166
5.25. – rasm. Bir cho‘michli yuk ortkichlar
Shu bilan birga yuk ortkichlar ishlarni olib borish sharoitlari, yer inshootinng
tipi va parametrlariga ko‘ra bir qator cheklashlarga ega. Yuk ortkichlarni qo‘llash
kompleks texnologik jarayonning quyidagi jarayonlari va operatsiyalarini
mexanizatsiyalash imkonini beradi: gruntning o‘simlik qatlamini qirqib olish va
ko‘chirish,
zaboyni tayyorlash; yer ishlarini bajaruvchi mashinalarni saqlash va
ta’mirlash; qazilmalar tubini tozalash; yer inshootlarini
barpo etishda gruntni
kovlash; yer osti inshootlarini barpo etishda gruntni kovlash va tashish; gruntni
ortish; 200 m masofaga gruntni surib ko‘chirish;
gruntni qatlamlab tekislash;
gruntni tekislash; qazilma va yon bo‘shliqlarni grunt bilan qayta to‘ldirish. Bir
cho‘michli yuk ortkichlarning bosh parametri ularning yuk ko‘tarishi.
167
5.26.-rasm.
Yuk ortkichlar osma jihozining nomentklaturasi
Asosiy texnik parametrlar − cho‘mich sig‘imi, dvigatel quvvati va massa.
Asosiy texnologik parametrlar − to‘kish balandligi,
tsiklning davomiyligi,
to‘kishda cho‘michning ishchi qirrasidan transport vositasining bortigacha bo‘lgan
eng kam masofa. Yuk ko‘tarish qobiliyati 2; 3; 4; va 6 t bo‘lgan bir cho‘michli
ortkichlar qo‘llaniladi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 15 t, cho‘mich sig‘imi 7,5 m
3
ortkichlar yaratilgan.
Qurilishda ko‘p maqsadli kichik gabaritli yuk ortkichlar keng tarqalgan. Yuk
ortkich turli ko‘rinishdagi almashtiriladigan asbob-uskunalar bilan ta’minlangan
bo‘lishi mumkin, bu jihozlar ularning qurilish maydonida qo‘llanish sohasini
sezilarli darajada kengaytiradi (5.26 rasm).
Grunt qazishning asosiy jarayonlaridan biri gruntni tashish jarayonidir.
Tashish jarayonini mexanizatsiyalash yerni qazuvchi- tashuvchi mashinalar va
maxsus transport vositalari – avtomobil-samosvallar
hamda yer tashuvchi
mashinalar yordamida amalga oshiriladi.Transport vositasining bosh parametri –
bu uning yuk ko‘tarish qobiliyatidir.
Qurilishda yer ishlarini bajarishda gruntlarni tashish uchun yuk ko‘tarish
qobiliyati 4,5...12 t bo‘lgan ZIL, MAZ KAMAZ, KRAZ markali avtomobil-
samosvallar keng qo‘llanilmoqda. Bu mashinalarning
konstruktsiyalari doimiy
ravishda takomillashtirilib borilmoqda va kuzov hajmini oshirish va to‘kishning
168
turli sxemalarini, jumladan to‘g‘ridan va yon tomondan to‘kish sxemalarini
qo‘llash, kuzovni ko‘tarish va tushirish vaqtini qisqartirish
evaziga ularning ish
unumdorligi o‘stirilyapti. Yer tashuvchi mashinalar keng qo‘llanish topmoqda.
Yuk ko‘tarish qobiliyati 23 va 40 t bo‘lgan yer tashuvchi mashinalar 5.27-rasmda
ko‘rsatilgan.
5.27 – rasm. Yuk ko‘tarish qobiliyati 23 t (a) va 40 t (b) bo‘lgan samosval yer tashuvchilar.
Do'stlaringiz bilan baham: