O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet12/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Leykositlar. Leykositlar qonning maxsus pigmentga ega bо‗lmagan yadroli hujayralaridir. Rangsiz bо‗lganidan ok tanachalar, deb ham atashadi. Sog‗lom odam qonining 1 mm da 4000– 9000 leykosit uchraydi. Ularning soni doimo bir xilda turmaydi. Fiziologik sharoitlarda organizmning faollik holatiga, tun va kunga hamda boshqa omillarga bog‗liq holda leykositlar soni о‗zgarib turadi. Leykositlar soni 10000 dan oshib ketganda leykositoz tо‗g‗risida, 4000 dan kamayib ket- ganda, leykopeniya tug‗risida ran yuritish mumkin.
Fiziologik va reaktiv lsykositozlar tafovut qilinadi. Ovqatlanish, jismoniy mehnat qilish, qattiq hayajonlanish, biror joyning juda og‗rishi periferik qonda ley- kositlar sonining ko‘payshdiga olib keladi. Bu leykositoz organizmdagi oq tanachalarning qayta taqsimlanishi natijasi hisoblanadi. Taloq, kо‗mik о‗pkada bо‗lib, qon aylanishida ishtirok etmagan leykositlar aytib о‗tilgan omillar ta‘sirida qonga о‗tadi va soni ortadi.
Reaktiv leykositoz esa qon yaratish a‘zolaridan kо‗p miqdorda uncha yetilmagan leykositlarning ajralishiga bog‗liq. Leykositozning bu turi kо‗pincha о‗tkir yallig‗lanishning belgisi bо‗ladi.
Leykopeniya ba‘zi kuchli toksinlar ishlab chiqaradigan mikroblar paydo qilgan kasalliklarning alomati hisoblanadi. Radioaktiv nurlanish, zaharli moddalarning surunkali ta‘siri ham leykopeniyaga olib keladi.
Leykositlarning barcha turlari amyobasimon harakat qilish qobiliyatiga ega. Ba‘zi kimyoviy ta‘sirlovchklar leykositlarni о‗ziga tortadi. Ular kapillyarlar
dyovoridan о‗tib, shu ta‘sirlovchilar (mikroblar, organizmning yemirilayotgan hujayralari, yot tanachalar va boshqalar) tomon harakat qiladi. Bu hodisa musbat xemotaksis deyiladi. Shi- kastlovchi omillarga yetib borgach, leykositlar ularni о‗z sitoplazmasi bilan qamrab olib, fermentlar yordal'ida parchalaydi -fagositoz rо‗y beradi. Yakka leykosit 15– 20 mikrob hujayrasini qamrab olishi mumkin. Fagositozdan tashqari, leykositlar organizm himoyasi uchun muhim bо‗lgan bir qator moddalarni ajratadi. Bu moddalar bakteriyalarga, toksinlarga qarshi xossalarga ega bо‗lgan antitanalar, fagositoz va jarohatlarning bitishini tezlashtiruvchi omillar bо‗lishi mumkin.
Leykositlar qobig‗i yuzasiga ba‘zi moddalarni biriktirib olib, ularni kerakli joyga yetkazadi.
Protoplazmasida turli buyoqlarga bо‗yaladigan zarrachalar bor-yо‗qligiga qarab, leykositlar ikkita guruhga: granulosit va agranulositlarga – donali va donasiz leykositlarga bо‗linadi.
Donali leykositlarga leykositlar umumiy oonining 60% tо‗g‗ri keladi. Donalari kislotali (eozin), a:osiy va neytral bо‗yoqlarga bо‗yalishiga qarab, ularni eozinofillarga, bazofillarga va neytrofillarga bо‗linadi. Limfosit va monositlar donasiz leykositlardir. Leykositlar turlari о‗rtasida ma‘lum nisbat saqlanadi. Foiz birligida ifoda- langan leykositlar turlari о‗rtasidagi nisbat leikositar formula deyiladi
Eozinofillar (1 – 5%) oqsil tabiatli qon-tomirlarda bir necha soatgina bo‗ladi, undan so‗ng qondan to‗qimalarga o‗tib ketadi va u yerda parchalanadi. Eozinofillar fagotsitoz mahsul xossasiga ega. Eozinofillar to‗qimalaming gistamin saqlovchi - me‘da va ingichka ichakning shilliq va shilliq osti qavatlarida, o‗pkada yig‘‗iladi. Eozinofillar gistaminni qamrab olib gistaminaza fermentlari yordamida parchalaydi. Eozinofillar tarkibida bazofillardan gistaminning ajralib chiqishini tormozlovchi omil ham bor.
Gelmintlarga qarshi eozinofillar sitotoksik effektni amalga oshiradi. Gelmintlar lichinkasi organizmga tushsa, eozinofillar unga yaqinlashib parchalanadi, tarkibidagi oqsillar va fermentlarini (masalan peroksidazalar) shu lichinka ustiga ajratib chiqaradi, natijada lichinkani halokqiladiAllergik kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin ortib ketadi. Bunga sabab allergik kasalliklarda Bazofillarning degragunulyatsiyasi natijasida anafilaktik xemotaksik omilning qonga ko‗p miqdorda ajralishidir. Ulami yo‗qotish uchun eozinofillaming jalb qilinishidir. Eozinofillar fagotsitoz qilish va faolsizlantirish orqali bazofillarning ajratgan moddalaridan qonni «tozalaydi».
Ayrim og‗ir kechuvchi yuqumli kasalliklarda eozinofillar miqdori keskin kamayib ketadi.
Bazofillar (0– 1%) protoplazmasida uchraydigan katta- katta donalarda geparin va gistamin bor. О‗tkir yallig‗lanishning regenerativ (yakunlovchi) bosqichida qondagi bazofillar soni oshadi. Geparin konning mayda tomirlarda ivishiga yo‘l quymaydi, gistamin esa bu kon tomirlarni kengaytiradi. Bu esa yalliglanish uchoqlarida sо‗rilish va bitish jarayonlariga srdam bsradi.
Yogli ovqat iste‘mol qilingandan keyin bazofillar soni ortadi. Ularga bog‗liq bо‗lgan geparin lipolizni tezlashtiradi, kо‗p miqdorda sо‗rilgan yog‗ parchalanadi va
plazmada erkin yog‗ kislotalari konsentrasiyasi ortadi. Bazofillarning umri taxminan 12 soat.
Neytrofillar (70%) qonda 6– 8 soat aylanib, amyoba singari harakat qilib, shilliq pardalarga о‗tadi. Organizmda mikroblar kirgan joyga neytrofillar tо‗planadi. Ular mikroblar bilan tо‗qnashib, mikroblarni о‗rab oladi. Bir neytrofil 15– 20 ta bakteriyani qamrab, lizosomasidagi fermentlar (proteaza, peptidaza, dezoksiribonukleaza, lipaza) yordamida hazm qiladi va yо‗qotadi. Agar bu ishni neytrofil bajara olmasa, о‗zi halok bо‗ladi.
Yiring – asosan neytrofillar va ularning qoldiqlaridan iborat. Neytrofillar - nospesifik immunitetning eng muhim hismi. Ular mikrob va st oksillarga qarshi antitelolar ishlab chiqarish yoki uz membranasiga biriktirib olish qobiliyatiliga ega.
Neytrofillar yordamida odamning jinsini aniqlash mumkin. Odamda ayol genotipi bо‗lsa, 500 neytrofilning kamida 7 tasida «nog‗ora tayoqchalari» uchraydi. Tayoqchalarning uchi diametri 1,5– 2 mkm li dumaloq shish bо‗lib, ingichka xro- matin kо‗prikcha yordamida yadroning bir segmentiga bog‗langan. Jinsning bu belgisi jinsiy a‘zolar anomaliyatsida tо‗g‗ri davolash usulini tanlashda yordam beradi.
Limfositlar (20– 40%) kо‗pgina a‘zolarda chunonchi, limfa tugunlarda, taloqda, ayrisimon bezda, bodomsimon bezlarda, kо‗richakda, ichakning shilliq pardasida, kо‗mikda rivojlanadi. Bu hujayralarning yadrosi yiriq atrofidagi protoplazma yupqa bо‗ladi. Odam qonida bir necha xil limfositlar uchraydi. Ular kо‗mikdagi limfoid hujayralardan rivojlanib, qon orqali о‗zlari differensiasiya bо‗ladigan (yetiladigan) tо‗qimalarga yetkaziladi. Limfositlarning bir qismi ayrisimon bezda (timusda) joylashib, kо‗paya boshlaydi. Timusda yetilgan limfositlar T-limfositlar deb ataladi. Ular qondagi limfositlarning kо‗p qismini (60%) tashkil qiladi.
T-limfositlar о‗z navbatida T-killerlar va T-xelperlarga bо‗linadi. T-killerlar
«qotil» hujayralar ham deyiladi.
Limfositlarning ozroq qismi boshqa a‘zolarda rivojlanadi. Qushlarda bu a‘zolarga fabrisiy xaltasi (bursa), sut emizuvchilarda ingichka va kur ichakda joylashgan limfa tugunlari, bodomsimon bezlar kiradi. Bu a‘zolarda rivojlanib, yetilgan limfositlar V-limfositlarni tashkil qiladi.
Limfoid hujayralarning bir qismi differensiasiyaga uchramaydi. Ular limfositlarning 10– 20% ga teng 0 guruhini tashkil qiladi. Zarurat tug‗ilganda bu tanachalar T- va V-limfositlarga aylanadi. Umuman limfositlar makrofag, fibroblast, monosit va tо‗qimalar tiklanishida ishtirok etuvchi boshka hujayralarga aylanishi mumkin. V-limfositlar organizmga tushgan antigenlarga (yot oqsil, toksinlarga) qarshi antitanalar hosil qiladi.
Antitanalar antigen bilan birikib, ularning fagositoz yо‗li bilan yо‗qotilishini tezlashtiradi.
Odam organizmida antitanalardan tashqari, yana bir qator gumoral immunitet omillari bor. Kо‗pgina tо‗qima va suyuqliklarimizda lizosim uchraydi. U hujayra membranasini yemirib, halokatiga olib boradi. Sog‗lom odamning qon plazmasida oqsilsimon omil – properdin uchraydi. U bakterisid va viruslarga qarshi xususiyatlarga ega.
Hujayralarimiz interferon degan suvda eruvchi oqsil ishlab chiqadi. Interferon organizmda viruslarning kо‗payishiga yо‗l qо‗ymaydi.
Antitanalar gumoral immunitetning spesifik omillari bо‗lsa, lizosim, properdin, interferonlar bu tizimning nospesifik omillari hisoblanadi.
Organizmda hujayra immun tizimi ham mavjud. Bu tizim faoliyatida immunokompetent T-limfositlar asosiy rol о‗ynaydi.
Organizmda antigen paydo bо‗lishi bilanoq limfositlar u tomonga oshiqadi. Membranasida antigenlarni tanuvchi maxsus reseptorlar bor. Bu reseptorlarning xili shunchalik kо‗pki, tabiatda uchraydigan antigenlarning hammasiga mos kela oladi. Ular ta‘sirida limfositlar faol holatga о‗tib, zudlik bilan bо‗lina boshlaydi va qisqa vaqt ichida juda kо‗payib ketadi. Paydo bо‗lgan yangi limfositlar bajaradigan vazifalariga kо‗ra bir-biridan farq qiladi. Ularning bir turi (limfosit-effektorlar) antigenga hujum qilib, uni yemiradi. Antigenning limfosit-effektor bilan birikishiga T-xelperlar (yordamchilar) yordam beradi. Ikkinchi turdagi limfositlar-plazmatik hujayralar - antitanalar ishlab chiqaradi. Bu antitanalar antigenni zararsizlantiradi yoki parchalaydi. Uchinchi turdagi limfositlar - xotira hujayralari jangda ishtirok etmaydi. Ularning vazifasi shu antigenni eslab qolish va ikkinchi marta organizmda paydo bо‗lsa, isqonchli mudofaani ta‘minlashdan iborat.
Xotira hujayralar ona-limfositdan yetukroq bо‗ladi. Muayyan antigen ikkinchi marta paydo bо‗lsa, xotira hujayralari tez bо‗lina boshlaydi, ulardan ham plazmatik hujayralar va limfosit-effektorlar vujudga keladi. Ammo bu jarayon birinchi galdagidan tezroq sodir bо‗lgani uchun antigen hujumi qisqa vaqtda bostiriladi. Shuni alohida qayd hilish kerakki, limfositlar organizmning о‗z hujayralaridan mo‘tasiya tufayli paydo bо‗lgan yot hujayralarni ham topib, yemiradi. Har lahzada odam organizmida bunday hujayradan bir necha million bо‗ladi. Mo‘tasiyaga uchrab, organizm uchun yot bо‗lib qolgan hujayralar yо‗qotilmasa, tez kо‗payib, shish paydo bо‗lishiga olib keladi. Demak limfositlar organizmning hujayra barqarorligi saqlanib turishini ham ta‘minlaydi.
Limfositlar jarohatlangan tо‗qimalarning tiklanishida bevosita qatnashadi. Monositlar - leykositlarning eng kattasi, ularning diametri 12-20 mkm.
Monositlarning nisbiy miqdori 4- 8%. Kо‗mikda hosil bо‗ladi, ammo qonda hali yetilmagan holda paydo bо‗ladi. Qon tomirlardan monositlar atrofdagi tо‗qimalarga chiqib, yetiladi va harakatsiz hujayralarga- gistiosit va makrofaglarga aylanadi.
Makrofaglar kislotali sharoitda ham fagositar va hazm qilish faolligini saqlab qoladi.
Timus. Timus ko‘krakda joylashgan bo‘lib, yangi tug‘ulgan va o‘sayotgan chaqaloqlarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Timus tashqi yuzasi infantile bo‘lib, alohida bo‘laklarga bo‘lingan va tomonlarini medulla o‘rab turadi . Bu paytda bosh miyyaning tomirlari limfotsitlarning ko‘pini ko‘rsatadi va miya qon tomirlari hamda keng bo‘lgan kapillarlar bilan to‘ladi. Jinsiy bo‘linishdan keyin Timus evolutsiya jarayoniga kirishadi va to‘qima suyuqligi bilan almashinadi 60 yoshga borib limfolid to‘qimalar yonida qolmaydi.
Timus muhim limfoid organ bo‘lib, immunitet hujayralari uchun kerakli rivojlanishiga yordam beradi. Bunda T(timus) limfotsitlari embrional rivojlanish paytida kerakli immunitet vazifasini o‘taydi.
Orqa miyada ular T- hujayrani shakillantiradi ular timusga yetish uchun qonga tushadi. Ular antologik holatni o‘rganishadi , bundan tashqari , T- limfotsitlar turli diferensiyalashgan hujayralar (T- xelperlar ,T-supresor hujayralar va sitoksin T hujayralar ) yetiladi. Bu esa moddalar almashishda yuz beradi (timoprotein) suyuqlik elementlari tuzilishidan kelib chiqqan. Bu hujayralar antigenlar bilan reaksiyaga kirisha oladi. Bundan so‘ng jarayon maxsuslashadi va limfalar yetiladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish