8.1. Perspektiva haqida umumiy
tushuncha
Bino va inshootlarni yaqqol tasaw ur qilish uchun uning
ortogonal proyeksiyasidan foydalanib, perspektivasini chi
zish mumkin.
«Perspektiva»
— fransuzcha «Perspective» so'zidan
olingan bo'Iib «uzoqqa qarash, uzoqni kuzatish» degan
m a ’noni anglatadi.
Perspektiv tasvir, perspektiva markaziy proyeksiyalashga
misol bo'Iib, ko'rish nuqtasi, markaz, ya’ni kuzatuvchi
bitta nuqtadan qaraydi. Perspektiva tasviriy san ’atda ko'p
qo'llanilganligi sababli, rassomlar badiiy asarlar yaratishda
perspektiva nazariyasiga asoslanadilar. Shuning uchun
perspektiva tasviriy san’atning grammatikasidir. Arxitektura
va m uhandislik qurilish ishlarida perspektivadan keng
foydalaniladi. Binolar va ularning kompozitsion yechimi
perspektivada tekshiriladi va kerakli o'zgartirishlar kiri
tish mumkin.
Perspektiva bajarilishiga qarab turlicha bo'ladi:
1. Chiziqli perspektiva
— tasvir asosan vertikal, b a ’zan
esa og'ma tekisliklarda bajariladi.
2.
Panoramali perspektiva
— tasvir silindr ichki sirtiga
bajariladi.
3.
Gumbazli perspektiva
— tasvir gumbaz yoki sharsi-
mon ellipsoid sirtlar ichiga bajariladi.
4.
Teatral perspektiva
— tasvir bir necha ketma-ket
sirtlarga bajarilib, teatr sahnasini bezash uchun ishlatiladi.
5.
Havoyi perspektiva
— tasviriy san’atda fazoning chu-
qurligi va kengligi rang orqali bajariladi.
Shunga o'xshash bir necha perspektivalar mavjud, bu-
lardan eng asosiysi chiziqli perspektiva bo'Iib, m e ’moriy
loyihalashlarda juda ko'p ishlatilishi sababli bu chuqur
o'rganiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Perspektiv tasvir hosil qilish markaziy proyeksiyalash
usuliga asoslanganligi sababli proyeksiyalar tekisligi va
undan tashqarida kuzatish (proyeksiyalash) markazi olina
di. Perspektiv tasvir hosil qilish uchun perspektiva apparati
bilan tanishib chiqish zarur. Perspektiva apparati quyidagi
elementlardan iborat (175-rasm):
T — Tasviroyna (kartina) tekisligi.
S — Kuzatish (ko'rish) nuqtasi (proyeksiya markazi).
s — Kuzatish nuqta asosi (kuzatish nuqtasining o rto
gonal proyeksiyasi).
H — Gorizontal tekislik yoki narsalar tekisligi .
t — Tasviroyna asosi (tasviroyna tekisligining gorizon
tal tekislik bilan kesishgan chizig'i).
h — Gorizont chizig‘i (kuzatish nuqtasidan o'tuvchi
gorizontal tekislikning tasviroyna tekisligi bilan kesishgan
chizig'i).
SS' — Kuzatish nuqtasi balandligi.
Z),Z)2 — Distansion uzoqdagi nuqtalar taxminan k o '
rish nuqtasi S dan tasvir oynagacha bo'lgan masofa (PS)
masofaga teng, P D = P S .
P — Tasviroyna markazi (tasvir oyna tekisligiga kuza
tish nuqtasidan tushirilganda perpendikular chiziqning shu
tekislik bilan kesishgan nuqtasi). Bu ko'rish nuqtasining
asosiy chizig'i deyiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Р' — Markaziy nuqtaning asosi.
S P — Tasviroyna bilan kuzatish nuqtasigacha bo'lgan
eng qisqa masofasi (bosh ko'rish masofasi yoki bosh ko'rish
nuri).
A — Proyeksiyalanuvchi nuqta (fazoda).
A [ — Proyeksiyalanuvchi nuqtaning asosi (A nuqtaning
gorizontal proyeksiyasi).
A \ — A nuqtaning perspektiv tasviri (perspektivasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |