O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 270,29 Kb.
bet24/40
Sana19.02.2022
Hajmi270,29 Kb.
#458048
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
Bog'liq
Davolash jismoniy tarbiya va massaj)

Qorinni massaj qilish muolajasi. Bunda bemorni chalqancha yotqizib qo‘yish kerak bo‘ladi. Massaj nonushtadan keyin 1,5–2,5 soat o‘tganda o‘tkaziladi. Massaj hamshirasi bemorni o‘ng tomonida turib ishlaydi. Muolaja asta silash bilan boshlanib, bunda uqalash, chuqur uqalash va tebrantirish usullarini qo‘llashga ruxsat etiladi. 68 Barcha massaj muolajalarini silash usuli bilan boshlab, ta’sir kuchini asta-sekinlik bilan ko‘paytirish lozim.
Har bir tana qismiga massaj qilish vaqti ham turlicha:
Orqani massaj qilish uchun – 10 – 15 daqiqa.
Ko‘krakni massaj qilish uchun – 7 – 12 daqiqa.
Qo‘llarni massaj qilish uchun – 10 – 12 daqiqadan har biriga.
Oyoqlarni massaj qilish uchun – 10 – 13 daqiqadan har biriga.
Qorinni massaj qilish uchun – 7 – 12 daqiqa ajratiladi.
Lekin ayrim holatlarda muolaja vaqti kamaytiriladi yoki uzaytiriladi.
Asab tizimi kasalliklarida massajni qo‘llash
Asab tizimi kasalliklarida, avvalo, bemorning ruhiy holatiga, tashxisiga, kasallik davri va bosqichiga, bemorning yoshiga, mavjud bo‘lgan boshqa yo‘ldosh kasalliklariga e’tibor beriladi. Asab tizimining funksional buzilishlarida, massaj muolajalari buyurgan shifokor-mutaxassis va fizioterapevt shifokor tomonidan nazorat qilinadi. Nevrit va polinevritlarda massaj asta-sekinlik bilan asab tarmog‘i va asab tolasi atrofi bo‘ylab silashdan va ishqalashdan boshlab, keyin asab tolasi ustidan asta silab uqalanadi. Bunda bosh barmoqlar asab ustidan bosib turadi, boshqa barmoqlar esa uqalaydi. Biroq bosh barmoq bilan uqalash ham qulay, ham chuqurroq ta’sir ko‘rsatadi. Umurtqa pog‘onasining deyarli hamma bo‘limlari, yelka bo‘g‘inlari, yelka va yelka kamari asablari, yuz asablari yallig‘langanda uqalash mayin, yumshoq bo‘lishi kerak. Bunday uqalashda kaftlar va barmoqlar yostiqchalari ishtirok etadi. Yuz sohasi nervlari yallig‘lanishida ikkala qo‘l barmoqlar yordamida yuz sohasi, peshona, yuzning chakkalari keyin esa boshning soch bilan qoplangan qismi uqalanadi. Bunday uqalashni gipertoniya, migren, ateroskleroz kasalliklarida qo‘llash mumkin. Qovurg‘alar tagidan alohida yo‘nalishda asab tolasi va ikkita (qon olib keluvchi – olib ketuvchi) qon tomirlar o‘tadi. Aynan shu asab tolalarining 69 yallg‘lanishi – qovurg‘alararo nevralgiya yoki nevrit deb ataladi. Bunday hollarda, ko‘krak qafasini massaj qilayotganda, juda ehtiyotlik bilan ishlash zarur. Nevralgiyalarda og‘riq kuchli bo‘lishi mumkin. Davolashni og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi kurashishdan boshlash lozim. O‘tkir davri o‘tganda esa massajni qo‘llasa bo‘ladi. Ko‘krak qafasini massaj qilishda, bosh barmoqlar umurtqa pog‘onasi ustidan, qolgan barmoqlar esa chetga qarab yozilgan holda uqalanadi. Bundan tashqari ko‘krak qafasini kaftlar yordamida, qo‘lni musht qilib uqalash va panjalar qirrasi bilan uqalashni qo‘llash mumkin.

Download 270,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish