Ijtimoiy rejalashtirish - boshqaruv ta‘sirining alohida bir shaklidir.
U ilmiy asoslangan loyiha realizatsiyasi bilan bog‗liq va obyektning
yangi parametrlariga erishishning aniq vositalaridan foydalanishni talab
etadi.
Rejalashtirish g‗oyasi o‗zining kelib chiqishiga ko‗ra – sotsialistik
g‗oyadir. To‗liq holda uni utopiyalashgan sotsializm vakillari A.Sen-
Simon, Sh.Fure, R.Ouenlar taklif etishgan. Bizning mamlakatimiz
doirasida shunday o‗zgarishlar yuz berdiki, 1990-yillarga kelib, uning
to‗liq diskreditatsiyasi amalga oshirildi. Ijtimoiy rejalashtirish quyidagi
darajalarda amalga oshiriladi:
Birinchi darajada - ishchi jamoani ijtimoiy rivojlantirishni
rejalashtirish. Ikkinchi daraja
- regionda ijtimoiy rejalashtirish. Uchinchi
245
daraja
- professional mehnat taqsimoti bilan bog‗liq bo‗lgan alohida
jamiyat hayoti jarayonlarini ijtimoiy rejalashtirish darajasi.