va uning vujudga kelish sabablarini o‘rganishi;
-kompaniyaning 
boshqaruv 
organlari 
vakolatlari 
va 
javobgarligini aniq chegaralashlari;
-manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilish bo‘yicha mas’ul 
xodimni belgilashi, lozim hollarda esa komissiya tuzishlari;
-imkon qadar tezkorlik bilan manfaatlar qarama-qarshiligi 
bo‘yicha kompaniyaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning 
qarashlarini aniqlash, kompaniya manfaatlarining himoyasi 
bo‘yicha qarorlar qabul qilish va qarama-qarshilikdan manfaatdor 
taraflarga yetkazish;
-manfaati kompaniya manfaati bilan qarama-qarshi kelgan 
tarafga kompaniyaning asoslangan nuqtayi-nazari aks ettirilgan 
to‘liq va asoslangan javob berish, manfaati qarama-qarshi tomonga 
ularning talablarini ijro etilmasligi bo‘yicha qonunchilik, normativ 
hujjatlar, kompaniya ustavi, yoki ichki hujjatlar talablaridan kelib 
chiqib, ularga asosan javob berish;
-manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilishga ishtirok 
etuvchi mas’ul shaxslar ularning yoki ularning oila a’zolarining 
manfaatlarini ham keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yoki keltirib 
chiqaradigan holatlar bo‘yicha zudlik bilan ma’lum qilish;
-manfaatdor 
shaxslarni 
manfaatlar 
qarama-qarshiligi 
holatlarini boshqarish va bartaraf qilish jarayoniga ishtirok 
etmasligini ta’minlash.
Aksiyadorlar, kompaniya boshqaruvi organlari va aksiyadorlar 
o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligini tartibga 
solish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
-kompaniya aksiyadorlari o‘rtasida vujudga keladigan 
manfaatlar qarama-qarshiligini tartibga solishda kompaniya 
kuzatuv kengashi mustaqil a’zosining vositachi sifatida ishtirok 
etishi;
-mas’ul xodim manfaatlari zid kelgan aksiyadorlar o‘rtasida 
ziddiyatga tegishli o‘zida mavjud axborotlarni taqdim qilgan, yoki 
qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablarini tushuntirgan holda 
muzokaralarga vositachi sifatida jalb qilinishi mumkin;
-kompaniyaning vakolatli organlari, yoki vakolatli shaxslari 
aksiyadorlarga manfaatlar qarama-qarshiligi holati bo‘yicha 


158 
tushuntirish va tavsiyalar berishi, vaziyatni bartaraf qilish bo‘yicha 
aksiyadorlarga imzolatish uchun hujjatlar loyihasini tayyorlashlari, 
o‘z vakolat doiralaridan chiqib ketmagan holda kompaniya nomidan 
aksiyadorlar oldiga majburiyat olishlari mumkin;
-kompaniyaning boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida 
ziddiyatlarni bartaraf qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni ijro 
etishlari hamda bu qarorlarni boshqa taraflar tomonidan ijro 
etilishiga amaliy yordam ko‘rsatishlari lozim. Agar kompaniya va 
ziddiyatli vaziyat taraflari o‘rtasida ularning majburiyatlari bo‘yicha 
munozarali vaziyat bo‘lmasdan, qabul qilingan qarorni ijro muddati 
va boshqa shartlari bo‘yicha turli qarashlar bo‘lsa, kompaniya 
ziddiyatli vaziyatni tartibga solishni davom ettirishi va manfaatlari 
qarama-qarshi aksiyadorlar talabini qondirish shartlarini ma’lum 
qilishi lozim;
-agar kompaniya tomonidan manfaatdor aksiyadorni talabini 
qondirish uchun kompaniyaning ichki hujjati, ustavi yoki 
qonunchilik talabiga muvofiq mazkur aksiyadordan qandaydir 
harakatlarni amalga oshirilishi talab qilinsa, aksiyador talabiga 
berilgan javobda ushbu shartlarni aniq ko‘rsatib berishi lozim 
(bunda ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun to‘lovlar, 
aksiyadordan ma’lum bir hujjatlarni taqdim qilish va boshqa shu 
kabilar nazarda tutilgan).
Manfaatlar 
qarama-qarshiligini 
tartibga 
solish 
va 
boshqarishning 
yuqorida 
qayd 
etilgan 
uslublari 
chegara 
bo‘lmasdan, har bir holat mohiyatidan kelib chiqib, ziddiyatni 
bartaraf qilishning boshqa maqbul usullari ham qo‘llanilishi 
mumkin. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish