Ehtiyojlar ro„yxati
Shaxs uchun
¹
Jamiyat uchun
1
Asosiy ehtiyojlar:
• oziq-ovqat, kiyim-kechak va
uy-joy
• dam olish va sog‗liq
1. Asosiy ehtiyojlar:
• mehnat
• xavfsizlik
• qo‗shimcha mahsulot
• boshqarish
2
Sotsial ehtiyojlar:
• ijodiy mehnat
• oila va muhabbat
• bilim va axborot
• toat-ibodatga, jasorat
• zurriyotni davom ettirish
• tartib va barqarorlik
• bo‗sh vaqt va dam olish
• o‗zlikni anglash
2. Sotsial ehtiyojlar:
• barqarorlik
• ishonch
• mustaqil taraqqiyot
3
Rag‗bat va talablar:
• moddiy
• sotsial
• estetik
3. Rag‗bat va talablar:
• zamonaviy ishlab chiqarish
• ma‘naviy-ma‘rifiy taraqqiyot
• rahm-shafqat
Ishlab chiqarish va jamiyatning butun intellektual imkoniyatlari
208
o‗rtasidagi bog‗liqlikning yo‗qligi o‗tish davrining eng katta
muammolaridan biridir. Bu holat esa jamiyatni zamonaviy bozordan
uzoqlashtirmoqda. Ishlab chiqarish vositalarini jamoa va aralash
mulkchilik tasarrufiga
o‗tkazish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish
imkoniyatini beradi. Bu, o‗z navbatida, «yashirin» iqtisod uchun katta
to‗siq bo‗ladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida korxonalarning samarali
faoliyatiga soliq tizimining mukammal emasligi ham sabab bo‗lmoqda.
Juda ko‗p holatlarda qarorlar jamiyatga foyda keltirish nuqtayi nazaridan
qabul qilinmaydi. Ko‗pgina tadbirkor rahbarlar qonunda belgilangan
xususiy, jamoa, aralash mulkka asoslangan imtiyozlardan o‗z maqomini
har 2-3 yilda almashtirish orqali uzoq muddat foydalanmoqda.
Ishlab chiqarish rivoji uchun huquqiy asoslar bo‗lishi kerak.
Qonunchilikdagi ma‘lum bir kamchiliklar sababli davlat mulkiga
asoslangan korxonalar boshqalarga nisbatan murakkab ahvolga tushib
qoldi. Odamlarning ko‗pchiligi rivojlanish uchun boshqarishning
ma‘muriy-buyruqbozlik usulidan foydalanishni taklif etishadi. Lekin
ma‘muriy-buyruqbozlik usuli tartib-intizomni kuchaytirgani bilan unda
iqtisodiy manfaatdorlik yo‗q.
Mamlakatning sanoat ishlab chiqarish sohasi boshqaruv subyektlari
tomonidan iqtisodiy nochor ahvolga keltirilgan. Iqtisodiy rivojlanish
uchun ijtimoiy boshqaruvning nazariy va amaliy asoslarini tiklash zarur.
Bu masalani yechishning yagona yo‗li, g‗arbda keng qo‗llaniladigan
innovatsion ijtimoiy texnologiyalarni qo‗llash. Masalan: «Natija
bo‗yicha» universal texnologiya odamlarning turmush darajasini
yaxshilash va ijtimoiy tizimlarni tashkillashtirish darajasini yuksaltirish
orqali xalqni intellektual va jismoniy rivojlantirishni o‗z oldiga maqsad
qilib qo‗ygan.
Bu nazariyaning asosiy prinsiplari va texnologik ta‘minoti Rossiya
sanoat sotsiologlari tomonidan ishlab chiqilgan, lekin amalda tatbiq
209
qilinmagan. Bu nazariyaning asosiy maqsadlari uning asosiy
resurslaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi: ishchilarning
ijodiy potensiali, rahbarga bo‗lgan talablar, har bir a‘zoning natija uchun
kurashishi, erkin tanlash jarayonida ijodiy imkoniyatlarni qo‗llash. Ishga
bo‗lgan ijodiy stimul yaratish bu jamiyatga qilingan xayriya yoki
«modda» emas, balki ijtimoiy faktorning mehnatga ta‘sir darajasining
ortib borishi bilan bog‗liq qadamdir. Bu sohadagi qoloqlik davlatning
dunyo bozoridagi o‗rnida juda tez o‗z aksini topadi. Bu holat
mamlakatning jahon bozorida o‗z mavqeyini yo‗qotish, informatsiyali
va texnik tobeligini oshirishga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda jamiyat tez rivojlanishi uchun mulkka odamlarni
birgalikda egalik qilishini ta‘minlash orqali, ularning mehnatga bo‗lgan
munosabatini o‗zgartirish va tovarlar sifatini oshirish kerak. Bu esa, o‗z
navbatida, yangiliklarni tezroq joriy etilish imkonini beradi.
Mamlakatni rivojlantirishning yangi texnologiyasi jahon va
mahalliy tajribaga asoslangan holda yaratilgan. Bu texnologiyaning
asosiy prinsipi mehnat jamoalarining mustaqilligini ta‘minlash orqali,
ularni ishlab chiqarish vositalarining haqiqiy egalariga aylantirish.
Mehnat jamoalarining mustaqilligi huquqiy ta‘minlangan bo‗lishi kerak.
Ishlab chiqarishni xususiylashtirish, tabiiy ravishda, mahalliy o‗z-o‗zini
boshqarish tizimiga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Hududiy korporativ
mulkchilikni shakllantirish mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlarining
moddiy-texnik bazasini yaratadi, ya‘ni xalqning o‗zi turli yig‗in,
referendumlarda qaysi boshqaruv organi, qanday masalalarni hal etishini
belgilaydi. Aynan shu omil asosida, mahalliy moliyaviy struktura tashkil
topadi, ya‘ni moliyaviy zaxiralar cheteldagi banklarga emas, balki
raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishga jalb
etiladi. Yuqorida keltirilgan barcha iqtisodiy choralar jamiyatda ishchi,
mulkdor, tadbirkor kabi mehnatga layoqatli o‗rta qatlamni yaratishga
qaratilgan. Bu esa, o‗z navbatida, ichki bozorni rivojlantirishning asosiy
mezonidir
.
210
Mehnat va tabiat resurslaridan samarali foydalanish jamiyatdagi
ahvolni tubdan o‗zgartirish imkonini beradi, ya‘ni aholi turmush
darajasini oshirish va xavsizligini ta‘minlashga turtki bo‗ladi. Mehnat
jamoalari, mahalliy birlashmalar daromad manbayining bo‗lishi va
moliyaviy resurslarning to‗planishi turli hududlarning intellektual
potensialidan to‗laroq foydalanish imkonini beradi. Shuning uchun ham
jamoalardagi o‗z-o‗zini boshqarish to‗laligicha ma‘muriyat zimmasiga
yuklatilgan.
Bu muammo dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda, davlat
mulkining bir qismini bosqichma-bosqich korporativ mulkka aylantirish
orqali o‗z yechimini topishi mumkin. Davlat mulkini korporativ mulkka
aylantirish oldingi iqtisodiy islohotlar davrida ham, keyingi
xususiylashtirish jarayonida ham talab darajasida amalga oshirilmadi.
Mulkchilikning ijara ko‗rinishi korporativ mulkka o‗tishning
iqtisodiy asosi hisoblanadi. Ijara qishloq xo‗jaligida juda samarali
qo‗llanilmoqda. Unda mehnat jamoasi davlatdan yer va ishlab chiqarish
vositalarini ijaraga oladi. Ijaraga oluvchi xo‗jalik subyekti mulkni
iqtisodiy mas‘uliyat evaziga mustaqil tasarruf etish huquqiga ega.
Ijaraga olish tajribasiga ega xo‗jalik subyektlari mulkni davlat
tasarrufidan chiqarishda faolroq va ildamroq qatnashishmoqda. Bunday
holat nafaqat markaz bilan pereferiyalar
o‗rtasidagi munosabatlarni,
balki boshqaruv tizimini tubdan o‗zgartiradi, ya‘ni boshqaruvda
ma‘muriy buyruqbozlik usulidan asta-sekin voz kechish imkonini
beradi. Bu esa markaziy boshqaruv organlarining huquq va
majburiyatlarini aniq belgilashni taqozo etadi. Buning natijasida
jamiyatning siyosiy holatida ham tub o‗zgarishlar yuz beradi, ya‘ni
huquq va majburiyatlar yuqoridan pastga emas, balki pastdan yuqoriga
belgilanadi.
Boshqaruv quyidan yuqoriga bo‗lganda, uning har bir bo‗g‗inining
faoliyati ma‘lum organlar tomonidan nazorat qilinadi. Bu esa ularning
211
aholi oldidagi mas‘uliyatini oshiradi. G‗arb munitsipal menejmenti
tajribasiga ko‗ra mahalliy mehnat birlashmalarining boshqaruv apparati
maxsus shartnoma asosida boshqaruvchi mutaxassislar tarkibidan tashkil
topadi. Boshqaruv apparatining o‗zgarishi boshqaruvchilarga o‗z
mutaxasisliklari bo‗yicha boshqa bo‗g‗inda o‗z faoliyatlarini davom
ettirish
Do'stlaringiz bilan baham: |