Kaeinni yuvish uchun vanna – kazeinni yuvish uchun vannalarga uzatiladi.
Kazein uchun stol – va quritish stoliga quritish uchun yuboriladi.
Presslangan kazeinni quritish – press holatiga keltirilgan kazein quritiladi.
Tehnika xavfsizligi
Tehnika xavfsizligi
Korxona ma’muriyati va muhandis-texnik xodimlarining asosoiy vazifalari mehnat haqidagi qonunlar majmui hamda ‹‹ Xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari ›› bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda shikastlanish va kasb kasalliklarini kamaytirish hamda ularning oldini olishga oid mehnat muhofazasi bo’yicha ishlarni amalga oshirish, tadbirlariga umumiy rahbarlik hamda bu ishga javobgarlik korxona rahbari, uning o’rinbosari – bosh muhandis zimmasiga yuklatiladi. Loyiha bajarilishida ‹‹Oziq – ovqat sanoatida mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi››, ‹‹Sanoat korxonalarida loyihalash sanitary me’yorlari››, Davlat texnik Nazorati qoidalari (bosim ostida ishlaydigan apparatlar nazoratini amalga oshirish uchun), Davlat energiya Nazorati qoidalari (elektr qurilmalar tuzilishi) kabi hujjatlardan foydalaniladi.
Issiqlik apparatlari, mahsulot va bug’ yuradigan quvurlar izolatsiyalanishi va izolatsiya yuzasida harorat 40ºC dan yuqori bo’lmasligi kerak.
Bosim ostida ishlaydigan apparatlar manometr va vakuummetrlar, saqlanish klapanlari bilan jihozlanishi kerak.
Agar apparat trassadagidan kichik bosimda ishlasa u holda bug’ quvurida avtomatik reduksiyalovchi qurilma, manometr saqlanish klapani bilan qo’yiladi.
Apparatlar yoqilishdan ilgari sinov bosimi ostida gidravlik sinovdan o’tkaziladi. Agent sifatida sovuq suv ishlatiladi.
Aylanadigan va harakatdagi qismlar panjara ichiga berkitiladi. Panjara odatda blakirator bilan qo’yiladi. Ikki tanli qozonga chappa bo’lmasligi uchun o’z – o’zini tormozlovchi moslama qo’yiladi. Zinapoyalar yoniga 1 m balandlikda panjara qo’yiladi.
Polni kovlab qilingan inshootlar ustiga panjara qo’yiladi: kanalizatsiya o’tgan joy, quvur o’tgan joy.
Baland tovush chiqarib ishlaydigan mashinalar (kompressor, separator, press, temir banka liniyasi…) alohida izolyatsiyalangan fundamentlarga o’rnatiladi. Amortizator, tovush singdirgichlar qo’llaniladi.
Qadoqlagich yopish mashinalari organik shishadan yasalgan shit bilan ta’minlanadi (odam yuziga mahsulot va uning yog’i sachramasligi uchun).
Ishchi joylar yorug’lik bilan me’yor asosida ta’minlanadi.
Chang, tutun, is gazlar ajraladigan joyda ulardan qutulish chorasi ko’riladi, individual vositasi qo’llaniladi.
Elektr jihozlar loyiha va montajlanganda elektr tok bilan zararlanishning oldi olinadi. Izolyatsiya, yerga ulash, nolga ulash loyihaga kiritildi.
Chang ko’p ajraladigan sexlarda portlash xavfi mavjud. U holda aspirasiya va germetiklash amalga oshiriladi.
Tok urish xavfi elektroplazmalizatorda bo’ladi. Bunday spesifik apparatlar uchun texnika xavfsizligi qoidalari individual tuzilgan va unga qat’iyan amal qilish shart.
Tanklar, bug’latish apparatlari ichida ishlaganda ikki va undan ortiq odam ishlashi kerak. Asosiy xavf yoritish asboblari orqali tok urishidir.
Sulfitatsiya va desulfitatsiya qilingan vaqtda xona boshqa xonalardan germetizasiyalanishi kerak va ventilatsiya bilan ta’minlanishi kerak. Gaz bilan to’yingan havoni atmosferaga tomdan kamida 5 m uzoqqa chiqarish kerak.
Sulfitatsiya kameralari tez shamollatish mumkin bo’lgan joyga o’rnatiladi, boshqa binodan kamida 50 m masofada bo’lishi kerak.
Sulfitlangan yarim tayyor mahsulotni saqlaydigan basseyn ikkita
500 mm-li lyuk yoki 600x600 mm-li eshikka ega bo’lishi kerak. Lyuklar germetik yopiladi. Mahsulot yuklash va olish mexanizatsiyalandi.
Sulfat angidrid miqdori xonalarda 10 mg/m³ dan ortmasligi kerak. Ishqor va kislota saqlash xonalari alohida bo’ladi. Ular tara yuvishda, tanklarni dezinfeksiyalashda, meva po’stlog’ini kimyoviy
usulda artishda ishlatiladi.
Sut korxonalarining temir yo’l tarmog’ida yorug’lik va tovush signallari o’rnatiladi. Tushirish – yuklash ishlari maxsus platformalarda amalga oshiriladi. Ular talab va alohida me’yorlar asosida quriladi.
KM va K (SNiP) qurilish me’yor va qoidalri asosida bino va inshootlar loyihalanadi.
Yong’inga qarshi ichki va tashqi suv ta’minoti, yong’in gidranti, evakuatsiya chiqish joylari chaqmoq o’tkazuvchi quriladi.
Sut korxonalari ammiak bilan ishlovchi sovutkichlarga ega. Ammiak chiqishi mumkin bo’lgan mashina bo’limida yoki kamerada
ammiak bilan havo aralashmasining portlovchi konsentratsiyasi hosil bo’lishi mumkin.
Sut korxonalarida yog’och material: yashik, kordon, fanera, plastmassa buyum va taralar ko’p miqdorda ishlatilishi mumkin.
Yong’inning asosiy sababi elektr uchquni, ochiq olovdan foydalanish, gaz razryadlari va chekish.
Tez yonuvchi material alohida saqlanadi. Tez yonuvchi moddalar (benzin, spirt) bor sexda ularni darhol yer osti rezervuarga tushirish yo’llari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |