O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti s. Nasritdinova, M. Tursunova


Raqobat individning o‘z manfaati uchun qattiq kurashishi bi-



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/56
Sana10.03.2022
Hajmi1,06 Mb.
#487977
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
biznes etikasi va manaviyati

 Raqobat individning o‘z manfaati uchun qattiq kurashishi bi-
lan ta’riflanadi.
Bu kurashda maqsadga erishish uchun barcha vositalar, 
ya’ni hokimiyat, majburlash, muxoliflarga ta’sir etishning boshqa vo-
sitalari va bir qator qonuniy va noqonuniy imkoniyatlar qo‘llaniladi. 
Yuzaga kelgan muhit individ tomonidan jiddiy qabul qilinadi va bu 
kurashda g‘alaba yoki mag‘lubiyat masalasi birinchi o‘ringa chiqadi, bu 
esa muxolifga nisbatan qattiq chora ko‘rishni nazarda tutadi va boshqa 
ishtirokchilar qarshilik ko‘rsatganda, ularga nisbatan qattiq jang olib 
boriladi. 
Hamkorlikda 
individ hamma tomonlarni qoniqtiradigan yechimni 
izlashda faol ishtirok etadi, shu bilan birga, o‘z manfaatini ham nazarda 
tutadi

Ochiqcha fikr almashinadi, umumiy qaror qabul qilishda ham-
maning fikri inobatga olinadi. Mazkur shakl uzoq vaqtni va barcha to-
monlar ishtirokini taqozo etadi. Agar muxoliflarning vaqti va muam-
moning yechimi ular uchun ahamiyatli bo‘lsa, unda yuzaga kelgan ma-
salalar, tushunmovchiliklar har tomonlama muhokama qilinadi va bar-
cha ishtirokchilarning manfaatlari hisobga olinadi.
Murosa
harakatlar chekinishlari hisobiga yechimlarni izlashga, 
har ikki tomonni qoniqtiradigan oraliq qarorni ishlab chiqishga qara-
tilgan. Bunday holatda tomonlar yutqazmaydi va yutmaydi ham. Mu-
xoliflar bir xil imkoniyatga, bir-birini inkor qiluvchi manfaatga ega bo‘l-
ganda va ularning boshqa yechim izlashga vaqti bo‘lmay, oraliq qaror 
ma’lum vaqtda qoniqtirganda, bunday usulni ishlatish mumkin. 
Raqobat va hamkorlikda konfrontatsiya qaror ishlab chiqish uchun
asosiy shart bo‘lib qoladi

Nizoni hal qilish uni yuzaga keltirgan sabab-


80 
larning bartaraf etilishini nazarda tutishini e’tiborga olsak, unda faqat 
hamkorlik usuli mazkur masalani to‘laligicha hal qiladi

Bosh tortish va 
moslashishda nizoning hal qilinishi kechiktiriladi. Bunday holatda nizo 
yashirin shaklda kechadi. Murosa nizoni faqat qisman bartaraf qilishi 
mumkin, chunki o‘zaro chekinish uchun juda katta imkon qoladi, nizo 
sabablari esa to‘liq bartaraf etilmaydi. 
Ba’zi holatlarda kelishish, bosh tortish va hatto murosadan ko‘ra 
nazorat qilish va oqilona chegaralar doirasida konfrontatsiya nizoni 
yechilishi nuqtayi nazaridan samaraliroq hisoblanadi. Shu bilan birga, 
bunda g‘alabaning ahamiyati haqida gap boradi va bu ikkkinchi to-
monning mag‘lubiyatini bildiradi. Bu konfrontatsiyani boshqarishdagi 
murakkab masalalar hisoblanadi. E’tiborlisi, mag‘lubiyat yangi nizoga 
asos bo‘lmasligi va kengayib ketmasligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar nizo ishtirokchilarining kuchlari taxminan teng bo‘lsa, unda 
nizo juda keskin ko‘rinishda kechishi mumkin. Yuqorida qayd etil-
ganidek, mutaxassislar nizo ishtirokchilari harakatining bir necha 
strategiyalarini farqlashadi. Masalan, ishtirokchilar nizoni hal qilishga 
uncha qiziqishmasa, ammo o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lishga 
urinsalar, unda nizodan bosh tortish usulini qo‘llash mumkin. Agar nizo 
xolisona bo‘lsa, unda bosh tortish strategiyasi ishtirokchilarni, shu 
jumladan, tashkilotni mag‘lubiyatga olib keladi. 
Manfaatdor muxolifning mavqei baland bo‘lsa, unda u nizodan 
g‘alaba bilan chiqib ketish uchun kuch ishlatadi. Bunday strategiya 
qo‘llanilganda noqonuniy usullar, ya’ni kuch ishlatish, qo‘rqitish kabilar 
ro‘y beradi. Bir muxolifning mag‘lubiyati boshqa muxolifga, demak, 
butun tashkilotga aniq g‘alaba keltirmaydi.
Agar muxoliflarning mavqei teng bo‘lsa ular nizoni hal qilishda 
bir xil strategiyani qo‘llashi mumkin. Bunday sharoitda murosa, ya’ni 
kelishish strategiyasiga suyanish mumkin. Uning doirasida yutuq va 
zararlar teng taqsimlanadi. Ba’zida mavqe har xil, ammo nizoning 
yechimidan manfaatdor bo‘lgan muxoliflar murosaga kelishga intiladi. 
Bu esa ularga kuch va vaqtni saqlab qolishga imkon beradi. Nizoni 
batamom hal qilish strategiyasi mukammaldir. Bunda nizoning sabablari 
aniqlanib, ularni bartaraf etish ixtiyoriy hamkorlik doirasida amalga 
oshiriladi. Bu strategiya tomonlar uchun ma’qul bo‘ladi. Chunki, u 
muxoliflarni sheriklarga aylantiradi, nizo keltirib chiqargan muammo 
hamkorlikda bartaraf etiladi. Shuningdek, tomonlar olgan foyda boshqa 
strategiyalarni qo‘llash orqali olingan foydadan ancha barakali bo‘ladi. 
Bu strategiya asosida nizoga oddiy voqelik sifatida munosabat bildiriladi. 


81 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish