14.3. Mahalliy boshqarishning korporativ modeli
Mahalliy o‗z-o‗zini boshqarishning korporativ modeli turli xilda
bo‗lishi mumkin. Korporativizm mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruv tizimida
turli xil aloqa hamda munosabatlarni chuqurlashtiradi va tartibga soladi.
Bu holda munitsipal huquq mohiyatiga katta ahamiyat berish zarur. Bu
yangi huquq tarmog‗i Rossiya Federatsiyasida realizatsiya jarayonida
yuzaga keladigan quyidagi munosabatlarni tartibga soladi, birinchidan,
«xususiy» vakolatlar o‗z-o‗zini boshqarish organlarining mahalliy hayot
bilan bog‗liq bo‗lgan, ikkinchidan, alohida davlat vakolatlari. Gap,
birinchi navbatda, quyidagi munosabatlarni tartibga solish haqida
ketmoqda.
233
Munitsipal mulk va mahalliy xo‗jalikni boshqarishda mahalliy
byudjetni shakllantirish va ijro etish.
Xalq tomonidan o‗z-o‗zini boshqarish shaklining tanlanishi va b.
Mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ularga berilgan alohida
vazifalarni amalga oshirish.
Yuqoridagi aytilganlar mahalliy o‗z-o‗zini boshqaruv organlarining
sistemali xarakterini namoyon etmoqda. Hammaga ma‘lumki, mahalliy
o‗z-o‗zini boshqaruv organlari moddiy-moliyaviy mablag‗larni xalqning
davlat tomonidan e‘tibor berilmaydigan ehtiyojlariga yo‗naltiriladi.
Bunga nafaqat mahalliy xo‗jalikni, balki mahalliy hayot sifatini ham
kiritish mumkin. Faqat shunday sharoitlarda mahalliy jamiyatda
ziyolilarning o‗sishini, korporativ prinsiplar asosida xalqning g‗oyasi
mustahkamlanishini
kuzatishimiz
mumkin.
Bunday
korporativ
menejment
antiinqiroz
hisoblanadi,
boshqaruv
ideologiyasini
shakllantirishga xalq oldida ularning professionalligini oshirishga
yordam beradi.
Bu haqida mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‗z
chiqishlarida:
―Korporativ
boshqaruv
tizimidagi
prinsip
va
yondashuvlarni tubdan o‗zgartirish, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy va
investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ menejment
standartlarini joriy etish jiddiy e‘tiborni talab qiladi. Eng avvalo,
korporativ
yoki
aksiyadorlik
birlashmalarimizning
faoliyati
samaradorligini tanqidiy baholash, ularni xorijiy davlatlardagi ana
shunday korxonalar bilan taqqoslab ko‗rish zarur. Chunki bugungi
kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida
mulkchilikning bunday shakli muhim o‗rin tutadi. Mamlakatimizda ham
mulkchilikning mazkur shakli tobora katta ahamiyatga ega bo‗lib
bormoqda. Bugun shuni tan olish zarurki, aksiyalashtirish jarayonini
rivojlantirish ko‗lamining o‗sib borayotgani korporativ boshqaruv va
aksiyadorlik
jamiyatlari
faoliyatidan
tushadigan
daromadlarni
234
taqsimlash tizimi hamda xususiylashtirish jarayonining boshqa bir qator
yo‗nalishlarida hal etilmagan ko‗plab muammolar mavjudligini yaqqol
ko‗rsatmoqda. Bu, ayniqsa, aksiyalar paketlariga davlat egalik
qilayotgan aksiyadorlik jamiyatlariga taalluqlidir. Bunday jamiyatlarda
aksiyadorlar, ayniqsa, minoritariylar kam hajmdagi aktsiyalarga egaligi
va aksiyalar paketlarining tarqoqligi tufayli boshqaruv va qaror qabul
qilish jarayonidan amalda chetda qolmoqda. Buning natijasida ishlab
chiqarish ustidan boshqaruvni ilgarigidek direktorlik korpusi amalga
oshirmoqda.
Ko‗p hollarda direktorlik korpusi, shuni ta‘kidlashimiz kerakki, o‗z
faoliyatida hali-beri eski tizim qolipidan chiqolmasligi, ishni zamon
talab qiladigan usulda tashkil qilishdan uzoq bo‗lishi ko‗zga tashlanadi.
Bunday holat boshqaruvchi kadrlarning yuqoridan buyruq kutib
o‗tirishiga, sustkashligi va tashabbus ko‗rsatmasligiga sabab bo‗lmoqda.
Bugun mamlakatimizda shunday amaliy tajriba to‗plandiki, unga
ko‗ra, O‗zbekiston sharoitida yurtimiz sarmoyadorlari bilan bir qatorda
chet ellik investorlar aktsiyalariga ega bo‗lgan mulkchilik shakli eng
maqbul bo‗lib, har jihatdan o‗zini oqlamoqda. Hozirgi kunda yurtimizda
90 dan ortiq davlatning xorijiy investorlari ishtirokida tashkil etilgan 4
mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‗rsatmoqda.
Mamlakatimizda
faoliyat
yuritayotgan
ushbu
kompaniyalar
O‗zbekistonda ham, uning tashqarisida ham yaxshi ma‘lum. O‗zbekiston
hududida to‗liq chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy
usullariga asoslangan korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.
Mazkur xorijiy kompaniyalar tajribalarini chuqur o‗rganishimiz va
ularning tahlili asosida korxonalarimiz uchun korporativ boshqaruvning
namunaviy tuzilmalarini yaratishimiz, real iqtisodiyotning barcha
tarmoq va sohalaridagi aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv tizimini
ayni shu asosda isloh qilgan holda, ularni amaliyotga faol joriy
qilishimiz zarur
28
.
28
O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‗ljallangan eng muhim ustuvor yo‗nalishlarga bag‗ishlangan O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ―2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‗zgarishlarni amalga
235
Do'stlaringiz bilan baham: |