Qon hosil bо‗lishi (gemopoez) va uning boshqarilishi. Maxsus hujayralarning qiyoslanish jarayonida qon hujayralarining yetuk shakllari hosil bо‗lishi gemopoez deb ataladi. Hozir aksariyat olimlar tan olgan unitar nazariyaga kо‗ra qon shaklli elementlarining hammasi yagona polipotent ustun hujayradan rivojlanadi. Ustun polipotent hujayralarning о‗z-о‗zini saqlab qolish qobiliyati juda yuqori. Har bir hujayra 100 martagacha mitotik ravishda bо‗linishi mumkin.
Ustun hujayralarning bir qismi limfopoezning о‗tmishdoshi bо‗lsa, ikkinchi qismidan miyelopoez boshlanadi. Limfopoezning о‗tmishdosh hujayralari V- limfositlarning va T-limfositlarning о‗tmishdoshlariga bо‗linadi. V-limfositlarning о‗tmishdoshi plazmoblast va proplazmositlar bosqichlaridan о‗tib, plazmosit (yetuk V-limfosit) ga aylanadi.
T-limfositlarning о‗tmishdoshi avval limfoblastga aylanadi, prolimfosit bosqichidan о‗tib, timusda T-limfositga aylanadi.
Miyelopoyezni boshlovchi hujayralar ichida eritropoetinga va trombositopoetinga sezgir hamda maxsus muhitda koloniyalar hosil qiluvchi hujayralar tafovut qilinadi. Koloniya hosil qiluvchi hujayralardan avval monoblastlar, keyin promonositlar paydo bо‗lib, monosit yetiladi. Monositlar esa turli xildagi makrofaglarga aylanadi.
Trombositopoetinga sezgir hujayralardan megakarioblast paydo bо‗lib, u promegakariosit va megakariositga aylanadi. Msgakariositlardan trombositlar ajralib chiqadi.
Qonning hosil bо‗lishi 19 kunlik embrionning sariq qopchasida boshlanadi. Bu gemopoezning mezoblastik davri. U embrion 4 oylik bо‗lganda tugaydi. Gemopoezning ikkinchi jigar davri homiladorlikning 6- chi haftasidan boshlanib 5- oyida chо‗qqisiga chiqadi.
4– 5 oylik homilada qon yaratilishi kо‗mikka о‗tadi. Ammo fetal eritropoez kattalarda qon yaratilishidan farq qiladi. Eritrositlar kichiklanib, soni kо‗payadi. Ularda gemoglobin о‗zgaradi: ilk bor paydo bо‗lgan eritrositlarda primitiv gemoglobin (HbR), homilaning qonida asosan HbG‗ va katta odamning qonida HbA uchraydi.
Qon hosil bо‗lishini asosan gumoral omillar boshqaradi. Har turdagi shaklli elementlarning hosil bо‗lishi mustaqil yо‗l bilan boshqariladi.
Qon hosil bо‗lishiga eritropoetindan tashqari, boshqa gormonlar ham ta‘sir qiladi. Masalan, androgenlar erit ropoezni kuchaytiradi. Eritropoez vitamin V12, V6 va boshqa vitaminlarga muhtoj jarayon. Qon hosil bо‗lishini nerv tizimi boshqarishi yaxshi о‗rganilmagan. Gipotalamus gipofiz va vegetativ nerv tizimi orqali qon yaratilishiga sezilarli ta‘sir kо‗rsatadi.
Qon yaratilishini boshqarib turuvchi murakkab mexanizmlar juda aniq faoliyat kо‗rsatadi. Shu tufayli, sog‗lom organizmda yemirilayotgan qon tanachalarining miqdori hosil bо‗layotgan miqdoriga teng bо‗lib, ular о‗rtasida doimo muvozanat saqlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |