163
a –ellips bo‘yicha; b – sakkiz ko‘rinishida; v – spiralli sxema; g – zigzagsimon sxema; 1
va 2 − mos ravishda skreperni to‘ldirish va bo‘shatish joylari; 3 –
skreperning harakatlanish
yo‘li; 4 – grunt to‘kilayotgan ko‘tarma; d – ponasimon ko‘rinishdagi qatlam; ye – qirrali qatlam;
j – o‘zgarmas qalinlikdagi yupqa qatlam.
Elliptik sxema
fuqaro va sanoat qurilishida ayniqsa tekislash ishlarida tez-tez
qo‘llaniladi. Bu sxemani qazilma qazishda va gruntni ishlashning balandligi 2 m
gacha bo‘lgan 50...100 m uzunlikdagi baland bo‘lmagan chiziqli uchastkalarda
to‘kilmalar barpo etishda, chiqish-tushish yo‘llari talab qilinmaydigan maydonlarni
tekislashda qo‘llash yuqori samara beradi. Sxema tekislash ishlarida, chuqur
bo‘lmagan qazilmalarni kovlashda va gruntni zahiraga joylashtirishda qo‘llaniladi.
Har bir tsiklda gruntni bir marta yig‘ish, ikki marta 180
0
burchakka burish amalga
oshiriladi. Aynan bitta yo‘nalishda (bitta tushish va bitta ko‘tarilish) bir marta
to‘kish bajariladi.
Spiralsimon (xalqasimon) sxema
elliptik sxemaning turlaridan biri bo‘lib, u
balandligi 2,0...2,5 m bo‘lgan keng to‘kilmalarni ikki yon tomondagi rezervlardan
barpo etishda yoki chuqurligi 2,6 m gacha bo‘lgan qazilmalarni qazishda ko‘proq
qo‘llaniladi. Eni cho‘michni bo‘shatish yo‘li uzunligiga
teng yoki undan katta
to‘kilmani barpo etishda ushbu sxemadan tez-tez foydalaniladi. Bunda maydondan
tushish va qazilmadan chiqish yo‘llari talab etilmaydi, skreperni asosiy harakati
barpo etilayotgan inshootga perpendikulyar yo‘naltiriladi, tashish uzoqligi
kamayadi, ish unumdorligi oshadi.
Sakkizsimon sxema
ham elliptik sxemaning bir turi deb sanaladi.
Sakkizsimon sxema katta hajmli ishlarni bajarishda,
yonlama zahiralardan
balandligi 4...6 m bo‘lgan to‘kilmalarni barpo etishda, uzun qazilmalarni qazish va
maydonlarni tekislashda, ayniqsa, murrakab relefga ega bo‘lgan maydonlarni,
masalan grunt qazilmasining ikkita zonasi va bitta to‘kilmasi yoki akkarkasa
bo‘lgan hollarda sakkizsimon sxemadan foydalaniladi. Bir tsiklda skreper gruntni
ikki marta yig‘adi va ikki marta to‘kadi, shuning uchun skreper
harakatlanayotganda uni navbatma-navbat chapga va o‘ngga
burishni amalga
164
oshirish imkoniyatining mavjudligi, texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi,
ish tsikli vaqtini qisqartiradi.
Zigzag (ilonizi)
sxemasidan yonida joylashgan qazilmalardan uzunligi 200 m
dan kam bo‘lmagan, ishchi uchastkalarida balandligi 6 m gacha bo‘lgan uzun
to‘kilmalar (yo‘l, to‘g‘onlar) ni barpo etishda foydalaniladi. Bu sxema
qo‘llanganda burilishlar soni kamayadi, bitta tsiklning davomiyligi qisqaradi, ish
unumdorligi elliptik sxemaga nisbatan 15...20% ga o‘sadi.
Mokisimon-ko‘ndalang sxema
to‘kilmaning
ikki tomonida joylashgan
qazilmadagi gruntni unga to‘kish, shuningdek chuqurligi 1,5 m gacha bo‘lgan
qazilmani qazishda va qazilgan gruntni ikki tomondagi uyumlarga surishda
qo‘llanadi. Gruntni yig‘ish skreperning qazilma o‘qiga perpendikulyar holatda bir
tomonga va boshqa tomonga harakatlanishi orqali amalga oshiriladi. Ushbu
sxemadan foydalanilganda skreperning burilishlar soni, yuklangan va bo‘sh
holatda harakatlanish yo‘li uzunligi qisqaradi.
Skreperlar harakatlanishining
mokisimon-bo‘ylama sxemasidan
to‘kilmaning
ikki tomonida joylashgan zaxiradan yoki qazilajak kanal uzanidan gruntni tashish
orqali baland (4...6 m) to‘kilmalarni 45º dan katta bo‘lmagan qiyaliklar bilan hosil
qilishda foydalaniladi. Mazkur sxema skreperning bo‘sh holatda yurish yo‘lini
minimumgacha qisqartiradi, bitta tsiklda gruntni ikki marta to‘kadi va burilishlar
soni qisqartiradi.
Qurilish maydonini vertikal tekislashda elliptik va spiralsimon sxemalar
qo‘llaniladi, ba’zi
hollarda
mokisimon-ko‘ndalang sxemadan
ham foydalanish
mumkin. Qiyin kovlanadigan gruntlarni qazishda ushbu gruntlar qazilishi lozim
bo‘lgan qalinlikda oldindan yumshatiladi, buning uchun traktorlarga o‘rnatilgan
osma yumshatuvchilar qo‘llaniladi.
Skreperlar cho‘michi bilan grunt qatlamlarini 0,12...0,35
m qalinlikda va
zarur bo‘lgan enlikda kesadi (turli turdagi mashinalar uchun 1,65...2,75 m).
To‘kilayotgan qatlamning eng katta qalinligi 0,35...0,5 m ni tashkil etadi.
To‘kilayotgan grunt bir tekis qalinlikda bo‘lishi to‘kish faqat skreperning
harakatlanish jarayonida amalga oshirish bilan bo‘ladi. Skreperlar o‘z cho‘michini
165
12...20 m yo‘l uzunligida to‘ldiradi, guntni to‘kish yo‘li uzunligi esa to‘ldirish yo‘li
uzunligiga nisbatan qisqaroq bo‘ladi va bu masofa 9...15 m atrofida bo‘ladi. Qirqib
olinadigan grunt qatlamining qalinligini oshirish, cho‘michni to‘ldirish vaqtini
qisqartirish va grunt bilan to‘liq to‘ldirish uchun traktor-itargichlar qo‘llaniladi
(2...6 ta skreperga bitta itargich).
Gruntning turi va zarrachalarining tortishishigiga qarab skreperlar
yordamida gruntni qirqishning quyidagi sxemalari qo‘llaniladi (5.24 rasm):
yupqa qatlam
bilan har qanday yopishqoq gruntlarni doimiy ya’ni o‘zgarmas
qilinligida qazishda (qirqish);
ponasimon qatlam
(qalinligi o‘zgaruvchan) bilan yengil bog‘lanishli
gruntlarni gorizontal uchastkalarda pichoqni maksimal
chuqurlikka kiritib keyin
uni bir maromda ko‘tarib qazishda;
cho‘qqisimon qatlam
(cho‘michni navbat bilan o‘zgaruvchan chuqurliklarga
kiritish va ko‘tarish) doimiy so‘nuvchi amplituda bilan quruq qumli loy va loyli
gruntlarni qazishda.
Skreperlar – quvvatli va chidamli mashinalardir. Ular yuklangan holatda
18% gacha va bo‘sh holatda 40% gacha bo‘lgan qiyalikli tepalikka chiqa oladi,
qiyaligi 45% gacha bo‘lgantepaliklardan pastga tusha oladi, qiyaligi 30%
gacha
bo‘lgan ko‘ndalang qiyaliklarda bemalol harakatlana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: