O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet18/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Nazorat uchun savollar:


1.Qon nima va uning organizm uchun ahamiyati nimada? 2.Qon qanday funksiyalarni bajaradi?

  1. Qonning fizik xossalari.

  2. Qon qanday komponentlardan iborat? 5.Qonning bufer sistemasi nima?



  1. MAVZU: QON GURUHLARI. REZUS OMILLAR. QONNING BIOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI


Reja:


    1. Immunitet.

    2. Qon ivishi va koogulyatsion mexanizmi.

    3. Qon guruxlari

    4. Gemopozz va uning boshqarilishi.



Tayanch sо‗zlar: lizotsimm, properdin, biologik faol moddalar, eritropoyetin, tomboplastin, trombin, tromboz, trombotsitopoz qon guruxlari, gemopozz, fagotsitoz, rezus-faktop, agglyutogen, agglyutinin, afibrinogenemiya, fibrinogen.


Qon ivishining boshqarilishi. Asrimizning boshida hozir stress nomini olgan (qо‗rqish, g‗azablanish, azoblanish va boshqa) holatlarda qonning ivishi tezlashishi aniqlangan edi. Ma‘lumki, bunday hollarda simpatik nerv tizimi qо‗zg‗alib, buyrak usti bezlaridan adrenalin ajralishi kuchayib giperadrenalemiya rivojlanadi. Qonning ivish vaqti tromboplastin hosil bо‗lish bosqichi hisobiga 5– 10 daqiqadan 3– 4 daqiqagacha qisqaradi.
Simpatik nerv tizimi qо‗zg‗alganidagi qon ivishining tezlashishi (giperkoagulemiya) adrenalin va noradrenalin ta‘siriga bog‗liq. Uning asosiy sababi shuki, adrenalin qon tomirlar devoridan tromboplastin ajralishini tezlashtirish qobiliyatiga ega. Bundan tashkari, adrenalin tomirlardagi konning Xageman omilini faollaydi, bu omil esa qon tromboplastini paydo bulishining sababchisi hisoblanadi.
Adrenalin tо‗qima lipazalarini faollab, fosfolipidlarning eritrositlardan ajralishini yengillashtirib, qonda tromboplastin faolligini oshiradi.
Simpatik nerv tizimi qо‗zg‗alganda rivojlangan giperkoagulemiya qо‗zg‗alish tugagandan sо‗ng ikkilamchi gipokoagulemiyaga о‗rin beradi. chunki birlamchi qon ivishi kuchayganda ivituvchi omillar sezilarli miqdorda sarflangan edi. Shunisi qiziqki, parasimpatik nerv tizimining qо‗zg‗alishi ham giperkoagulemiyaga olib keladi. Bu gemokoagulyasiya mexanizmlarining evolyusiyasida faqat yagona himoya moslashuv reaksiya sifatida (qon oqishini tez tо‗xtashini ta‘minlovchi giperkoagulemiya sifatida) shakllanganidan dalolat beradi.
Katta yarim sharlar pо‗stlog‗i qon ivishi jarayoniga sezilarli ta‘sir kо‗rsatadi. Bu ta‘sir endokrin bezlar, xususan buyrak usti bezlarining mag‗iz qismi faoliyatini о‗zgartirish, qon tomirlarni kengaytirish yoki toraytirish yо‗li bilan yuzaga chiqadi. Yarim sharlarning qon ivishini boshqarishda ishtirok etishidan giperkoagulemiya yuzaga keltiradigan shartli reflekslar hosil qilish mumkinligi ham dalolat beradi.
Qadim zamonlarda kо‗p qon yо‗qotgan odamga qon quyilsa, qon yо‗qotish natijasida halok bо‗layotgan odamni о‗limdan asrab qolish mumkin, degan fikr paydo bо‗lgan. 1667 yilda farangistonlik faylasuf Deni va shifokor Emmerel qon yо‗qotib, о‗layotgan yig‘itga qо‗zichoq qonini quyishdi, natijada u tuzalib ketdi. Ammo undan keyingi qon quyishlar natijasi fojiali bо‗ldi. Hatto odamning qoni odamga quyilganda ham har 5– 6 hodisadan bittasida halokat rо‗y berdi.
Asrimizning boshlarigacha shifokorlar va olimlar har bir odamning qoni о‗ziga xos biologik xususiyatga ega ekanini bilishmagan. Buni 1901 yilda avstraliyalik olim K. Landshteyner va 1903 yilda chex olimi Y. Yanskiy batafsil о‗rgandilar va qon guruhlarini kashf etdilar.
Agar predmet oynasida odamning qoni bir-biriga qо‗shilsa, kо‗pchiligida eritrositlar bir-biriga yopishib, g‗uj bо‗lib qoladi. Bu hodisa agglyutinasiya deyiladi. Eritrositlar agtlyutinasiyasi antigen bilan antitana о‗rtasidagi reaksiyaning natijasidir. Eritrositlarning qobig‗i – membranasiga bog‗liq bо‗lgan agglyutinogenlar antigen rolini о‗ynaydi, antitana sifatida qon plazmasidagi
agglyutininlar agglyutinasiya reaksiyasida ishtirok etadi.
Agglyutinogenlar spesifik aminokislotali polisaharid kompleksdan iborat, agglyutininlar esa qonning u- globulin oqsil fraksiyasidir. Agglyutinasiya reaksiyasi rо‗y berganida agglyutininning 1 molekulasi ikki eritrositni bir-biriga boglaydi. Bu eritrositlarga yana boshqa eritrositlar qо‗shiladi, ular g‗uj bо‗lib qoladi. Odamning qonida о‗z eritrositlariga qarshi agglyutinin bо‗lmaydi.
Har qaysi odamning qonida faqat unga xos spesifik eritrositar agglyutinogenlar tо‗plami bor. Hozirgacha odamlar qonida juda kо‗p (400 dan ortiq) agglyutinogenlar topilgan. Ulardan 30 ga yaqini kо‗proq uchraydi.
Klinika uchun ABO va Rh (rezus) agglyutinogenlar tizimi katta ahamiyatga ega. ABO tizimi. K. Landshteyner qon guruhini о‗rganib, 1901 yilda ABO tizimini kashf etdi. U odam eritrositlarini antigen xususiyatlariga kо‗ra 4 guruhga bо‗ldi. O
(1) guruh eritrositlarda A, V antigen (agglyutinogen) yо‗q. Ammo bu odamlarning qonida anti-A va anti-V antitanalar bor. Bu antitanalar α- va β- agglyutinindir.
A (II) guruh eritrositlarida A-agglyutinogen, shu guruh plazmasida β - agglyutinin uchraydi.
V (III) guruh V-agglyutinogen, β - agglyutininga ega.
AV (IV) guruhda A va V agglyutinogenlar bor, ammo α va β- agglyutininlar uchramaydi.
Markaziy Yevropa mamlakatlarida odamlarning 40% 0 (I) guruhga mansub, A

  1. guruhi ham 40% ga yaqin, V (III) guruh– 10% ga yaqin, AV (IV) guruh taxminan 6%.

Aksari odam eritrositlarida (85%) yana bir omil bor. Uni birinchi marta K. Landshteyner va I. Viner 1940 yilda makakus rezus maymun qonidan topishgan va rezus – faktor deb atashgan. Unga ega bо‗lgan odam qoni – rezus-musbat qon, mazkur omil bо‗lmagan rezus-manfiy qonga quyilsa, rezus- manfiy odam qonida anti – rezus agglyutininlar hosil bо‗ladi. Shu rezus-manfiy odamga rezus-musbat qon ikkinchi marta qо‗yilsa, Rh musbat eritrositlar anti-rezus agglyutinin ta‘sirida agglyutinasiyaga uchraydi, kichik kon tomirlarga tiqilib qoladi va hayot uchun xavf tug‗diradi.
Rezus-faktor bilan bog‗liq bо‗lgan ikkinchi kо‗ngilsiz ahvol ona bilan homila о‗rtasida rivojlanishi mumkin bо‗lgan rezus-kelishmovchilik. Agar rezus-musbat erkakdan rezus-manfiy ayol homilador bо‗lsa (bunday nikohlarning ehtimolligi 50% ga yakin), homilaga rezus-faktor otasi- dan о‗tishi mumkin. Uning eritrositlaridagi rezus-faktor (antigen) yо‗ldosh orqali ona qoniga о‗tadi. Rezus- faktorga qarshi ona qonida anti – rezus-agglyutininlar paydo bо‗ladi. Ular ham yо‗ldosh orqali homila qoniga о‗tadi va homila eritrositlarini agglyutinasiya va gemolizga uchratadi. Agar antirezus agglyutininlar konsentrasiya yuqori bо‗lsa, bu jarayon kuchayib ketib, homilani halokatga olib kelishi mumkin. Rezus-mos kelmaslik uncha kuchli bо‗lmasa, gemoliz natijasida bola sariq bо‗lib tug‗iladi. Uning terisini va shilliq pardalarini gemoglobindan kо‗p miqdorda paydo bо‗lgan bilirubin shu rangga bо‗yaydi.
Agar rezus-manfiy ayol rezus-musbat erkak bilan turmush qurgan bо‗lsa, bu holatni oldini olish choralarini kо‗rish kerak.
Agglyutinasiya rivojlanishini о‗rganish natijasida qon quyishning ikkita asosiy sharti shakllandi: 1) quyiladigan qon tanlashda donorning (qon beruvchi odamning) agglyutinogenlari resipiyent (qon oluvchi odam) qonida bir nomli agglyutininlar bilan uchramasligini ta‘minlash zarur; 2) donorning agglyutininlari hisobga olinmaydi – bu suyo‘lish qoidasi: oz miqdorda (200– 500 ml) quyilgan qonning plazmasi resipiyent qonida kо‗p marta suyo‘lib ketadi, agglyuti ninlarning konsentrasiyasi keskin kamayadi va ular resipiyent eritrositlarini agglyutinasiyaga uchrata olmaydi.
Bu qoidalarga rioya qilinganda I guruh qonni birinchi va boshqa uchta guruhga quyish mumkin. II guruhga mansub qonni ikkinchi va tо‗rtinchi guruhga, III guruh qonni uchinchi va tо‗rtinchi guruhga quyish mumkin.
Keyingi yillarda faqat bir guruhdagi qon quyishga о‗tish taklif qilindi. Buning sabablaridan biri shundaki, kо‗p miqdorda qon quyilganda (4-5 l) donorning agglyutininlari suyo‘lmaydi va resipiyent eritrositlarini agglyu- tinasiyalaydi. Ikkinchidan, I guruh qoniga ega bо‗lgan shaxslarning 10– 20% ida anti-A va anti-V agtlyutininlari borligi aniqlandi. Bo‘larning qoni boshqa guruhlarga quyilganda gemotransfuzion shok rivojlanib, halokatga olib kelishi mumkin. Bu xavfli
holatning rivojlanish mexanizmi quyidagicha: eritrositlar bir-biriga yopishib qoladi, ulardan tromboplastin ajralib chiqib, tomirlarda qon- ni ivitadi, qon tomirlardan о‗tmay qoladi.
Hozirgi vaqtda qon quyish qoidalarini shunday ta‘riflash mumkin: donor va resipiyent qoni bir guruhga mansub bо‗lishi kerak; rezus-manfiy odamga rezus- musbat qonni quyish mumkin emas; bir donorning qonini muayyan resipiyentga qayta quyishdan voz kechish kerak.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish