O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-BOB. IJTIMOIY INJENERIYA - IJTIMOIY MENEJMENTNI



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/158
Sana06.01.2022
Hajmi1,96 Mb.
#320527
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   158
Bog'liq
ijtimoiy menejment

15-BOB. IJTIMOIY INJENERIYA - IJTIMOIY MENEJMENTNI 
AMALGA OSHIRISHNING VOSITASI SIFATIDA 
 
15.1. Ijtimoiy injeneriya mohiyati. 
15.2. Ijtimoiy obyektni modellashtirish. 
15.3. Ijtimoiy rejalashtirish. 
 
15.1. Ijtimoiy injeneriya mohiyati 
 
Sotsiologiyada  ilmiy  asosalangan  savollar  va  umumiy  qayta  ta‘lim 
tashkilotlarining  mashg‗ulotlari  ijtimoiy  injeneriyaga  yondashish  orqali 
rivojlanish  va  ishlatish  bilan  bog‗liqdir.  Bunday  ijtimoiy  faoliyat 
yo‗nalish  doirasida  alohida  usul  va  metodlar  ishlab  chiqiladi  va  ular 
nafaqat  tadqiqot  olib  borishga,  balki  jamiyat  hayotidagi  aktual 
muammolarini  yechishda  faol  qatnashish  imkoniyatini  beradi. 
Sotsiologiya  tuzilmasida  ijtimoiy  injeneriya  to‗rtinchi  tashkiliy  blokni 
tashkil  qiladi.  Agar  biz  to‗rtta  blokni  tibbiyot  nuqtayi  nazardan 
qaraydigan bo‗lsak: 
I blok (fundamental nazariya) - odam umumiy anatomiyasi. 
II  blok  (tarmoq  sotsiologik  nazariyasi)  -  odamning  alohida 
organlarini o‗rganuvchi. 
III blok (sotsiologik tadqiqot metodlari) - diagnostika metodlari. 
IV blok
 
(ijtimoiy injeneriya) - kasallikni davolash usullari.  
«Ijtimoiy  injeneriya»  termini  birinchi  bo‗lib  R.Paumning  «Falsafa 
huquqiga  kirish»  asarida  uchraydi  (1922-y.).  Bu  terminga  yanada 
aniqlikni  Karl  Popper  kiritdi.  U  ilmiy  hayotga  «ijtimoiy  texnologiya» 
tushunchasini ham kiritdi. O‗zining fikrlarini XX asrning 30-40 yillarida 
nashr  qilingan  «Tarix  kambag‗alligi»  va  «Ochiq  jamiyat  va  uning 
dushmanlari»  kabi  ishlarida  bayon  etdi.  K.Popper  «utopiyalashgan 


241 
 
ijtimoiy  injeneriya»  va  «bosqichma-bosqich  ijtimoiy  injeneriya» 
o‗rtasidagi aniq chegarani ko‗rsatdi. U jamiyatni qayta tashkillashtirish 
uchun  «bosqichma-bosqich»,  «yumshoq»  metodlarga  asoslangan  holda 
ta‘sir  etish  kerak,  degan  fikr  bilan  chiqqan.  Uning  konsepsiyasi 
marktsistik  metodologiyaga,  ya‘ni  radikal,  katta  hajmdagi,  zo‗rlash 
metodikalariga 
qarshi 
qo‗yilgan 
edi 
va 
ushbu 
metodlarni 
«utopiyalashgan  ijtimoiy  injeneriya»  deb  atagan.  Shuning uchun  uning 
ushbu fikrlari, dunyoqarashi bizning mamlakatimizda mashhur emas edi. 
K.Popperning asosiy qarshiligi shundan iborat ediki, katta hajmdagi 
ijtimoiy  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  zo‗rlashni  chetlab  o‗tish 
mumkin  emas,  undan  diktatura  kelib  chiqadi. 
K.Popperning 
utopiyalashgan  ijtimoiy  injeneriyaga  qarshi  aytgan  quyidagi  fikrlari 
bilan  tanishsak:  Qayta  qurish  (jamiyatni)  -  bu  katta  ish  (meropriyatiya) 
va  ko‗pchilikka  ko‗p  vaqtga  noqulaychilikni,  albatta,  olib  keladi. 
Shuning  uchun  utopiyalashgan  injeneriya  tarafdorlari  ko‗pgina 
da‘volarni  chetlab  o‗tishga  majbur  bo‗lishadi  Bundan  tashqari 
asoslanmagan  da‘volarni  yo‗q  qilish,  uning  xizmat  vazifasi  bo‗lib 
qoladi. 
Utopiyalashgan 
injeneriya 
butun 
jamiyatni 
rejalashtirishga 
(ratsional  ravishda)  da‘vat  etadi,  lekin  hozirda  ushbu  turdagi 
rejalashtirishni  amalga  oshirish  uchun  bizning  imperik  bilimlarimiz, 
tajribamiz  yo‗q.  Hozirgi  paytda  katta  hajmdagi  injeneriya  uchun  kerak 
bo‗ladigan  sotsiologik  bilimlarimiz  mavjud  emas.  Ammo  tajriba 
yetishmasligi  natijasida  ko‗plab  xatoliklar  qilinishi  mumkin  va  bu 
holatni  uzoq  va  mashaqqatli  jarayon  bilan,  boshqacha  aytganda,  sekin-
astalik,  injeneriya  yo‗li  bilan  yo‗q  qilishimiz  mumkin.  Bosqichma-
bosqich injeneriyasi Popperning inson faoliyatining alohida tarmog‗iga, 
alohida  tashkilotlarga,  institutlarga  tegishli  bo‗lgan  oddiy  ijtimoiy 
loyihalarni amalga oshirishni ko‗zda tutadi. Mabodo ushbu loyihalaridan 
biri  «sinsa»,  undan  ko‗riladigan  zarar  katta  ijtimoiy  muammolarni 
keltirib chiqarmaydi. 
 


242 
 
Rossiyada ijtimoiy injeneriyaga yondashuv XX asrning 20-yillarida 
kirib  kela  boshladi  va  Rostov,  Bershteyn,  Kerjenseva  nomlari  bilan 
bog‗liq va 1960-yillar o‗rtalaridan ijtimoiy injeneriya faoliyati, usullarini 
rivojlantirish borasida quyidagi yo‗nalishlarda ishlar olib borildi: 

 
ijtimoiy rejalashtirishning nazariyasi va ahamiyati; 

 
regionlar,  jamiyat  hayoti,  tarmoqlar  bo‗yicha  kompleks  dasturlar 
ishlab chiqilishi (1970-yillar); 

 
ijtimoiy loyihalashtirish (EVM - 1970-1980-yillar); 

 
boshqaruv va boshqa turdagi maslahatlar (1980-yillar); 

 
innovatsiyalarga  asoslangan  o‗yin  texnik  faoliyatlar,  qiyin 
ijtimoiy  muammolarni  yechish  uchun  aqliy  faoliyat  jarayonlarini 
tashkillashtirish (1980-yillar). 
Demak, 
yuqoridan 
kelib 
chiqqan 
holda, 
sotsiologiyaning 
ijeneriylashtirish  funksiyasi  -  asosiy  funksiya.  Uning  amalga  kiritilishi 
faoliyat  subyektlariga  ilmiy  asoslangan  boshqaruv  qarorlarini  berish  va 
tashkil qilishda namoyon etadi. Ijtimoiy injeneriyaga yondashuv chuqur 
tahlil  asosida  ijtimoiy  reallikni  tashkil  etish,  jahon  tajribasi  darajasida 
ijtimoiy loyihalarni ko‗rish imkonini beradi.  
Ijtimoiy 
injeneriya 
faoliyati 
quyidagi 
ketma-ket 
mantiqiy 
bog‗langan jarayonlardan iborat bo‗ladi: 

 
real mavjud bo‗lgan obyektiv diagnostika; 

 
ijtimoiy bashoratlash; 

 
ijtimoiy  konstruktsiyalarni  modellashtirish  va  eksperimentlar 
o‗tkazish, yangi holatdagi ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish; 

 
loyihaga monand ijtimoiy rejalashtirish; 

 
innovatsiyalashgan  ijtimoiy  texnologiyalar  yordamida  loyihani 
amalga oshirish; 

 
boshqaruv sotsiologiyasi. 
Ijtimoiy  diagnostika  vositalari  ijtimoiy  obyektlarning  holatini 
baholashga  yo‗naltiriladi.  Sotsiologik  diagnostikani  odatiy  sotsilogik 


243 
 
tadqiqotdan asosiy farqi shuki, tadqiqot obyekt haqida yangilik yaratish, 
diagnostika  esa  obyekt  holatini  tavsiflash  va  uning  xatti-harakatini 
bashoratlash.  Obyektni  tavsiflash  umumiy  holatda  olib  boriladi. 
Shunday  diagnostikaning  asosiy  maqsadi  o‗rganilayotgan  obyektning 
samaradorligini  oshirish hisoblanadi. Bu  boshqaruv  muhitining  ijtimoiy 
diagnostikasini qo‗llash orqali tushuniladi.  
Ijtimoiy  injeneriyaning  asosiy  metodlari  ijtimoiy  loyihalashtirish 
metodi hamda bashoratlash metodi hisoblanadi. 
Ijtimoiy bashoratlash metodida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:  

 
Oriyentirlik  vazifasi  ijtimoiy  obyektning  real  rivojlantirish 
tendensiyasini aniqlaydi. 

 
Normativ  funksiya  loyihaning  ehtiyojini aniqlash  va uni qo‗llash 
imkoniyatini baholash. 

 
Ogohlantiruvchi vazifa, o‗rganilayotgan tizimning kamchiliklarini 
tavsiflab berish. 
Ijtimoiy  bashoratlashni  vaqt  bo‗yicha  quyidagi  tavsiflarga  bo‗lish 
mumkin: 

 
1 yilgacha - operativ bashoratlash; 

 
1 yildan 5 yilgacha - qisqa muddatli bashoratlash; 

 
5 yildan 15 yilgacha - o‗rta muddatli bashoratlash; 

 
30 yildan yuqori - uzoq muddatli bashoratlash 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish