O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Avtomobil yo‘llari konstruktsiyasining-tuzilishi



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

4.5. Avtomobil yo‘llari konstruktsiyasining-tuzilishi 
 
Har qanday qurilishda dastlab qurilish maydonining muhandislik 
tayyorgarligini bajarish, bosh rejaga muvofiq doimiy avtomobil yo‘llari va o‘tish 
yo‘llarini qurish kerak. Resurslarni tejash maqsadida bu yo‘llar ustki asfalt 
qoplamasisiz quriladi, qurilish tugagandan so‘ng yo‘l zamini zaruriy ta’mirlanadi 
va ustki qoplama yotqiziladi. Ko‘pincha bosh reja va qurilishning bosh rejasi bir-
biriga mos kelmaydi, shuning uchun qurilish maydonlarini avtomobil yo‘llarining 
umumiy tarmog‘i bilan tutashtiruvchi vaqtinchalik 
shoxobcha o‘tish yo‘llari
va 
qurilish ichki yo‘llarini
qurish taqoza etiladi. Qurilish ichki yo‘llari asosiy 
ob’ektlar barpo etilgunga qadar quriladi, bu yo‘llar bo‘ylab qurilish maydoni ichida 
yuklar tashiladi. 
Qurilishdagi avtomobil yo‘llari sinfi va foydalanish xossalariga bog‘liq 
holda quyidagicha tasniflanadi: 


90 

yaxshilangan (doimiy), mustahkam zaminga qurilib yuqori 
qoplamasi asfaltbeton yoki temirbetonli; 

beton va temirbeton plitalaridan qum-tosh zamin ustiga 
yotqizilgan; 

profilli gruntli, qum, shag‘al, mayda tosh bilan 
mustahkamlangan; 

vaqtinchalik temirbeton plitalardan tabiiy zamin ustiga 
quriladigan. 
Yo‘l qoplamalari konstruktsiyasi turini tanlash yo‘l bajaradigan vazifa, iqlim 
sharoiti, yer osti suvlari sathi, yer polotnosi gruntining turiga va ostiga 
to‘shaladigan qatlam tavsifiga bog‘liq. 
Qurilish maydonlaridagi yo‘llar berk va xalqasimon bo‘lishi mumkin, ularda 
aylanib chiqib ketish maydonchalari va raz’ezd (qo‘sh izli o‘tish yo‘l) lari ko‘zda 
tutilishi kerak. Avtomobil yo‘li qoplamasining kengligi bir yo‘lli (polosali) 
harakatlanishda kamida 3,5 m, ikki yo‘lli (polosali ) harakatlanishda mashinalar 
to‘xtab turganda yukini tushirish uchun 6 m gacha kengaytirilgan bo‘lishi kerak. 
Og‘ir mashinalar va avtopoezdlardan foydalanganda, uzun o‘lchovli yuklarni 
yetkazib berishda o‘tish yo‘lining kengligi 8...12 m gacha kengaytiriladi. Odatda 
yo‘llarning minimal burilish (qayrilish) radiusini 12 m deb qabul qilinadi, ammo 
burilish joylarida o‘tish yo‘lining eni kengaytiriladi. Masalan, yo‘lning eni 3,5 m 
bo‘lganda burilishda uning eni 5,0 m gacha kengaytiriladi. 
Shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llari turlarining asosiy tarkibiy qismlari : 
ajratilgan uzunchoq yer bo‘lagi( polosa)
– yo‘l qurilish uchun ajratilgan, eni 
bo‘yicha uchastka; 
yo‘lning qatnov qismi
– ajratilgan yo‘lning transport qatnovi amalga 
oshirilgan o‘rta qismi; 
yo‘l cheti 
(obochina) – o‘tish yo‘lining ikkala tomonidagi polosa, ular yo‘l 
kiyimi uchun tirgak (tayanch) bo‘lib xizmat qiladi va transportning to‘xtab turish 
uchun mo‘ljallangan; 


91 
yo‘l polotnosi
– yo‘lning mashinalar yuradigan qismi chet (obochina) lari 
bilan birgalikda; 
kyuvetlar
– yo‘l polotnosi sirtidagi suvlarni oqib ketishi uchun bevosita yo‘l 
chetidan tashqarida quriladigan 3% li minimal nishablikka ega, uchburchakli yoki 
trapetsiya shaklidagi suv oqizadigan ariqlar; 
obrezlar
– kyuvetlar chetidan ajratilgan yo‘lning chegarasigacha joylashgan 
yer uchastkasi bo‘lib, u yo‘lni ta’mirlash vaqtida aylanib o‘tish va materiallarni 
saqlash uchun xizmat qiladi; 
virajlar
– yo‘lning burilish joylarida burilish markazi tomon qiya qilingan va 
shu joyda yo‘lni 1...2 m ga kengaytirilgan bir tomonga qiya qilingan qismi. 
Yer ko‘tarmasini namlanib qolish ta’siridan asrash uchun yo‘lning qatnov 
qismiga o‘roqsimon ikki tomonga qiya ko‘ndalang profil ko‘rinish berilib grunt 
yo‘llari uchun 3...5% li qiyalik va yaxshilangan yo‘llar uchun 1.5...2% li qiyalik 
beriladi; yo‘l chetlari 5...6% qiyalikka ega bo‘ladi. 
Avtomobil yo‘llari yer ko‘tarmasi (polotnosi) , yo‘l qoplamasi hamda 
muhandislik inshootlari – ko‘priklar, quvurlar va hokazolardan iborat.
Yer 
ko‘tarmasi (polotnosi) 
ko‘tarma yoki qazilmadagi gruntning profilashtirilgan 
tekislangan yuzasidir (4.2-rasm). U temperatura va suv rejimlarining har qanday 
o‘zgarishida ham yo‘l qoplamasining mustahkamligi talablariga javob berish 
kerak. Yo‘l qoplamasi yer ko‘tarmasini (polotnosini) qoplab turadi va unga 
transport vositalaridan tushadigan yuklanishni uzatadi. Yo‘l qoplamasi yo‘lning 
turiga qarab quriladi. Zamin ko‘pincha ikki qatlamdan iborat bo‘ladi. Betondan, 
temirbetondan, shag‘al va toshdan qilingan yuqori qatlam asosiy ekspluatatsion 
yuklanishlarni qabul qiladi. Zarur ko‘taruvchi qobiliyatga ega pastki qatlam suvni 
yaxshi drenaj qilishi kerak va u odatda shag‘al, tosh hamda qumdan quriladi.
4.2.– rasm. Avtomobil yo‘lining detallari: 
a – ko‘ndalang kesim; b – yo‘l qoplamasining kesimi; 1 – kyuvet; 2 – yo‘l cheti; 3 – yo‘l 


92 
qoplamasi; 4 – yer ko‘tarmasi (polotnosi); 5 – yuqori qoplama; 6 – zamin; 7 – to‘shama-ostki 
qatlam. 
Temirbeton yo‘l plitalari sifatida rejada to‘g‘ri burchakli va ponasimon 
shakldagi plitalar qo‘llaniladi. To‘g‘ri to‘rtburchakli yo‘l plitalaridan bajarilgan 
qoplamalar (uzunligi 2,5...3 m, eni 1...1,5 m, qalinligi 0,14...0,22 m va massasi 
0,63...1,8t) tuzilishida ancha sodda, yuqori yuklanishlarni qabul qilish mumkin 
bo‘lib, yilning istagan paytida, har qanday ob-havo sharoitida foydalanish uchun 
yaroqlidir. Yo‘llar ko‘pincha izli – bir va ikki yo‘lli raz’ezdli (to‘xtab o‘tiladigan 
yo‘l) qilib quriladi. Ponasimon plitalar o‘tish yo‘lining qoplamasini bir yo‘la 
yo‘lning butun eni bo‘yicha va burilishlarda istalgancha radiusli qilib (monolit 
betonni yotqizmasdan) qurishga imkon beradi. To‘g‘ri uchastkali yo‘llarda
qoplamaning tor va keng tomonlari navbatma-navbat almashtirilib montaj qilinadi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish