O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet16/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Qonni ivituvchi omillar. Yuqorida kо‗rdikki, qonning ivishi kо‗p bosqichli, murakkab jarayon ekan. Unda talay omillar ishtirok etadi. Tabiiy sharoitda odamning qonida bu omillar faolsiz holatda bо‗ladi. Ularni birma-bir kо‗rib chiqamiz. Xalqaro Qо‗mita qaroriga binoan qon ivish omillari yunon raqamlari bilan belgilanadi.

  1. omil – fibrinogen, qon plazmasining eng katta molekulali oqsili. Qon ivishi jarayonida fibrinogen zol holatidan suvda erimaydigan gel holatiga о‗tadi. Qon ivi- shining mohiyati ham shunda.

  2. omil – protrombin, glikoprotein, jigarda sintezlanadi. Tromboplastin ta‘sirida faol ferment trombinga aylanadi. Trombin esa fibrinogenning fibringa aylanishi uchun zarur.

  3. omil – tromboplastin, hamma hujayralar membranasida uchraydigan fosfolipid.

IVomil – kalsiy ionlari, qon ivishda ishtirok etadigan hamma fermentlarni faolsiz holatdan faol holatga о‗tishi uchun zarur.

  1. omil – proakselerin va akselerin. Tromboplastin va trombin hosil bо‗lishini tezlashtiradi.

  2. omil – prokonvertin. Tromboplastin hosil bо‗lishida ishtirok etadi.

  3. omil – antigemofil A globulin, qon ivishining boshlanishida qon tromboplastini hosil bо‗lishi uchun zarur. Kalsiy ta‘sirida faollashadi. Yetishmovchiligi og‗ir irsiy gemofiliyaga sabab bо‗ladi.

  4. omil – antigemofil V globulin (Kristmas omili). Bu ham tromboplastin hosil bо‗lishi uchun kerak. Yetishmovchiligi nasliy gemofiliyaga olib boradi.

  5. omil – Styuart – Prauer omili. Tromboplastin hosil bо‗lishini tezlashtiradi.

  6. omil – tromboplastinning plazmadagi о‗tmishdoshi. Yetishmovchiligi gemofiliyaga olib keladi.

  7. omil – Xageman omili. Glikoprotein, shikastlangan tо‗qimalar yuzasida faollashadi. Bunga XII – omil yordamlashadi.

XIII-omil – fibrinni meyorida tutib turuvchi omil. Suvda erimaydigan fibrin hosil bо‗lishida ishtirok etadi.
Qonning shaklli elementlari va tо‗qimalardagi qon ivituvchi omillar. Qon ivishining aytib о‗tilgan 13 ta plazma omillaridan tashqari, yana 12 trombositar omil mavjud. Ular arab raqamlari bilan belgilanadi.
Muhim trombositar omildan biri 3- omil – trombositar tromboplastindir. Oldin aytilganideq bu omil fosfolipid bо‗lib, qon plastinkalarining membrana va zarrachalari tarkibiga kiradi. Qon ivishning birinchi bosqichida trombositlar yemirilishi natijasida erkin holatga о‗tadi va qon hamda tо‗qima tromboplastinlari bilan bir qatorda pro- trombinni trombinga aylantirishida ishtirok etadi.

  1. omil – ivituvchi omil yoki fibrinogen. Trombositlarning adgeziyasini (yopishqoqligini) va agregasiyasini (g‗uj bо‗lishini) ta‘minlaydi.

  2. omil – trombos (chin, laxta zichlanishini va qisqarishi (kichiklanishini) ta‘minlaydi. Tuzilishiga kо‗ra, muskullardagi aktin va miozin oqsillarga о‗xshab, ikki A va M qismlardan tashkil topgan. Aktomiozinday ATF-aza faolligiga ega va bu modda parchalanganda ajraladigan energiya hisobiga qisqaradi.

  3. omil – tomir toraytiruvchi omil yoki serotonin, uni trombositlar plazmadan о‗ziga biriktirib oladi. Bu modda ta‘sirida tomirlar torayadi, qon oqishi tо‗xtashi tezlashadi.

  4. omil – agregasiya omili yoki ADF, trombositlarni tomir jarohatlangan qismida tо‗planishi, g‗ujlanishi uchun zarur. Keyingi vaqtda bu vazifani bajaruvchi juda faol tromboksan moddasi topildi. Tomirlar endoteliyida trombositlar agregasiyasini ingibirlaydigan juda faol prostasiklin bor.

Tromboksan va prostasiklin faolligi о‗rtasidagi munosabat agregasiya jarayonini boshqarib turadi.
Tо‗qima va a‘zolarning hammasida tromboplastin, qon ivishining boshqa omillari (V, VII, X va XIII omillar), trombositlarning yopishqoqligi va g‗ujlanishini faollashtiradigan, qon ivishining oldini oladigan omillar mavjud. Tomirlar va tо‗qimalar shikastlanganda bu qonga utib, uning ivishida ishtirok etadi. Tо‗qima suyuqligining qonga о‗tishi tomir ichida qon ivib qolishiga olib kelishi mumkin.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish