13.2. Ijtimoiy menejer xususiyatlari
Ijtimoiy menejment - faoliyatning maxsus turi bo‗lib, ma‘lum
sharoitni taqozo etadi. Birinchidan, faoliyat yo‗nalishi va usullarini
mustaqil tanlash. Ikkinchidan, qabul qilingan qarorlarning mas‘uliyatini
o‗z bo‗yniga olish. Uchinchidan
,
tijorat faoliyatini olib borish va foydani
mustaqil
taqsimlash
imkoniyatini
yaratish.
Ijtimoiy
sohadagi
menejerlarning asosiy vazifasi ijtimoiy resurslardan foydalangan holda
iqtisodiy
tizimni
takomillashtirish.
Menejerlar
iqtisodiyotni
boshqaradigan kuchdir, ya‘ni menejer maxsus tayyorgarlik ko‗rgan
boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali
mutaxassisdir. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo‗lib, aholining
alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi. Kompaniya firma, korxona,
bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatga ega bo‗lgan
boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, ma‘muriy boshqaruvchi
kabilarning barchasi ham menejerlar deb yuritiladi.
Ular millatning «oltin fondi» hisoblanadi. Har bir davlatda bunday
odamlar 6-8 % ni tashkil etadi. Yaxshi menejer bo‗lish uchun, ijtimoiy,
iqtisodiy va boshqa sharoitlardan tashqari insonda tug‗ma qobiliyat
bo‗lishi kerak. Yuqoridagi muammolarni yechish uchun menejerda
qanday xususiyatlar bo‗lishi lozim?
Gellap institutining 782 rahbari o‗rtasida o‗tkazgan so‗rov
natijalariga ko‗ra menejerning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlandi.
220
Unga ko‗ra menejerning kuchli tomonlari quyidagilar:
a) rostgo‗ylik va to‗g‗rilik;
b) boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo‗lish;
d) mehnatsevarlik;
e) aqllilik;
f) iqtisodiy faoliyatni bilish;
g) liderlik;
h) yuqori darajadagi ma‘lumotga ega bo‗lish.
Zaif tomonlari:
a) qarashlar cheklanganligi;
b) boshqa odamlarni tushuna olmaslik;
d) boshqalar bilan ishlay olmaslik;
e) qat‘iyatizlik;
f) tashabbusning yo‗qligi;
g) mas‘uliyatni o‗z bo‗yniga olmaslik.
O‗tkazilgan barcha so‗rovlarda talabchanlikni sadizm darajasiga
olib boruvchi rahbarlar qoralanadi. Boshqa tomondan esa superliderning
beshta umumiy xususiyatlari aniqlangan:
1. Ishchilarni mehnatga bo‗lgan munosabatini yaxshilash.
2. Kommunikativlik – korxona holatini mijoz va xaridorlarga mos
keladigan holda ko‗rsatish.
3. Qat‘iylik – qiyinchiliklarga qaramasdan o‗z maqsadi tomon
borish.
4. Rag‗batlantirish – ishchilar energiyasidan foydalangan holda
maqsadga erishish tartibini yaratish.
5. Tashkilotchilik qobiliyatini - guruhlar faoliyatini ma‘lum bir
yo‗nalishga solish.
Boshqaruv funksiyalarini bajarishda va jamoatchilik ishlab
chiqarishida zamonaviy menejerning o‗rni:
• rahbar – boshqaruvchi;
221
• rahbar – diplomat;
• rahbar – murabbiy, tarbiyachi;
• rahbar – inson;
• rahbar – innovator.
Rahbar madaniyati deganda, rahbar odobi va iqtidori o‗rtasidagi
dialektik bog‗lanish tushuniladi. Bu bog‗lanish quyidagi fazilatlar
majmuasida o‗z aksini topadi: rahbar madaniyati = odob + iymon +
insof + adolat + iqtidor. Odob – aqlning suyanchig‗i, barcha
fazilatlarning mezoni. Behudaga xalqimizda: ―Aql bilan odob – egizak‖,
– deyishmaydi. Adab – yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish,
foyda bilan zarar orasidagi tafovutni anglashdir. Adab vositasida kishi
o‗z jonini yomon xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi,
chiroyli fazilatlar bilan bezaydi.
Adab rahbarni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada aql
egalari bunday rahbardan har ishda rozi bo‗ladilar. Adabli rahbar esa
kundan kunga obro‗ topadi, nufuzi oshadi, ishlari ravnaq topadi. Ba‘zi
hakimlar adabni eng mas‘um va ko‗rkam fe‘lga ega bo‗lish desalar,
ba‘zilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deydilar. Demak,
rahbardagi adabning mavjudligi, bu noyob ne‘matning mavjudligidir.
Umuman adab ikki xil bo‗ladi:
hikmat adabi;
xizmat adabi.
Hikmat adabi poklik va to‗g‗ri yo‗lga yetaklaydi, xizmat adabi esa
badavlatlik va obro‗ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug‗ fazilat bo‗lib, biri
aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.
Iymon ardabcha so‗z bo‗lib, lug‗aviy ma‘nosi – ishonchdir. Iymonli
kishini, xususan, rahbarni qisqacha shunday tavsiflash mumkin:
e‘tiqodli, ya‘ni o‗z fikr va qarashlariga mahkam, sobitqadamlik
bilan ishonish va o‗zgalarni ham o‗zidek hisoblab, ularning lafziga
samimiyat bilan ishonnishdir. E‘tiqod jur‘atni, mardlikni, fidoyilikni
taqozo qiladi;
222
maslakli, ya‘ni o‗ziga xos aqidalari bilan boshqalardan ajralib
turuvchi ijtimoiy, siyosiy, ilmiy, g‗oyaviy va diniy yo‗l sohibi;
taqvodor, ya‘ni birovning haqiga xiyonat qilmaydigan;
sharm-hayoli, ya‘ni har qanday nojo‗ya xatti-harakatlardan o‗zini
tiya oladigan;
oriyatli, ya‘ni o‗ziga nomunosib yoki ep ko‗rilmagan ishdan,
narsadan xijolat tortadigan;
andishali, ya‘ni oqibatini o‗ylab ish qiladigan, yuz-xotirni
biladigan, farosatli;
vijdonli, ya‘ni nohaq, adolatsiz ishlardn g‗azabga keladigan,
bularga qarashlik bildiradigan: o‗z faoliyatining yaxshi tomonlaridan
qanoatlanib, xursand bo‗ladigan, yomon tomonlaridan norozi bo‗lib,
ruhan eziladigan, ya‘ni vijdon azobiga tushadigan.
Sodda qilib aytganda: iymon uch narsaning butunligidan xosil
bo‗ladi: e‘tiqod, iqror va amal. E‘tiqod – bu ishonch. Iqror – so‗zda buni
tan olish. Amal – yaxshi ishlar bilan uni isbotlash.
Insof – bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‗usi va
qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, to‗g‗rilik, barobarlik,
sofdillik va haqiqitgo‗ylikdir. O‗zgani o‗z o‗rniga va, shuningdek, o‗z
o‗rniga o‗zgani xayolan qo‗yib ko‗rish ham insofga kiradi. To‗q ochni,
boy kambag‗alni, baxtli baxtsizni, toleyi baland toleyi pastni, omadli
omadsizni, sog‗lom bemorni o‗z o‗rniga qo‗yib ko‗ra olsa va, aksincha,
ham xuddi shunday bo‗lsa, olam guliston – insoflilar safi ko‗payaveradi.
Insof har qanday kishining, xususan, rahbarning jamiyat oldida,
tevarak-atrofidagi kishlir oldida o‗z xatti-harakati bilan ma‘naviy
ma‘suliyatini his etishining ifodasidir.
Adolat barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar
rahbarning axloqiy xislatlari bemalol qonun o‗rnini bosa oladi. Ulug‗
alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi
mavjudligini va jamiyat turaqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini
alohida uqtirgan edi.
223
Iqtidorli deganda biror soha bo‗yicha layoqatini ongli ravishda
sezgan, o‗zidagi qobiliyatni to‗la namoyon qilish uchun qat‘iyat ko‗rsata
oladigan kishilar tushuniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi
va kutiladigan natijaga – maqsadiga yetadi, ya‘ni bor bo‗yicha
ko‗rsatadi.
Ular ishda mardlik, chidamlilik, o‗z-o‗zini boshqara olish,
tashabbuskorlik kabi xislat va fazilatlarga ega bo‗lishadi, o‗z xatti-
harakatlariga hamisha tanqidiy ko‗z bilan qaraydilar, doimo olg‗a qarab
intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon cheklanib qolmaydilar.
Iqtidorli insonlar o‗z faoliyatlari bilan hatto ba‘zi bir kamharakat katta
iste‘dod egalariga qaraganda ham jamiyatga foyda keltiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |