13-BOB. IJTIMOIY O„Z O„ZINI BOSHQARISH
13.1. ”Shaxs” tushunchasi va uning ahamiyati.
13.2. Ijtimoiy menejer xususiyatlari.
13.3. Inson resurslarini boshqarishning yangi shakli.
13.1. “Shaxs” tushunchasi va uning ahamiyati
«Shaxs» – o‗z qobiliyatidan kelib chiqan holda ma‘lum bir ijtimoiy
vazifani bajaruvchi inson. Shaxs vazifalarining turli xilligi uning
kimligini ifodalaydi. Jamiyatda shaxs boshqa individlar, ijtimoiy holat,
shaxs va jamiyat o‗rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi davlat turi
bilan uzviy bog‗liq.
Shaxs bu nafaqat me‘yor va qadriyatlarni o‗ziga singdiruvchi
ijtimoiy mavjud, balki kerak paytda o‗zining ijodiy va intellektual
potensialidan foydalanib, jamiyatdagi qadriyatlarni shakllantiradigan
ijtimoiy subyektdir. Insonning bir tomonlama obyektiv omillarga
tayanib ish yuritishi bugungi kunda ham uning imkoniyatlarini to‗la
namoyon etish imkonini bermaydi.
Odatda,
«shaxs» tushunchasi «xarakter», «temperament»,
«individuallik» kabi jamiyatdagi salbiy muhitga chidamliligini
shakllantiruvchi kategoriyalarni o‗z ichiga olmaydi. Bugungi kundagi
eng katta muammo bu shaxsning ijodiy potensialini to‗g‗ri baholash va
uni jamiyat rivoji uchun yoshligidan rivojlantirishdir. Bu XXI asrda
vujudga kelayotgan global muammolarni yechishning kafolatidir. Bu
muammolar ijtimoiy menejment doirasida boshlanadi.
Ijodiy qobiliyatga ega iste‘dodli insonlarning katta potentsiali butun
jamiyat manfaati uchun xizmat qilishi kerak. Buning uchun insonlarda
yangi falsafa va zamonaviy madaniyat shakllanishi kerak. Bu
217
falsafaning asosi qobiliyat va iste‘dod har qanday sohada shubhasiz
qadrlanishi kerakligidadir. Shuning uchun bunday insonlarni qo‗llab-
quvvatlash
umumjamiyat
ishidir.
Insonlarga
mustaqil
hayot
boshlayotganda o‗zini namoyish etish uchun bir xil imkoniyat yaratib
berish, turli kasb tanlash imkoniyatini yaratish kabilar zamonaviy
jamiyatning asosiy mezonidir. Shunday holatda jamiyatdagi har bir
inson o‗z qobiliyatidan kelib chiqib o‗z o‗rnini egallaydi, ya‘ni iqtidorli,
iste‘dodli insonlarning jamiyatda lider bo‗lish imkoni bo‗ladi.
«Kichik odam» falsafasi o‗zini oqlamadi, u insoniyatni boshi berk
ko‗chaga olib kirib qo‗ydi. Turli insonlar faoliyatlarni har xil darajada
amalga oshiradilar.
Har bir shaxs jamiyatda o‗z o‗rnini va o‗z faoliyat doirasini tanlashi
kerak. Inson o‗z faoliyatini o‗zi tanlaydi, jamiyat unga faqat imkoniyat
yaratib beradi. Jamiyatda insonlarga tanlash imkoniyatining pastligi yoki
umuman yo‗qligi, nafaqat kelajakka ega emas, balki har bir daqiqada
jamiyatni izdan chiqarib yuborishi mumkin.
Iqtidorli odamlar uchun maxsus litsey, kollej, maxsus boshqaruv va
ilmiy maktablar kerak. Bular jamiyatning barcha qatlamlari uchun bir xil
imkoniyat berishi kerak. Aks holda, jamiyat inqirozga uchrashi
muqarrar.
10-15 yozuvchi «Gamlet» yoki «Faust»ni yangidan yaratishi
mumkin. Lekin muammoni yechishning jamoa yo‗li tarixda ijobiy
yakunlanmagan. Shuning uchun har qanday sohada, jumladan,
boshqaruvda ham yuqoridagi muammolarni yechishni qobiliyatli, ijodiy
fantaziyaga ega insonlarga yuklash kerak.
Zamonaviy jamiyatning rivojlanish sur‘ati nafaqat «ijtimoiy
birxillik», «ijtimoiy tenglik» kabi tushunchalarni, balki neomaltuz
nazariyasidagi «johillik chegaralarini» ham inkor etadi.
Bugungi kunda odamlarning «tabiiy huquqi», ya‘ni o‗zini
rivojlantirish va o‗z imkoniyatlarini namoyish etish huquqi dolzarb
218
hisoblanadi. Har bir inson tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda
faoliyat ko‗rsatadi. Biroq jamiyatda bu kuchlardan yetarlicha
foydalanilmayapti, aksincha, ular bostirilmoqda. Bu esa jamiyatni o‗z
ichidan yemirilib, izdan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu
muammo, shubhasiz, XXI asrning eng dolzarb muammolardan biriga
aylanadi. Ishchi yoki menejerning ijodiy potensialini yuzaga chiqarish
bu nafaqat jamiyat muammosi, balki ko‗p jihatdan menejerning shaxsiy
muammosidir.
Har qanday shaxs yoki jamiyat rivojlanishining birinchi sharti o‗z-
o‗zini
anglashdir.
O‗z-o‗zini
anglash
ijtimoiy
menejerning
muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatishining garovidir. Shuning uchun ham
ijtimoiy menejmentda menejerning faoliyati, uning taqdirida katta
ahamiyatga ega. Ilmiy texnologiyalarning shaxsning shakllanishidagi
o‗rnining ortib borishi o‗z-o‗zini anglash jarayonini optimallashtirish
imkoniyatini beradi. Inson hayotining mazmunini quyidagi uch faktor
tashkil etadi:
1. Insonning dunyoga nima berishi.
2. Insonning dunyodan nima olishi.
3. Insonning jamiyatda tutgan o‗rni.
Bunga mos ravishda uch turdagi qadriyatlar ham yuzaga chiqadi:
ijodiy qadriyatlar, his-tuyg‗ular, o‗zaro munosabatlar.
Psixolog V.Frankl fikricha, «bu qadriyatlarning eng muhimi ijodiy
qadriyatdir». Asrlar davomida insoniyat tomonidan ijodiy imkoni-
yatlarni rivojlantirishning maxsus texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bu
texnolgiyalar boshqaruvga ham taalluqli. Aynan shu sohada
muvaffaqiyatga erishish uchun ijodiy qobiliyat zarurdir. Oxirgi yillarda
ilm-fan tomonidan insonlarning ma‘naviy sog‗lig‗iga katta e‘tibor
berilmoqda.
Odamlarning o‗z intellektual va boshqa imkoniyatlarini to‗g‗ri
baholash, ushbu imkoniyatlarni rivojlantirish texnologiyalari taklif
219
qilinmoqda. Bu sohadagi adabiyotlarning ko‗pchiligi talab darajasida
emas, lekin jamiyatda bunday asarlar kerak. Chunki din barcha
muammolarni, ayniqsa, intellektual muammolarni hal qilmaydi.
Qobiliyatli insonga o‗z imkoniyatlarini rivojlantirish texnologiyalari
emas, balki iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik zarur. Bunday
sharoitda har bir menejer mavjud usullardan foydalangan holda o‗zida
mavjud imkoniyatlarini rivojlantirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |