169
o‘rtasiga qarab to‘kish taqoza etiladi. To‘kilmani hosil qilish uchun loyli qum,
yog‘li loy, torf, organik qo‘shimchali gruntlarni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Gruntni zichlash koeffitsienti 0,95...0,98 bo‘lishi eng optimal bo‘lib, bu
inshootning yetarli darajadagi mustahkamligini ta’minlaydi, bunda vaqt o‘tishi
bilan gruntning cho‘kishi sezilarsiz bo‘ladi. Shunga bog‘liq ravishdi joylanayotgan
qumli gruntning optimal namligi 8...12%, loyli gruntniki esa 19...23% atrofida
bo‘lishi kerak, bunday namlik gruntlarni zichlashda yaxshi samara beradi. Quruq,
issiq ob-havoda gruntlarni zichlashdan oldin suv sepib namlash maqsadga
muvofiq.
Gruntlarni zichlashning quyidagi usullari mavjud:
bostirib tekislash,
shibbalash (trambovka) va titratish (vibratsiya).
Bog‘langan va zaif bog‘langan
gruntlar (qumli loy, loyli qumlarni)ni zichlash uchun
bostirib tekislash usuli
qo‘llaniladi. Bog‘lanmagan gruntlar (qum, shag‘al, mayda tosh) ni shibbalab va
titratib zichlash tavsiya etiladi. Gruntni zichlaydigan mashinalar quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: statik ta’sir qiluvchi silliq, kulachokli va vibrojo‘vali
g‘altaklar (katok), pnevmoshinali; jo‘valarga ega, yuk bilan yuqoridan tushuvchi,
shibbalovchi plita, vibroplitali shibbalovchi mashinalar
Zichlovchi mexanizmlarni tanlashga talab etiladigan zichlashtirish darajasi,
grunt xususiyatlari, bajariladigan ishlar hajmi, ishlarni bajarish muddati va surati,
ob-havo sharoitlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Gruntni statik ta’sir ko‘rsatadigan bostirgich g‘altak (katok)lar: silliq sirtli,
kulachkali (mushtumchali), pnevmoshinali g‘ildirakli bostirgichlar
bilan zichlash
keng tarqalgan. Bu mexanizmlar oddiyligi va ishonchliligi, yuqori ish unumdorligi
va nisbatan past narxliligi bilan ajralib turadi. Biroq qurilish sharoitlarida dinamik
ta’sir ko‘rsatuvchi mashinalar –titratgich mexanizmli bostirgich g‘altaklardan ham
foydalaniladi.
Gruntning zichlanishiga quyidagi ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi: gruntning
granulometrik tarkibi, bog‘lanuvchanligi, boshlang‘ich zichligi, namligi,
joylanayotgan va zichlanayotgan qatlam qalinligi, qabul qilingan zichlash usullari,
170
qo‘llanilayotgan
mashinalarning
xarakteristikasi
(tasnifi),
zichlovchi
mexanizmningbir joydan o‘tish soni.
Zichlash jarayonidan oldin buldozer yoki kam hollarda greyfer keltirilgan
gruntni tekislaydi. Buldozer maydon bo‘ylab bo‘ylama yo‘nalishda harakatlanib
gruntni gorizontal qatlamlarda tekislaydi. Joylanayotgan va tekislanayotgan
gruntning yumshoq holdagi maqbul qalinligi 0,2...0,4 m ni tashkil etadi. Buldozer
o‘tishining ketma-ketligi va soni gruntning hususiyati hamda to‘kilmaning
eniga
bog‘liq holda aniqlanadi. Tekislash to‘kilma chetidan boshlanib oldin bosib
o‘tilgan yo‘lni 0,3...0,4 m qoplash bilan amalga oshiriladi.
Gruntni to‘kilmada zichlash xuddi uni to‘kishdagi ketma-ketlik bo‘yicha
olib boriladi. Grunt bostirgich g‘altakning (katokning) butun to‘kilma maydoni
bo‘yicha ketma – ket aylanma o‘tish yo‘li bilan zichlanadi, bunda har bir
navbatdagi o‘tish yo‘li avvalgisini 0,2...0,3 m ga qoplab amalga oshirilishi lozim.
Butun to‘kilma bo‘ylab gruntni bostirib tekislash tsikli yakunlangandan so‘ng
navbatdagi tsikllarda ham gruntni zichlash xuddi
shunday ketma-ketlikda olib
boriladi.
Silliq sirtli va qovurg‘ali jo‘valarga ega bo‘lgan bostirgich g‘altaklar gruntni
10 sm chuqurlikkacha zichlaydi. Mushtumli bostirgich g‘altaklar qumli loy va loyli
gruntlarni 30 sm, , qumli gruntlarni 30...35 sm chuqurlikkacha zichlashda
qo‘llaniladi. Bunday bostirgich g‘altaklarning massasi turlicha ya’ni 5 t dan 30 t
gacha bo‘ladi.
5.28 rasmda sirti silliq (5.28 – (a) rasm) va mushtum jo‘vali (5.28 – (b)
rasm) ishchi organlarga ega bo‘lgan pnevmog‘ildirakli statik ta’sir ko‘rsatuvchi
bostirgich g‘altak sxemasi ko‘rsatilgan. Grunt zichlovchi mashinalarning bosh
parametri massasi ballasti bilan birgalikda. Asosiy texnologik parametrlari:
zichlanadigan
polosaning
eni,
zichlanayotgan
qatlamning
qalinligi.
Pnevmog‘ildirakli bostirgichlar massasi ballasti bilan birgalikdagi 10 t dan 100 t
gachali qilib ishlab chiqarilayapti. O‘zi yuradigan titratgichli bostirgichlarning
massasi 8 t gacha yetadi. Silliq jo‘vali pnevmog‘ildirakli bostirgichlar yordamida
172
To‘kilmani uzil-kesil zichlash o‘zi yurar va tirkamali silliq sirtli, qovurg‘ali,
mushtumli bostirgich g‘altaklar bilan bir joydan 6...8 marta o‘tish orqali, kotlovan
va transheyalarning yon bo‘shliqlari esa qo‘l
vibratori, vibro- va
pnevmomaydonchalar yordamida 40 sm chuqurlikkacha zichlanadi.
Keyingi paytlarda vibratorli jo‘valar bilan jihozlangan tandemli sharnir
birikmali bostirgich g‘altaklar keng qullanilmoqda(5.28 rasm). Bu mashinalar
tarkibida ko‘p miqdorda to‘ldiruvchi bo‘lgan nozik qatlamli aralashmalarni
zichlashga moslashgan
5.29 rasm. Og‘ir shibbalagichlar (trambovkalar) bilan gruntni zichlash:
1 –
ishchi mexanizm; 2 – shibbalagich (trambovka); 3 – shibbalashga qadar kotlovan
tubining otmetkasi; 4 – loyihaviy otmetka; 5 – zichlangan grunt; 6 –
mexanizmni harakat
yo‘nalishi; 7 – kranning to‘rish joyi; 8 – bir to‘rish joyidan zichlangan grunt polosasi
Do'stlaringiz bilan baham: