Massaj xonasiga va jihozlariga muayyan talab qo‘yiIadi
Massajni maxsus massaj xonalarida olib borish tavsiya etiladi.
Har bir ish joyi uchun 8 m 2 joy talab etiladi.
Ayrim hollarda, havo harorati +20°-22°C bo'lganida massaj ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin.
Massaj olinadigan joy quyosh nurlaridan va shamoldan muhofazalangan bo‘lmog‘i zarur.
Massaj xonalari, quruq, sun’iy yoritilgan bo‘lishi kerak.
Yoritish 12°—13° lyuks bo‘lishi shart.
Massaj xonalari yaxshi jihozlangan, soatiga 2—3 marta havo almashadigan bo‘lishi lozim.
Massaj xonasi qatorida quruq havoli hammom, dush, kiyinib—yechinish xonasi, hojatxona bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Havo harorati va namligini ortishi massajning samarasiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Massajni maxsus kushetkada olib borish lozim. Kushetkaning uzunligi 185—200 sm, balandligi 50—70 sm (imkoniyat bo‘lsa, balandligini o‘zgaradigan qilish maqsadga muvofiq). Kengligi 50—60 sm bo‘lib, yuvish qulay sintetik mato bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
Kushetkadan tashqari ikkita yostiq bo‘lishi kerak:
birining diametri 25—35 sm (bosh yoki oyoq tagiga qo‘yish uchun),
ikkinchisi 15—20 sm diametrdagi (tizza bo‘g‘imini massaj qilish uchun).
Kushetkaga yorug‘lik nuri faqat yon tomondan tushushi lozim, shunda massaj qilayotganda va massaj olayotganda halaqit bermaydi
Massajdan so‘ng 10—20 daqiqa dam olish tavsiya etiladi (maxsus dam olish xonasida).
Tananing qo‘l qismini massaj qilish uchun balandligi 70—80 sm, uzunligi 50 sm, kengligi 30 sm dagi stol, yostiqcha bo‘lishi lozim.
Massaj xonasida 2—3 ta stul, parda, ikkita shkaf, qum soati (3, 5, 10, 25 daqiqalik),
har xil surtma vositalar bo‘lishi lozim. sochiq, sovun, vazelin, talk, surtma moylar, ichiladigan suv, oyna kiyim yuvgich moslamalar, birinchi yordam ko‘rsatish uchun aptechka bo‘lishi kerak.
Bimdan tashqari massaj xonasida sollyuks va kvarts lampalari, vibratsiya va pnevmatik massaj apparati, qon bosimini olchash uchun apparat, sekundomer, dinamometr, panja dinamometri bo‘lishi kerak.
Massaj xonasida begona odamlar bo'lmasligi lozim.
Massaj xonasida hech qanday shovqin—suron bo‘lmasligi kerak.
Yoqimli musiqa ohanglari taralsa massaj yaxshi o‘tadi.
Massaj vaqtida ishlatiladigan talk, terini iflos qilmaydi, yog‘ va terini so‘rib oladi, terini sirg‘anchiq qiladi ammo, ko‘pchihk mutaxassislar massajni surtmalarsiz, toza qo‘l bilan bajarishni tavsiya etadilar. Shu bilan birga, massajning ishqalash usuli bajarilganda teri shilinishi mumkinligini esda tuting. Shuning uchun massajning siqish, ishqalash kabi usullarini moyli surtmalar yordamida olib borish ma'qul. Uqalash va zarb bilan qoqish usullari quruq terida o‘tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |