14-BOB. MUNITSIPAL MENEJMENTNING INQIROZGA
QARSHI STRATEGIYASI
14.1. Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv.
14.2. Mahalliy resurslardan ratsional foydalanish.
14.3. Mahalliy boshqarishning korporativ modeli.
14.4. Munitsipal hamjamiyat rivojlanishining konsepsiyasi.
14.1. Mahalliy hamjamiyatda strategik boshqaruv
Mahalliy boshqaruv organlariga haqiqatdan ham byurokratik
hokimiyat izdoshlari rahbarlari sifatida qaraladi. Ammo o‗z-o‗zini
boshqarish organlarini tashkil qilish juda qiyin. Shunga qaramasdan,
mahalliy hokimiyat organlarini tashkil qilish uchun juda katta ishlar
qilindi. Munitsipal ta‘lim ma‘muriyatining boshliqlari saylandi,
deputatlar kengashi, munitsipal hokimiyat tariqasida boshqaruv apparati
shakllanmoqda.
Mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlarini rivojlantirishning oddiy
bo‗lgan, faqat tepadan qarash usuli o‗zini oqlamadi. Shu narsa ma‘lum
bo‗ldiki, mahalliy xalq o‗z muammolarini yechishga jalb qilinishi kerak,
buning uchun ularga hokimiyat vakolatlarining moddiy va moliyaviy
resurslarini berish zarur. Bu holat ularda mahalliy xo‗jalikni
rivojlantirishda boshqa bir prinsipial motivatsiyani uyg‗otadi, mavjud
tabiiy va intellektual resurslardan foydalanishda ratsional yo‗llarni
topish mahalliy yashovchilarni oxir-oqibat o‗zlarining ijtimoiy
ehtiyojlari uchun aktiv pul ishlab topish yo‗liga o‗tishga undaydi. Bozor
iqtisodiyotini rivojlantirish orqali zamonaviy ijtimoiy infrastrukturani
tashkil qilish kerak.
Hozirda mavjud mahalliy boshqaruv organlarining mahalliy hayot
muammolari bilan bog‗liqligi juda yomon. Ular munitsipal mulkni
227
boshqarish, mahalliy sanoat rivojlantirish bilan bandlar va, shuning
uchun, mahalliy yashovchilar shahar, tuman ma‘muriyati oldida
tilamchi, da‘vochi sifatida namoyon bo‗lmoqda. Bunday vaziyat yana
mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruv organlari davlat boshqaruv vertikalining
davomiga aylanmoqda, o‗zining tub mohiyatini yo‗qotmoqda. Natijada
eskirgan mahalliy boshqaruv konsepsiyasi yuzaga chiqmoqda, bu esa
o‗zini oqlamaganligi sir emas.
Bunday «yuqori»dan rivojlanish konsepsiyasi jamiyatdagi
inqirozning chuqurlashuvi, ayniqsa, davlat boshqaruvidagi sabablardan
biri.
Vaziyat davlat tomonidan puxta o‗ylanmagan ijtimoiy siyosat va uni
amalga oshirish uchun mablag‗lar yetishmasligi natijasida jamiyatda
ijtimoiy
norozilikning
kuchayishi
shaharlarning
ijtimoiy
infrastrukturasini yo‗q qiladi. Muammo nafaqat resurslarning yo‗qligida,
balki undan samarali foydalana olmaslikda, rivojlanish mablag‗lari va
boshqaruvchilarning yo‗qligidadir.
Bir so‗z bilan aytganda, munitsipal menejment sohasidagi
professionallikning pastligi zamonaviy boshqaruvda salbiy oqibatni –
mas‘uliyatsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun mahalliy
boyliklardan qoniqarli darajada foydalanilmaydi. Boshqa bir rivojlanish
strategiyasi, ayniqsa, jamiyatni inqirozdan olib chiqadigan strategiya
kerak.
Strategiya – inqirozga qarshi boshqaruvning zamonaviy resursi.
Strategiya (
grekcha
strategia, strotos voysko + ago – olib boraman) –
umuman, urush va kompaniyalarda olib boriladigan juda katta
operatsiyalar san‘atidir. Hozirgi vaqtda «strategiya» so‗zi tagida
boshqaruv hamda jamiyat muammolarini yechish bilan bog‗liq
boshqaruv san‘ati tushuniladi. Rivojlanish strategiyasi jamiyat doktrinasi
va davlat siyosati bilan juda bog‗liqdir. Siyosiy maqsadlarda strategiya
ularning bajarilishini, jamiyat hayotining turli sohalarida optimal
228
natijalarga erishish texnologiyasini ishlab chiqishni ta‘minlab beradi.
Shuning uchun jamiyat taraqqiy etishi bilan shaxsiy strategiyalar
vujudga keladi. Bular – iqtisodiy, ijtimoiy-moliyaviy, pul-kredit,
huquqiy, ma‘naviy.
Bunday holatning o‗zi tashkilotning strategik maqsadlarini
aniqlaydi va bu faoliyatning alohida elementlarini, funksiyalarini
qamrab oladi. Strategik rejalashtirishning keyingi bosqichi maqsadlarga
erishish uslublarini aniqlash, resurslarni topish hisoblanadi, ya‘ni
tashkilotni rivojlantirish konsepsiyasi tuziladi. Bu konsepsiya esa
rahbariyat uchun strategiya bo‗lib xizmat qiladi. Bunday muhitni tahlil
qilishda turli xil usullar ishlatiladi hamda tashkilotning ichki holati ham
tahlil qilinadi Shu vaziyatdan kelib chiqib, tashkilotning kuchli
tomonlarini, imkoniyatlarini hisobga olib strategiyalar ishlab chiqiladi.
Shundan
so‗ng,
tashkilotchilik
qobiliyatlari
ishlab
chiqiladi:
innovatsiyaga qodirligi, malakaviy potensial.
Bizning boshqaruvdagi kamchiligimiz (mahalliy regionlarda)dan
biri kichik dasturlar doirasida ishlashimiz va doimiy muammolarimizni
bosqichma-bosqich hal etish hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda,
bizning hamma kamchiligimiz to‗liq ishlab chiqilgan, zamonaviy
strategik fikrlardan holi bo‗lgan boshqaruv inqirozi natijasidir.
Bu doiradagi boshqaruvimiz ilmiy-texnikaviy muhitda nisbatan juda
uzoq vaqt qolib ketgan. Shunga qaramasdan ko‗pgina professional
boshqaruvchi – menejerlar paydo bo‗lishdi, o‗zlarining amaliyotlarida
ular strategik rejalashtirish va konseptual usulni keng qo‗lladilar. Buning
asosida innovatsiyalashgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy texnologiyalarni
yaratish va qo‗llash vazifasi turibdi.
Mahalliy yashovchilarni yuqori hokimiyatdan mahalliy darajaga
olib tushish, o‗zlarining muammolarni hal qilish uchun o‗zlarini jalb
qilish hamda mahalliy hokimiyatni mustahkamlash – antiinqiroz
rivojlanishining asosiy strategiyasidir. Asosiy g‗oya – mahalliy
229
hokimiyatni kuchaytirish: mahalliy nizomlarni qabul qila olish, moddiy-
texnika bazasini yaratish, mahalliy byudjetni, soliq tushumlarini va
boshqalarni mustahkamlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |