O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

 
 
 


51 
2.4. Qurilish – montaj ishlarini amalga oshirish 
usullari 
Qurilish jarayonlari yoki qurilish-montaj ishlari majmualarini bir-biriga 
bog‘lanishiga ko‘ra qurilish ishlari mavjud bo‘lgan uch usuldan biri bo‘yicha 
amalga oshirilishi mumkin: ketma-ket, parallel va oqim.
Ketma
-
ket usul
har bir keyingi binoni barpo etish oldingisini qurilishi 
tugagandan so‘ng barpo etishni nazarda tutadi. Qurilishning umumiy davomiyligi 
bir binoni qurishga sarflangan vaqtni ushbu binolar soniga ko‘paytirilganiga teng 
bo‘lib, ishlarni amalga oshirish uchun nisbatan kam sondagi ishchilar talab etiladi. 
Parallel usul
barcha binolarni bir vaqtda qurilishini nazarda tutadi. Barcha 
binolarni qurishning umumiy davomiyligi bitta binoni barpo etish davomiyligiga 
teng, biroq bunda bir paytda ishlash uchun ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj 

marta (
m
– qurilayotgan binolar soni) ortadi. 
Oqim usuli
yuqorida tavsiflangan usullarning afzalliklarini o‘zida 
uyg‘unlashtirib
 
kamchiliklarini istisno qiladi. Oqim usulida qurilishning 
davomiyligi ketma-ket usuldagiga qaraganda qisqaroq, biroq resurslarni iste’mol 
qilish jadalligi ham parallel usuldagiga nisbatan kam bo‘ladi. Oqim usulining 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, binoni barpo qilish ishlari bir xil davomiylikka ega 
bo‘lgan bir nechta tashkil etuvchi tsikllarga bo‘linadi, ular har bir binoda turli 
vaqtlarda bajarilishi mumkin, bu esa bir turdagi jarayonlarni ketma-ket va har 
turdagi jarayonlarni parallel bajarishga imkon beradi. 
2.5. Qurilish texnologiyalarining axborot muhiti 
Qurilish ishlab chiqarishi moddiy va axborot sohalarining integratsiyasi, ular 
orasidagi to‘g‘ri va teskari (qayta, qaytar) aloqalarning tuzilmasi hamda aniqligi 
real ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash va boshqarishda zamonaviy hisoblash 
texnikasidan foydalanishning bosh tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bu tamoyil 
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini (ALT) (SAPR), ishlab chiqarishni 
boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini (IBAT) (ASUP), ishlab chiqarishni 


52 
texnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan tizimini (ITTAT) (ASTPP), 
texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini (TJBAT) 
(ASUTP), moddiy oqimlarni, sifatni nazorat qiluvchi tashkiliy-ma’muriy 
faoliyatlarni boshqarishni yagona majmuaga birlashtiruvchi boshqaruvning 
integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimlarini yaratishda va ulardan 
foydalanishda (BIAT) (IASU) o‘zining amaliy ifodasini topadi.
 
Har bir qurilish ob’ekti o‘zining hayotiy tsikliga ega bo‘lib, u umumiy qabul 
qilingan tushunchada quyidagilarni qamrab oladi: loyihalashning bosqichlarini, 
qurilish ishlab chiqarishini tayyorlash, ob’ektni barpo etish, so‘ngra undan 
foydalanish, bir yoki bir necha modernizatsiyalarni o‘tkazish yoki o‘z imkoniyatini 
bitirib tugatgan ob’ektni yo‘q qilish (foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan ob’ektni
likvidatsiya qilish). Bunda bosqichlarning har biri miqdoriy va sifat parametrlari 
hamda tavsiflariga ega bo‘lgan alohida davrlarga, fazalarga va boshqa bo‘lak 
(bo‘lim)larga bo‘linishi mumkin. 
Keyingi yillarda tizimli yondashuv printsipiga asoslangan mazkur 
metodologiya umuman qurilish ob’ektini yaratish jarayonlari tarkibi to‘g‘risidagi 
tasavvurlarni kengaytirish asosida yangicha rivojlanmoqda. Yuqorida kursatilgan 
ob’ektning hayotiy tsikli jarayonlari tuzilishi (strukturasi) ga, quyidagi tashkil 
etuvchilarni o‘z ichiga qamrab oluvchi axborot jarayonlari kiradi: bozorni 
o‘rganish jarayonlari, tender va tanlovlarning borishida qarorlar qabul qilish 
jarayonlari, axborotni to‘plash va qayta ishlash, kommunikatsiya jarayonlari, 
sifatni boshqarish jarayonlari, muhandislik va ekologik havfsizlikni ta’minlash 
jarayonlari. Ishlab chiqarishning axborot sohasiga taalluqli – 
biznes-jarayonlar 
deb 
atalmish yangi nomli jarayonlar guruhi
 
paydo bo‘lib, bu jarayonlar ob’ektni 
yaratish qurilish tizimini unga texnologik va tashqi muhitning iqtisodiy omillarning 
ta’sirini hisobga olgan, moddiy va axborot elementlarining yig‘indisi sifatida 
ifodalaydi. 
Ob’ektning o‘z hayotiy tsikli jarayonida bosqichma-bosqich shakllanadigan 
axborot muhitini tashkil etish hozirgi holatda ancha katta xarajatlarni talab etadi, 


53 
ayrim hollarda ularni ob’ektning o‘zini qurishga ketadigan moddiy resurslar bilan 
taqqoslash mumkin. 
Mazkur strategiyani amalga oshirishning vositalari bo‘lib 
CALS 
texnologiyalari 
xizmat qiladi, ular ob’ektning o‘z hayotiy tsiklini va biznes-
jarayonini amalga oshirish davomida bajariladigan integrallashgan axborot 
modelini ifoda etadi. Axborotdan integral foydalanish imkoniyati kompyuter 
tarmoqlarining qo‘llanilishi va ularning korrektli talqin etilishini ta’minlovchi 
ma’lumotlar formatlarini standartlashtirish bilan ta’minlanadi. 
CALS abbreviaturasi 
Continuous Acquisitionand Life Cycle Support– 
buyum, mahsulot yoki butun bir ob’ektning hayotiy tsiklini uzluksiz axborot bilan 
ta’minlash ma’nosini anglatadi. 
Qurilishning zamonaviy kontseptsiyasida ob’ektni loyihalash va barpo etish 
jarayonlari, odatda parallel ravishda bajariladi, bu loyihalovchi va quruvchi 
tashkilotlar o‘rtasida, shu jumladan, ko‘pincha bir – biridan geografik jihatdan 
uzoq joylashgan va mos kelmaydigan kompyuter hamda dasturiy vositalardan 
foydalanuvchi bosh pudratchi, subpudratchi, yetkazib beruvchilar hamda 
loyihaning boshqa ishtirokchilari o‘rtasida ish natijalarini tez-tez almashib turish 
zarurligini belgilab beradi. 
Loyihalash va qurilish ishlarini amalga oshirishda ishtirokchilarning 
birgalikdagi o‘zaro harakati shunday vaziyatda samarali bo‘lishi mumkinki, 
qachonki bu harakat ob’ektning yagona axborot modeliga tayanadigan bo‘lsa. 
Bunday tuzilish (struktura) hayotining umri yaratilayotgan qurilish ob’ekti hayotiy 
tsiklining katta qismini tashkil etuvchi tadqiqot va loyihalash hamda qurilish 
ishlarga berilgan buyurtmani bajarishga ketadigan vaqt bilan aniqlanadi. 
CALS atamalarida bunday tuzilma 
virtual qurilish ob’ekti,
virtual qurilish 
yoki virtual qurilish korxonasi deb ataladi. Virtual korxona yuridik shaxs 
hisoblanmaydi, lekin u tegishli standartlarga amal qilinganda axborotdan 
birgalikda foydalanishni ta’minlovchi yagona axborot makoni sifatida tavsiflanadi. 
Bir bor yaratilgan qurilish ob’ekti modelidan ko‘p marta foydalaniladi. Unga 
qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritiladi, u qurilish ob’ektini rekonstruktsiya 


54 
qilishda va zamonaviylashtirish (modernizatsiyalashtirish)da tayanch nuqtasi 
bo‘lib xizmat qiladi. Standartga amal qilish saqlanayotgan axborotning oqilona 
talqin qilinishini ta’minlaydi. 
Konstruktorlik-texnologik ma’lumotlarni taqdim etishning standart usulidan 
foydalanish virtual qurilish korxonasining turli xil bo‘linmalari o‘rtasida, 
shuningdek loyihalashning turli xil tizimlari bilan jihozlangan kooperatsiyada 
ishtirok etuvchi subpudratchilar o‘rtasida axborot almashinuvi muammosini hal 
etishga imkon beradi. Ma’lumotlar formatini standartlashtirish bir pudratchining 
funktsiyalarini (vazifalarini) boshqasiga tezkor uzatish imkonini ta’minlaydi, u esa 
o‘z navbatida, bajarilgan ish natijalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bunday imkoniyat uzoq muddatli hayotiy tsikliga ega bo‘lgan qurilish ob’ektlari 
uchun vujudga kelayotgan bozor, siyosiy yoki moliyaviy vaziyatga bog‘liq 
bo‘lmagan holda qurilishni axborot bilan qo‘llab-quvvatlash izchilligini ta’minlash 
zarur bo‘lganda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur muammoni hal etish 
turli shaharlarda yoki mamlakatlarda joylashgan loyiha va qurilish firmalari 
bajaradigan xalqaro loyihalar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish