O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

 
 
10.3. Sanitar-gigiyenik holat va uni yaxshilash choralari samaradorligini 
baholash 
Korxonada mavjud ish joylarida sanitar-gigiyenik holatlarni baholash sanitar-
gigiyenik normalardan chetlanishlar mavjud bo’lgan vaqtlarda o’tkazilishi mumkin. 
Absolyut chetlanishlar katta diapazonlarda o’zgarishlari mumkinligining sababini 
ularni 3 zonaga bo’lib o’rganish tavsiya etiladi: (ishlash) qulay, qoniqarsiz (noqulay), 
yo’l qo’yib bo’lmaydigan. 
Qulay zonaga tegishli ko’pchilik ko’rsatkichlarni aniqlagan holda sanitar-
gigiyenik holat haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin. Bunda, asosan quyidagilar 
hisobga olinadi: yorug’lik, zararli moddalar, gazlar, aerozollar, mikroiqlim, ya’ni 
havo harorati, namlik, havo harakati tezligi, mexanik silkinishlar, ya’ni vibratsiya, 
shovqin, nurlanish, atmosfera bosimi kabi ko’rsatkichlar.
Sanitar-gigiyenik holatni baholashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: 
1. Mehnat sharoitiga ko’ra qulay zonaga tegishli bo’lgan ish joylari hajmini 
belgilovchi (K
ij
) koeffitsient quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
K
ij 
= M

: M
U
(10.4.) 
Bu yerda: 
M
k
 - qulay ish sharoitiga ega bo’lgan ish joylari miqdori;
M
U
 - umumiy ish joylari miqdori. 
2. Mavjud ish joylarida norma chegaralaridan pastki tomonga chekinishlarga ega 
bo’lgan ishlash sharoitlarining sanitar-gigiyenik ko’rsatkichlari hajmi (K
s

koeffitsienti. 
3.Korxona bo’yicha sanitar-gigiyenik normalarga mos kelmaydigan holatlarda 
ishlaydigan ishchilar hajmi (K
in
) koeffitsienti quyidagi formula orqali topiladi: 
Kin = Ir
.n
: I
U
(10.5.) 
Bu yerda: 
I
r.n
–sanitar-gigiyenik normalarga mos kelmayligan holatlarda ishlaydigan 
ishchilar miqdori;


191 
I
u
 –umumiy ishchilar miqdori. 
4. Korxonada ish vaqti, ish kuni qisqartirilishi va noqulay sanitar-gigiyenik 
sharoitdagi mehnat bilan band ishchilarga qo’shimcha dam olish kunlarini hisobga 
olgan holda ishlatilish koeffitsienti (K
p
). 
K
p
=T : (T+P) (10.6.) 
Bu yerda: 
T - umumiy ishlagan vaqt, 
P - ish kunining qisqartirilishi va qo’shimcha dam olish kunlari berilishi sababli 
ishlatiladigan vaqt. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan ko’rsatkichlar bo’yicha kichik bo’limlar, ishlab 
chiqarish korpuslari va shu kabilarda sanitar-gigiyenik holat bo’yicha ma’lum 
tahlillar o’tkazilishi mumkin. Bu turdagi tahlillar bizga qaerda va qanday noqulay 
yoki yo’l qo’yib bo’lmaydigan sanitar-gigiyenik holat mavjudligini, u erda band 
ishchilar miqdori, ish vaqti, ish kuni qisqartirilishi va noqulay sharoitdagi mehnat 
bilan band ishchilarga qo’shimcha dam olish kunlarini hisobga olgan holda ishlatilish 
koeffitsienti hajmini aniqlash imkonini beradi. 
Korxonada mehnat sharoitlarini umumiy holda baholash juda mushkul. Lekin 
baribir mehnat sharoitlarini baholashda asosiy ko’rsatkich bo’lib yalpi ish vaqti 
jamg’armasi hisoblanadi, chunki bu yerda nafaqat sanitar-gigiyenik elementlar 
hisobga olinadi. 
Sanitar-gigiyenik holat va uni yaxshilash choralari samaradorligini baholash 
jarayonida mehnat sharoiti holatining o’zgarishi va shuningdek, o’tkazilgan 
tadbirlarning iqtisodiy-ijtimoiy natijalari tahlil qilinadi. Ish joylarida mehnat sharoiti 
holatining o’zgarishi to’g’risida quyidagi asosiy ko’rsatkichlarni kuzatish mumkin: 
havo tarkibidagi zaharli moddalarning kamayishi, yorug’lik va mikroiqlimning 
yaxshilanishi, nurlanishning pasayishi va boshqalar. 
Korxonalarda sanitar-gigiyenik holatni yaxshilash borasidagi ishlarning ijtimoiy 
natijalari quyidagi ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi: 
- normal mehnat sharoitlarida ishlovchi ishchilar sonining oshishi; 
- kasbiy nosozliklar va noqulayliklarning pasayishi; 


192 
- mehnatning noqulay sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kadrlar harakati va 
korxona ichki migrastiyasi darajasining pasayishi. 
Iqtisodiy natijalar esa iqtisodiy samaradorlik darajasi bilan hisoblanadi. Bu 
korxonada sanitar-gigiyenik holati yaxshilangan ishchilarga oldindan to’lanadigan 
kompensastiya va qo’shimcha to’lovlar miqdorining kamayishi bilan izohlanadi.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish