O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

 
 


186 
10-bob. MEHNAT SHAROITLARI VA ULARNI BAHOLASH 
10.1. Kasalliklar va travmatizm oqibatlarida ish vaqti yo‘qotishlarini 
aniqlash 
Ish vaqti yo’qotishlarining ko’pchiligini ishlab chiqarishdagi travmavtizm va 
kasb kasalliklari keltirib chiqaradi. Ular asosan noqulay mehnat sharoitlari va 
mehnatni noqulay tashkil qilish sababli yuzaga chiqadi. Umuman, sanoat 
korxonalarida to’liq ish kunlari yo’qotishlarining 60-80foiz kasalligi tufayli ishga 
kelmaslikdan tashkil topadi. Korxona yillik ish vaqti jamg’armasi yo’qotishining 
25foiz mehnat sharoitlarida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik tufayli vujudga 
keladi, mehnat sharoitlari yomon bo’lganda bu ko’rsatkich 5-10foiz ni tashkil qiladi. 
Keltirilgan ma’lumotlar ish vaqtini tejashning zahirasi borligini va bunga 
erishish uchun korxonalarda kasallanishlar va travmatizmni kamaytirish kerakligini 
ko’rsatadi. 
Ishchi va xizmatchilarning umumiy kasallanishlariga va ish vaqtini 
yo’qotishlariga mehnat sharoitlarining ta’sirini, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik 
to’g’risidagi statistik hisobot ma’lumotnomalariga ko’ra va davolash muassasalarida 
ishchi-xizmatchilarga ko’rsatilgan tibbiy yordam materiallari yordamida aniqlanadi. 
Dastlab statistik hisobot shakli bo’yicha barcha kasalliklar tufayli yo’qotilgan 
ish kunlari aniqlanadi va 100 ishchiga nisbatan absolyut ko’rsatkich topiladi. 
Kasalliklar miqdorining hisobot va o’tgan yil ko’rsatkichlariga nisbatan 
solishtirish kasallanishlarning ko’payganlik yoki kamayganliklarini aniqlash 
imkonini beradi va bu ko’rsatkich qo’yidagi formula asosida aniqlanadi: 
P

= K

x K
o’
(10.1)
Bu yerda: 
P
n
 –hisobot yilida o’tgan yilga nisbatan kasallanishlarning o’zgarishi;
K

va K
o’
–hisobot va o’tgan yildagi 100ta ishchiga to’g’ri keladigan 
kasallanishlarning kalendar kunlari soni. 
Agar olingan o’lchov 100dan oshsa (masalan, 126foiz) kasallanish 26foiz 
oshganligini, va aksincha, 100foiz dan kam bo’lsa (masalan 96foiz), kasallanish 4foiz 


187 
kamayganligini bildiradi. Bunday tahlil ish vaqti zahiraini aniqlash imkonini beradi, 
lekin mehnat sharoitlari bilan bog’liqligini aniqlamaydi. 
Bu bog’liklikni topish uchun sexlar yoki korxona bo’yicha ko’p takrorlangan 
kasallanishlarni tahlil qilish zarur. Buning uchun 100 kishiga to’g’ri keladigan ko’p 
takrorlangan kasallanishlar tufayli yo’qotilgan ish kunlari korxona bo’yicha topiladi 
va bu ko’rsatkich viloyat yoki tumandagi boshqa shunga o’xshash korxonalar 
ko’rsatkichlari bilan solishitiriladi. 
Ishlab chiqarish travmatizmi va kasbiy kasallik kabilar ko’pincha mehnat 
sharoitlarining yomonligi bilan bog’liq bo’ladi. 
Korxona yoki sexlar bo’yicha travmatizm tufayli ish vaqti yo’qotishlarini 
aniqlash uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi: 
- travmatizm tufayli mehnatga layoqatsizlik kunlari (№7-t shakldagi statistik 
hisobot va korxonaning №N-1 dalolatnomasi); 
- shikastlangan shaxsni qutqarish va unga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va 
transportirovka uchun ketadigan vaqt (masterning xizmat yozuvlari); 
- ishlab chiqarishda baxtsizlik sodir bo’lgan kunda, smenada shikastlangan 
ishchining ishlamagan ish vaqti (sex tabeli); 
- shikastlangan shaxsni kasalxona yoki uyiga borib ko’rish uchun ketgan vaqt 
(masterning xizmat yozuvi); 
- sanator-kurort davolanish uchun ketgan vaqt (tibbiyot punktidagi mehnatga 
layoqatsizlikni hisobga olish shaxsiy kartasi yoki buxgalteriyaga topshirilgan kasallik 
varaqasi). 
Korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash ishlarini baholashda 
mikrotravmatizmni ham hisobga olish zarur, chunki u umumdavlat hisoblarida 
hisobga olinmaydi va ish vaqti yo’qotishlarining berkitishga sabab bo’ladi. 
Mikrotravmatizm oqibatida ish kunining 1 sutkadan kam bo’lmagan vaqtida 
mehnatga layokatsizlikka kiradi. Ko’pincha jarohatlangan ishchilar tibbiyot punktiga 
boradi va ish vaqti tugamasdan uyiga ketadi, bu esa o’z navbatida ish vaqtining 
yo’qotishlariga sabab bo’ladi. 
Mikrotravmatizmni tahlil qilish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi: 


188 
- zararli va og’ir mehnat sharoitli uchastkalarda bajariladigan ishlar bo’yicha, 
yetakchi kasblar bo’yicha yoki umuman korxona bo’yicha mikrotravmatizmlar soni 
(tibbiyot punktidagi kasallik va ishlab chiqarish jarohatlarini ro’yxatga olish jurnali); 
- shikastlangan ishchining tibbiyot punktiga kelib-ketishiga ketgan vaqt (agar 
kuzatuvchisi bo’lsa, bu vaqt ikkiga ko’paytiriladi) yoki tibbiy yordam ko’rsatishga 
ketgan vaqt (masterning xizmat yozuvi). 
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, ma’lumotlarni bu ko’rsatkichlar bo’yicha yig’ish 
ko’pincha qiyinchilik tug’diradi, chunki sex va tibbiyot punktlarida birinchi yordam 
har doim ham hisobga olinmaydi. Shuning uchun birinchi yordam uchun ketgan 
vaqtni, smena tugamasdan uyga ketib qolgan vaqtni yoki kuzatuvchi sarflagan vaqtni 
ro’yxatga olib borish zarur. 
Mehnat 
sharoitlarini 
yaxshilash 
travmatizm, 
kasbiy 
kasalliklarni 
va 
mikrotravmatizmni kamaytirib borish samarali ish vaqti jamg’armasining oshishiga,
shu bilan birga, ishchilarning yillik mahsulot ishlab chiqarishini oshishiga olib keladi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish